Telegram Web Link
Ushbu saytda siz ma'lum bir saytga oyiga qancha odam va qaysi davlatlardan tashrif buyurishligini bilib olishingiz mumkin.

LINK 👉 similarweb.com

👉 @ITmavzu
YouTube videolaridan subtitrlarni qanday yuklab olish mumkin?

Savesubs - bu YouTube'dan subtitrlarni yuklab olish xizmati. Xizmat subtitrlarni quyidagi formatlarda yuklab olish imkonini beradi: srt, vtt, txt. Xizmat juda sodda ishlaydi: Savesubs-ga o'ting, kerakli videoga havolani joylashtiring va "Yuklab olish" tugmasini bosing.

Link👉https://savesubs.com

👉 @ITmavzu
Edge'da matematik muammolarni hal qiling

Matematikani o'rganishingiz mumkin bo'lgan turli xil veb-resurslar mavjud, ammo veb-brauzeringizda matematik muammolarni hal qilish haqida nima deyish mumkin? Microsoft Edge’dagi yangi “Math Solver” buni deyarli bir zumda amalga oshirish imkonini beradi va juda qulay vosita hisoblanadi.

Har qanday matematik muammoni hal qilish uchun sizga kerak bo'ladi:
1. Brauzerning yuqori o'ng burchagidagi ellipsli menyuni bosing;
2. Sichqonchani “Boshqa asboblar” bo‘limiga olib boring;
3. Ro‘yxatdan Matematik yechish vositasini tanlang;
4. Chap tarafdagi brauzer oynasida kerakli formula atrofida katakchani torting;
5. "Yechish" qalqib chiquvchi tugmani bosing.

👉 @ITmavzu
SoloLearn — dasturlashni tez oʻrganish uchun bepul ilova

SoloLearn ilovasi — dasturlashni oʻrganayotganlar uchun juda qulay va bepul dastur hisoblanadi. Ushbu ilova orqali siz oʻzingiz uchun raqib tanlab dasturlashni tez oʻrganishingiz mumkin. Siz tugatgan har bitta kursdan soʻng, sizga maxsus sertifikat taqdim etiladi.

SoloLearn tarkibida quyidagi kurslar mavjud:

Web Development, shu jumladan:
HTML5, CSS3, JavaScript, JQuery, Python, Java, Kotlin, C++/C, C#, PHP, SQL, Ruby, Swift va boshqalar.

P.s. Ushbu ilova orqali dasturlashni smartfonda ham, kompyuterda ham oʻrganishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Mehnat qilib pul topsa bo'ladigan saytlar ro'yxatini beramiz

Turbosquid.com3D max va shunga o'xshash dasturlarda 3D modellar yasab sotsa bo'ladi.
Audiojungle.net – Loyihalar uchun musiqalar sotsa bo'ladi.
Videhive.netVideomahsulotlar tayyorlab qimmat narxlarga sotsa bo'ladi.
Photodune.netFotosuratlar sotsa bo'ladigan sayt.
Graphicriver.netFotoshop dasturini biladigan do'stlarizmi oz ijodlarini shu sayt orqali sota olishadi.
Themeforest.netSayt dizayn va shablonlarini sotsa bo'ladigan sayt.

Bu saytlardan million-million dollarlar aylanadi.

👉 @ITmavzu
YouTube videosidan qanday qilib GIF yaratish mumkin?

GIF animatsiyasi tasvir animatsiyasini qo'llab-quvvatlaydigan eng mashhur tasvir formatlaridan biridir. Ushbu format ko'pincha reklama bannerlarini va boshqalarni yaratish uchun ishlatiladi. Videodan GIF yaratishning eng oson usuli - bu maxsus xizmat.

GifRun - bu ro'yxatdan o'tmasdan va moybo'yoqli qo'shmasdan videolardan GIF yaratish imkonini beruvchi onlayn xizmat. Xizmat YouTube, Facebook, Twitter va Vimeo’dagi videolardan GIF yaratish imkonini beradi.

Videoga havolani kiritish, u qaysi daqiqadan boshlanishini, GIF davomiyligini (maksimal 15 soniya) tanlash va "GIF yaratish" tugmasini bosish kifoya. Ishlov berilgach, "Yuklab olish" tugmasini bosing.

👉 @ITmavzu
Veb-saytlar qanday pul topishadi?

Statisik maʼlumotlarga koʻra hozirgi vaqtda 1.3 mlrd'dan ortiq veb-sayt mavjud ekan. Shu oʻrinda savol tugʻiladi, veb-saytlar qanday daromad topishadi?

Saytlarning yagona daromad manbai bu – reklama. Oddiy saytlardan tortib gigantlargacha (Youtube, Facebook). Siz ham oʻz veb-sayt'ingizni yaratib yaxshigina daromad topishingiz mumkin. Buning uchun siz veb-dasturlashni oʻrganishingiz kerak boʻladi.

HTML, CSS, Javascript, PHP kabi dasturlash tillarini oʻrganib oʻz saytingizni yaratish orqali ancha pul ishlab olishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Dash.generalassemb.ly — saytlar tayyorlashni o’rgatishga yo’naltirilgan kurslar

Ushbu platforma orqali veb-sayt yaratish uchun kerak boʻlagan HTML5, CSS, JavaScript kurslarini oʻrganishingiz mumkin. Bu kurslarning barchasi tekin.

👉 @ITmavzu
Duolingo.com - xorijiy tillarni bepul o'rgatadigan va qiziqarli bo'lgan interaktiv sayt.

Darslarni ketma-ketlikda interaktiv shakilda organasiz va amaliy bajarib borasiz. Til o'rganish jarayonida o'zingizni huddi o'yin o'ynab o'tirganday his qilasiz.

Xorijiy tillarni bilmasangiz frilanserlik orqali pul topa olmasligingiz mumkin . Bugundan boshlab xorijiy tillarni o'rganishni boshlang.

Xorijiy tillarni bilish sizga katta imkoniyatlar eshigini ochadi!

👉 @ITmavzu
Yangi frilanserning demping qoʻllashi qanchalik toʻgʻri?

Demping – raqobatda yutish uchun narxni tushurish.

Yangi boshlayotgan frilanserlar oʻz mehnatini arzon baholashlarini koʻp kuzatganman. Aslida narxni tushirish bu oʻzini-oʻzi hurmat qilmaslik hisoblanadi. Raqobat narxda emas balki professionallik va sifat borasida boʻlishi zarur. Aytganimdek, portfolio tuzing. Narxni pasaytirish o'rniga, nima qilishingiz mumkinligini ko'rsatishingiz kerak. Rostini aytganda, arzon ishchi kuchi arzon qadrlanadi. Oʻz mehnatingizni qadriga yeting.

👉 @ITmavzu
Har kim freelancer bo’la oladi

So’nggi yillarda freelance ish butun dunyoda juda faol rivojlanmoqda. Ko’nikmalar, kompyuter va internetga imkoniyat bo’lsa uydan chiqmagan holda mo’maygina pul topishingiz mumkin. Masofaviy ishnin asosiy afzalligi – boshliq, uyg’otadigan soat va dushanbalarning yo’qligidadir. Men ham qachonladir noldan boshlaganman. Esimda, bir necha yillar avval freelancedagi ilk loyiham uchun 90.000 so’m to’lashgan. Men o’z ustimda intensiv ravishda ishladim va oradan bir qancha vaqt o’tgach ish beruvchilar birgina loyiham uchun 700$ to’lashni boshladi — Abdusattor Abdurahimov

Aslida har kim muvaffaqiyatli freelancer bo’la oladi. Bo’sh vaqtingizni behuda sarflamang. Bugunoq kompyuter dasturlarini o’rganishni boshlang. Ma’lum bir tajriba orttiring va shaxsiy noyob portfolioingizni yaratganingizdan so’ng ish beruvchilar o’zlari Sizni izlab topadilar va qiziqarli loyihalarni taklif etadilar.

👉 @ITmavzu
Frilanserlik qilib pul ishlash mumkin bo'lgan saytlar ro'yxati:

1. Upwork.com
2. Freelance.ru
3. Fiverr.com
4. Weblancer.net
5. Kwork.ru
6. Guru.com
7. Fl.ru

Shu saytlar orqali 100 dan ortiq yo'nalishda masofadan ishlab, yaxshi daromad topsa bo'ladi. Ishlab topgan pullaringizni payoneer yoki webmoney elekron hamyonlari orqali olasiz.

👉 @ITmavzu
Vizitka yasab qanday pul topish mumkin?

Agar Adobe Photoshop va Adobe Illustrator dasturlarini yaxshilab o'rgansagiz bunday ishlarni bemalol qila olasiz.

Vizitka yasab 2 xil yo'nalishda pul topishingiz mumkin:
1. Buyurtma asosida vizitka yasab berish.
2. Elekron bozorlarda vizitka fayllari va shablonlarini sotish.

Vizitka dizaynini elektron bozorlarda 5-20$ dan ko'p marotaba sotib bitta vizitkadan 1000$ dan ko'p pul topishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Grafik-dizaynerlar uchun kerakli bo'lgan saytlar to'plami

Ba'zida tashqi resurslardan foydalanish zarur bo'lib qoladi. Bunday vaqtlarda esa sizga quyidagi saytlar yordam beradi:

flaticon.com
freepik.com
99designs.com
socialsizes.io
blush.design
psdrepo.com

👉 @ITmavzu
Nega frilansda muomala muhim omil sanaladi?

— Mijoz siz bilan gaplashish jarayonida uyalmasin. Uning ko'rsatmalariga jerkib tashlamang. Agar qiziqqon mijoz tushsa, buyurtmani bekor qilib yuborishi hech gap emas.

— Mijozning iltimos va ko'rsatmalariga «Ok» deyish yaramaydi. «Aha», «tushunarli», «yaxshi» yoki «bajaramiz» deyish mijozda frilanserga nisbatan yaxshi tasurot qoldiradi.

— Mijoz bilan suhbat davomida ko'cha gaplarini ishlatish yaramaydi. «Brat», «kaneshna» yoki shunga o'xshash so'zlarni o'rniga chiroyliroq, o'zbekcha so'zlarni ishlating. Siz IT-frilansersiz, bozordagi sotuvchi emas.

👉 @ITmavzu
Front-End dasturchilar uchun foydali resurslar to'plami

Github foydalanuvchisi Front-End dasturchilar uchun muhim bo'lgan resurslarni bir qilib, mana bu repozitoriyga joylabdi.

📝 Tarkibi:

Kod redaktorlari
Kerakli instrumentlar
CSS-freymvorklar
Ikonkalar va ranglar
API
Mock-up'lar
Kitoblar / Topshiriqlar / O'yinlar
— Va boshqa qiziqarli resurslar

👉 @ITmavzu
Dasturchilarning asosiy xislatlari

— Das
turchilarda logika yaxshi rivojlangan. Ularda shunday muammolar bo'ladi-ki, ularni logikasiz hal qilib bo'lmaydi.

— Dasturchilarning fikrlash doirasi juda keng bo'ladi. Dasturchilarga eng kerakli narsalardan biri fantaziya bo'lgani uchun, ular yaxshi fikrlashadi.

— Dasturchilar optimist bo'lishadi (va bo'lishlari kerak). Ishlamaydigan kodda ham plyuslarni ko'rib bilgan inson, albatta, dasturchi :)

👉 @ITmavzu
Start-up loyihangiz uchun haqiqiy professionallarni jalb qilishingiz mumkin

Toptal.com – bu professional dasturchilar uchun ajoyib platforma.

Ushbu sayt orqali oʻzingizning start-up loyiha yoki kompaniyangiz uchun tajribali dasturchilarni ishga yollashingiz mumkin. Shuningdek, oʻzingizni professional dasturchi hisoblasangiz katta kompaniyalardan ish topsangiz boʻladi.

👉 @ITmavzu
Sun'iy intellektni ishlatib ko'rdingizmi?

🤖Kodni sizga tushintirib bera oladi

✍️So'z bilan aytib, kod yozdirsangiz bo'ladi

‼️Kodingizdagi xatoni tuzatib bera oladi.

qunduzbobo.uz o'zbek tilida ishlaydi.
Dasturlash va dasturchilar haqida 5 ta fakt

— Dasturlash paytida vaqtning 25% i foydalanuvchi mahsulotni ishlatish jarayonida nimanidir tushunmasligi yoki biror narsani xato qilishi haqidagi o'ylarga sarflanadi.

— Dasturchilar — kompyuter ustalari emas!

— Dasturlash bu fikrlash, o'ylash, yechish. Dasturlash kompyuter qarshisida yozish emas.

— Tunda dasturlash kunduzgi dasturlashdan ancha produktivroq.

— Ba'zida koddagi xatolarni ertalabga ko'chirish samarali. Chunki charchagan miya doim ham stabil ishlamaydi.

👉 @ITmavzu
2024/09/23 09:15:07
Back to Top
HTML Embed Code: