Telegram Web Link
Professional montaj bilan shug’ullanib frilenserlik yoki buyurtma asosida yaxshi daromad topishni istaganlarga Adobe After Effects dasturini o’rganishni tavsiya qilaman.

Envato marketning videohive.net saytida Adobe After Effects dasturida yasalgan shablonlar eng talabgirlardan hisoblanadi.

👉 @ITmavzu
3ds Max dasturida yasalgan bunday 3D modellarni kim sotib oladi?

Bu 3D modellarni butun dunyodagi interyer dizaynerlar sotib oladi.

Nima uchun sotib oladi?

Interyer dizaynerlar buyurtma olgan uy dizaynini yasab berishi uchun shunday modellarni ishlatishadi. Buyurtmachi esa shu jihozlarni bozordan sotib oladi. Dizaynerni vazifasi xona dizaynini oldindan ko'rinishini ko'rsatib berishdan iborat.

3D modelchilar esa hayotdagi bor narsalarni 3D modellarini yasab, interyer dizaynerlar va buyurtmachilarga ancha qulayliklar keltiradi.

👉 @ITmavzu
Canva.com sayti orqali ajoyib dizayndagi rasmlar ishlay olasiz.

Saytdagi minglab dizayn shablonlar yordamida osongina buklet, logotip, reklama rasmlar, qadoq, prezentatsiya, e'lon rasmlar, taklifnoma, infografika va juda ko'plab turdagi dizaynlar rasmlarni bemalol yasashingiz mumkin.

P.s. professional darajada ishlash va yaxshi pul topish uchun Adobe photoshop va Adobe illustrator dasturlarini yaxshilab oʼrganishingiz tavsiya qilinadi

👉 @ITmavzu
Mana shunday brand booklar tayyorlab qanday qilib pul topsa boʻladi?

Adobe photoshop yoki Adobe illustrator dasturalida shunday brand booklarni buyurtmalar asosida yoki elektron bozorlarda sotib katta daromad topsa boʻladi.

Oʻzbekistonda bitta brand bookni kamida 500 $ ga tayyorlashadi.

P.s. Vaqt oʻtib ketaveradi, IT dasturlaridan birini oʻrganishni boshlash kerak.

👉 @ITmavzu
Qaysi dasturlash tili yaxshi?

Koʻpchilik endi dasturlashni oʻrganishni boshlamoqchi boʻlganlarda albatta ushbu savol paydo boʻladi. Umuman olib qaraganda dasturlash tillarini bir biri bilan solishtirishning oʻzi notoʻgʻri. Chunki har bir tilning oʻziga xos qiladigan ishi, yutugʻi va kamchiliklari bor.

Biror tilni oʻrganishdan avval oʻzingiz uchun qiziq yoʻnalishni tanlab olish kerak.Keyin oʻsha yoʻnalish boʻyicha kerakli dasturlash tillarini oʻrgansangiz boʻladi.

Dasturlash sohasiga kirmoqchimisiz, oʻzingiz uchun kerak yoʻnalishni tanlang. Veb-dasturlashga qiziqasizmi yoki Android uchun dastur yaratish qiziqmi? iOS operatsion tizimi uchun yoki kompyuterlar uchun dastur yaratishni hohlaysizmi?

Har bitta yoʻnalish boʻyicha maxsus dasturlash tillari mavjud. Yoʻnalish tanlab olgan boʻlsangiz unda oʻsha yoʻnalish boʻyicha kerakli tillarni oʻrganishni boshlasangiz boʻladi.

Tiobe.com va Pypl.github.io saytlari orqali hozirgi vaqtda eng mashhur dasturlash tillari reytingi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

P.s: Siz qaysi dasturlash yoʻnalishini tanlashingiz qatʼiy nazar, oʻsha sohani qunt bilan oʻrganishingiz kerak. Unutmang, koʻproq pul topmoqchimisiz, unda koʻproq oʻrganing!

👉 @ITmavzu
FREELANCE - sohasiga zamonaviy elektron mehnat bozorida “mardikorlik” deya ta’rif berishimiz mumkin. Chunki freelancing va mardikorlik o’rtasida umumiylik bor: buyurtmachi soatbay yoki ishbay haq to’laydi, freelancer esa haq evaziga kelishilgan ishni bajaradi. Odatda freelancer va ish beruvchi munosabatlari ma’lum bir sayt orqali boshqariladi va tartibga solinadi. Ammo mustaqil freelancerlar o’z saytlari orqali ish beruvchilarni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilishlari ham mumkin.

Internet orqali bugungi kunda qaysi ishlarni bajara oladigan freelancerlarga talab eng yuqori darajada? Hozirgi kunda, mening shaxsiy kuzatishlarim asosidagi fikrimcha, quyidagi 6 yo’nalishda bo’lgan xizmatlar uchun freelancing bozorida talab yuqori bo'lib, ular quyidagilar: post yozuvchilar, grafik dizaynerlar, dasturchilar, mijozlarni qo'llab-quvvatlovchi hodimlar, internet marketologlari va tarjimonlardir.

Frilans-platformalar: fl.ru - Freelance.com - kwork.ru - freepik.com

👉 @ITmavzu
Affiliate marketing nima?

«Affiliate marketing» - atamasi oʻzbekchada «hamkorlik marketingi» degan maʼnoni anglatadi.

Affiliate marketing – bu oʻz audiatoriyasiga ega boʻlgan odamlarni biror kompaniyaning mahsulotini reklama orqali sotish. Buning odatiy reklamalardan farqi siz har bitta sotilgan mahsulot evaziga haq olasiz.

Masalan, siz «Gʻishmat Books» online kitob doʻkoni bilan ishlashni niyyat qildingiz deylik. Ular sizga maxsus havola(link) berishadi. Siz ushbu havolani oʻz audiatoriyangizdagi post yoki videoning ostiga joylashtirasiz. Sizning havolangiz bilan kirib sotib olingan har bir mahsulot uchun sizga haq toʻlashadi.

P.s: Ushbu soha Oʻzbekistonda endi rivojlanayotgan soha hisoblanadi. Bu soha orqali ancha daromad qilishingiz mumkin. Buning uchun sizda sifatli audiatoriya boʻlsa boʻldi.

👉 @ITmavzu
Ko‘plab frilanser saytlarida va O‘zbekistonda ishlaydigan karta bu Payoneer hisoblanadi. Tushgan pulni naqt qilib yechib beradiganlar ham bor. Kartani payoneer.com saytidan buyurtma bersangiz ancha qiyin. Chunki juda ko‘p narsa so`raydi.

Payoneer kartani upwork.com frilanser sayti orqali buyurtma bering. Pochtadan uyingizgacha olib kelib berishadi.

👉 @ITmavzu
Frilans qilish uchun qanday sohalar ma'qul?

• Kopirayter
• Tarjimon
• Veb-dasturchi
• Ijtimoiy tarmoq ma`muri
• Mobil dastur ishlab chiquvchi
• Internet-loyiha menejeri
• Veb-dizayner

P.S. Ushbu sohalar bilan frilansda «och qolmaysiz» :)

👉 @ITmavzu
Nima uchun ijtimoiy tarmoqlar frilansda muhim omil sanaladi?

Hamma mijozda ham siz ishlayotgan messenjer yoki ijt. tarmoq yo'q. Yo bunisida faqat Instagram, yoki VKontakte, yoki Facebook, yoki boshqa tarmoq bo'lishi mumkin.

Bir xil ism-familiya bilan barcha ijtimoiy tarmoqdan o'ting.
Bu zo'r «ficha». Barcha ijt. tarmoqdan ro'yxatdan o'ting, o'zingiz haqida yozishingiz kerak bo'lgan joyga xizmatlaringizni yozing. Masalan — «dasturlash, sayt yozish, bot yozish, backend, frontend» yoki «logotip, bannerlar, vizitka tayyorlash». Keyin Google'ga ism familiyangizni yozing, ko'rib turibsiz-ki, siz «internetda chiqyapsiz :)». Pastida esa xizmatlaringiz, tekin reklama! 😊

👉 @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18 yoshda Full Stack dasturchi bo'lish qiyin emasmi?

P.s. Foydali LINK uchun ko'plab foydali botlarni yasab bergan dasturchi Muhammad Yunus'dan pozitiv va foydali intervyu!

LINK 👉 youtu.be/ngWoFDMO_RA

👉 @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IT kasblari va INTERNET biznesiga qiziqadigan yoshlarga maslahat!

Tajribali admin, frilanser va IT biznesmen — Abdusattor Abdurahimov

Ushbu shaxs internetdagi bizneslar va IT taʼlimga oid maslahat va tavsiyalarni berib boradi, tajribasidan kelib chiqib, qiziqarli va foydali narsalar haqida yozadi.
IT-MAVZU va Foydali LINK kanallari asoschisi

👉@ITmavzu
📝 Telegram-kanal uchun to'g'ri post yozishni o'rganamiz | № 1.

Barchasi rasmda aniq va sodda tushuntirilgan. Postlarda ishlatiladigan emodjilar me'yordan oshib ketsa ko'zni og'ritadi, o'qishni qiyinlashtiradi, uni ustiga kanal obro'sini ham tushuradi.

👉 @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlardagi qanday reklama eng ko'p foyda beradi?

Hozirda ijt. tarmoq foydalanuvchilari uzoq davom etadigan videolar ko'rishni yoki uzun postlardagi reklamalarni o'qishni yoqtirishmaydi. Ammo biznes egasi o'z biznesi haqida ko'proq ma'lumot berishni istaydi.

🤔 Xo'sh, savol tug'iladi: Bunday vaziyatda qanday usulda reklama berish kerak?

Javob — Moushn grafikali videolar

Moushn grafikali videolardagi animatsiyalar yordamida esa soniyalar ichida mijozlarga ko'plab ma'lumotlarni qiziqarli tarzda yetkazish mumkin. Bu kabi videolardan TikTok'da ham reklama berish uchun foydalanish mumkin.

👉 @ITmavzu
📝 Kanalga ma'lumot yozishni o'rganamiz | №2.

Kanalning bio, yoki status qismi kanalning eng asosiy faktorlaridan. Bioni mukammal va aniq qiling, shundagina obunachi kanal aslida nima haqida ekanligini tushunib yetadi. Bachkana shriftlar kerakmas. Imlo qoidalari muhim omil.

👉 @ITmavzu
💰 3D Modellarning narxi qancha?

Oddiy, qiyinmas bo'lgan 3D modellarning narxi o'rtacha 60-100$ atrofida bo'ladi. Uylar, kvartira va hovlilar 3D modellari 400$-500$ atrofida bo'ladi. Tarixiy bino va inshootlarning 3D modellari 100$ dan boshlanadi.

P.S. Bu narxlar konkret narxlar emas, barchasi TZ va ish detallariga bog'liq.

👉 @ITmavzu
Pulni qanday taqsimlash kerak?

Pulni boshqarish ilmi bu - ilmlarning eng muhimlaridan biridir. Pul ilmi haqida gapirganda, "6 Kuvshin" usuli eng qulay va soddalaridan biri hisoblanadi. Ushbu usulga ko'ra siz o'z daromadlaringizni quyidagi tartibda taqsimlaysiz:

1. 55% - zaruriy ehtiyojlar uchun, ya'ni ro'zg'or harajatlariga.

2. 10% - qimmatbaho harajatlar. Ushbu pulni siz uzoq vaqt ishlatiladigan mahsulotlar, masalan avtomobil xarid qilish uchun yig'ishingiz mumkin.

3. 10% - ta'limga. Ushbu pulni eng avvalo o'zingizga sarflang. Kitob olib o'qing yoki seminar va treninglarda qatnashing.

4. 10% - investitsiya. Bu summani siz ikkinchi yoki uchinchi daromad manbalarini yaratish uchun investitsiya qiling.

5. 10% - jamg'arma. Bu pulni siz "qora kun"ga olib qo'ying. Inson qanchalik optimist bo'lmasin, ertangi kun qanaqa bo'lishini bilib ololmaydi. Shu sababli mablag'ingizning ma'lum qismini "qora kun"ga asrab qo'yganingiz ma'qul.

6. 5% - xayru ehson. Ushbu kuvshinga ajratgan pulingizni siz xayru ehsonga, yoki qarindoshlar va oila a'zolaringizga hadyalar xarid qilishga sarflashingiz mumkin.

Ishoning, daromadlaringizni ushbu uslubga ko'ra taqsimlash va qoidaga qat'iy rioya qilish sizni HH yaqin bir necha yil ichida moliyaviy mustaqil bo'lishingizni ta'minlab beradi!

👉@ITmavzu
Eng zo‘r kasb qaysi? Qaysi kasbdan eng ko’p pul topsa bo’ladi?

Ushbu videoda siz kasb tanlash bo’yicha muhim bo’lgan tavsiyalarni eshitishingiz mumkin.

VIDEO 👉 youtube.com/watch?v=nBIQs-mWIHE

👉 @ITmavzu
▪️Tunda ishlash xotira bilan muammolar xavfini 79 foizga oshiradi - tadqiqot

Tadqiqot davomida 47 811 ta odam o’rganib chiqildi va tungi smenada ishlaydiganlar kunduzgi smenada ishlaydiganlarga qaraganda kognitiv buzilish darajasi 79% ga yuqori ekanligi aniqlandi. Ya’ni tunda ishlaganlarni xotirasi ancha pasaygan.

Olimlarning fikriga ko’ra, bunday o’zgarishlarga tsirkad ritmning buzilishi - bizning biologik soatimiz aybdor. Hatto tunda vaqti-vaqti bilan ishlash ham miyaga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

👉@ITmavzu
📝 Kanal ochish uchun maslahatlar.

1. Avvalo byudjet to'plang.
Chunki reklamasiz biznes uzoqqa bormaydi.

2. Yaxshi tematika tanlang. Shunday tematika tanlang-ki, o'zingiz shu sohani yaxshi tushuning, bu tematikada kanallar aktivi past va kam bo'lsin. Sport, yangilik, musiqa va kino kanallardan ko'p kanal yo'q, bular yaxshi tematika emas.

3. Kanalga mos, brend logotip tayyorlang. Bu borasida sizga dizayner yordam bera oladi. Kanal fundamentiga byudjetni ayamang. Kanal fundamenti — nomi, logotipi, xullas olganda, tashqi ko'rinishi.

4. Hammasi tayyor bo'lishi bilan reklama sotib oling. Agar ko'proq daromad ko'rishni xohlasangiz, investitsiyani ko'paytiring. 300-400 ming so'm hech narsa emas.

👉 @ITmavzu
2024/09/22 09:16:51
Back to Top
HTML Embed Code: