Telegram Web Link
Forwarded from Azizbek Fayzullaev
3D modelling va 3d model savdosiga qiziquvchilar uchun foydali bo'lgan blog 👍

Bu blogda siz sohada 6 yillik tajribaga ega bo'lgan mutaxasis Azizbek Fayzullaev👉 "Keravl 😎" dan foydali maslahatlar Masterclass'larni ko'rishingiz mumkin bo'ladi

👉Obuna bo'lish uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30 daqiqada biror ishga ulgurish mumkin(mi)?

Ba'zida shunday holatlar bo'ladi-ki, biror ishni qilishga bor yo'g'i 30 daqiqa yoki undan ham kam vaqt bo'ladi. Bunday paytda ko'p kishi sarosimaga tushib, ha deb vaqtga qarayverib, ishining produktivligini tushiradi.

Bunday holatda esa sizga Pomodoro yordam beradi! Pomodoro'ning foydali tomonlari ko'p:
Ishning produktivligini oshiradi;
Vaqtni sezilarli tejaydi;
Va hokazolar;

Siz ham hozir sinab ko'rishingiz mumkin. LINKpomofocus.io.

P.S. Ushbu post ham Pomodoro orqali yozildi.

👉 @ITmavzu
Marketing nima?

Marketing - biznesga foyda olish uchun mijozlar ehtiyojlarini aniqlash va qondirishga yordam beradigan faoliyat.

Masalan, kompaniya yangi mahsulot chiqaradi va bu haqda mijozlarga aytib beradi, aksiyani ishga tushiradi, bonuslar taklif qiladi yoki foydali kontent tayyorlaydi - biznesning mijozlarni jalb qilish va ushlab turish uchun qiladigan har qanday harakati marketing deb ataladi.

Marketing vazifalari:
• Bozor holatini tahlil qilish;
• Muayyan sohada mijozlar ehtiyojlarini o'rganish;
• Bozorda raqobatchilar va narx siyosatini tahlil qilish;
• Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish;
• Kompaniyaning assortimenti va narx siyosatini shakllantirish;
• Tovar va xizmatlarni onlayn va oflayn targ'ib qilish;
• Sotish hajmini oshirish;
• Kompaniyaning imidji va obro'sini shakllantirish.

👉 @ITmavzu
SMM o'zi nima va uning vazifalari nimalardan iborat?

— SMM bu ingliz tilidan olingan bo'lib ''Social Media Marketing'' ya'ni o'zbek tilida tarjima qilganimizda ''ijtimoiy tarmoqlar marketingi'' degan ma'nolarni bildiradi. Sodda tilda tushuntiradigan bo'lsam, hozirgi kunda aktual (ommalashgan) ijtimoiy tarmoqlar (Telegram, Instagram, Facebook va TikTok) da biror-bir biznesni yoki shaxsiy brendni mana shu ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga tanitish va mahsulotlarini sotish.

— Xop, endi SMM managerning vazifalari haqida gaplashsak.

Vazifalari quyidagicha:
1. Profilni to'g'ri dizaynini yaratish.
2. Kontent reja tuzish.
3. SWOT analiz qilish.
4. SMM strategiya tuzish.
5. Kopirayter, dizayner, targetologga to'g'ri va tushunarli texnik vazifa ( T/Z ) berish.
6. Creativ fikrlash.
7 Maqsadli reklamalarni joylash.
8. Ijodiy postlar chiqarish.
9. Reklamani byudjetini taqsimlash.
10. Auditoriyani to'g'ri tanlab, mijozlarni ushlab qolish va yig'ish.

👉 @ITmavzu
Targeting nima? Targetolog kim?

— Targeting ijtimoiy tarmoqlarga reklama berish va reklama orqali mijozlarni jalb qilishdir. Bu soha vakillari targetologlar deyiladi.

— Targetologlar ijtimoiy tarmoqlarda pullik reklamalarni yoqib, obunachilar, layk va kommentariyalar, eng asosiysi, murojaatlar sonini oshirishi lozim.

— Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib turganingizda sizga koʻrsatiladigan reklamalar shu soha vakillari tomonidan joylashtiriladi. Ular reklamani qachon, qancha miqdordagi, necha yoshdagi, qaysi joylashuvdagi kishilarga qancha vaqt mobaynida koʻrsatishni tahlil qilib ijtimoiy tarmoqlarda reklamalarni yoqadi.

🚀 Hozirda Oʻzbekistonda bu soha vakillariga talab yuqori!

👉
@ITmavzu
Muvaffaqiyat siri nimada? Buni sizlarga maslahat tarzda beraman

1. O'zingiz uchun pul qizg'onmang
Bilim uchun qayerdan bo'lsa ham pul topishga harakat qiling.

2. Bir narsaga erishish uchun boshqa narsadan voz kechishga to'g'ri kelsa qo'rqmang va tavakkal qiling. (Internet-Marketing zamonaviy kasbini yanada tezroq va mukammal darajada o'rganish uchun, ishimdan ketganman).

3. Maqsadingizga muddat qo'ying va o'sha maqsadga erishmaguncha muntazam harakatda bo'ling.

👉 @ITmavzu
IT ga oid foydali saytlar ro'yxati

homestyler.com - uyingizni rejasini va dizaynini chizishingiz uchun sayt. Buni o'rganishingiz uchun sayt ichida bepul darslar ham bor.

Canva.com - minglab shablonlar yordamida ajoyib va juda ko'plab turdagi dizayn rasmlarni bemalol yasashingiz mumkin.

Colorhunt.co - Trenddagi va boshqa ko'plab ranglarni bir-birga mos tushadignalarini ko'rsatib beradigan sayt.

Freepik.com - katta hajmdagi millionlab turli rasmlar va fonlar, logolar, fotomontaj uchun shablon fayillarni tekinga ko'chirib olsangiz bo'ladigan eng mashxur sayt.

👉 @ITmavzu
CodeSchool.com — ustoz bilan yakkama-yakka holatda dars bo’ladigan kurslar.

Ushbu platforma Sizning kelajagingizga sarmoya kiritmoqda. Shuning uchun, agar siz o'qishni tugatgandan keyin olti oy ichida yangi ish topmasangiz, Siz bir tiyin ham to'lamaysiz.

👉 @ITmavzu
Kibersport orqali pul ishlashga nima deysiz?

Hech o'yin o'ynab pul ishlagan odamni ko'rganmisiz? Shunaqasi ham bor ekan, qoyil. O'yin o'ynaydi, rohat oladi, pul ishlaydi. Qanday?

Odatda kibersport orqali pul ishlash tanlovga bog'liq. O'zimizda IT-Park shu tanlovni o'tkazgan edi va mukofot uchun juda katta pul qo'ygan edi.

Siz o'yin o'ynaysiz, yutasiz - mukofotni topshirishadi. Odatda CS:GO, Dota, PES, FIFA kabi o'yinlar kibersportda yetakchi video o'yinlar.

P.S. Lekin bu soha ko'z va asabga ziyon keltiradi, chunki o'yin davomida ko'zlarni kamroq ochib yopasiz, yoki oxirida yutqazsangiz yaxshigina asabiylashasiz ;)

👉 @ITmavzu
Alibaba asoschisi Jek Ma tomonidan aytilgan iqtiboslar

1. Doimo yaxshi odamlar bilan emas, to‘g‘ri odamlar birga bo‘lish kerak.

2. Mablag‘ doimo yetarli, faqat o‘z orzusi uchun o‘zini qurbon qila oladigan umidli odamlar kam.

3. Odamlarni yutuq va muvaffaqiyatlaridan emas, xatolaridan o‘rganish kerak.

4. Taslim bo‘lmaslik kerak. Bugun og‘ir, ertaga battar qiyin, lekin indinga quyosh chiqadi.

5. Agar o‘zingiz sinab ko‘rmasangiz, imkoniyat borligini qayerdan bilasiz?

6. Agar taslim bo‘lmasangiz, sizda yana imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Umidsizlik — eng katta muvaffaqiyatsizlik.

7. Raqobatdoshingizdan o‘rganing, lekin uning ishini qaytarmang, qaytarsangiz – o‘lasiz.

8. Hech qachon hukumat bilan tijorat qilmang.

9. Qo‘lingiz pul ko‘rsa, xato qilishni boshlaysiz, hech qachon 20 yil ichida bitadigan ishni 2 yil ichida yakunlashga urinmang.

10. Agar sizlar kichik bo‘lsangiz, aqlingizga ishoning, kuchingizga emas.

👉 @ITmavzu
Motion grafika haqida

Motion grafikasi
- dizayn, animatsiya, rejissyorlik va videoni tahrirlashni birlashtirgan yo'nalish.

Bularning barchasi birgalikda har qanday g'oyangizni harakatga aylantirishga imkon beradi. Siz videolaringizni qayta ishlashingiz, animatsion eskizlar yaratishingiz mumkin.

Hozirgi vaqtda biznes va kompaniyalar uchun reklama videolari, turli filmlar ham asosan motion grafikasi asosida yaratiladi.

Bu yoʻnalishni oʻrganish uchun oʻrtacha 3 oy vaqt ketadi. Motion grafika juda qiziqarli shu bilan birga yaxshigina daromadli soha hisoblanadi.

P.s: Ushbu yoʻnalishni oʻrganish haqida ham oʻylab koʻring. Unutmang, koʻproq pul topmoqchimisiz unda koʻproq oʻrganing!

👉 @ITmavzu
Video montaj uchun kerakli dasturni bepul oʻrganing

Final Cut Pro
dasturi video montaj bilan shugʻullanuvchilar uchun eng kerakli dasturlardan bir hisoblanadi. Youtube ijtimoiy tarmogʻida faoliyat olib boradigan koʻplab insonlar aynan ushbu dasturdan foydalanishadi.

P.S. Final Cut Pro dasturini oʻrganib masofaviy ishlashingiz, talabgor mutaxassis boʻlib yaxshigina daromadli ish topishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Adobe After Effects dasturiga oid 40 dan ziyod bepul video darsliklar to‘plami

👉 Youtube.com/DavidTomparkers/videos

P.s: After Effects dasturidan kino va kliplar effektlari uchun keng foydalanishadi.

👉 @ITmavzu
Sizda sifatli fotoaparat bormi? Ishga kirishing

Sifatli fotoaparat orqali o'zgacha rasmlar olsa bo'ladi. Tiniq, chiroyli, nafis rasmlar qimmatga sotiladi. Pinterest, Freepik kabi platformalarda yaxshigina aylanishi mumkin.

Rasmga tushirish va montaj ishlarini yaxshilab o'rganib, rasmlarni saytlarda sotish mumkin.

Photodone.net Logopod.ru Pixabay.com Eyeem.com Pinterest.ru Freepik.com

👉 @ITmavzu
No Code

6 yil oldin AQShda global trend vujudga keldi — «No Code», ya'ni, kodsiz dasturlash. No Code ma'lum bir platforma yoki bir nechta texnologiyalar yig'ilmasi ko'rinishida bo'lib, u dasturlashni bilmasdan turib, web-saytlar, mobil ilovalar, CRM tizimlar va internet do'konlar yaratishga yordam beradi.

No Code platformalar yordamida siz kod yozishni umuman bilmasdan turib, to'laqonli web-mahsulotlar yaratishingiz mumkin, va bu usul dasturlashga qaraganda 3-4 barobar tezroq hamda arzonroqdir.

No Code ning yaqqol namoyondasi sayt qurishga mo'ljallangan Bubble platformasi hisoblanadi. U Drag&Drop texnologiyasi yordamida sahifaga deyarli barcha elementlar: video, rasm, matn, ikonkalar, xarita va knopkalarni qo'shish va ularni xohlagan nuqtaga siljitish imkonini beradi.

Kodsiz web-ilovalar yaratish imkonini beradigan ko'proq servislar kerakmi? Unda The Home of No-Codehttps://nocode.tech loyihasi bilan tanishing. Dizayn, dasturlash, avtomatlashtirish, marketing, PR, rezyume va portfolio konstruktorlari, video va foto muharrirlar va hokazo bo'limlarga ajratilgan 250 dan ortiq turli servislarni o'zida mujassamlashtirgan ushbu loyiha sizga albatta yordam beradi.

👉 @ITmavzu
Oldingi postda No Code platformalar haqida gaplashgan edik. Bunday platformalar sizga ortiqcha harajat va kodsiz o'z ilovalaringizni yasashga yordam beradi.

Albatta, dasturlashni bilmasdan turib siz bunday saytlar orqali Facebook, Twitter yoki Windows OS kabi dasturlarni qurolmaysiz. Lekin kichik internet do'kon, blog, sayt-vizitka, yoki chatbot va shunga o'xshash vositalar uchun bunday servislar ayni muddao.

Quyida shunday platformalar ro'yxati bilan tanishing:

Bubble — kuchli vositalar va xilma-xil shablonlar orqali har qanday web-ilova yaratish imkonini beradigan platforma. Bir necha soatlarda o'z saytingizni yasab, uni daromad manbayiga aylantiring.

Glide — Google Sheets (Google jadvallari) orqali mobil yoki web-ilova qurish imkonini beruvchi platforma. Yuzlab shablonlar orqali o'zingizga kerakli ilovani yasang: chat, do'kon, forum, onlayn kinoteatr, musiqa portali, jurnal, trekerlar, viktorina va hokazo.

botCommerce — 5 daqiqada Telegram bot ko'rinishidagi o'z internet-do'koningizni oching. Do'konni boshqarish paneli, mahsulot, buyurtma, mijozlar, aqlli analitika hamda Payme va Click to'lov tizimlarini ulash funksiyalari bor.

Carrd — ortiqcha tashvishlarsiz bir sahifali saytlar, «landing page»larni tezkor yaratishga mo'ljallangan servis.

Landbot — chat-botlar konstruktori. Albatta, bu konstruktor orqali murakkab sun'iy intellekt yasolmaysiz, lekin foydalanuvchilarni qo'llab-quvvatlash tizimini avtomatlashtirish va mijozlar murojaatini kompaniyaning turli bo'limlari bo'ylab taqsimlashni bemalol amalga oshirish mumkin.

Bu kabi platformalardan ko'proq kerak bo'lsa, Google sizga yordam beradi.


👉 @ITmavzu
«Dasturlashni o'rganmoqchiman, qaysi tilni tanlay?»

Dasturlashdagi eng qiyin narsa — uni boshlash. Ikkinchisi esa qaysi tilni tanlash va uni o'rganish. Agar sizni ham shu savol qiynasa, post aynan siz uchun.

TIOBE statistikasiga qarasak, 1-o'rinni C tili egallab turibdi. 2-o'rin Python, 3-o'rin esa o'sha afsonaviy Java. java yil boshida liderlikni hech kimga bermayotgan edi. Ammo ko'nglim sezganidek, Java'ning reytingi tushib ketdi, kutganimdek Python yuqoriga otildi.

Dasturchi sifatida sizga Python, PHP, Node.JS, React.JS yoki front-end sohasi sizga ma'qul bo'lsa (sayt dizayni, tashqi ko'rinishi) HTML, CSS va Javascriptni o'rganing. Institutda o'rgatiladigan C++ ga frilansda talab yo'q. Frilans bozorida asosan back-end uchun python, PHP, yoki Node'ga talab yuqori. Chunki ushbu tillar bilan saytning server qismini sifatli optimizatsiya qilish mumkin, va shuning uchun ham talab anchagina yaxshi.

Front-end sohaga ham talab yuqori. Chunki mijoz uchun saytning dizayni muhim omil. Agar fantaziyangiz boy, kreativ fikrlasangiz — marhamat, front-end sizga to'g'ri keladi.

2-savol — tillarni qayerdan o'rgansam bo'ladi?

Turli o'quv markazlaridan, yoki YouTube. Hozirda Youtube da ham o'zbekcha sifatli kontent ko'payyabdi, izlang, toping o'rganing. Keyingi postlarimiz esa boshlovchi-dasturchilarning frilansga kirishi haqida qisqa gayd (yo'riqnoma) tuzaman.

👉 @ITmavzu
Qisqa Maslahatlar — Dasturchilar uchun

Kodingiz ishlamasa yoki xatolik bersa, guruhlarga savolni to'g'ri bering. Pythonni biladiganlar bormi, PHPni kim tushunadi demang. Savolni batafsil tushuntiring, bilganlar aytishadi, bilmaganlar jim turishadi.

• Kod yozishda chalg'imang. Telegram, Instagramlarga kirmaslikka harakat qiling. Savol chiqsa, Telegramga kirish mumkin, unda ham faqat savol uchun.

• Kod ishlamasa asabingizni buzmang. Kodni tiklasa bo'ladi, ammo asabnimas.

• Google'dan foydalanishni o'rganing. Stackoverflow.com sayti orqali minglab dasturchilarning ishi bitgan.

• So'rashdan uyalmang. Biror guruhda balki siz yaxshi biladigansiz va o'zingizga yarasha obro'y bo'lishi mumkin, ammo savol chiqsa uni berishdan uyalmang. Kezi kelsa, miya 2+2 ni ham hisoblay olmasligi mumkin.

👉 @ITmavzu
Backend, Frontend, Fullstack — ular nima?

• Frontend — saytning tashqi qismi.
Saytning tashqi qismiga javobgar Frontend sanaladi. Siz saytga kirganingizda, har xil chiroyli animatsiyalar, o'zgacha dizayn va boshqa tashqi tarafda ko'rinuvchi elementlar ko'zga tashlanadi — Frontend. Unga HTML/CSS, Javascript kiradi.

• Backend — saytning ichki qismi.
Bu qismi bizga ko'rinmaydi. Ammo saytdagi asosiy ishni backend bajaradi desak mubolag'a bo'lmaydi. Mashinaning korpusi, uning tashqi ko'rinishini Frontend desak, mashinaning motori, dvigateli va turbo-sistemalari backendga kiradi. Ming chiroyli bo'lgani bilan, yurmaydigan mashina nima kerak? Python, PHP, Java, Go, Node.js — backend uchun tillar.

• Fullstack — Backend+Frontend.
Yana mashinaga qiyoslaydigan bo'lsak, bu Ferrari deylik. U ham chiroyli, ham tez. Ya'ni, motori zo'r, tashqi ko'rinishiga ham gap yo'q. Shuning uchun ham Fullstack dasturchilarga yaxshi to'lashadi, chunki ularni zimmasida saytning ham dizayni, ham server qismidir.

👉 @ITmavzu
Dasturlash sohasining kelajagida go‘yo barcha ishchilar masofaviy ishlaydi degan fikr bor. Ammo Microsoft rahbari bunday ish turining salbiy oqibatlari bor demoqda.

Gap shundaki, faqat uyda ishlaganda siz «ijtimoiy kapital»dan mahrum bo‘lasiz. Bunga tanish-bilishlar, aloqalar, hamkasblar bilan jonli muloqotlar kiradi.

Ammo masofaviy ishning afzal tomonlaridan biri — oilangizga ko'proq vaqt ajratasiz va hobbilar ham bundan mustasno emas.

👉 @ITmavzu
2024/09/23 17:18:56
Back to Top
HTML Embed Code: