Telegram Web Link
Ushbu saytda siz ma'lum bir saytga oyiga qancha odam va qaysi davlatlardan tashrif buyurishligini bilib olishingiz mumkin.

LINK 👉 similarweb.com

👉 @ITmavzu
Ushbu sayt orqali istalgan 5 tildagi matningizni ovozlashtirishingiz mumkin. Hattoki dialog qilish imkoni ham bor ekan.

Har kuni 1500ta belgini tekin ovozlashtira olasiz. Ovozli servislar yaratishda razrabotchiklar uchun juda kerakli narsa deb o'ylayman.

LINK 👉 unitools.tech/voice

👉 @ITmavzu
Veb dizayner bilan grafik dizaynerni adashtirmang!

Hozir ko'p biznesmenlar bir o'zi bir necha kishining vazifalarini bajaradigan universal xodim xohlashadi. Bularga misol, grafik dizaynerdan veb dizaynerning ham ishini talab qilishidir.

Aslida, grafik dizayner SMM posterlar, logolar, bannerlar, mahsulot qadoqlari uchun dizayn qilish bilan shug'ullanadi.

Veb dizaynerlar esa biror-bir sayt yoki ilovaga foydalanuvchi kirganda qulay hamda chiroyli bo'lishini ta'minlab, ilova va saytning tashqi dizaynini qilish bilan shug'ullanadigan soha egasi. Ko'rib turganingizdek bu soha egalarining ishi umuman boshqa-boshqa.

👉@ITmavzu
🧐 Nimaga dasturlashni pul uchun o'rganmaslik kerak?

— O'zingizga savol bering: Dasturlashni nima uchun o'rganyapsiz? Pul yoki shu sohaga chindan qiziqasiz. Javob 1-chisi bo'lsa, dasturlashni tashlang.

— Dasturlash pul manbayi emas. Hech kim sizga shunchaki 1000$ bermaydi. Bunday pulni faqat tajribalilar ko'rishadi. Ko'zingizni oching, Siz dasturlashmi o'rganib bo'lganingizdan keyin ishga kirasiz, u yerdagi oylik 200-300$ ko'pi. Bunday holatda juda ko'pchilikning motivatsiyasi tushib ketadi.

— Agar dasturlashga chindan qiziqsangiz, hatto pul ishlay olmagan paytlari ham o'zingizni yo'qotmaysiz va marraga intilasiz. Marrada esa - kutilgan natija.

👉 @ITMavzu
📝 Kopirayter bo'lish uchun 7 oltin qoida

🥇 7 OLTIN QOIDA:

1.
Matnning sarlavhasini qisqa qiling.
2. O'quvchi uxlab qolmasligi uchun, gaplarni uzun qilib yubormang.
3. Gaplar ovoz chiqarib o'qilganda, bir nafasda o'qilsin.
4. Birinchi gap ikkinchi gapga ulansin.
5. Bitta gap — bitta fikr. Bitta gapda roman yozish kerakmas.
6. Har bir gapni 3 barobar qisqartirsa bo'ladi, hattoki shu gapni ham.
7. Katta bo'lgan bo'sh joyga bitta qisqa gap yozish optimal variantdir.

👉 @ITMavzu
Reklama matnlari haqida

— Sarlavha.
Oddiy sarlavha hech kimni qiziqtirmaydi. Sarlavha — matnning eng asosiy va ajralmas qismi. Bu uyning fundamentidek gap, agar uni qiyshiq yoki sifatsiz qursangiz, uy qulaydi. Sarlavha e'tiborni tortishi kerak, qisqa bo'lishi kerak.

— Tag-sarlavha.
Bu sarlavhaning tagidagi 1-2 qatorlik gap. Siz bu bilan o'quvchini yanada qiziqtirishingiz shart. Agar tikka reklamaligini bildirib qo'ysangiz, postni oxirigacha o'qilishidan umid qilmang.

— Kanal haqida va obunadan nima foyda?
Telegramda nima ko'p? Kanal ko'p. Qaysiga obuna bo'lish kerak? Bu kanal o'zi nima haqida. Bizga nima foyda unga obuna bo'lishdan? Shularni yozib chiqing.

— Rasm
Oxirgi etap rasm. Avval rasm tayyorlab, keyin matn yozadiganlardan boshqa hammaga salom. Rasmni matndan kelib chiqib tayyorlang, agar Photoshopda ishlab bilsangiz. Bo'lmasa sizga freepik yordam beradi. Bo'yi uzun eni kalta rasmlarni axlatga oting.

👉@ITmavzu
👨‍💻 Dasturchilar va boshqa IT-mutaxassislari uchun foydali saytlar

— IT'shniklar uchun foydali bo'lgan, ruscha va inglizcha saytlar ro'yxatini taqdim qilamiz.

tproger.ru
itProger.com
medium.com
habr.com
codewars.com

👉 @ITMavzu
🧐 Interyer va eksteryer dizayn nimasi bilan farq qiladi?

— Ko'p ko'rgan bo'lsangiz kerak, odatda 3D dizaynerlar interyer va eksteryer dizaynlarni ham qilishadi. Ammo ular bir biri bilan nimasi bilan farqlanadi?

Interyer dizayn eng keng tarqalgan sohalardan bo'lib, bunda asosan xonaning ICHKI qismi tayyorlanadi. Mebellar, deraza, gilam va hokazolar.

Eksteryer dizayn esa binoning TASHQI qismiga javobgar. Binoning tashqi ko'rinishi, atrofidagi chiroqlar, avtopark, zinalar va hokazolar shuning jumlasidan.

— Biz esa sizga interyer dizaynni o'rganishni maslahat beramiz.

👉 @ITMavzu
📈 Freelance saytlarida ishlashda nimalarga e'tibor berish kerak?

— Muomala
Har doim mijoz bilan gaplashishda muomalaga e'tibor qarating. Lekin muomalarni «oshirib» ham yubormang. Savollariga to'laqonli javob bering. Mijoz ishingizdan shubhalanmasin.

— Qo'shimcha kontaktlar
Mijozning telefon raqamini va telegram-akkauntini oling. Sababi ba'zi holatlarda saytning o'zida gaplashish noqulay yoki telefonni ko'tarmay qolish holatlar bo'ladi.

— Avans olib ishlang va deadline kelishini kutmang
Buyurtmani olganda avans oling. Ammo shuni biling-ki, loyihani bajarishga ko'zingiz yetmasa yoki deadline tugashiga 1 kun qoladigan bo'lsa, avans olib o'tirmang. Sababi uni yeb ichib yuborishingiz mumkin va loyiha bitmasa pulni qaytarish kerak bo'ladi.

👉 @ITMavzu
5 daqiqaga feysbukka kirib chiqaman, choy damlab, telegramda yozganlarga javob beraman — va darhol ishlashga kirishaman. Bu kabi marafondan keyin bir necha soat vaqtimiz behuda ketganini sezmay qolamiz.

Freedom ilovasi mana shu muammoni yechishga yordam beradi. Nomi «erkinlik» deb tarjima qilinsada, erkinlikdan u aynan mahrum qiladi.

Dastur ilova va vebsaytlarni bloklash, birato‘la internetni cheklash, blokirovka jadvalini tuzish, oq va qora ro‘yxatlar kabi imkoniyatlarga ega.

Yuklab olish: freedom.to

👉 @ITMavzu
Hayot kalendari

Ushbu bot insonning 90 yoshigacha necha hafta qolganligini eslatib turadi. Uning asosiy maqsadi vaqtni behuda sarflamaslik kerakligini eslatib turish. Qizil kvadratlar — siz yashab bo'lgan haftalar, bo'yalmagan kvadratlar soni esa 90 yoshgacha hali necha hafta borligini anglatadi.

Bot sizning qancha umringiz qolganini hisoblamaydi va hayotingizni "o'lchamaydi".

Botga o'z tug'ilgan sanangizni kiriting (kun.oy.yil formatida) va shaxsiy hayot kalendaringizga ega bo'ling. Har hafta bot sizga bitta bo'yalgan kvadrat bilan yangi kalendarni jo'natadi.

Link: @life_table_bot

👉 @ITMavzu
​​Tarixdagi eng birinchi dasturchi

Ada Avgusta Lavleys (1815 – 1852, Britaniya imperiyasi) — ingliz matematigi. Loyihasi Charlz Bebbidj tomonidan yaratilgan hisoblash mashinasi (kompyuter) ning tavsifini yaratish bilan mashhurdir. Ushbu mashina uchun dunyodagi birinchi dasturni tuzgan. Qo'llanilishga «tsikl» (takrorlanishlar) va "ish yacheykasi» atamalarini kiritgan, tarixdagi eng birinchi dasturchi hisoblanadi.

Xush ko'rilmagan qizaloq

Qizi Ada tug'ilishidan oldin uning otasi lord Bayron farzandining "yaxshi o'g'il" bo'lishini kutgan va 1815 yil 10 dekabrda xotini Anna Izabella qiz tug'ganida qattiq tushkunlikka tushgan. Keyingi yilning 16 yanvarida Lordning buyrug'i bilan Anna Izabella besh haftalik qizini o'zi bilan olib, ota-onasining uyiga ketdi. Garchi o'sha paytda Britaniya qonunlari ajrashish masalasida otaga bolalarni to'liq vasiylik qilish huquqini bergan bo'lsa-da, Bayron hatto farzandini o'zi uchun da'vo qilishga ham urinmadi, lekin singlisidan qizining ishlaridan xabardor bo'lishini so'radi.

Yubkadagi Leonardo da Vinchi

Adaning onasi qizi otasining yozuvchilikka bo'lgan ishtiyoqini meros qilib olishi va xuddi shunday g'alati va tez jahldor bo'lib ulg'ayishidan xavotirda edi. Shuning uchun u yoshligidanoq qizning nasr va she'r o'qishga bo'lgan ishtiyoqini olqishlamadi, har tomonlama uning e'tiborini aniq fanlarga qaratdi. Xususan, matematik Avgust de Morganni Bayron xonim qiziga dars berish uchun taklif qilgan. Natijada,13 yoshida Ada allaqachon bir nechta uchar apparatlar chizmalarini yaratgan.

Taqdir uchrashuvi

Ma'lumki, Ada o'z davrining nasriy yozuvchisi Charlz Dikkens, fizik Maykl Faraday, Devid Bryuster (kaleydoskop ixtirochisi) kabi taniqli shaxslar bilan tanish edi. Biroq, ko'p jihatdan uning hayot yo'lini belgilab bergan uchrashuv yuz berdi. U mashhur matematika professori Charlz Bebbij bilan tanishdi. Bir necha yil oldin u yigirmata belgigacha hisob-kitoblarni amalga oshirish qobiliyatiga ega bo'lgan logarifmik mashinasini ixtiro qilgan edi. Aynan shu mashina keyinchalik dunyodagi birinchi kompyuter sifatida tan olinadi.

Eng birinchi dasturiy ta'minot

Ada Lavleysni dunyodagi birinchi dasturchi deb atashga uning yaratgan ishi, Bebbij ixtirosini ta’riflovchi maqolaning ingliz tiliga tarjimasidan iborat bo‘lgan asari sababdir.

Bebbij mashinasini tavsiflashda aynan Ada tsikl va yacheyka kabi kompyuter atamalarini kiritgan. Shuningdek, u ushbu mashinada Bernulli sonlarini hisoblash uchun operatsiyalar to'plamini tuzdi. Aynan shu operatsiyalar to'plami tarixdagi birinchi kompyuter dasturi deya tan olingan. Bebbij hech qachon o'z mashinasini yaratmagan, u uning o'limidan keyin yig'ilgan va hozirda Londondagi Ilm-fan muzeyida saqlanadi.

Xotira

Ada Lavleys 1852 yil 27 noyabrda 37 yoshida vafot etdi. Aynan shu yoshda uning otasi ham vafot etgan. U hech qachon tanimagan otasi bilan birga oilaviy qabristonga dafn etilgan.

Uning sharafiga 1980-yillarda AQSh Mudofaa vazirligi Ada nomli dasturlash tilini yaratgan.

👉 @ITMavzu
Eski Windows'ning ajoyib onlayn emulyatori. Dasturlar, turli interaktiv kichik hazillar va hatto o'z qidiruv tizimiga ega turli sahifalar bilan to'ldirilgan web-brauzeri bor. Bekorchilik paytida chuqalab o'tirish uchun yaxshi ermak 👍

LINK 👉 windows93.net

👉@ITMavzu
“Atom Odatlar” kitobida yomon odatlar sizni falokatga yetaklashi haqida ko’p yozilgan. Keling shuni dasturchilar misolida ko’ramiz.

Siz yosh dasturchisiz! Sizda bir yomon odat bor. Har kun kechasi 3 da uhlaysiz. Balki ertalabgacha ishlab chiqarsiz. Inson organizmi uchun Melatonin juda zarur. Melatonin maksimal konsentratsiyasi esa kechki soat 2 ga to‘g‘ri keladi. Siz kechasi uhlamas ekansiz uzoq muddat bu odat sizga o’ta jiddiy tasr qiladi.

Endi Senior darajaga chiqib davringizni suradigan vaqt kelganda, kompyuterda mazangiz qochib, ishga yaroqsiz insonga aylanib qolishni istamasangiz ertalabgacha ishlab asrgacha uhlashni to’xtating. Aslida 23:00 da uhlab 05:00 da ish boshlash samarali bo’ladi.

👉 @ITmavzu
Telefonga yopishib qolishdan qanday qutulish mumkin?

Zario - ilova telefoningizga yopishib qolishga qaramlikka qarshi kurashish imkonini beradi. Ekran vaqtini boshqarish yordamida siz telefonga yopishib qolish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishingiz mumkin.

Ilova telefoningizga beparvolik bilan yopishib qolishingizga yordam beradi, shuningdek, telefoningiz ekranidan unumli foydalanish yo‘llarini topishga yordam beradi.

Turli saytlardagi yaxshi sharhlarga ko'ra, ushbu dastur haqiqatan ham yordam beradi. Ilova bepul, lekin butunlay ingliz tilida.

👉 @ITmavzu
Edge'da matematik muammolarni hal qiling

Matematikani o'rganishingiz mumkin bo'lgan turli xil veb-resurslar mavjud, ammo veb-brauzeringizda matematik muammolarni hal qilish haqida nima deyish mumkin? Microsoft Edge’dagi yangi “Math Solver” buni deyarli bir zumda amalga oshirish imkonini beradi va juda qulay vosita hisoblanadi.

Har qanday matematik muammoni hal qilish uchun sizga kerak bo'ladi:
1. Brauzerning yuqori o'ng burchagidagi ellipsli menyuni bosing;
2. Sichqonchani “Boshqa asboblar” bo‘limiga olib boring;
3. Ro‘yxatdan Matematik yechish vositasini tanlang;
4. Chap tarafdagi brauzer oynasida kerakli formula atrofida katakchani torting;
5. "Yechish" qalqib chiquvchi tugmani bosing.

👉 @ITmavzu
YouTube videolaridan subtitrlarni qanday yuklab olish mumkin?

Subtitrlar filmga foydali qo‘shimcha bo‘lishi mumkin, ayniqsa u chet tilida bo‘lsa. Bugun YouTube-da siz matn jo'rligidagi ko'plab videolarni topishingiz mumkin, bundan tashqari, xizmat hatto so'zlarni boshqa tillarga avtomatik ravishda tarjima qiladi. Ba'zan bunday videolardan subtitrlarni saqlash vazifasi bor.

Savesubs - bu YouTube'dan subtitrlarni yuklab olish xizmati. Xizmat subtitrlarni quyidagi formatlarda yuklab olish imkonini beradi: srt, vtt, txt. Xizmat juda sodda ishlaydi: Savesubs-ga o'ting, kerakli videoga havolani joylashtiring va "Yuklab olish" tugmasini bosing.

👉 @ITmavzu
Masofaviy taymer

Agar tadbir yoki uchrashuvni rejalashtirish kerak bo'lsa, stagetimer.io yordam berishi mumkin.

Xizmat taymerlarni yaratish va ularni boshqa qurilmalardan boshqarish imkonini beradi. Keyin havola orqali aʼzolar bilan matnli xabar bilan toʻliq ekran taymerini baham koʻrishingiz mumkin.

Bepul versiya uchta qurilmani ulash imkonini beradi. Ko'proq umkoniyatlarni xohlasangiz, keyinchalik oyiga 10 dollar to'lashingiz kerak.

👉 @ITmavzu
Sifatsiz tasvirni qanday yaxshilash mumkin

Agar rasm sifati unchalik yaxshi bo'lmasa ham, uni, masalan, bigjpg.com xizmatidan foydalanib yaxshilash mumkin.

Ultra-aniq neyron tarmog'i tufayli siz tasvirning aniqligini oshirishingiz va uning sifatini yo'lda oshirishingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun saytga rasm yuklash kifoya, so'ngra boshiga bosish orqali qiziqish sozlamalarini (fotosurat turi, kattalashtirish, shovqinni kamaytirish va hokazo) tanlang.

Muhim: Yuklangan rasm 3000×3000px va 10MB dan oshmasligi kerak. Tasvirning kengayishi va tafsilotlariga qarab ishlov berishning o'zi 10-60 soniya davom etadi.

Bundan tashqari, siz Android, iOS, Windows va Mac uchun bir xil nomdagi ilovadan foydalanishingiz mumkin, bu ba'zi hollarda yanada qulayroq bo'ladi.

👉@ITmavzu
Uyda yo'qolgan telefon'ni qanday topish mumkin?

O'ylaymanki, bu har kimga telefonni biron joyga tashlaganida sodir bo'lgan, keyin siz uni butun kvartiradan qidirasiz. Siz shunchaki smartfoningizga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin, ammo agar sizda jim rejim mavjud bo'lsa yoki qo'ng'iroq qilish uchun hech narsa bo'lmasa, bu yordam bermaydi.

WindMyPhoneByWhistle - bu hushtak yordamida uyingizda smartfoningizni topish imkonini beruvchi Android ilovasi. Hushtak chalish kifoya va smartfon tanlangan musiqaga javob beradi, miltillaydi va tebranadi.

Hushtak chalishni bilmaganlar uchun ishlab chiquvchilar dasturning analogini yaratdilar. Faqat unda ilova qarsaklarga javob beradi. Bepul versiyada, dasturni o'rnatishda siz bir nechta reklamalarga chidashingiz kerak bo'ladi, aks holda dasturning pullik va bepul versiyalari o'rtasida farq yo'q.

👉 @ITmavzu
2024/09/23 13:29:23
Back to Top
HTML Embed Code: