Telegram Web Link
Forwarded from Creative Portfolio
Shunchaki yaxshi reklama qiling! Pul o'zi keladi...

Siz telegram orqali kanal, mahsulot, o'quv kursi yoki xizmatlaringizni ommaga taqdim etmoqchimisiz?

Sizga obunachilari asosan kompyuter va IT sohasiga aloqador bo'lgan auditoriya kerakdir?

Yuqoridagi savollarga javobingiz — "HA" bo'lsa, biz sizga samarali reklama xizmatlarini taklif qilamiz!

Telegramda sifatli kontentlari bilan minglab obunachilarni jalb qilgan kanallar endi birlashdik va Techno Advertising reklama birjasini yaratdik!

Narxlar bilan tanishish: 👉 @techno_ads
Startap uchun qayerdan g‘oya olsa bo‘ladi?

1. Xaqiqiy biznes-loyihalar jamlangan Crunchbase.com sayti bor (ingliz tilida). Sayt ixtisoslashuvi, moliyalashtirish bosqichi, texnologiyasi va boshqalar bo‘yicha saralangan venchur loyihalar ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

2. Gʻoyalarni qayerdan izlashni aniqlab oldik. Endi qaysi sohada tajribangiz bor, qayerda ishlagansiz, va nimaga qiziqishingizga qarab saytdan kerakli loyihalarni saralab oling. Masalan SMM va dasturlashga qiziqsangiz, sizga marketingga yo‘nalgan g‘oyalar qiziq bo‘lishi mumkin.

👉 @ITmavzu
"JavaScript" dasturlash tilining asoschisi kim?
Anonymous Quiz
43%
Jon Mouchli
41%
Brendan Eich
16%
Sergey Brin
Sizni ruhlantiruvchi maslahatlar

1. Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang.
2. Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz - dangasa bo`lmang.
3. Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin.
4. Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir.
5. Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni emas.

👉 @ITmavzu
Frilanserlar uchun yana bir mega sayt

Barcha freelancerlarning sevimli sayti - Fl.ru

• Sayt yaratish
• Matnlar
• Dizayn va art
• Dasturlash
• Audio/Video
• 3D grafika
• Rasmlar
• Animatsiya
• Reklama va marketing
• Tarjimalar

Va yana shunga o'xshash juda ko'p sohalarda o'z xizmatlaringizni ko'rsatishingiz va shu tariqa pul ishlashingiz mumkin. Bu yerga kuniga juda ko'p minglab insonlar o'zlariga kerakli bo'lgan narsalarni yozishib, e'lon joylashtiradi. Bu yerda asosan dasturchilar ko'p.

Bu yerda nafaqat xizmat ko'rsatish, balki portfolio sifatida foydalanish yoki vakansiya izlash mumkin.

👉 @ITmavzu
Qanday qilib bepul o'yinlar millionlab dollar daromad keltiradi?

1. O'yin ichidagi reklama - agar o'yinni millionlar insonlar ko'chirib olsa "toma-toma ko'l bo'lur" deganlaridek reklama ko'ruvchilar ortidan katta pul ishlab olsa bo'ladi.

2. O'yin ichidagi savdo - elektron ko'rinishidagi javohirlarni harid qilish, qo'shimcha imkoniyatlar olish, boshqalardan ajralib turuvchi jihatlarni o'zlashtirish o'yin asoschisiga katta foyda keltiradi.

O'yin yasashda Unity va Unreal dasturlari eng ko'p qo`llanib kelinmoqda. Bizning Loopix Game jamoamiz ham ushbu ikkala dasturdan foydalanishadi. Grafikani esa Autodesk 3ds Max dasturida yasaymiz.

👉 @ITmavzu
Internetda qaysi til eng ko'p ishlatiladi?
Anonymous Quiz
9%
Russian
2%
German
88%
English
1%
Spanish
Texnologiyalar bilan bog`liq qiziqarli ma'lumotlar

1. Kompyuterda ishlayotganda 1 daqiqada o'rtacha 7 marta ko'zimizni yumib ochamiz va biz kompyuterda bo'lmaganimizda bu raqam 20 taga yetadi. Kompyuterda ko'zning qurishi aynan shu sababdir.

2. Oddiy ish kunida klaviaturada barmoqlarimiz bosib o'tgan masofa taxminan 20 km bo'lishiga nima deysiz?

3. Kompyuter ekranidan biror narsa o'qiyapsizmi? Sizning o'qish tezligingiz qog'ozda o'qishdan 10 foizga sekinroq.

4. Apple'ning eng mashhur mahsulotlaridan biri bo'lgan Macintosh haqiqatdan ham olma turidan "mcintosh" nomini oldi.

5. Siz iTunes ga a'zo bo'lish paytida qabul qilgan shartlarga muvofiq ravishda iTunes dan foydalanib yadro qurolini yasamaslik majburiyatini olgansiz.

6. Muntazam sizning telefoningiz vibratsiya beradimi? Ammo unga qaraganingizda hech qanday bildirishnoma yoki qo'ng'iroqlar yo'qligini ko'rasizmi? Siz yolg'iz emassiz va biz sizning tashxisingizni aytamiz: "Ghost Vibration Syndrome"

👉 @ITmavzu
Elektron-hamyonlar: Ular bizga kerakmi?

Siz chet elllik John Doe'ning buyurtmasini qilib berdingiz, ammo siz Toshkentda, John Nyu-Yorkda. Xo'sh, John pulni Clickdan o'tkazadimi? Axir unda Click nima qilsin.

Javob — yo'q. Bizni elektron-hamyonlar qutqaradi.

John buyutmasini ko'rib, xursand bo'ldi va toshkentlik frilanser Toshmatjonga pul o'tkazmoqchi. Uning uchun u hozirgi trenddagi elektron-hamyonlarning biridan unga pul o'tkazadi.

Elektron-hamyonlar
👉 qiwi.com, webmoney.ru, paypal.com, payeer.com, Yandex.Деньги,

P.S. Xohlagan biridan, iloji bo'lsa barchasidan ro'yxatdan o'ting. Chet elliklar bilan ishlash uchun elektron-hamyonlar muhim omil sanaladi.

👉 @ITmavzu
Frilans = Sog'liq. Bular qanchalik bir-biriga bog'liq?

Frilanser emas ishchilar kuniga kamida bo'lsa ham 1 km yo'l bosishadi. Ammo frilanser uyda o'tiradi va o'tirib ishlaydi. Sog'liq-chi?

1. Ertalabki badantarbiya bilan shug'ullaning;
2. Sutli mahsulotlar, mevalar iste'mol qiling;
3. O'tirib ishlasangiz, har soat turib, oyoqlarni yozing;
4. Har yarim soatda 5 daqiqa ko'zlarga dam bering;
5. Tez-tez suv ichib turing;
6. Kuniga kamida 30minut ko'chada sayr qiling;
7. Erta uxlang, erta turing va kunni 1-qoidadan boshlang.

Agar ushbu 7 qoidaga amal qilsangiz, hech qayeringiz og'rimaydi va o'zingizni tetik his qilasiz!

👉 @ITmavzu
Frilanserlar duch keladigan muammolar

— Ko'pchilikning hayolida frilans «Mana buyurtma, mana pul» degandek ko'rinadi. Aslida hech ham unday emas. Frilansda ham o'zgacha muammolar bor. Bulardan biri — mijozning qaysarligi.

— Odatda frilanser buyurtma olib, uni bajargach, mijozga umuman yoqmasligi va buyurtmani boshidan qilishiga to'g'ri kelishi mumkin. Agar frilansga kirmoqchi bo'lsangiz, shunday mijozlarga tayyor turing :)

— Eng ko'p tarqalgan muammolardan biri — byudjet kamligi. Mijoz so'ragan narsa Toshkent bo'lsa, narxi Nyu-York bo'lib yotibdi. Ammo mijoz bu narsalarni tushunmaydi, u o'zida bor pulni beradi.

P.S. Yana bir muammo shundan iborat-ki, mijoz buyurtmani bugun berib, ertasiga qaytarishi. Buyurtmani uxlamay bajargan frilanser ertasiga uni "atmen" bo'lganini ko'rib, yig'lavoray deydi :)

👉 @ITmavzu
Startup — u nima?

Start Up (ing. start - boshlash, up - ko'tarish) biznes bilan bog'laydigan bo'lsak, ishga tushirish, boshlash degan ma'noni anglatadi.

Startup deb, endi ish boshlagan yoki boshlash jarayonida bo'lgan loyihaga aytiladi. Asosiy shart — aniq va optimal biznes g'oyaga ega bo'lish kerak.

Loyihani startup deb atashda sohaning ahamiyati yo'q, ammo ko'p insonlarning hayolida startup — bu IT-loyiha hisoblanadi.

👉 @ITmavzu
«Tak, nega mijozim yo'q?!»

IT sohasida biznes qilishni boshlagan har bir «novichok»ning 1-savoli — "Qanday qilib, mijoz topaman" bo'lsa, 2-si "Nega mijozim yo'q" bo'ladi.

Strategiyamizga tayanadigan bo'lsak, mutaxassislar uchun doimo ish topiladi. Lekin o'quvsizlarga ish yo'q deganimas. Keling, sizga bir nechta savol beraman,

1. Portfolio mavjud va unda "odamga o'xshagan" proyektlar bormi?
2. Muomalangiz qanday?
3. Mijozlaringizga sizni boshqalarga tavsiya qilishini so'raysizmi?
4. O'z xizmatlaringizni reklama qilasizmi?
5. O'zingizni mutaxassis deb hisoblaysizmi?

• Qaysi savolga javobingizni qoniqarsiz deb o'ylaysiz — o'sha bo'lim bo'yicha ishlang!

👉 @ITmavzu
Guru.com - bu frilanser va ish beruvchilar uchun qulay hamda tezkor platforma hisoblanadi. Ushbu saytda yangi loyihalar tez-tez yangilanib turadi

Guru orqali quyidagi sohalar boʻyicha ish topishingiz mumkin:
• Dasturlash
• Dizayn
• Savdo va marketing
• Biznes va moliya
• Muhandislik va arxitektura
• Huquq
• Ta'lim va trening
va boshqa koʻplab sohalar boʻyicha.

👉 @ITmavzu
Udacity.com — dasturlash kurslarini professional dasturchilardan oʻrganish mumkin

Udacity – bu ba'zi yirik va muvaffaqiyatli IT kompaniyalarida (Google, Facebook, mongoDB, AT&T va boshqalar) ishlagan odamlar tomonidan ishlab chiqilgan o'quv dasturi.

👉 @ITmavzu
Uyda ingiz tilidan dars berib pul toping

Magic Ears – uyda turib ingiz tilidan bolalarga dars berish platformasi.

Ushbu platforma orqali ingiz tilidan 1-4 - sinf bolalarga dars berish orqali soatiga $15-$26 ishlab topishingiz mumkin. Buning uchun siz bir nechta talablarga javob bersangiz boʻldi.

👉 @ITmavzu
Dribbble.com – bu dizaynerlar uchun portfolio yaratish uchun qulay saytlardan biri

Ushbu saytdan professional portfolio yaratib, jahon darajasidagi dizayner boʻlmoqchi boʻlsangiz, PRO obunani sotib olishni maslahat beramiz.

Pro obuna orqali siz oʻz professional ishingizni namoyish etishingiz, hamda Apple, Google, Facebook, Dropbox kabi kompaniyalar bilan shartnoma tuzishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Nega IT da ingliz tili muhim?

Javob — Dunyoning katta qismi ingliz tilini yaxshi biladi va ingliz tili - standart tilga aylanib bo'lgan. Har yerda ingliz tilini ma'qul ko'rishadi. Uning ustiga, dasturchi ingliz tilini bilmasa, uning o'sishi to'xtab qoladi.

Ingliz tilini qayerda sifatli o'rganish mumkin?
Agar uydan turib, bepul o'rganishni xohlasangiz, Youtube sizga yordam beradi. Agar Youtube'ga ishonmasangiz, men sizlar uchun ingliz tili bo'yicha yaxshi kurslar uchun link hozirlaganmiz:

alison.com
mooec.com
futurelearn.com
openlearning.com

P.S. Ingliz tilini sifatli o'rgansangiz, chet elliklar bilan ishlashda umuman qiynalmaysiz.

👉 @ITmavzu
Ta'lim berish va o'rganish uchun yetakchi global bozor

Udemy.com – Dunyo bo'ylab talabalarni eng yaxshi o'qituvchilar bilan bog'lab, odamlarga maqsadlariga erishishda va o'z orzularini amalga oshirishlarida yordam beradi.

Udemy orqali kompyuterga aloqador sohalarga oid kurslarni oʻqishingiz yoki dars berishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Internetdagi firibgarlarga aldanib qolmang

Hozirgi kunda internetda firibgarlarni reklamalari juda ko'payib ketdi. Internet orqali pul tikib pul topish, sport stavkalari va tarmoqli marketing kabi reklamalarga aldanib qolmang. Boshqa davlatdagi firibgarlar o'zbek tilida videolar tayyorlab O'zbekiston hududida reklama qilishmoqda. Firibgarlarga aldanib ularni boyishiga yo'l qo'ymang.

Agar internet orqali daromad topmoqchi bo'lsangiz, o'sha pulni o'zingizga bilim olishga sarflang. Zamonaviy va dunyo talabidagi dasturlarni organib internet orqali yaxshi daromad topsa bo'ladi. Ozgina mehnat, shijoat va tinimsiz harakat ortidan ertaga yaxshi natijalarga erishish mumkin.

P.S. O'zbekistonda Internet orqali frilanserlik qilib kamida 5-10 mln daromad topadigan do'stlarimiz juda kop. Sizlarga ham bilim olib so'ng, o'rgangan bilimingiz orqali pul topishni maslahat beraman. Shuningdek, biz internet-marketing bo'yicha kurs tashkillashtirganmiz, agarda siz internet-marketing bo'yicha o'qimoqchi bo'lsangiz @Sotuv_Manager ga murojaat qilishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
2024/09/23 23:23:43
Back to Top
HTML Embed Code: