Telegram Web Link
Lynda.com — texnologiya, biznes va yaratuvchanlik kurslari

Bu platforma har kimga shaxsiy, professional maqsadlariga erishish uchun biznes, dasturiy ta'minot, texnologiya va boshqa koʻplab sohalardan bilim va koʻnikmalarini o'rganishga yordam beradigan etakchi onlayn ta'lim platformadir.

Ushbu platformada video-kurslar 5 ta tilda tajribali ustozlar tomonidan olib boriladi.

👉 @ITmavzu
Fotograflar ham internetda pul topishadi

Ushbu rasm photodune.net saytida 10$ dan 84 marta sotilgan. Rasm muallifi o'zi olgan rasmlarni shu saytda sotib umumiy miqdorda 40 000$ dan ko'p pul topgan.

Internetda rasm sotishning afzalligi yillar davomida bitta rasmni ko'p marotaba sotaverasiz va saytlar bitta emas. Rasm sotsa bo'ladigan saytlarni ro'yxatini yaqin kunlarda kanalimizda e'lon qilamiz.

👉 @ITmavzu
Grafik dizayn haqida

Bir necha yillardan beri talabgirlikdan tushmagan yana bir soha — grafik dizayn: Uni qayerdan o'rgansa bo'ladi?

Javob — bepul kurslar orqali.

1. Grafik dizayn asoslari — Ellen Lupton

2. Ish beruvchi tipografika

3. Canva dizayn maktabi

P.S. Ushbu kurslar orqali professional grafik dizayner bo'lish mumkin. Asosiysi mehnat!

👉 @ITmavzu
Kopirayterlar uchun

• Matndagi so'zlarning imlo qoidalariga e'tibor bering. Kopirayter uchun eng katta xato — imlo xatoliklari.

• Matnlarda kamroq emodji ishlating, yoki umuman ishlatmang.

• Lending uchun yozilgan matnda «ko'cha» so'zlarini ishlatish yaramaydi.

• Kreativ bo'ling, matnni shunday yozing-ki, uni oxirigacha o'qishsin.

• Matn uchun sifatli rasm tanlang, bunda sizga freepik.com yordam beradi.

👉 @ITmavzu
IT ni o'rganish uchun ingliz tili kerakmi?

– Kerak! Agar ingliz tilini yaxshi bilsangiz kattaroq bozorlarda ishlasangiz bo'ladi. Sababi katta-katta bozorlar aynan ingliz tilida yuritiladi.

– Kod yozishlarda ham, mijozlar bilan ishlashda ham, programmalardan foydalanishda ingliz tilini bilgan dasturchi ingliz tilini bilmagan dasturchidan ancha oson va tez ishlaydi.

– Lekin biz bu bilan IT ni ingliz tilini bilmasdan o'rganmang demoqchi emasmiz, shunchaki ingliz tilini afzaliyatini eslatib o'tmoqchimiz.

👉 @ITmavzu
Telegram kanalni reklama qilish bo'yicha maslahatlar

- Kanalingizni o'z yo'nalishiga oid va shunga o'xshash kanallarda kamroq reklama qiling. Chunki sizdan avval bu kanalda siz reklama berayotgan boshqa kanal ham o'zini reklama qilgan.

- Kanal reklama qilishda siz noan'anaviy kanallarda hech qachon reklama qilmang. Ya'ni o'z yo'nalishingizdan chetga chiqmang.

- Kanal reklama qilishda prosmotr ga ya'ni ko'rishlar soniga ham e'tibor bering. Buning ham ozgina bo'lsada foydasi bor albatta.

Agar, kanalingizda o'zingiz reklama qilmoqchi bo'lsangiz:

- Kanaliz uchun 1 kunda 3 tadan ko'p reklama qabul qilmang. Qabul qilganda ham o'zingiz uchun reja tuzib oling.

- O'z kanallaringizni bir-birida ko'p reklama qilmang. Muddatlari 3 oyda bir marta yoki undan ham ortiq muddatda. Bu ham kanal faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

👉 @ITmavzu
Freepik.com - bu vektorlar, PSD faillar va fotosuratlar sotsa boladigan juda katta sayt

Dizaynerlar, rassomlar va fotosuratchilarning sevimli sayti.
Oyiga 1000 dollardan - 100.000 dollargacha daromad topadigan akkauntlar bor.
Bu saytda mahsulot sotadigan Ozbekistonlik yurtoshlarimiz ham kam emas.
Umumiy qilib maslahat beradigan bolsam kuniga 2-3 soat va undan ortiq bosh vaqtingiz bolsa Adobe Illustrator dasturini organishni hozirdan boshlang.

@ITmavzu
Final Cut Pro X - dasturida yasab chiqilgan 1050 ta video animation yozuvlar videohive saytining o'zida 39 dollardan 4,396 marta sotilib jami 171.000 dollardan ko'p daromad olib kelgan. Muallifni ishlari: videohive.net/user/vystina

Video shablonlar, montaj uchun kerakli element va effeklardan juda katta daromad ko'rsa bo'ladi. Bu yo'nalishda biznes qiladiganlar asosan After Effect dasturida ishlashadi.

👉 @ITmavzu
Smartfon bilan tushurilgan rasm orqali biznes: Qanday?

Foydali Linkda ajoyib bir sayt uchun link tashlashibdi. Sayt — eyeem.com. U orqali telefonda tushurilgan rasm orqali biznes qilish mumkin. Qanday qilib deysizmi? Batafsil maqolada...

👉 @ITmavzu
Globalfreelance.ua - Ilm-fan freelancerlari uchun dunyo bo'ylab buyurtmalar

Vazifalar fan bo'yicha bo'linadi. Ro'yxatdan o'tish jarayonida siz ko'rsatgan fan va sohalarda testdan o'tishingiz kerak. Bu nima qilishni bilmaydigan odamlarni saralaydi.
Aniq va tabiiy fanlar - matematika, fizika, dasturlash, kimyo, biologiya, iqtisodiy nazariya va boshqalar bo'yicha o'quv vazifalarini bajarish;
Gumanitar fanlar bo'yicha ilmiy ishlar yozish - tarix, falsafa, madaniyatshunoslik, psixologiya, adabiyot, huquq va boshqalar.

👉 @ITmavzu
Android va iOS o'yinlari qaysi dasturda yaratiladi?

Android va iOS uchun o'yin yaratadigan dasturlar juda ko`p ulardan eng ommalashgani ''Unity'' hisoblanadi. O'yin yaratishga qiziqadigan yigit-qizlarni Unity dasturini o'rganishini tavsiya qilamiz. Unity'da o'yinlardan tashqari bir qator dasturlar ham ishlab chiqish mumkin.

Siz bilgan o'sha mashhur ''Сlash of Clans'' o'yini birgini Xitoyning o'zida kunlik daromadi 111.000 dollarni tashkil qiladi. 2020-yilda kunlik 600.000 dollar daromad olib kelardi.

👉 @ITmavzu
youdo.com - rus tilini yaxshi bilsangiz shu sayt orqali mo'maygina daromad topsangiz bo'ladi

1.500.000 foydalanuvchiga ega bo'lgan bu saytda siz ham pul topa olishingizga ishonamiz.

Ikkinchi rasmda youdo.com saytidagi so'nggi vazifalar ro'yxatini berganmiz. Saytga kirib ro'yxatadan o'ting va vazifalarni bajarib halol pul toping.

Ma'lumotni do'stlaringiz bilan bo'lishing!

👉 @ITmavzu
Apple'ning marketing falsafasi

Apple kompaniyasini dastlabki yigirma yilda rivojlanishida muhim rol oʻynagan marketolog va direktorlar kengashi raisi Mayk Markkula tomonidan oʻylab topilgan ushbu qoidalar uch qismdan iborat edi:

1. Ziyraklik, xaridor hissiyotini tushunish. «Biz mijozlar ehtiyojini boshqa kompaniyalardan yaxshiroq tushunishimiz kerak».

2. Butun fikrni belgilangan maqsadga qaratish. «Oʻzimiz shugʻullanayotgan maqsadga yetishish uchun barcha ikkinchi darajali maqsadlarni miyadan chiqarib tashlash kerak».

3. Singdirish. Bu odamlarda ilk taassurot tugʻdirish orqali Kompaniya yoki mahsulot haqida fikr xosil qilishini anglatadi. «Xaridorlar haqiqatan ham kitobga uning muqovasiga karab baho beradi. Eng yuqori sifatli eng yaxshi mahsulotni, eng foydali dasturni va hokazoni yaratish mumkin, lekin agar uning taqdimoti beparvolik bilan o‘tkazilsa, unga bo‘lgan munosabat ham shunday bo‘ladi. Agar biz tovarni kreativlik bilan va professional tarzda ko‘rsatib bersak, o‘zimizga kerakli munosabatni singdiramiz»

P.s: Har qanday mahsulot yaratilarkan maʼlum bir falsafaga asoslanish kerak. Hech qanday falsafaga ega boʻlmay yaratilgan mahsulotning ommalashib ketish ehtimoli juda past boʻladi. Apple kompaniyasi hozirga darajaga chiqishiga albatta oʻz qarashlarining mavjudligi muhim rol oʻynagan.

👉 @ITmavzu
KWORK.ru - Bu saytda shunday frilanserlar borki – ular kuniga 100 dollar hatto 200 dollargacha pul ishlashadi

Xo'sh shuncha pul ishlash uchun nima qilish kerak? Avvalo foydali xizmat turlarini o'rganishingiz kerak. Masalan: sayt yuritish, photoshop, ijtimoiy tarmoqlarda guruhlarni yuritish, sayt va guruhlarni rivojlantira olish, SMM va shunga o'xshash xizmatlar. Xullas qiladigan ishingiz buyurtmachi uchun foydali bo'lsa bo'ldi. Bularning hammasini internet orqali bepul o'qib o'rgansa bo'ladi.

Yodda tuting!
Pessimist odam har bir imkoniyatda qiyinchilikni ko'radi.
Optimist odam esa Har bir qiyinchilikda imkoniyatni ko'radi.

👉 @ITmavzu
Fiverr.com - 100 dan ortiq yo`nalishlarda freelancer bo`lib yaxshi daromad topsa bo`ladigan sayt

👉@ITmavzu
Ko'rib turganingizdek AQSH'ning eng yetakchi kompaniyalari IT sohasiga aloqador

IT sohasining pul keltirish imkoniyatlari esa sizni bu sohani o'rganishga undaydi.

👉 @ITmavzu
Etsy.com - yirik onlayn bozor bo’lib, unda insonlar qo’lda yasalgan buyumlar, antiqa eski narsalar, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar va uy uchun kerakli bo'lgan jihozlarni shu sayt orqali sotishadi.

10 yil oldin paydo bo’lgan kompaniya orqasidan bugunga kelib bir yarim million insonlar narsa sotib pul topmoqda. 20 milliondan ziyod xaridor mavjud bo`lgan bu saytda asosan ayollar mahsulot xarid qilishadi.

👉 @ITmavzu
🪓 Kompyuterga qo'pollik shart emas!

Aksariyat kompyuter foydalanuvchilar muammo chiqsa jazavaga tushadi va qurilmadan alamini oladi. Axir, muammo sizda bo'lsa, texnikada nima ayb?!

Keling, yaxshisi siz kompyuter savodxonligingizni oshiring va shu muammolardan xalos bo'ling! Bu borada Shaxsiy kompyuter kanali sizga ustoz bo'ladi!

P.S: Ogoh bo'ling! Ushbu kanal sizni kompyuter mutaxassisiga aylantirib qo'yishi mumkin!

Qiziqqanlar uchun: 👉 @shaxsiy_kompyuter
«Vaqtim yo'q, ulgura olmayabman..»

Bu holat barcha frilanserda bo'lishi tabiiy hol. Buyurtmani olib, uni bajarishga vaqt topa olmay, tushkunlikka tushib qolishadi.

Agar har bir ishni taymer bilan bajarib ko'rsak-chi? Buni sinab ko'ring — foyda berishi 100%. Bunda sizga pomofocus.io yordam beradi. Saytning mobil dasturi ham bor, u orqali ishingiz uchun vaqt belgilab (mini dedlayn), uni bajaraverasiz. Sinab ko'ramizmi?

LINK 👉 pomofocus.io

👉 @ITmavzu
2024/09/24 11:22:56
Back to Top
HTML Embed Code: