Telegram Web Link
Canva.com sayti orqali ajoyib dizayndagi rasmlar ishlay olasiz.

Saytdagi minglab dizayn shablonlar yordamida osongina buklet, logotip, reklama rasmlar, qadoq, prezentatsiya, e'lon rasmlar, taklifnoma, infografika va juda ko'plab turdagi dizaynlar rasmlarni bemalol yasashingiz mumkin.

P.s. professional darajada ishlash va yaxshi pul topish uchun Adobe photoshop va Adobe illustrator dasturlarini yaxshilab oʼrganishingiz tavsiya qilinadi

👉 @ITmavzu
Bilasizlarmi nega pandemiya sharoitida ham Oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarmadi?

Chunki talabalarning 90% i bilim uchun emas diplom uchun oʻqishga kirishadi. Bilim uchun pul toʻlanyabdimi yoki diplom uchunmi? Bilim uchun boʻlsa interneti yoʻq talabalar masofa orqali qanday taʻlim oladi? Nega ular kontraktni 100% toʻlashi kerak? Diplom uchun pul toʻlanayotgan boʻlsa bu boshqa gap!

P.s. Qisqasi 4 yili ichida 2-3 ta tilni va 4 ta IT dasturini professional darajada oʻrganib oyiga kamida 1500 $ oylik olsa boʻladigan joyda ishlasa boʻladi.

© Abdusattor Abdurahimov

👉 @ITbusiness_school
Amazon kompaniyasida ishlashni istaganlar uchun PDP - IT ACADEMY dan ajoyib intervyu.

Amazonda software engineer bo'lib ishlash talablari.

PDP - IT ACADEMY ning Amazon kompaniyasining senior software engineeri Farruh Habibullayev bilan juda foydali intervyu olibdi.

Dasturlashni endigina o’rganishni boshlaganlar, mustaqil dasturlash saboqlarini o'rganayotgan bo’lajak dasturchilarni, IT sohasi vakillarini ushbu meetupni kuzatib borishni va obuna bo’lishni tavsiya qilaman.

👉 Tomosha qiling

👉 @ITbusiness_school
Mana shunday brand booklar tayyorlab qanday qilib pul topsa boʻladi?

Adobe photoshop yoki Adobe illustrator dasturalida shunday brand booklarni buyurtmalar asosida yoki elektron bozorlarda sotib katta daromad topsa boʻladi.

Oʻzbekistonda bitta brand bookni kamida 500 $ ga tayyorlashadi.

P.s. Vaqt oʻtib ketaveradi, IT dasturlaridan birini oʻrganishni boshlash kerak.

👉 @ITmavzu
Affiliate marketing nima?

«Affiliate marketing» - atamasi oʻzbekchada «hamkorlik marketingi» degan maʼnoni anglatadi.

Affiliate marketing – bu oʻz audiatoriyasiga ega boʻlgan odamlarni biror kompaniyaning mahsulotini reklama orqali sotish. Buning odatiy reklamalardan farqi siz har bitta sotilgan mahsulot evaziga haq olasiz.

Masalan, siz «Gʻishmat Books» online kitob doʻkoni bilan ishlashni niyyat qildingiz deylik. Ular sizga maxsus havola(link) berishadi. Siz ushbu havolani oʻz audiatoriyangizdagi post yoki videoning ostiga joylashtirasiz. Sizning havolangiz bilan kirib sotib olingan har bir mahsulot uchun sizga haq toʻlashadi.

P.s: Ushbu soha Oʻzbekistonda endi rivojlanayotgan soha hisoblanadi. Bu soha orqali ancha daromad qilishingiz mumkin. Buning uchun sizda sifatli audiatoriya boʻlsa boʻldi.

👉 @ITmavzu
IT Park direktori Farhod Ibragimov bilan suhbat

Meetup
mavzusi: O'zbekistonda yashab butun dunyo bilan ishlash

🔹 IT sohalardan birini yaxshi o'rganib, O'zbekistonda yashab ham butun dunyo bilan ishlay olamanmi?

🔹 Yaqin kelajakda O'zbekistonda IT ni rivojlantirish uchun qanday loyihalar qilinadi?

Suhbatta shunga o'xshash kerakli savollarga javob olasiz.
“PDP Meetup” loyihasining bugungi mehmoni IT Park rahbari Farhod Ibragimov.

Suhbatni hoziroq tomosha qiling

P.s. Savollaringizni onlayn video suhbat izohida qoldirishingiz mumkin.

👉 @ITbusiness_school
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz iPhone yoki iPad qutisini ochayotib, his etayotgan tuyg'ularimiz mahsulotni qabul qilishimizda yordam berishini xohlaymiz
© Stiv Jobs

Har qanday mahsulotni sotishda eng samarali usul bu, shubhasiz reklama. Haqiqiy reklamaning oddiy eʼlondan farqi esa unga his-tuygʻu qoʻshilgan boʻlishidir.

Ushbu reklama rolikida Turkish Airlines kompaniyasi bolalik hissiga tegish orqali mijoz koʻnglidan joy olishga harakat qilmoqda.

P.s: Har qanday reklamaga his-tuygʻu elementlarini qo‘shsangiz, ajoyib unutilmas reklama paydo bo‘ladi.

👉 @ITbusiness_school
Telegramda kanal ochish va yuritish

Telegram kanallar statistikasi bilan shugʻillanuvchi Tgstat.ru sayti maʼlumot boʻyicha, hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda 30 mingdan ortiq Telegram kanal mavjud ekan.

Kanallarning asosiy qismi siyosiy va koʻngilochar kanallar hisoblanadi. Aksariyat qismi sifatsiz va koʻchirmachi kanallardan iborat.

Sifatli kanal ochish uchun nima qilish kerak?

1. Kanal uchun yoʻnalish tanlash

Oʻzbek tilida faoliyat yurituvchi va siyosatga aloqasi boʻlmagan sifatli kanallar juda kam. Qanday yoʻnalish tanlash esa oʻzizga bogʻliq.

2. Kanal uchun nom tanlash(neyming)

Kanal uchun nom tanlash eng muhim va qiyin qismlardan biri hisoblanadi. Kanalingiz uchun eksklyuziv nom oʻylab toping. Ushbu nom kanalingiz nima haqidaligini bildirib tursa yana ham yaxshi.

3. Kanal uchun logotip tanlash

Agar kanalingiz esda qolishini istasangiz ushbu qismga ham alohida eʼtibor qaratishingiz kerak. Logotip bu – kanalning shuningdek sizning ham yuzingiz hisoblanadi.

4. Kanalni sifatli maqolalar bilan toʻldirish.

Agar audiatoriyangiz 30 yoshdan kichik boʻladi deb hisoblasangiz lotin tilida faoliyat yuritganingiz maʼqul. Maqolalarni koʻchirmasdan va xatosiz yozishga harakat qiling. Yaxshi reklama orqali kanalga obunachi yigʻishingiz mumkin, lekin ularni olib qolish uchun maqolalaringiz sifatli boʻlishi lozim. Telegramning va internetning oʻzingiz uchun kerakli joylarini izlab toping va toʻgʻri foydalanishni oʻrganing. Agar qiynalsangiz, @foydali_link kanalimdan kerakli manbalarni topasiz.

5. Kanal auditoriyasini yigʻish

Agar yuqoridagi toʻrtta bosqichdan oʻtkan boʻlsangiz. Endi oʻz kanalingiz katta kanallarda reklama qildirishingiz mumkin. Reklama qildirishda eʼtibor bering, prikol kanallarda kanalingizni reklama qildirib, kitob oʻqishni yoqtiradiganlarni kutmang. Nakrutka qilish haqida esa oʻylashni oʻzi notoʻgʻri. Nakrutka kanalingizni «oʻldiradi» va qora tamgʻa bosilishiga sabab boʻladi.

P.s: Kanalingiz oʻzbek tilidagi eng sifatli kanallardan biri boʻlishini xohlasangiz, hoziroq boshlang.

👉 @ITbusiness_school
Qaysi dasturlash tili yaxshi?

Koʻpchilik endi dasturlashni oʻrganishni boshlamoqchi boʻlganlarda albatta ushbu savol paydo boʻladi. Umuman olib qaraganda dasturlash tillarini bir biri bilan solishtirishning oʻzi notoʻgʻri. Chunki har bir tilning oʻziga xos qiladigan ishi, yutugʻi va kamchiliklari bor.

Biror tilni oʻrganishdan avval oʻzingiz uchun qiziq yoʻnalishni tanlab olish kerak.Keyin oʻsha yoʻnalish boʻyicha kerakli dasturlash tillarini oʻrgansangiz boʻladi.

Dasturlash sohasiga kirmoqchimisiz, oʻzingiz uchun kerak yoʻnalishni tanlang. Veb-dasturlashga qiziqasizmi yoki Android uchun dastur yaratish qiziqmi? iOS operatsion tizimi uchun yoki kompyuterlar uchun dastur yaratishni hohlaysizmi?

Har bitta yoʻnalish boʻyicha maxsus dasturlash tillari mavjud. Yoʻnalish tanlab olgan boʻlsangiz unda oʻsha yoʻnalish boʻyicha kerakli tillarni oʻrganishni boshlasangiz boʻladi.

Tiobe.com va Pypl.github.io saytlari orqali hozirgi vaqtda eng mashhur dasturlash tillari reytingi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

P.s: Siz qaysi dasturlash yoʻnalishini tanlashingiz qatʼiy nazar, oʻsha sohani qunt bilan oʻrganishingiz kerak. Unutmang, koʻproq pul topmoqchimisiz, unda koʻproq oʻrganing!

👉 @ITmavzu
Turli sohalarda TOP dasturlash tillari

Dasturlashga kirib kelinarkan, har bir yoʻnalish boʻyicha hozirgi kundagi reytingi baland dasturlash tillari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Biz sizga har bir soha boʻyicha hozirgi vaqtda koʻp qoʻllanilayotgan tillar haqida maʼlumot beramiz. Keyinchalik esa eʼtiboringizga har bir yoʻnalish boʻyicha alohida-alohida toʻxtalib oʻtamiz.

Veb-dasturlash
• HTML
• CSS
• JavaScript
• PHP
• Python

Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

iOS dasturlash
• Swift
• JavaScript
• Flutter

Kompyuter dasturlash
• C#
• C++

Oʻyin yaratish
• C++
• C#
• Java
• JavaScript

Sunʼiy ong
• Python
• Java
• C++

Kiberxavfsizlik
• C++
• Python
• JavaScript
• SQL
• PHP

P.s: Yuqorida yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina shu tillar bilan dastur yaratish mumkin degani emas. Dasturlash tillari juda koʻp, shuningdek ularning qila oladigan funksiyalari ham. Keltirib oʻtilganlari esa nisbatan qulay va koʻp qoʻllaniladigan tillardir.

👉 @ITbusiness_school
Dasturlashda yoʻnalishni tanlash.

«Kompaniya yaratilayotib, boyib ketishga intilmaslik kerak, balki oʻzing ishongan gʻoyangga amal qilishing kerak. Faqat shunda muvaffaqiyatga erishish mumkin»
© Mayk Markkula

Odatda koʻpchilik endi dasturlash sohasiga kirib kelar ekan. Eng avvalo veb-dasturlash qismidan boshlashadi. Bunga asosiy sabablardan biri boshlovchilar veb-dasturlashni boshqa yoʻnalishlarga nisbatan tushinib olishlari osonroq boʻladi. Keyinchalik esa oʻzlari uchun aniq yoʻnalishni tanlab olishadi.

Yoʻnalish tanlashda eng avval har bir sohaga oid umumiy maʼlumotlar bilan tanishib chiqing. Youtube'dan dasturlashga oid video-yoʻriqnomalar bilan tanishib chiqing. Keyin esa qiziqishingizga qarab maʼlum bir sohani tanlaganingiz maʼqul.

Dasturlash sohalarini tanlashda hech qachon, «falon yoʻnalishdagi dasturchilar, falon soʻm pul toparka» deb oʻzingiz qiziqmaydigan yoʻnalishda ketmang. Chunki, maʼlum bosqichga yetkandan keyin qiziqishingiz soʻnib bu sohani tashlab ketishingiz ehtimoli yuqori boʻladi. Bu bilan esa eng qimmat narsangizni yaʼni vaqtingizni bekorga ketkazasiz.

Agar qaysidur tilni oʻrganishni boshlagan boʻlsangiz, unda boshqa tilga oʻtishga shoshilmang. Dasturlash tillari bir-biriga yaqin, birini mukammal oʻrgansangiz boshqalarini oʻrganish qiyinchilik tugʻdirmaydi.

P.s: Dasturlashda yoʻnalish tanlashda eng asosiysi bu – shu sohaga oʻzingizda boʻlgan qiziqish. Sohangizda haqiqiy mutaxassis boʻlib yetishsangiz hech qachon pulsiz qolib ketmaysiz.

👉 @ITbusiness_school
Instagram'dan portfolio sifatida foydalanish

Hozirgi davrga kelib koʻpchilik Instagram ijtimoiy tarmogʻida oʻz profiliga ega. Lekin, Instagram'dan portfolio sifatida foydalish mumkinligidan esa koʻpchilikning xabari yoʻq.

Bu ijtimoiy tarmoqdan sizga ish beruvchi odamlar ham foydalanishadi. Ular tasodifan sizning profil'ingizga kirib qolib, bajargan ishlaringiz koʻrib sizga ish taklif qilishi mumkin. Bu ayniqsa dizayner, video-montajchi kabi sohalarda ishlovchilar uchun judayam foydali.

Instagram'dan foydalanish har-xil maxsus portfolio uchun ishlab chiqilgan saytlardan koʻra ancha qulay. Shu bilan birga juda koʻpchilikka bu saytlardan foydalanish ancha qiyinchilik tugʻdirishi aniq.

P.s: Instagram'dan faqat mashhurlarining rasmlariga layk bosish uchun emas, balki oʻzingiz uchun kerak boʻlganligi uchun foydalanishni oʻrganing.

👉 @ITbusiness_school
letsxd.com — sayti orqali Let's XD - Adobe XD'ni chuqurlashtirilgan video darslar orqali o'rganishingiz mumkin.

Saytdan bepul resurslar, video darslar va foydali maslahatlarni topasiz.

👉 @ITbusiness_school
Bugun soat 17:00 da kompyuter uchun barcha dasturlarning tekin versiyasini yuklab olishingiz mumkin bo'lgan sayt linkini @foydali_link kanalimizga joylaymiz.

P.s. Kanalga qo'shilib 17:00 ni kuting 😉

👉 @ITBusiness_School
Eng yaxshi ustoz — Youtube

IT sohasida biznes yoki frilans bilan shug'ullanish odamlarning hayolida qiyin narsadek ko'rinadi. IT sohalaridan birini o'rganish uchun esa qimmat kurslarga qatnash kerak deyishadi.

Aslida Youtube sizga yaxshi o'qituvchi bo'la oladi. Bepul kurslarga marhamat.

1. Grafik dizayn kurslari
2. 3D Max kurslari
3. Dasturlash kurslari
4. Marketing asoslari
5. Copywriting asoslari

P.S. Ushbu sohalardan xohlagan birini tanlang, qunt va sabr bilan o'rganing. Professional mutaxassislarga doim ish topiladi, shunday ekan, hoziroq boshlang!

👉 @ITBusiness_School
Matnlarni kiril-lotin va lotin-kiril qilib bexato o‘girib beradigan bot. Lotindan kirilga o‘girilganda o‘zgarishi kerak bo‘lgan so‘zlarni ham to‘g‘ri o‘girib beradi.

P.s. Mabodo Sizda Қ Ғ Ҳ harflari yo‘q bo‘lsa shu botga lotincha matn yozib kirilga o‘girib olsangiz bo‘ladi.

BOT 👉 @LotinKiril_bot
Dunyo IT gigant kompaniyalaridan biri bo'lgan Amazon.com kompaniyasi shu yildan boshlab o'z tovar va mahsulotlarini dronlar yordamida yetkazib berishni yo'lga qo'yar ekan.

Bizda esa maxsus ruxsatnomalar va hujjatlarsiz dron olib kirish mumkin emas. O'zbekistonda dronlar uchirish taqiqlangan. Maxsus ruxsatnomasiz dron uchirgan shaxs ma'muriy hamda jinoiy javobgarlikga tortilishi mumkin 😄

P.s. Texnologiyani yaratish emas, rivojlantirish kerak o'rtoqlar :)

👉 @ITbusiness_school
"TikTok"ning sotilishi nimani anglatadi?

Shu kunlarda Xitoyning "TikTok" ijtimoiy tarmog'i bo'yicha mashmasha avj olmoqda. Vashington uni milliy xavfsizlik uchun tahdid degan vaj bilan AQShdagi biznesini Amerika kompaniyasiga sotishga majuburlamoqchi. Kompaniyaga 15-sentabrgacha muddat berilgan: yo sotishi kerak yoki AQShda bloklanadi.

Ayni kunlarda "Microsoft" uni sotib olish bo'yicha muzokara olib borayotgani aytilmoqda. "Apple" ham qiziqish bildirgan.

Gap bunda emas. Masala bu voqeaning internet olami uchun qanchalik salbiy oqibatlar olib kelishi haqida. Mavzuning shu tomonini "Telegram" asoschisi Pavel Durov yaxshi ochib beribdi.

Uning yozishicha, AQShning deyarli barcha ijtimoiy tarmoqlari Xitoyda bloklangan. Shunday ekan, AQShning ham Xitoy kompaniyasini bloklashga haqqi bor. Ammo, deydi Durov, bunday taklifning demokratiya, so'z va savdo erkinligi bo'yicha shu paytgacha dunyo chempioni bo'lgan AQShdan chiqayotgani xavotirli.

Chunki AQSh so'z erkinligi, erkin iqtisodiyot bo'yicha dunyoga mayoq hisoblanadi: hamma o'z standartlarini AQShga qarab oladi. U rivojlanayotgan mamlakatlar uchun o'qiladigan "kitob" vazifasini o'taydi.

Endi mana shu pretsedent buzilyapti. Xitoyning o'sib borayotgan global ta'siridan xavotirga tushgan Vashington milliy xavfsizlik vaji bilan ilgari tasavvurga sig'magan cheklovlarni joriy qilmoqda. Bu esa dunyoga yomon signal beradi.

Endi yanada ko'plab mamlakatlar AQShdan "namuna" olib, milliy xavfsizlik vaji bilan so'z erkinligi va internetni cheklashni boshlaydi. Ularni tartibga chaqirishga AQShning ortiq ma'naviy haqqi bo'lmaydi.

Masalan, Turkiya shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarni cheklovchi yangi qonun qabul qilmoqda. Bunday paytlarda uni tergab, tartibga chaqiradigan mamlakat, avvalo, AQSh bo'lardi. Vashington bugun shu huquqni boy bermoqda, deb yozadi Durov.

Durovning aytishicha, "Telegram"ni majburan sotish bo'yicha unga ham ilgari ba'zi davlatlardan takliflar bo'lgan. Agar bizga sotmasangiz, messenjerni bloklaymiz, deb tahdid qilishgan.

Pavel Durov ularga "o'rta barmog'i"ni ko'rsatgan ekan.

@bmamadiev

👉 @ITbusiness_school
3D Max ni o'rganib, siz 3D printerda o'zingiz tayyorlagan dizaynlarni ham sotib, yuqori daromad topishingiz mumkin.

Hozirgi kundagi 3D printerdagi eng ko'p sotilayotgan mahsulotlarni siz ham chop etib, yaxshi narxlarda sotishingiz mumkin. Misol uchun: Koronavirusning 3D modeli shu payitgacha butun dunyo bo'ylab 11$ dan 118$ gacha 25 mlndan ortiq sotildi.

Hozirda eng ko'p sotilayotgan modellar - Dizayn elementlari, Ro'zg'or uchun kerak bo'ladigan 3d modellar, multfilm qahramonlari, 3d uylar, logotip va ismlardir. Tayyor holatdagi 3d modellarni esa asosan Amazon.comAliExpress.ruAlibaba.com saytlarida sotsangiz bo'ladi.

Agar sizda 3d printer bo'lmagan taqdirda ham shunday 3d dizaynlarni tayyorlab, 3dmodels.ru3docean.netfl.ru saytlarida sotishingiz mumkin.

👉 @ITBusiness_School
Stavkalardan pul ishlasa bo'ladimi?

Barchamiz bilamiz, ko'p kishi qimor, futbol va boshqa sport turlariga pul tikib, pul ishlashni o'ziga kasb qilib olgan. Aslida bu eng yomon narsa, chunki buning oqibati juda yomon.

Siz 1-marta yutganingizda hayolingizda «yana yutaman» degan fikr paydo bo'ladi. O'ynashda davom etasiz, mayda summadan katta summaga qarab ketaverasiz. 1 yutarsiz, 2 yutarsiz, ammo ko'za kunda emas, kunida sinadi deyishganidek, yutqazasiz.

Men tanigan bir «stavshik» bor edi. Boshida pul yutib, maqtanardi. 200 ming tikib, 1 million ham yutgan. Ammo o'sha «ko'za» sindi va u tikkan 1 million so'm havoga uchdi. Bu summa u stavkadan topgan barcha puli edi. U shunchaki yutqazdi va stressga tushib qoldi.

Stavka — omadga bog'liq qimor hisoblanadi. Islom dinida qimor qoralangan. Stavka orqali pul ishlash yolg'on. Bir kunmas bir kun yutqazasiz va bu juda achinarli bo'ladi.

P.S. Pul topishning oson yo'li yo'q va bo'lmaydi ham. Eslab qoling, qiyin topilgan pul qiyin ketadi.

👉
@ITBusiness_School
2024/09/27 17:27:05
Back to Top
HTML Embed Code: