Telegram Web Link
Grafik-dizaynerlar uchun kerakli bo'lgan saytlar to'plami

Ba'zida tashqi resurslardan foydalanish zarur bo'lib qoladi. Bunday vaqtlarda esa sizga quyidagi saytlar yordam beradi:

flaticon.com
freepik.com
99designs.com
socialsizes.io
blush.design
psdrepo.com

👉 @ITmavzu
Front-End dasturchilar uchun foydali resurslar to'plami

Github foydalanuvchisi Front-End dasturchilar uchun muhim bo'lgan resurslarni bir qilib, mana bu repozitoriyga joylabdi.

📝 Tarkibi:

Kod redaktorlari
Kerakli instrumentlar
CSS-freymvorklar
Ikonkalar va ranglar
API
Mock-up'lar
Kitoblar / Topshiriqlar / O'yinlar
— Va boshqa qiziqarli resurslar

👉 @ITmavzu
Nega frilansda muomala muhim omil sanaladi?

— Mijoz siz bilan gaplashish jarayonida uyalmasin. Uning ko'rsatmalariga jerkib tashlamang. Agar qiziqqon mijoz tushsa, buyurtmani bekor qilib yuborishi hech gap emas.

— Mijozning iltimos va ko'rsatmalariga «Ok» deyish yaramaydi. «Aha», «tushunarli», «yaxshi» yoki «bajaramiz» deyish mijozda frilanserga nisbatan yaxshi tasurot qoldiradi.

— Mijoz bilan suhbat davomida ko'cha gaplarini ishlatish yaramaydi. «Brat», «kaneshna» yoki shunga o'xshash so'zlarni o'rniga chiroyliroq, o'zbekcha so'zlarni ishlating. Siz IT-frilansersiz, bozordagi sotuvchi emas.

👉 @ITmavzu
IT sohasida ishga kirishda nimalarga e'tibor qaratish kerak?

— Savollar
• Nega aynan bizda ishlamoqchisiz?
• Qancha oylik sizga ma'qul?
• Sizni olishimizdan bizga nima foyda?

Shunday savollar albatta beriladi. Savollarga shunaqanggi javob topish kerak, ish beruvchi ikkilanmay sizni ishga olishi kerak.

1️⃣-savolga javob — Tashkilotning boshqa tashkilotlardan ustun tomoni haqida gapiring
2️⃣-savolga javob — Katta maoshga osilmang, agar tajriba kam bo'lsa. Ammo juda kamga ham rozi bo'lmang. 2 ta taraf ham rozi bo'lishi kerak.
3️⃣-savolga javob — Qo'lingizdan nimalar kelishi, sizni olgandan keyin tashkilotda nimalar o'zgarishi, xullas o'z foydangiz haqida gapiring.

Qolgani keyingi sonlarda...

👉 @ITMavzu
Dasturchilarning asosiy xislatlari

— Das
turchilarda logika yaxshi rivojlangan. Ularda shunday muammolar bo'ladi-ki, ularni logikasiz hal qilib bo'lmaydi.

— Dasturchilarning fikrlash doirasi juda keng bo'ladi. Dasturchilarga eng kerakli narsalardan biri fantaziya bo'lgani uchun, ular yaxshi fikrlashadi.

— Dasturchilar optimist bo'lishadi (va bo'lishlari kerak). Ishlamaydigan kodda ham plyuslarni ko'rib bilgan inson, albatta, dasturchi :)

👉 @ITmavzu
Start-up loyihangiz uchun haqiqiy professionallarni jalb qilishingiz mumkin

Toptal.com – bu professional dasturchilar uchun ajoyib platforma.

Ushbu sayt orqali oʻzingizning start-up loyiha yoki kompaniyangiz uchun tajribali dasturchilarni ishga yollashingiz mumkin. Shuningdek, oʻzingizni professional dasturchi hisoblasangiz katta kompaniyalardan ish topsangiz boʻladi.

👉 @ITmavzu
Kelajak sohasi — kiberxavfsizlik

— Har kuni qandaydir xakerlar
biror joyni buzishgani, shuncha pul o'marishgani, ma'lumotlarni pullashgani haqida eshitamiz. Bunday xakerlar esa ko'payib bormoqda.

— Siz ham kiberxavfsizlikni o'rganib, kelajakda yuqori daromad ko'rishingiz mumkin. Chunki hozirda kiberxavfsizlik sohasida mutaxassis kam, xakerlar borgan sari ko'payib borgani sabab, mutaxassislarga talab oshadi.

— Kiberxavfsizlikni o'rganish qiyin emas. Siz xakerlikni o'rganing, Kali Linux o'rnating, sistemalarni buzishni o'rganing. Va buzish orqali uni tuzatishni ko'rib chiqing. Bundaylar «white hackers» deyiladi.

👉 @ITmavzu
Dasturlash va dasturchilar haqida 5 ta fakt

— Dasturlash paytida vaqtning 25% i foydalanuvchi mahsulotni ishlatish jarayonida nimanidir tushunmasligi yoki biror narsani xato qilishi haqidagi o'ylarga sarflanadi.

— Dasturchilar — kompyuter ustalari emas!

— Dasturlash bu fikrlash, o'ylash, yechish. Dasturlash kompyuter qarshisida yozish emas.

— Tunda dasturlash kunduzgi dasturlashdan ancha produktivroq.

— Ba'zida koddagi xatolarni ertalabga ko'chirish samarali. Chunki charchagan miya doim ham stabil ishlamaydi.

👉 @ITmavzu
Fiverr.com - bu masofadan turib ishlashni xohlovchilar uchun eng katta saytlardan biridir. Odatdagi frilans saytlardan farqi shundaki, bu saytda siz mijozlarni emas, mijozlar oʼzlari sizni izlab topishadi.

Eng yaxshi ishlaringizdan toʼplab, roʼyxatdan oʼting. Аgar ishlaringiz va xizmat narxingiz ularga qiziq tuyulsa aloqaga chiqishadi. Ushbu sayt orqali oyiga 5 xonali sonlarda pul topayotganlar ham bor ekan.

Populyar xizmatlar:

— logo, brending, vebdizayn, animatsiya;
— rasmlarni qayta ishlash;
— wordpress saytni sozlash;
— ovoz yozish xizmati;
— reklama sozlash;
— illyustratsiya;
— tarjima xizmati;
— kitob jildi dizayni va h.k.

Аgar yuqoridagi yoʼnalishlardan birida tajribangiz boʼlsa, albatta sinab koʼring.

👉 @ITmavzu
«1 kunda 2 soat, 1 yilda 730 soat» yoxud IT-sohasini o'rganish qiyin(mi)?

Agar siz IT-sohasiga kirish niyatingiz bo'lsa, ammo uni o'rganishda ikkilanib turgan bo'lsangiz, ushbu maqola aynan siz uchun. Deylik, siz 3D dizaynni o'rganmoqchisiz. Lekin sizda savol paydo bo'ladi — qancha muddatda va bu qiyinmi?

Agar siz 1 kunda 2 soat ajratsangiz, 1 yilda yaxshi darajaga chiqasiz. Siz xoh Youtube'dan o'rganing, xoh o'quv kurslariga boring, ammo ajratilgan vaqt 2 soatdan kam bo'lmasligi kerak. Chunki 1 soat o'rganishga, 1 soat praktikaga minimal vaqt etib belgilangan.

Agar siz Self-study, ya'ni o'zingiz mustaqil o'rganmoqchi bo'lsangiz, bugun soat 21:00 da Youtube'dagi eng sara kurslarning linklarini taqdim etamiz.

👉 @ITmavzu
🔥 BEPUL-KURSLAR TO'PLAMI

• Dasturlash kurslari:
Python
PHP
Java

• Grafik-dizayn kurslari:
Sardor Qodirov kurslari
Veb-dizayn kurslari

• SMM va 3Ds Max:
SMM
3Ds Max

💬 Kurslarning barchasi O'ZBEK tilida va BEPUL. Bemalol kirib, ta'lim olishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Turli sohalarda TOP dasturlash tillari

Veb-dasturlash
• JavaScript (+ HTML/CSS)
• PHP
• Python

Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

iOS dasturlash
• Swift
• Flutter

Oʻyin yaratish
• C++
• C#
• Java

Sunʼiy ong
• Python
• C++

👉 @ITMavzu
O‘zbekistonda frilanserlikni o‘rganishga mo‘ljallangan platforma ishga tushdi

O‘zbekistonda frilanserlikni o‘rganishga mo‘ljallangan platforma ishga tushdi, xabar beradi AKT vazirligi matbuot xizmati.

myfreelance.uz platformasi orqali soliq to‘lamasdan ishlash va pul topish mumkin bo‘ladi.

— Platformaning video kurslar bo‘limida “Upwork”, “Fiverr” va “Envato” frilans birjalarida qanday ro‘yhatdan o‘tish va ish topish usuli o‘rgatiladi.

— Dasturlash bo‘limida “Android”, “Frontend” va “Java scriptdasturlash tillariga oid ayrim tushunchalar keltirilgan.

Shuningdek, 2D va 3D dizayn va video tahrirlash bo‘yicha video darslar ham mavjud.

👉 @ITmavzu
Tarjimonlik: frilansda ushbu sohaga talab qanday?

Barchamiz tarjimonlar nima bilan shug'ullanishini bilamiz. Ular uchun frilansda talab qanday? Shu haqida gaplashamiz.

• Nega elektron-tarjimon bo'la turib, insonlarga yuzlanishadi?
Siz Google tarjimondan xohlagan bir ruscha matnni o'zbekchaga, yoki aksincha tarjima qiling. Tarjimani o'qing va nimani tushunganingizni o'zingizdan so'rang — hech narsani :) Insonlar matnlarni nafaqat tarjima qilishadi, balki matn kayfiyatiga adaptatsiya qilishadi

• Tarjimonlik serdaromad sohami?
Ha, serdaromad. Chunki sifatli matnga talab katta, chet el tillarini esa hamma ham bilishmaydi. Tarjimonlar odatda juda katta matnlarni tarjima qilishadi va shunga yarasha daromad olishadi.

👉 @ITmavzu
Mijozga mahsulotni namoyish qilganda nimalarga e'tibor berish kerak?

Ushbu postni yozishdan avval, biz bir tajriba o'tkazdik. Telegramdagi frilans-birjalarning biriga e'lon berdik. E'lon sabab bizga 30 dan ziyod frilanserlar murojaat qilishdi. Ularning ko'pchiligi esa umuman tajribasiz, portfoliosi yo'q, ayrimlari yozishni ham bilmaydi.

Ammo ularning orasida bir kishi ajralib turardi. Xuddi maxsus agentlikdek. Xatosiz, muomala bilan yozdi. Portfoliosiga gap yo'q. Ishni oxiri shu kishiga topshirdik.

💡 O'zimizni mijoz o'rniga qo'yib, biz quyidagilarga amin bo'ldik:

• Mijozga birinchi marotaba yozganda iliq muomala bilan va xatosiz yozing. Audio-yozuv tashlamang;

• Portfolioda faqat sifatli proyektlar bo'lsin;

• Mijoz biror narsani aytishda qiynalsa, bu narsani tushunmasa, chaynalsa muomalani qo'pollashtirmang;

• O'z taklifingizni mijozga qanchalik muhimligini tushuntiring.

Barcha bandlarga amal qilsangiz, mijoz o'ylab o'tirmay sizga topshiradi.

👉 @ITmavzu
Mobil dasturlar va o'yinlardan qanday daromad qilishadi?

Ko'p kishi pulni «internet» to'laydi deb o'ylashi mumkin. Aslida yo'q, pulni internet emas, reklama beruvchilar to'laydi.

E'tibor bergan bo'lsangiz, biror dastur yoki o'yin o'ynayotgan bo'lsangiz, internetni yoqishingiz bilanoq reklamalar chiqib boshlaydi. Ushbu reklamalar uchun ham kimdir qanchadir summa to'lagan, va shu tariqa ilova yaratuvchisi o'z mahsulotidan foyda ko'ra boshlaydi.

Ayrim dasturlar esa Play Market yoki AppStore'ning o'zida pullik bo'ladi. Bunday dasturlar o'ta mukammal va foyda dasturlardir, chunki keraksiz narsaga hech kim pul sarflamaydi.

Reklamadan tashqari, o'yinlarda har xil pullik narsalar bo'ladi. Masalan, kiyimlar, mashinalar yoki o'yin valyutasi — bular barchasi real pullar. 1$ dan 100$ gacha. Odamlar shu uchun pul sarflashadi, shu tariqa ilovalar «yashash»da davom etishadi.

👉 @ITmavzu
Matn yozish bilan shug‘ullansangiz, ko‘pincha o‘z postlaringizni rasm va illyustrasiyalar bilan bezashga to‘g‘ri keladi. Quyida shunda yordam beradigan linklar:

pinterest.com
freepik.com
openpeeps.com (personajlar)
firestock.ru
mixkit.co/free-stock-art — bepul foydalanishingiz mumkin bo‘lgan juda ajoyib tasvirlar

👉 @ITmavzu
Reklamasiz biznesning yugurgani 2 haftagacha

Biznes ochdingiz, lekin reklama sotib olmadingiz, Hayolingizda mijozlar o'zlari sizni topishlari kerak, shundaymi?

Reklama sizga nafaqat mijoz topib beribgina qolmay, balki sizning mashxurligingiz va shaxsiy brendingizni yaratishga hissa qo'shadi. Ayniqsa IT-sohasida reklama muhim omil sanaladi, chunki IT biznesda barchasi onlayn.

P.S. Agar reklama sotib olmoqchi bo'lsangiz, mahsulotingizni kimlar xohlashini o'ylang, shunga qarab, auditoriyaga mos platformalardan reklama oling.

👉 @ITmavzu
Rasm izlash uchun TOP-5 qidiruv tizimlari

1. TinEye — Yuborilgan rasmning originaliga o'xshash rasmlarni topib beradi.
2. Google Images — Shunchaki yuborilgan so'zga mos rasmlarni topib beradi.
3. Yahoo Images — Rasm topishda Googledan qolishmaydi.
4. Flickr — Bu yerda foydalanuvchilar tashlashgan rasmlari bilan bo'lishishadi.

👉 @ITmavzu
Frilanser uchun eng muhim narsa — fantaziya: uni qayerdan olish mumkin?

Frilanser fantaziyasi yuqori va keng bo'lishi kerak. Shundan kelib chiqib, u yaratgan narsa shedevr darajada bo'ladi.

Siz kitob o'qing, har xil musiqalar, kino va seriallar tomosha qiling. Quyosh botishi va chiqishida sayr qiling. Shunda o'zingiz uchun energiya va ilhom olasiz.

👉 @ITmavzu
2024/09/24 17:22:43
Back to Top
HTML Embed Code: