Telegram Web Link
Forwarded from Сирожиддин
#TTJ #ZAKOVAT

🏛️Ayni damda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetiga qarashli 5-TTJ da Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari o’rtasida «Zakovat» intellektual o’yini bo’lib o’tmoqda.

🔹Mazkur o’yinda fakultet dekani, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari, Yoshlar ittifoqi kengashi yetakchisi,tyutorlar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishmoqda.

⚡️Intellektual o’yin barchada yorqin taassurot qoldirdi.

Bizni kuzating👇
Telegram | Instagram
Forwarded from TSUL-Library
Chellenj...

“Men tavsiya qilaman - 2024” shiori ostida o‘tkazilgan kitob chellenjida oliy ta'lim muassasalari miqyosida ishtirok etgan talabalar:

🥇1-o'rin Aliyeva Aziza, Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquq fakulteti 2-bosqich talabasi;

🥈2-o'rin Suyunov Sunnatullo O'zbekiston Milliy universiteti siyosatshunoslik yo'nalishi 2-bosqich talabasi;

🥉3-o'rin Sadullayev Uchqun, Toshkent davlat yuridik universiteti 3-bosqich talabasi.

Chellenj g'oliblari darajali diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadilar.

👉@tsullibrary👈
#Kafedra_muhokamasi

📘 Bugun, 21-sentabr kuni O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Huquqiy fanlar" kafedrasining majlisi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi, Ma'mun universiteti katta o'qituvchisi Abdullayev Ibadulla Abdullayevichning 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo'yicha "Yoshlar tarbiyasida axloq va din uyg'unligi tamoyilining ijtimoiy-falsafiy tahlili" mavzusida falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yuzasidan dissertatsiya ishining kafedra muhokamasi bo'lib o'tdi.

📗 Ilmiy rahbar: falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent Yusubov Jaloliddin Kadamovich

📙 Taqrizchilar: falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mirkomil Atavullayev, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Mansur Aytbayev

👉 @ijtimoiyfanuz
Forwarded from Сирожиддин
#VOLLEYBOL

⚡️Ayni damda O’zMU sport majmuasida sportning volleybol turi bo’yicha «Besh tashabbus olimpiadasi»ning universitet bosqichi bo’lib o’tmoqda.

🔰Fakultetimizning o’g’il bolalar hamda qizlar jamoalari maydonda.

🔹Fakultetimiz jamoalariga omad va g’alaba tilab qolamiz.

Bizni kuzating👇
Telegram | Instagram
Forwarded from Сирожиддин
#VOLLEYBOL
⚡️O’yinlar yakunlandi !

🔹Fakultetimiz qizlar jamoasi yaqqol ustunlik bilan g’alaba qozondi🎉
Hisob quyidagicha:
Ijtimoiy fanlar: 2-0 Fizika


🔸Yigitlarimizdan afsuski omad yuz o’girdi.Ularga keyingi o’yin hamda musobaqalarda omad tilab qolamiz !

Bizni kuzating👇
Telegram | Instagram
2024/09/27 15:34:28
Back to Top
HTML Embed Code: