Telegram Web Link
IT ni o'rganish uchun ingliz tili kerakmi?

– Kerak! Agar ingliz tilini yaxshi bilsangiz kattaroq bozorlarda ishlasangiz bo'ladi. Sababi katta-katta bozorlar aynan ingliz tilida yuritiladi.

– Kod yozishlarda ham, mijozlar bilan ishlashda ham, programmalardan foydalanishda ingliz tilini bilgan dasturchi ingliz tilini bilmagan dasturchidan ancha oson va tez ishlaydi.

– Lekin biz bu bilan IT ni ingliz tilini bilmasdan o'rganmang demoqchi emasmiz, shunchaki ingliz tilini afzaliyatini eslatib o'tmoqchimiz.

👉 @ITmavzu
Grafik dizayn haqida

Bir necha yillardan beri talabgirlikdan tushmagan yana bir soha — grafik dizayn: Uni qayerdan o'rgansa bo'ladi?

Javob — bepul kurslar orqali.

1. Grafik dizayn asoslari — Ellen Lupton

2. Ish beruvchi tipografika

3. Canva dizayn maktabi

P.S. Ushbu kurslar orqali professional grafik dizayner bo'lish mumkin. Asosiysi mehnat!

👉 @ITmavzu
youdo.com - rus tilini yaxshi bilsangiz shu sayt orqali mo'maygina daromad topsangiz bo'ladi

1.500.000 foydalanuvchiga ega bo'lgan bu saytda siz ham pul topa olishingizga ishonamiz.

Ikkinchi rasmda youdo.com saytidagi so'nggi vazifalar ro'yxatini berganmiz. Saytga kirib ro'yxatadan o'ting va vazifalarni bajarib halol pul toping.

Ma'lumotni do'stlaringiz bilan bo'lishing!

👉 @ITmavzu
Globalfreelance.ua - Ilm-fan freelancerlari uchun dunyo bo'ylab buyurtmalar

Vazifalar fan bo'yicha bo'linadi. Ro'yxatdan o'tish jarayonida siz ko'rsatgan fan va sohalarda testdan o'tishingiz kerak. Bu nima qilishni bilmaydigan odamlarni saralaydi.
Aniq va tabiiy fanlar - matematika, fizika, dasturlash, kimyo, biologiya, iqtisodiy nazariya va boshqalar bo'yicha o'quv vazifalarini bajarish;
Gumanitar fanlar bo'yicha ilmiy ishlar yozish - tarix, falsafa, madaniyatshunoslik, psixologiya, adabiyot, huquq va boshqalar.

👉 @ITmavzu
Kursni bitirib, ishli bo'lmasangiz, pulingizni 100% qaytarib beramiz!

«Najot Ta'lim» markazi o'zining yillik hisobot, yangi rejalar va takliflarini quyidagi videoda premyera qilmoqda.

Dasturlash, dizayn va marketing kabi zamonaviy kasblar bo'yicha ta'lim berib kelayotgan ushbu markaz o'zining bitiruvchilarining doimiy tarzda statistikalarini berib keladi.

Premyera qilinadigan videoda bizga quyidagilar taklif qilinmoqda:
— ish bilan 100% ta'minlash yoki pulni 100% qaytarib berish kafolati;
— yilda bir marotaba chet elga sayohat yutish;
— 5,000,000 so'mgacha pul mukofoti;
— 5,000,000 so'mgacha ingliz tili uchun bepul vaucher;
— 24/7 kun-u tun ishlaydigan bepul kovorking;
— har hafta soha bo'yicha musobaqalar va master-klasslar;
— bir vaqtning o'zida ham oflayn, ham onlayn ta'lim olish.

Natijalar, rejalar va takliflar bilan batafsil tanishish uchun quyidagi havola orqali «Najot Ta'lim» YouTube sahifasiga o'ting!

👉 Havola: https://youtu.be/vsxNqpfLPmA
Apple'ning marketing falsafasi

Apple kompaniyasini dastlabki yigirma yilda rivojlanishida muhim rol oʻynagan marketolog va direktorlar kengashi raisi Mayk Markkula tomonidan oʻylab topilgan ushbu qoidalar uch qismdan iborat edi:

1. Ziyraklik, xaridor hissiyotini tushunish. «Biz mijozlar ehtiyojini boshqa kompaniyalardan yaxshiroq tushunishimiz kerak».

2. Butun fikrni belgilangan maqsadga qaratish. «Oʻzimiz shugʻullanayotgan maqsadga yetishish uchun barcha ikkinchi darajali maqsadlarni miyadan chiqarib tashlash kerak».

3. Singdirish. Bu odamlarda ilk taassurot tugʻdirish orqali Kompaniya yoki mahsulot haqida fikr xosil qilishini anglatadi. «Xaridorlar haqiqatan ham kitobga uning muqovasiga karab baho beradi. Eng yuqori sifatli eng yaxshi mahsulotni, eng foydali dasturni va hokazoni yaratish mumkin, lekin agar uning taqdimoti beparvolik bilan o‘tkazilsa, unga bo‘lgan munosabat ham shunday bo‘ladi. Agar biz tovarni kreativlik bilan va professional tarzda ko‘rsatib bersak, o‘zimizga kerakli munosabatni singdiramiz»

P.s: Har qanday mahsulot yaratilarkan maʼlum bir falsafaga asoslanish kerak. Hech qanday falsafaga ega boʻlmay yaratilgan mahsulotning ommalashib ketish ehtimoli juda past boʻladi. Apple kompaniyasi hozirga darajaga chiqishiga albatta oʻz qarashlarining mavjudligi muhim rol oʻynagan.

👉 @ITmavzu
KWORK.ru - Bu saytda shunday frilanserlar borki – ular kuniga 100 dollar hatto 200 dollargacha pul ishlashadi

Xo'sh shuncha pul ishlash uchun nima qilish kerak? Avvalo foydali xizmat turlarini o'rganishingiz kerak. Masalan: sayt yuritish, photoshop, ijtimoiy tarmoqlarda guruhlarni yuritish, sayt va guruhlarni rivojlantira olish, SMM va shunga o'xshash xizmatlar. Xullas qiladigan ishingiz buyurtmachi uchun foydali bo'lsa bo'ldi. Bularning hammasini internet orqali bepul o'qib o'rgansa bo'ladi.

Yodda tuting!
Pessimist odam har bir imkoniyatda qiyinchilikni ko'radi.
Optimist odam esa Har bir qiyinchilikda imkoniyatni ko'radi.

👉 @ITmavzu
#marketing #blog #jobs

VC — IT yangiliklari, vakansiyalar, marketing, PR, mobil dasturlar va boshqa mavzular bo‘yicha maqolalar ulashib boruvchi antiqa platforma.

LINK 👉 vc.ru

👉 @ITmavzu
Fiverr.com - 100 dan ortiq yo`nalishlarda freelancer bo`lib yaxshi daromad topsa bo`ladigan sayt

👉@ITmavzu
«Vaqtim yo'q, ulgura olmayabman..»

Bu holat barcha frilanserda bo'lishi tabiiy hol. Buyurtmani olib, uni bajarishga vaqt topa olmay, tushkunlikka tushib qolishadi.

Agar har bir ishni taymer bilan bajarib ko'rsak-chi? Buni sinab ko'ring — foyda berishi 100%. Bunda sizga pomofocus.io yordam beradi. Saytning mobil dasturi ham bor, u orqali ishingiz uchun vaqt belgilab (mini dedlayn), uni bajaraverasiz. Sinab ko'ramizmi?

LINK 👉 pomofocus.io

👉 @ITmavzu
LinkedIn orqali ish toping!

Linked.in sayti online ish topish uchun juda qulay platforma hisoblanib hozirgi vaqtda 675 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega.

Siz LinkedIn platformasiga oʻz rezyumeingizni joylashtirish orqali yoki oʻzingizning mutaxassislik sohangiz boʻyicha ish bildirishnomalarni olishingiz mumkin. Shuningdek, ish haqi bo'yicha, soatbay, yarim kunlik va boshqalar uchun ish topish imkoni mavjud.

👉 @ITmavzu
Etsy.com - yirik onlayn bozor bo’lib, unda insonlar qo’lda yasalgan buyumlar, antiqa eski narsalar, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar va uy uchun kerakli bo'lgan jihozlarni shu sayt orqali sotishadi.

10 yil oldin paydo bo’lgan kompaniya orqasidan bugunga kelib bir yarim million insonlar narsa sotib pul topmoqda. 20 milliondan ziyod xaridor mavjud bo`lgan bu saytda asosan ayollar mahsulot xarid qilishadi.

👉 @ITmavzu
SMM'chilar qaysi ijtimoiy tarmoqni o'rganishlari kerak?

Ijtimoiy tarmoqlar ko'p. Masalan, Instagram, Twitter, Facebook, Telegram va yana boshqalar. Ammo SMMchilar barcha ijt. tarmoqlarni o'rgana olishmaydi. Qay birini mukammalar o'rganish kerak?

Javob — Instagram.

Instagram — SMM'chilar yoqtirgan ijt. tarmoq. Shu bois, ushbu tarmoqni maslahat beramiz. O'zbekiston sharoitida Telegram ham yomon variant emas.

👉 @ITmavzu
Forwarded from Foydali LINK
Agar siz har kuni 1%dan yaxshilanib borsangiz, bir yildan keyin qanday darajaga yetishingiz mumkinligini oylab koʻrganmisiz? 

Ushbu video orqali siz qanday qilib har kuni yaxshi odatlarni shakllantirish va yomonlaridan qutilish natijasida yaxshi tarafga oʻzgarish haqida bilib olasiz. 

Video izohida oʻzingizdagi eng yomon odatdan qanday qilib qutulganingiz haqida yozib ketsangiz, bu narsa boshqalar uchun manfaatli boʻlishi mumkin.

https://youtu.be/aLpkkIjd3Kg
SMM va hayotiy misol

Frilansda eng istiqbolli kasblardan biri bu shubhasiz - SMM. SMM — dehqoncha tushuntiradigan bo'lsak, biror biznes-tashkilotning ijtimoiy tarmoqlarda sahifasini yuritish va mijoz topish. Keling, hayotda ko'ramiz.

Eshmatjon mebel ishlab chiqaruvchi firma ochdi. U ko'p reklama qildi, mijoz chiqmadi. Shunda qo'shni mahalladan SMM-mutaxassislarga yuzlandi. Ular 400$ evaziga 1 oy firmaga mijoz topish va uni tanitish bilan shug'ullanishini aytdi. SMM'chilar firmani Instagram, Facebook, Telegram tarmoqlarida sahifa ochib, uni yurg'izishdi va reklama qilishdi. 1 oydan keyin Eshmatjonning firmasiga mijozlar «oqib kelishdi». Mana hayotiy misol :)

P.S. SMM-mutaxassislardan kreativlik, tezkorlik va ishchanlik talab qilinadi.

👉 @ITmavzu
Professional video montajchi bo'lishni istaganlar uchun Adobe After Effects va Premiere Pro dasturlarini o'rganishlarini maslahat beramiz

Bu dasturlarni faqatgina o'z ustida ishlab, rivojlanishda va bilim olishda davom etib, mana shu dasturlarni mukammal o'rgangan insonlar bemalol internet orqali yaxshi daromad topishlari mumkin. Youtubeda bu ikki dastur bo'yicha juda ko`plab tekin video darsliklar bor.


👉 @ITmavzu
Pinterest.com - bu shunchaki super sayt

Bu saytni qanday ta'riflashni ham bilmayman. Ijodkorlar, dizaynerlar, ishlab chiqaruvchilardan tortib sartaroshlargacha bo'lgan kasb egalari g'oya oladigan sayt. O'z qiziqishlaringizga oid barcha g'oyalarni shu saytdan topasiz.

O'z biznesini faqat pinterest orqali gullatib yuborganlar son mingta. Ijod mahsulotlaringizga va saytingizga Pinterest.com orqali xaridorlarni jalb qila olasiz. Bilmaganlar uchun bu juda foydali ma'lumot bo'ldi deb o'ylayman.

👉 @ITmavzu
BEHANCE.NET – Creativ ijodkorlar va iqidorli dizaynerlar uchun yaxshigina pul ishlab olish imkonini beruvchi tarmoq

Adobe korporatsiyasiga qarashli bo’lgan ushbu tizimda 3D, Fotoshop va Illustratorga o’xshash suratlar chizish dasturlarida ishlaydigan kishilar yollanadi. Raqobat juda kuchli. Ammo qilgan ishlaringiz, chizgan rasmlaringiz arzirli bo’lsa, albatta katta miqdorda to’lanadigan ishlarga buyurtma olishingiz mumkin.

P.S. Siz bu sohadan uzoq bo`lsangiz ham bu saytga kirib Creativ ijodiy ishlarni tomosha qilib chiqishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
GRAFIK DIZAYN ORQALI PUL TOPISH

Fotoshop yoki Illustrator dasturida professional ishlar qila olasangiz, grafik dizayn yo’nalishi bo’yicha juda ko’p ishlarni amalga oshirishingiz mumkin. Buyurtma olishdan tashqari ilhomingiz kelgan vaqtda chizgan ijodiy ishlaringizni tayyor mahsulot sifatida sotishingiz ham mumkin. Bunday sotilishi mumkin bo’lgan dizaynlarga kitob muqovalari, vizit kartochkalar, afishalar, sahifa dizaynlari, infografiklar, logolar va web saytlar dizayni kabi o’nlab ishlar misol bo’lishi mumkin.

O'zbekistonda ko'plab iste'dodli yoshlar bu yo'nalishdan yaxshigina daromad topishadi.

Pul topish mumkin bo'lgan saytlar ro'yxati:
graphicriver.net
shutterstock.com
freepik.com

👉 @ITmavzu
2024/09/22 23:21:05
Back to Top
HTML Embed Code: