Telegram Web Link
Universitet tanlashda qiynalayotgan bo'lsangiz, IT yo'nalishidagi ushbu universitetlarni tavsiya qilamanAbdusattor Abdurahimov

1. INHA Global Education Center.
2. INHA University in Tashkent.
3. Amity University in Tashkent.
4. Westminster International University in Tashkent.
5. Webster University, Webster University in Tashkent.
6. Alxorazmiy Nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

👉 @ITmavzu
Yangi frilanserning demping qoʻllashi qanchalik toʻgʻri?

Demping – raqobatda yutish uchun narxni tushurish.

Yangi boshlayotgan frilanserlar oʻz mehnatini arzon baholashlarini koʻp kuzatganman. Aslida narxni tushirish bu oʻzini-oʻzi hurmat qilmaslik hisoblanadi. Raqobat narxda emas balki professionallik va sifat borasida boʻlishi zarur. Aytganimdek, portfolio tuzing. Narxni pasaytirish o'rniga, nima qilishingiz mumkinligini ko'rsatishingiz kerak. Rostini aytganda, arzon ishchi kuchi arzon qadrlanadi. Oʻz mehnatingizni qadriga yeting.

👉 @ITmavzu
Har kim freelancer bo’la oladi

So’nggi yillarda freelance ish butun dunyoda juda faol rivojlanmoqda. Ko’nikmalar, kompyuter va internetga imkoniyat bo’lsa uydan chiqmagan holda mo’maygina pul topishingiz mumkin. Masofaviy ishnin asosiy afzalligi – boshliq, uyg’otadigan soat va dushanbalarning yo’qligidadir. Men ham qachonladir noldan boshlaganman. Esimda, bir necha yillar avval freelancedagi ilk loyiham uchun 90.000 so’m to’lashgan. Men o’z ustimda intensiv ravishda ishladim va oradan bir qancha vaqt o’tgach ish beruvchilar birgina loyiham uchun 700$ to’lashni boshladi — Abdusattor Abdurahimov

Aslida har kim muvaffaqiyatli freelancer bo’la oladi. Bo’sh vaqtingizni behuda sarflamang. Bugunoq kompyuter dasturlarini o’rganishni boshlang. Ma’lum bir tajriba orttiring va shaxsiy noyob portfolioingizni yaratganingizdan so’ng ish beruvchilar o’zlari Sizni izlab topadilar va qiziqarli loyihalarni taklif etadilar.

👉 @ITmavzu
Frilanserlik qilib pul ishlash mumkin bo'lgan saytlar ro'yxati:

1. Upwork.com
2. Freelance.ru
3. Fiverr.com
4. Weblancer.net
5. Kwork.ru
6. Guru.com
7. Fl.ru

Shu saytlar orqali 100 dan ortiq yo'nalishda masofadan ishlab, yaxshi daromad topsa bo'ladi. Ishlab topgan pullaringizni payoneer yoki webmoney elekron hamyonlari orqali olasiz.

👉 @ITmavzu
Dasturchilar oyiga qancha topishadi?

Kuzatishlarim bo'yicha dasturchilar soatiga 5-15$ gacha ishlaydiganlar bor. Masalan soatiga o'rtacha 10$ olsa, kuniga 80$, oyiga 2000$ topar ekan. Bundan kam oladigani ham ko'p oladigani ham bor. Mustaqil frilanserlar esa 1000-3000$ atrofida topishadi. Oyiga 20 000$ pul topadigan kuchli dasturchilar ham bor.

Yuqori daromadli kasbga ega bo'lish uchun C++, C#, Java va Python dasturlash tillarini o'rganishingizni tavsiya qilaman.

P.s. Bu o'zimizdagi ma'lumotlar, xorij davlatlarida ancha katta haq to'lashadi.

👉 @ITmavzu
Vizitka yasab qanday pul topish mumkin?

Agar Adobe Photoshop va Adobe Illustrator dasturlarini yaxshilab o'rgansagiz bunday ishlarni bemalol qila olasiz.

Vizitka yasab 2 xil yo'nalishda pul topishingiz mumkin:
1. Buyurtma asosida vizitka yasab berish.
2. Elekron bozorlarda vizitka fayllari va shablonlarini sotish.

Vizitka dizaynini elektron bozorlarda 5-20$ dan ko'p marotaba sotib bitta vizitkadan 1000$ dan ko'p pul topishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu 20 soniyalik video shablon envato marketning videohive.net saytida 20$ dan 1100 marta sotilib muallifga 21 000$ dan ko'p daromad olib kelgan

Bunday video shablonlarni asosan reklama va ijtimoiy roliklar uchun sotib olishadi. Tabiat, biznes, tibbiyot, talim va boshqa turli yo'nalishlar uchun qisqa bo'lgan sifatli video shablonlar suratga olib ushbu saytdan katta daromad topsa bo'ladi.

Shu ish bilan shug'ullanayotgan do'stlarim yaqinda ish boshlab hozircha oyiga 2 000 $ ga yaqin daromad topishmoqda.

👉 @ITmavzu
Grafik-dizaynerlar uchun kerakli bo'lgan saytlar to'plami

Ba'zida tashqi resurslardan foydalanish zarur bo'lib qoladi. Bunday vaqtlarda esa sizga quyidagi saytlar yordam beradi:

flaticon.com
freepik.com
99designs.com
socialsizes.io
blush.design
psdrepo.com

👉 @ITmavzu
Front-End dasturchilar uchun foydali resurslar to'plami

Github foydalanuvchisi Front-End dasturchilar uchun muhim bo'lgan resurslarni bir qilib, mana bu repozitoriyga joylabdi.

📝 Tarkibi:

Kod redaktorlari
Kerakli instrumentlar
CSS-freymvorklar
Ikonkalar va ranglar
API
Mock-up'lar
Kitoblar / Topshiriqlar / O'yinlar
— Va boshqa qiziqarli resurslar

👉 @ITmavzu
Nega frilansda muomala muhim omil sanaladi?

— Mijoz siz bilan gaplashish jarayonida uyalmasin. Uning ko'rsatmalariga jerkib tashlamang. Agar qiziqqon mijoz tushsa, buyurtmani bekor qilib yuborishi hech gap emas.

— Mijozning iltimos va ko'rsatmalariga «Ok» deyish yaramaydi. «Aha», «tushunarli», «yaxshi» yoki «bajaramiz» deyish mijozda frilanserga nisbatan yaxshi tasurot qoldiradi.

— Mijoz bilan suhbat davomida ko'cha gaplarini ishlatish yaramaydi. «Brat», «kaneshna» yoki shunga o'xshash so'zlarni o'rniga chiroyliroq, o'zbekcha so'zlarni ishlating. Siz IT-frilansersiz, bozordagi sotuvchi emas.

👉 @ITmavzu
IT sohasida ishga kirishda nimalarga e'tibor qaratish kerak?

— Savollar
• Nega aynan bizda ishlamoqchisiz?
• Qancha oylik sizga ma'qul?
• Sizni olishimizdan bizga nima foyda?

Shunday savollar albatta beriladi. Savollarga shunaqanggi javob topish kerak, ish beruvchi ikkilanmay sizni ishga olishi kerak.

1️⃣-savolga javob — Tashkilotning boshqa tashkilotlardan ustun tomoni haqida gapiring
2️⃣-savolga javob — Katta maoshga osilmang, agar tajriba kam bo'lsa. Ammo juda kamga ham rozi bo'lmang. 2 ta taraf ham rozi bo'lishi kerak.
3️⃣-savolga javob — Qo'lingizdan nimalar kelishi, sizni olgandan keyin tashkilotda nimalar o'zgarishi, xullas o'z foydangiz haqida gapiring.

Qolgani keyingi sonlarda...

👉 @ITMavzu
Dasturchilarning asosiy xislatlari

— Das
turchilarda logika yaxshi rivojlangan. Ularda shunday muammolar bo'ladi-ki, ularni logikasiz hal qilib bo'lmaydi.

— Dasturchilarning fikrlash doirasi juda keng bo'ladi. Dasturchilarga eng kerakli narsalardan biri fantaziya bo'lgani uchun, ular yaxshi fikrlashadi.

— Dasturchilar optimist bo'lishadi (va bo'lishlari kerak). Ishlamaydigan kodda ham plyuslarni ko'rib bilgan inson, albatta, dasturchi :)

👉 @ITmavzu
Start-up loyihangiz uchun haqiqiy professionallarni jalb qilishingiz mumkin

Toptal.com – bu professional dasturchilar uchun ajoyib platforma.

Ushbu sayt orqali oʻzingizning start-up loyiha yoki kompaniyangiz uchun tajribali dasturchilarni ishga yollashingiz mumkin. Shuningdek, oʻzingizni professional dasturchi hisoblasangiz katta kompaniyalardan ish topsangiz boʻladi.

👉 @ITmavzu
Kelajak sohasi — kiberxavfsizlik

— Har kuni qandaydir xakerlar
biror joyni buzishgani, shuncha pul o'marishgani, ma'lumotlarni pullashgani haqida eshitamiz. Bunday xakerlar esa ko'payib bormoqda.

— Siz ham kiberxavfsizlikni o'rganib, kelajakda yuqori daromad ko'rishingiz mumkin. Chunki hozirda kiberxavfsizlik sohasida mutaxassis kam, xakerlar borgan sari ko'payib borgani sabab, mutaxassislarga talab oshadi.

— Kiberxavfsizlikni o'rganish qiyin emas. Siz xakerlikni o'rganing, Kali Linux o'rnating, sistemalarni buzishni o'rganing. Va buzish orqali uni tuzatishni ko'rib chiqing. Bundaylar «white hackers» deyiladi.

👉 @ITmavzu
Dasturlash va dasturchilar haqida 5 ta fakt

— Dasturlash paytida vaqtning 25% i foydalanuvchi mahsulotni ishlatish jarayonida nimanidir tushunmasligi yoki biror narsani xato qilishi haqidagi o'ylarga sarflanadi.

— Dasturchilar — kompyuter ustalari emas!

— Dasturlash bu fikrlash, o'ylash, yechish. Dasturlash kompyuter qarshisida yozish emas.

— Tunda dasturlash kunduzgi dasturlashdan ancha produktivroq.

— Ba'zida koddagi xatolarni ertalabga ko'chirish samarali. Chunki charchagan miya doim ham stabil ishlamaydi.

👉 @ITmavzu
Fiverr.com - bu masofadan turib ishlashni xohlovchilar uchun eng katta saytlardan biridir. Odatdagi frilans saytlardan farqi shundaki, bu saytda siz mijozlarni emas, mijozlar oʼzlari sizni izlab topishadi.

Eng yaxshi ishlaringizdan toʼplab, roʼyxatdan oʼting. Аgar ishlaringiz va xizmat narxingiz ularga qiziq tuyulsa aloqaga chiqishadi. Ushbu sayt orqali oyiga 5 xonali sonlarda pul topayotganlar ham bor ekan.

Populyar xizmatlar:

— logo, brending, vebdizayn, animatsiya;
— rasmlarni qayta ishlash;
— wordpress saytni sozlash;
— ovoz yozish xizmati;
— reklama sozlash;
— illyustratsiya;
— tarjima xizmati;
— kitob jildi dizayni va h.k.

Аgar yuqoridagi yoʼnalishlardan birida tajribangiz boʼlsa, albatta sinab koʼring.

👉 @ITmavzu
«1 kunda 2 soat, 1 yilda 730 soat» yoxud IT-sohasini o'rganish qiyin(mi)?

Agar siz IT-sohasiga kirish niyatingiz bo'lsa, ammo uni o'rganishda ikkilanib turgan bo'lsangiz, ushbu maqola aynan siz uchun. Deylik, siz 3D dizaynni o'rganmoqchisiz. Lekin sizda savol paydo bo'ladi — qancha muddatda va bu qiyinmi?

Agar siz 1 kunda 2 soat ajratsangiz, 1 yilda yaxshi darajaga chiqasiz. Siz xoh Youtube'dan o'rganing, xoh o'quv kurslariga boring, ammo ajratilgan vaqt 2 soatdan kam bo'lmasligi kerak. Chunki 1 soat o'rganishga, 1 soat praktikaga minimal vaqt etib belgilangan.

Agar siz Self-study, ya'ni o'zingiz mustaqil o'rganmoqchi bo'lsangiz, bugun soat 21:00 da Youtube'dagi eng sara kurslarning linklarini taqdim etamiz.

👉 @ITmavzu
🔥 BEPUL-KURSLAR TO'PLAMI

• Dasturlash kurslari:
Python
PHP
Java

• Grafik-dizayn kurslari:
Sardor Qodirov kurslari
Veb-dizayn kurslari

• SMM va 3Ds Max:
SMM
3Ds Max

💬 Kurslarning barchasi O'ZBEK tilida va BEPUL. Bemalol kirib, ta'lim olishingiz mumkin.

👉 @ITmavzu
Turli sohalarda TOP dasturlash tillari

Veb-dasturlash
• JavaScript (+ HTML/CSS)
• PHP
• Python

Android dasturlash
• Java
• Kotlin
• JavaScript
• Flutter

iOS dasturlash
• Swift
• Flutter

Oʻyin yaratish
• C++
• C#
• Java

Sunʼiy ong
• Python
• C++

👉 @ITMavzu
O‘zbekistonda frilanserlikni o‘rganishga mo‘ljallangan platforma ishga tushdi

O‘zbekistonda frilanserlikni o‘rganishga mo‘ljallangan platforma ishga tushdi, xabar beradi AKT vazirligi matbuot xizmati.

myfreelance.uz platformasi orqali soliq to‘lamasdan ishlash va pul topish mumkin bo‘ladi.

— Platformaning video kurslar bo‘limida “Upwork”, “Fiverr” va “Envato” frilans birjalarida qanday ro‘yhatdan o‘tish va ish topish usuli o‘rgatiladi.

— Dasturlash bo‘limida “Android”, “Frontend” va “Java scriptdasturlash tillariga oid ayrim tushunchalar keltirilgan.

Shuningdek, 2D va 3D dizayn va video tahrirlash bo‘yicha video darslar ham mavjud.

👉 @ITmavzu
2024/11/14 13:48:39
Back to Top
HTML Embed Code: