Telegram Web Link
MERN nimani angalatadi?

M - backend uchun ishlatiladigan MongoDB databazasini;

E - APIlarni yaratish uchun ishlatiladigan ExpressJJS API frameworkini;

R - Facebook tomonidan ishlab chiqilgan, hozirda eng mashhur frontend frameworklardan biri ReactJSni;

N - Javascriptga asoslangan, backend severini yozish uchun ishlatialdigan NodeJSni anglatadi.

👉 @ITmavzu
Nima uchun MERN stackni o’rganish kerak?

Full Stack dasturchilar eng talabgir odamlardan biri bo’lib qolmoqda.

Full Stack dasturchilarning boshqalardan ajralib turadigan jihati shundaki, ular vaziyatga moslashib, ishlanayotgan loyihaga turli xil yo’l bilan foyda olib kelishadi.

Hammaga ayonki, full stack dasturchi bo’lish uchun turli xil bilim va ko’nikmalarni egallab, frontend va backendniyam birday bilishi kerak bo’ladi.

Agar siz boshlang’ich dasturlash asoslarini bilsangiz, 4-6 oyda full stack dasturchi bo’lishingiz mumkin. Ko’p narsa olayotgan kurslaringiz va tanlagan “stack”ingizga bog’liq bo’ladi (albatta, qattiq harakat bilan).

👉 @ITmavzu
MERN nima uchun eng ommalashayotgan stacklardan biri bo’lib qolmoqda?

Buning sabablari ko’p. Ularning bir nechtasini quyida keltirib o’tamiz:

1. Tez kodlash vaqti: MERN stackda dastur yozish uchun juda kam vaqt sarflanishi mumkin.

2. Juda ko’p integratsiya: MERN stack to’liq Javascriptga asoslangan va Javascript juda ko’p kutubxona va integratsiyalarga ega. Shu sabab, qandaydir muammoga duch kelganingizda, juda katta ehtimol bilan sizdan oldin kimdir bu muammoga yechim topib bo’lgan bo’lishi va bu yechimni osongina o’zingizni loyihangiz bilan intergatsiya qilishingiz mumkin.

3. SQLsiz ma’lumotlar bazasi: MERN stackning yana bir muhim jihatlaridan biri MongoDB bo’lib, u eng mashhur SQLga asoslanmagan ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

4. Arzon dasturlash: MERN dagi dasturlarni yozish uchun nisbatan kam vaqt sarflangani, loyihaning harajatlarini ham sezilarli kamaytiradi.

5. Qulay ekosistema: MERNdagi frameworklarning dokumentatsiyasi yuqori darajada va MERnga aloqador savolalringizga osongina javob topishingiz mumkin.

6. Vebdan mobilga: veb dasturlarni mobil dasturlarga o’tkazish ancha qulay (React Native tufayli).

👉 @ITmavzu
#foydali
Serdaromad kasblardan bo'lgan Videomantaj kasbini bepulga o'rganishni xohlaysizmi?

Xuddi shunday imkoniyatni sizga o'z ishining ustasi bo'lgan Akmal Abdullaev o'zining YouTube kanalida taqdim etmoqda .

Link👉https://youtube.com/playlist?list=PLrRumELujiuWFC8J-XfYYXHm8KH-cVxDR

👉 @ITmavzu
#qiziq

💻 JavaScript soʻnggi yillarda jadal rivojlandi. Unda juda koʻplab qulay funksiyalar, samarali freymvorklar va foydali kutubxonalar mavjud. Ular muayyan muammolarni hal qilish yukini sizdan olib tashlashi yoki qiyinchiliklarni yengishga yordam berishi mumkin.

Karuselda eng mashhur va foydali vositalar taqdim etilgan:
🔹Push
🔹CreateJS
🔹Reveal.js
🔹D3.js
🔹DropzoneJS

👉@ITmavzu
📱Telefoningiz uchun 6 ta ajoyib tahrirchi.

Smartfoningizda
kod muharriri nima uchun kerakligini hech o'ylab koʻrganmisiz? Muharrirning qoʻlda boʻlishi – bu istalgan vaqtda va joyda kod yozish erkinligidir.

Ajoyib gʻoya qachon paydo boʻlishini yoki loyihaga oʻzgartirishlar kiritish zarurligini oldindan aytib boʻlmaydi. Ammo muharrir dasturini smartfoningizga oldindan oʻrnatish va kerak boʻlganda kodni qulaylik bilan terish juda muhim.

👉 @ITmavzu
Baribir originaliga yetmaydi-a?

Telegramdagi ChatGPT botlar qotib joningizga tegdimi?

✍️ Shunchaki biz bilan bog'laning.

💸 Atiga $8 evaziga original ChatGPT saytida account ga ega bo'ling.
https://www.tg-me.com/olisway1
Noutbuk tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak? 💻💻💻

Eng muhimi, hozir sizning vazifalaringizga mos keladigan va kelajak uchun etarli ishlash marjasiga ega bo'lgan modelni tanlashdir. Noutbukning konfiguratsiyasida video karta muhim ahamiyatga ega, ular orasida GeForce RTX 30 seriyasi bugungi kunda eng dolzarb hisoblanadi.

30 seriyali grafik kartalar ichida tasniflash quyidagicha: RTX 3050 va 3050 Ti 2D dizayn, 4K gacha bo'lgan fotosuratlar va video o'lchamlari uchun javob beradi; RTX 3060 va 3070 - 3D grafikalar, 6K gacha bo'lgan video o'lchamlari va oqimlar uchun; RTX 3080 - Katta 3D va SAPR loyihalari, shuningdek, 8K video uchun.

🔥⚙️ Ish uchun mashina tanlashda yana nimaga e'tibor berish kerak ⚙️🔥
#python

🖥Python uchun 5 ta mashhur IDE.

IDE (integratsiyalashgan dasturlash muhiti) – bu dasturiy taʼminotni yaratish uchun moʻljallangan dastur. IDE maxsus dasturlashga qaratilgan bir nechta vositalarni birlashtiradi.

👉@ITmavzu
2024/09/25 15:23:20
Back to Top
HTML Embed Code: