Telegram Web Link
3D modellar savdosi. Bu biznesga Koronavirus tasr qilmadi! Hattoki Koronavirusning 3d modeli trendga chiqdi. www.cgtrader.com saytida sotuvga qo`yilgan Koronavirus 15 $ dan sotilishni boshladi. Bu modelni ko`plab saytlarda sotsa ham bo`ladi. Koronavirus epidemiyasi tugagandan keyin ham bu model trendan tushmaydi. Imliy ishlar uchun ham sotib olinaveradi. Bu uyda o`tirib ishlash uchun yaxshi biznes.

👉 https://www.tg-me.com/ITbusiness_school
HAYOTNING 10 OLTIN QOIDASI

1. Qo‘ng‘iroq qilishga va’da berdingizmi, albatta, bajaring!
2. Kechikyapsizmi? Bu haqida ogohlantirishni unutmang.
3. O‘zgalarning orzusini kulgu qilish yaramaydi!
4. Sizga xoinlik qilgan odamlar davrasiga aslo qaytmang!
5. Doimo ota-onangiz duosini olishga oshiqing.
6. Shirinso‘z bo‘ling! Ishoning, bu atrofdagilardan ko‘ra, Sizga ko‘proq foyda olib keladi.
7. O‘z xatolaringizni tan olishni o‘rganing.
8. Shikoyat qilish odatini tark eting.
9. Hattoki eng jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelganda ham qarshingizdagi insonning nozik tomoniga zarba bermang.
10. Faqat rost gapiring! Agar rost gapirishning iloji bo‘lmasa, yolg‘on gapirmang!

Sizlarga yana bir qoidani bonus qilib aytaman. Qarz oldingizmi vaqtda qaytaring, vaqtida qaytara olmayabsizmi muddati kelishidan oldin vaziyatni to'gri tushuntiring, hech bo'lmasa telefon qilganda ko'taring. Iloji bo`lsa qarz olmang!

© Abdusattor Abduraximov

👉 https://www.tg-me.com/ITbusiness_school
Sen ham shunday pullar hohlaysanmi unda tepaga svayp qil 😅

Bugun Sizlarga firibgarlik bilan shugullanadigan telegram kanallariga va saytlariga aldanib qolmaslgingiz uchun o'z maslahatlarimni beraman!

- Ko'pchilik tez boyib ketishni va yaxshi daromad topishni orzu qilib eng qimmatli bo'lgan vaqtini arzimagan sentlarga almashib yuboradi.
- Pulingiz bo'lib aqlingiz bo'lmasa u pulni ham yoqotasiz. Sizga notanish bo'lgan inson hech qachon Sizni pulingizni 2 barobat qilib qaytarmaydi. Nega unda o'zini pulini ishlatmaydi?
- Stavkalarga pul tikib boyib ketishni hayolingizdan chiqarib tashlang. Qimor ohirida kazino egasi yutadi. "Jin ursin" Forexda 100 000 $ pulini yutkazib qo'ygan tanishim esimga tushib ketdi :)
- Uyda otirib internetda yaxshi daromad topsa bo'ladi, buning uchun Sizda bilim bo'lishi kerak, mehnat qilishingiz kerak va albatta internet bo'lish kerak. Faqat shu yo'l bilan internetdan pul topsa bo'ladi. Mehnat qilmasdan internetdan pul topish uchun Siz ham firibgar bo'lishingiz kerak ;)

1-2 kun ichida Sizlarga mehnat qilib pul topish mumkin bo'lgan saytlar royxatini tuzib beraman! Shunga qarab vaqtingizni hunar organishga sarlashingizni maslahat beraman.
Unutmang tekin pishloq faqat qopqonda bo`ladi!

© Abdusattor Abduraximov

👉 @ITbusiness_school
Telegram kanallarda reklama berishda ehtiyot bo`ling!

100 K azosi bor kanalning ichidagi ma`lumotlar 50-60 K ko`rilgan bo`lsa bu faol kanal degani emas!

100 K ning 90 % i BOT bo`lishi mumkin. Nega unda ko`rilgan sonlar 60 % ni tashkil qilyabdi? Ular o`z ma`lumotlarini ko`rish sonini ko`paytiradigan BOT larga FORWARD qilishadi. Kanalda odam soni ham ko`p, ko`rilgan soni ham ko`p. Sizga esa reklamadan foyda yo`q!

@ITbusiness_school kanalimni 124 K azosi bor kanalda 300 000 so`mga reklama qildirdim. 20 minutda 3K ko`rildi. 124 K uchun bu juda kam. Obunachi qo`shilmayotganini aytmasa ham bo`ladi. Menda shubha payda bo`la boshladi. Keyin reklamamni kuzatishni boshladim. 20 minutda zo`rg`a 3K bo`lgan reklamam bir soatga bormay 40 K bo`lib ketdi :)

Telegram kanallarda reklama berishdan oldin u kanalni yaxshilab kuzating. Ko`rilish o`sish tezligi meyorida bo`lishi kerak va u ko`rilish sekin kamayishni boshlaydi. Bu yaxshi holat hisoblanadi. Yuqorida yozganimdaka bo`lsa arzon bo`lsa ham reklama qo`ydirmang!
3ddd.ru saytida Karantin mavzusiga oid tanlovda ushbu render birinchi o`rinni olib 1 000 $ pul bilan taqdirlandi.
Muallif buni Autodesk 3ds max, adobe photoshop, zbrush, foundary mari dasturlari yordamida yasaganini aytgan.
Bu loyiha ortidan o`nlab 10-20 ming $ lik buyurtmalar kelib tushishi hech gap emas. Shu 4 ta dasturdan bittasini bo`lsa ham o`rganishni boshlasangiz hech qachon afsuslanmaysiz!

👉 @ITbusiness_school
KOMPYUTERDA YOZIB PUL TOPISH (Copywriting)

Freelancing bozorlarida yozishga bo’lgan talab juda yuqori. Yozish mahoratingizni maqolalar, yangiliklar, e’lonlar, elektron kitoblar, tarqatma materiallar, bukletlar, maxsus xisobotlar, arizalar va hokazo o’zingiz uddalay oladigan turdagi ijodiy ishlarda ko’rsata olsangiz, Sizning yozganingiz uchun pul to’lashga tayyor bo’lgan minglab ish beruvchilarni topishingiz mumkin. Bugungi kunda g’arb davlatlarida millionlab odamlar yozishni umrining asosiy kasbi qilib olib, asosiy daromadni faqat yozish orqali olishadi.

👉 @ITbusiness_school
MATN TARJIMA QILIB INTERNETDAN PUL TOPISH

Bir tildan ikkinchi tilga har qanday shaklda (og’zaki, yozma, sinxron) tarjima qila olsangiz, tarjima bo’yicha freelancerlik qilishingiz mumkin. Bugungi kunda tarjima eng ko’p talab etilayotgan tillar Xitoy, Ispan, Portugan va Yapon tillari hisoblanadi. Bu tillarning birortasiga(dan) tarjima qila olsangiz, juda ko’p buyurtmalar olishingiz mumkin. Albatta tarjima qilinayotgan tilning ikkinchisi ingliz tili bo’ladi. Tilni bilish qobiliyatingiz bilan uyda, kompyuteringiz qarshisida bir piyola choy ustida ishlashingiz mumkin.

Tarjima qilib pul topish mumkin bo`lgan saytlar ro`yxatini tez kunlarda havola qilamiz.

👉 @ITbusiness_school
DASTURLASH ORQALI INTERNETDAN PUL TOPISH

Kod yozishni bilasizmi? Agar shunday bo’lsa, dasturchi sifatida yaxshigina pul ishlashingiz mumkin. Dasturlash tillaridan Java, C#, JavaScript, Ruby, C va hokazo, yoki tizimlardan Android, WordPress, Joomla, iOS va boshqalarini, yoki ma’lumotlar bazasi, axborot xavfsizligi, tarmoqlar kabi yo’nalishlardan birini mukammal bilsangiz, freelancing orqali pul ishlashingiz oson kechadi. Bunda yuqorida sanab o’tilganlarning faqat bittasini mukammal bilishingiz ham ish beradi. Misol uchun faqat CSSni to’liq o’zlashtira olsangiz, boshqa dasturlash tillarini bilmagan holda ham pul ishlashingiz mumkin!

👉 @ITbusiness_school
Shaxsiy kuzatuvlarimiz natijasida freepik.com saytida Singapurlik dizayner aprel oyida 75 000 $ daromad topdi. Bu ma`lumotni kanalimda e`lon qilishga qaror qilganimni sababi, Sizlar ham Adobe Illustrator dasturini mukammal o`rganishingizni maslahat beraman.

👉 @ITbusiness_school
Ijtimoiy tarmoqlarda internet orqali oson pul topish, pul tiksangiz shuncha pulingizni shuncha qilib beramiz degan reklamalar ko'p kuzatilyabdi.
Ko'pchiligi "Tepaga Swype qil" deb boshlanadi. Tekin pishloq qopqonda bo'ladi deb ko'p aytganman. Aqlini tanigan ko'p do'slarimiz ham oson aldanib qolyabdi.

Agar shunday taklfilar Sizlarga kelib tushsa @ITbusiness_school kanalimizdan maslahat oling. Biz aytayotgan yo`llar bilan ishlab halol pul toping. Usha pulni bilim olishga sarflang!

👉 @ITbusiness_school
Siz ko'rib turgan rasm bu 3D model bolib, uning muallifi o'zimman. 3D max va Marvelous dasturlarida yasaganman. 2017 yil Cgtrader.com saytida bu modelim TOP modellar safidan joy olgan. Shu modelim bitta saytdan 1 000 $ dan ko'p sof daromad olib kelgan. Men o'z 3d modellarimni 6 ta top saytlarda sotaman. Samiymiy maslahatim Autodesk 3ds Max dasturini o'rganing. Bu dastur orqali ko'plab yo'nalishlarda pul topa olasiz.

👉 @ITbusiness_school
Photodune.net saytida 9$ dan 96 marta sotilgan foto surat.
Muallif: Dibrova. Umumiy 10 000 $ dan ko`p pul topgan.

👉 @ITbusiness_school
Final Cut Pro X - dasturida yasab chiqilgan 1050 ta video animation yozuvlar videohive saytining o'zida 39$ dan 4,396 marta sotilib jami 171 000 $ dan ko'p daromad olib kelgan. Muallifni ishlari: videohive.net/user/vystina

Video shablonlar, montaj uchun kerakli element va effeklardan juda katta daromad ko'rsa bo'ladi. Bu yo`nalishda biznes qiladiganlar asosan After Effect dasturida ishlashadi.

👉 @ITbusiness_school
Professional tarjimon dostlarimizga 2008 yildan beri faoliyat olib borayotgan etxt.ru saytini tavsiya qilaman.
Bu sayt orqali Siz buyurtmalar tarjima qilishdan tashqari, ma
lumotlar, hikoyalar, maruzalar va tarjima maqolalarni koplab marotaba sotsangiz ham bo`ladi.

👉 @ITmavzu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizni ruhlantiruvchi ajoyib video!

Har bir insonning oʼz vaqti bor. Hech qachon men ulgurmadim, endi kech, hammasi tamom, nega qolganlarda oʼxshab, menda oʼxshamadi demang. Sizning ham oʼz vaqtingiz albatta keladi. Siz shunchaki izlanishda davom eting.

© Jay Shetty

👉 @ITbusiness_school
Hozirgi kunda Apple aksiyalarining bir donasi 318 $ ga teng. Sotilgan aksiyalar soni 5 702 722 000 ta.
Bozor kapitalizatsiyasi esa 1,28 trln dollar.
2009 yildan beri kompaniya aksiyalari deyarli 10 baravar qimmatlashgan.

Shu va shunga o`xshash IT kompaniyalarining aksiyalarini olib sotib pul ishlash mumkin.

👉 @ITbusiness_school
Autodesk Maya dasturida yasalgan ushbu 3D modelning muallifi Cgtrader.com saytida, kam sanoqli modellari ortidan yillar davomida haftasiga 1 500 $ dan kop daromad topadi.
U o
z 3D modellarini boshqa koplab saytlarda ham sotadi.
O
z vaqtida qilib qo`yilgan mehnat ortidan, ishlamasa ham yillar davomida katta daromadning kelib turishi bu juda yoqimli.

👉 @ITmavzu
Muvaffaqiyat kaliti bu muntazamlikdir. Muntazam bo'lsangiz o'sasiz va oldinda bo`lasiz. Motivatsiyaga mukkangizdan ketmang. Chunki motivatsiya bugun bor ertaga yo'q. Muntazam va bardavomiylik orqali maqsadingizga erishasiz.

👉 @ITmavzu
3ds Max dasturini o'rganib interyer dizayn kasbi orqali daromad topish.

Bu kasb dunyo talab qilayotgan kasblarning ichida 6-o'rindan joy olgan. O'zimizda bu kasb egalari oyiga 3 mln dan boshlab 100 mln gacha daromad topishadi. Bu Sizni professional darajangizga bog'liq. Bu kasb egalari internet orqali ham ko'p buyurtmalar olishlari mumkin.

Interyer dizaynini o'rganishni istaganlar uchun o'zbek tilidagi professional interyer videokurslarini ishlab chiqarganmiz.

Batafsil ma'lumot: @CGstudyuz

👉 @ITbusiness_school
Elon Muskga tegishli bo'lgan Tesla kompaniyasining aksiyalari sotib olishni maslahat beraman!

IT investor, biznesmen Ilon Mask kapitali:

28 yoshda: $ 22 mln
48 yoshda: $ 22 mlrd

👉 @ITbusiness_school
2024/09/27 23:27:31
Back to Top
HTML Embed Code: