Telegram Web Link
#Majlis

🔹 Joriy yilning 9-sentyabr kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida talabalar va o'quvchilarda korrupsiyaga qarshi immunitetlarini mustahkamlash, uning davlat, jamiyat va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarga salbiy ta'sirini tushuntirish va bu holatlarni oldini olish, tegishli maxsus kurslar va kompleks tizimi yordamida o'quv dasturi va videoroliklar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

🔸 Yig'ilishda O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Huquqiy fanlar" kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Valijon Umaraliyev ishtirok etdi va o'z takliflarini berdi.

👉 @ijtimoiyfanuz
#Gazeta

📖 O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Siyosatshunoslik” kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Omonovning “Aqlni pulga aylantirish” mavzusidagi maqolasi Yangi O’zbekiston gazetasining 2024-yil 7-sentabrdagi 181-sonida chop etildi.

👉 @ijtimoiyfanuz
#Radio

🎙 Bugun, 13-sentabr kuni O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti “Huquqiy fanlar" kafedrasi dotsenti, falsafa fanlar doktori (DSc), “Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a’zosi Yusubov Jaloliddin Kadamovich "Yoshlar" radiokanalining (104.0) "Yoshlar bilan..." muloqoti mehmoni bo'ldi.

📻 Unda hozirgi kunda yoshlar siyosati bo'yicha islohotlar, ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, yoshlar tarbiyasi, hozirgi kunda mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr yuritildi.

✔️ Ma'lumot o'rnida, mazkur muloqotni yaqin vaqtlar orasida telegram kanal orqali ham tinglashingiz mumkin.

👉 @ijtimoiyfanuz
#Kitob_taqdimoti

📘 Bugun, 13-sentabr kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida "Men ham harbiy bo'laman" nomli kitob taqdimoti bo'lib o'tdi.

📕 Unda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti, Jamoat xavfsizligi universiteti xodimlari, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zolari, professor-o'qituvchilar, teatr aktyor va aktrisalari, ofitserlar, kursantlar va o'quvchilar ishtirok etdi.

📗 Tadbirda O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Huquqiy fanlar" kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc), "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Yusubov Jaloliddin Kadamovich "Yoshlar - bizning kelajagimiz!" mavzusida ma'ruza olib bordi.

👉 Batafsil

👉 @ijtimoiyfanuz
"Inson huquqlari doirasida media savodxonlik" mavzusidagi trening sizga qiziqmi?

🗣: O'zbek, Ingliz
👨🏻‍🎓: 30 kishi qabul qilinadi
📆: 21-sentyabr
⌚️: 13:00 dan 17:00 gacha
📍: Ziyo Forum (Toshkent Yakkasaroy, Qushbegi 8)

Qabul yakunlandi.

⚡️@TD_blog⚡️
2024/09/27 19:20:39
Back to Top
HTML Embed Code: