Telegram Web Link
Nima uchun ijtimoiy tarmoqlar frilansda muhim omil sanaladi?

Hamma mijozda ham siz ishlayotgan messenjer yoki ijt. tarmoq yo'q. Yo bunisida faqat Instagram, yoki VKontakte, yoki Facebook, yoki boshqa tarmoq bo'lishi mumkin.

Bir xil ism-familiya bilan barcha ijtimoiy tarmoqdan o'ting.
Bu zo'r «ficha». Barcha ijt. tarmoqdan ro'yxatdan o'ting, o'zingiz haqida yozishingiz kerak bo'lgan joyga xizmatlaringizni yozing. Masalan — «dasturlash, sayt yozish, bot yozish, backend, frontend» yoki «logotip, bannerlar, vizitka tayyorlash». Keyin Google'ga ism familiyangizni yozing, ko'rib turibsiz-ki, siz «internetda chiqyapsiz :)». Pastida esa xizmatlaringiz, tekin reklama! 😊

👉 @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18 yoshda Full Stack dasturchi bo'lish qiyin emasmi?

P.s. Foydali LINK uchun ko'plab foydali botlarni yasab bergan dasturchi Muhammad Yunus'dan pozitiv va foydali intervyu!

LINK 👉 youtu.be/ngWoFDMO_RA

👉 @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IT kasblari va INTERNET biznesiga qiziqadigan yoshlarga maslahat!

Tajribali admin, frilanser va IT biznesmen — Abdusattor Abdurahimov

Ushbu shaxs internetdagi bizneslar va IT taʼlimga oid maslahat va tavsiyalarni berib boradi, tajribasidan kelib chiqib, qiziqarli va foydali narsalar haqida yozadi.
IT-MAVZU va Foydali LINK kanallari asoschisi

👉@ITmavzu
📝 Telegram-kanal uchun to'g'ri post yozishni o'rganamiz | № 1.

Barchasi rasmda aniq va sodda tushuntirilgan. Postlarda ishlatiladigan emodjilar me'yordan oshib ketsa ko'zni og'ritadi, o'qishni qiyinlashtiradi, uni ustiga kanal obro'sini ham tushuradi.

👉 @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlardagi qanday reklama eng ko'p foyda beradi?

Hozirda ijt. tarmoq foydalanuvchilari uzoq davom etadigan videolar ko'rishni yoki uzun postlardagi reklamalarni o'qishni yoqtirishmaydi. Ammo biznes egasi o'z biznesi haqida ko'proq ma'lumot berishni istaydi.

🤔 Xo'sh, savol tug'iladi: Bunday vaziyatda qanday usulda reklama berish kerak?

Javob — Moushn grafikali videolar

Moushn grafikali videolardagi animatsiyalar yordamida esa soniyalar ichida mijozlarga ko'plab ma'lumotlarni qiziqarli tarzda yetkazish mumkin. Bu kabi videolardan TikTok'da ham reklama berish uchun foydalanish mumkin.

👉 @ITmavzu
📝 Kanalga ma'lumot yozishni o'rganamiz | №2.

Kanalning bio, yoki status qismi kanalning eng asosiy faktorlaridan. Bioni mukammal va aniq qiling, shundagina obunachi kanal aslida nima haqida ekanligini tushunib yetadi. Bachkana shriftlar kerakmas. Imlo qoidalari muhim omil.

👉 @ITmavzu
💰 3D Modellarning narxi qancha?

Oddiy, qiyinmas bo'lgan 3D modellarning narxi o'rtacha 60-100$ atrofida bo'ladi. Uylar, kvartira va hovlilar 3D modellari 400$-500$ atrofida bo'ladi. Tarixiy bino va inshootlarning 3D modellari 100$ dan boshlanadi.

P.S. Bu narxlar konkret narxlar emas, barchasi TZ va ish detallariga bog'liq.

👉 @ITmavzu
Pulni qanday taqsimlash kerak?

Pulni boshqarish ilmi bu - ilmlarning eng muhimlaridan biridir. Pul ilmi haqida gapirganda, "6 Kuvshin" usuli eng qulay va soddalaridan biri hisoblanadi. Ushbu usulga ko'ra siz o'z daromadlaringizni quyidagi tartibda taqsimlaysiz:

1. 55% - zaruriy ehtiyojlar uchun, ya'ni ro'zg'or harajatlariga.

2. 10% - qimmatbaho harajatlar. Ushbu pulni siz uzoq vaqt ishlatiladigan mahsulotlar, masalan avtomobil xarid qilish uchun yig'ishingiz mumkin.

3. 10% - ta'limga. Ushbu pulni eng avvalo o'zingizga sarflang. Kitob olib o'qing yoki seminar va treninglarda qatnashing.

4. 10% - investitsiya. Bu summani siz ikkinchi yoki uchinchi daromad manbalarini yaratish uchun investitsiya qiling.

5. 10% - jamg'arma. Bu pulni siz "qora kun"ga olib qo'ying. Inson qanchalik optimist bo'lmasin, ertangi kun qanaqa bo'lishini bilib ololmaydi. Shu sababli mablag'ingizning ma'lum qismini "qora kun"ga asrab qo'yganingiz ma'qul.

6. 5% - xayru ehson. Ushbu kuvshinga ajratgan pulingizni siz xayru ehsonga, yoki qarindoshlar va oila a'zolaringizga hadyalar xarid qilishga sarflashingiz mumkin.

Ishoning, daromadlaringizni ushbu uslubga ko'ra taqsimlash va qoidaga qat'iy rioya qilish sizni HH yaqin bir necha yil ichida moliyaviy mustaqil bo'lishingizni ta'minlab beradi!

👉@ITmavzu
Eng zo‘r kasb qaysi? Qaysi kasbdan eng ko’p pul topsa bo’ladi?

Ushbu videoda siz kasb tanlash bo’yicha muhim bo’lgan tavsiyalarni eshitishingiz mumkin.

VIDEO 👉 youtube.com/watch?v=nBIQs-mWIHE

👉 @ITmavzu
▪️Tunda ishlash xotira bilan muammolar xavfini 79 foizga oshiradi - tadqiqot

Tadqiqot davomida 47 811 ta odam o’rganib chiqildi va tungi smenada ishlaydiganlar kunduzgi smenada ishlaydiganlarga qaraganda kognitiv buzilish darajasi 79% ga yuqori ekanligi aniqlandi. Ya’ni tunda ishlaganlarni xotirasi ancha pasaygan.

Olimlarning fikriga ko’ra, bunday o’zgarishlarga tsirkad ritmning buzilishi - bizning biologik soatimiz aybdor. Hatto tunda vaqti-vaqti bilan ishlash ham miyaga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

👉@ITmavzu
📝 Kanal ochish uchun maslahatlar.

1. Avvalo byudjet to'plang.
Chunki reklamasiz biznes uzoqqa bormaydi.

2. Yaxshi tematika tanlang. Shunday tematika tanlang-ki, o'zingiz shu sohani yaxshi tushuning, bu tematikada kanallar aktivi past va kam bo'lsin. Sport, yangilik, musiqa va kino kanallardan ko'p kanal yo'q, bular yaxshi tematika emas.

3. Kanalga mos, brend logotip tayyorlang. Bu borasida sizga dizayner yordam bera oladi. Kanal fundamentiga byudjetni ayamang. Kanal fundamenti — nomi, logotipi, xullas olganda, tashqi ko'rinishi.

4. Hammasi tayyor bo'lishi bilan reklama sotib oling. Agar ko'proq daromad ko'rishni xohlasangiz, investitsiyani ko'paytiring. 300-400 ming so'm hech narsa emas.

👉 @ITmavzu
Frilans haqidagi miflar | No_1

• Men hech narsani bilmayman, mening xizmatlarim hech kimga kerakmas...

Agar siz ham shunday hisoblasangiz, o'zingizga ishonmaysiz va haqiqatdan ham, hech narsani bilmaysiz. Lekin atrofga qarang — aqli zaiflar, chala ekspertlar va "qo'li qiyshiq" dasturchilar ko'p. Siz bir narsani chindan xohladingizmi, uni qila olasiz. Qisqa vaqt ichida yuqori darajaga chiqish mif emas.

👉@ITmavzu
Frilans haqidagi miflar | No_2

Men xizmatlarim qancha turishini bilmayman...

Eng yaxshi yo'l — bepuldan boshlash. Shundagina siz o'zingizning 1-mijozingizni topasiz, u bilan gaplashishni o'rganasiz, real proyektlar qanday bo'lishini bilib olasiz. Aslida frilans "bajar, mana pul" degan narsa emas. Shunaqa vaziyatlar ham bo'ladi-ki, mijoz iloji yo'q yoki byudjetga to'g'ri kelmaydigan narsani so'raydi, ammo buni unga tushuntirishni iloji bo'lmay qoladi. Frilanserlar shiori — Клиент всегда прав!

👉@ITmavzu
Frilans haqidagi miflar | No_3

Ko'p so'rashga uyalaman...
Uyalmaslik kerak

Kichik summadan boshlang. Vaqti-vaqti bilan narxlarni oshiring. Ko'p so'rashdan qo'rqmang. Mijoz bilan savdolashishdan qo'rqmang. Agar sizning xizmatingiz rostdan ham shuncha tursa, siz haqsiz. Va yana, siz ko'chadagi gadoy emassiz-ki, "so'raydigan". Sizga pulni hadya emas, qilgan ishingizga to'lashadi. Va bunda ko'p pul talab qilishga haqqingiz bor.

👉@ITmavzu
Frilanserlarga Maslahatlar | No_1

• Qayerdan mijoz topsam bo'ladi?

Frilans-birjalar degan javob ham eskirdi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ham topish mumkinligi haqida bilasizmi? Bu o'zingiz uchun qilingan SMM. Telegram, Instagram, Youtube'da shaxsiy blogingizni oching, Youtube'ga har xil videodarslar, Telegramga shaxsiy fikrlar, Instagramga portfolioni joylashtirish mumkin. Obunachilaringizni o'ldim deganda 3%i mijoz bo'ladi.

👉@ITmavzu
Frilanserlarga Maslahatlar | No_2

• TZsiz ishlamang!
Agar byudjet oshib-toshib ketsa ham, TZsiz ishlamang. O'zingizga yomon bo'ladi. TZ olganingizda uni ogohlantiring, "Faqat shuni qilaman, ortiqcha narsa qo'shish yo'q" deb.
Chunki TZsiz ishlasangiz, u xohlagan payt xohlagan fichani qo'shishni so'raydi. Hatto, "mana shu saytga o'xshagan" degani ham yaramaydi, chunki saytning server tomoni dasturchiga ayon.

• Ism — brend
Artemiy Lebedev, mashxur grafik dizayner, artlebedev studiyasi asoschisi. Shaxsan men uni ismini eshitsam, dizayn hayolimga keladi. Chunki u bu mashxurlikka blogi orqali erishdi. Siz ham shaxsiy blogingizni yuriting. Atrof muhit haqida holisona fikr yuriting, shundagina sizni ham odamlar taniy boshlaydi.

👉@ITmavzu
⚡️ Barchasi emas, eng saralarini sizga ilindik

🚀 IT va texnologiyaga oid bo'lgan, dasturlash, kompyuter savodxonligi, foydali dasturlar va texno yangiliklar-u, layflaklargacha hammasi — bitta to'plamda.

A'zo bo'lish uchun bosing

🔥 Ehtiyot bo'ling, bu to'plamdagi kanallar siz uchun «juda foydali» bo'lishi mumkin.

👉 https://www.tg-me.com/addlist/SdL8yFxXJ8E3MTg6
👨🏻‍💻 Front-End dasturchilar uchun foydali resurslar to'plami.

Github foydalanuvchisi Front-End dasturchilar uchun muhim bo'lgan resurslarni bir qilib, mana bu repozitoriyga joylabdi.

📝 Tarkibi:

Kod redaktorlari
Kerakli instrumentlar
CSS-freymvorklar
Ikonkalar va ranglar
API
Mock-up'lar
Kitoblar / Topshiriqlar / O'yinlar
— Va boshqa qiziqarli resurslar

👉 @ITmavzu
Telegram-kanal menejerlari haqida.

Kunning ko'p qismini telegramda o'tkazsangiz, sotish va sotib olish qobiliyatingiz bo'lsa (telegram ham bozor kabi), kanallarni yaxshi tushunsangiz, bemalol sizdan menejer chiqadi.

Menejerning vazifasi nima?

Reklama sotish, xaridor topish
Savollarga javob berish
Kanalni nazorat qilish
Va boshqa ishlar

Asosiy ish — kanal egasini bezovta qilmasdan ishni hal qilish. Ish topish uchun biror yaxshiroq kanalni toping, kuzating, o'rganing va adminga yozing. O'zingizni ko'rsatsangiz, ishga qabul qilinasiz!

👉 @ITmavzu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zoom Escaper plaginida endilikda bola yig'isi, qo'shnining uyidagi remont, it akkilashi va yana bir qator ovozlarni ishlatish mumkin. Bu juda zo'r funksiya — videomuloqot payti yolg'on ovozni qo'yib, «aybsiz» konferensiyadan chiqib ketish mumkin.

Funksiya qanday ishlashi bilan qiziqdingizmi? Videoda ko'ring 👆

👉 @ITmavzu
2024/11/16 13:47:16
Back to Top
HTML Embed Code: