Telegram Web Link
#Dars

📘 Bugun, 9-sentabr kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida 1-kurs talabalariga dars mashg'ulotlari boshlandi.

📗 Ijtimoiy fanlar fakulteti Yurisprudensiya yo'nalishi 1-kurs B patok talabalariga O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Huquqiy fanlar" kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc) Yusubov Jaloliddin Kadamovich tomonidan "Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" mavzusida mustaqillik darsi bo'lib o'tdi.

👉 @ijtimoiyfanuz
🇺🇿🇫🇷Parij xalqaro aloqalar oliy maktabi vakillari O'zMUda

Bugun, Parij xalqaro aloqalar oliy maktabi professori Shahrbanu Tadjbaxsh, FAO gender tenglik masalalari bo’yicha katta maslahatchisi Dono Abdurazakova hamda xalqaro huquqshunos Lola Saidovalar O’zMUga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida O’zMUda gender masalalari va inson huquqlari bo’yicha olib borilayotgan amaliy ishlar bilan birgalikda mazkur yo’nalishdagi ta’lim xususida suhbat bo’lib o’tdi.

Siyosiy fanlar bo’yicha professor Shahrbanu Tadjbaxshning keyingi o’quv yillarida ma’ruza berish imkoniyatlari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida BMT va FAO bilan O’zMU hamkorlgini yanada kengaytirishga kelishildi.

@xalqaro_reyting_nuuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yil 7-sentabr kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasining
I Kongressi boʻlib oʻtdi. Unda partiyaning oʻtgan 5 yillik faoliyati tahlili, istiqboldagi rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, muhim ijtimoiy-siyosiy voqea — boʻlajak saylovlarga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq ishlar atroflicha koʻrib chiqildi.

Kongressda dastlab Siyosiy Kengash Ijroiya qoʻmitasi raisi Aktam Haitov OʻzLiDePning 2020-2024-yillardagi faoliyati sarhisobi toʻgʻrisida maʼruza qildi, hamda mazkur Kongressda O'zbekiston Respublikasining
bosh vaziri Abdulla Aripov va birqator siyosiy kengash a'zolari bo'lgan vazirlar va tarmoq rahbarlari ishtirok etishdi.

Mazkur Kongress doirasida O'zMU ijtimoiy fanlar fakulteti siyosatshunoslik yo'nalishi 4-kurs talabasi
Zafar Asrorov ham yoshlar vakili sifatida tashabbuskorlik bilan faol ishtirok etib O'zbekiston 24 tele kanaliga interviyu berdi.

👉 @ijtimoiyfanuz
#Dars

📘 Bugun, 9-sentabr kuni Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida 1-kurs talabalariga dars mashg'ulotlari boshlandi.

📗 Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 1-kurs talabalariga O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Huquqiy fanlar" kafedrasi mudiri v.v.b., PhD Shoxrux Saidov, falsafa fanlari doktori, professor Berdikul To'ychiyev, guruh tyutori Qunduz Atajanova tomonidan "Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" mavzusida mustaqillik darsi bo'lib o'tdi.

👉 @ijtimoiyfanuz
#Majlis

🔹 Joriy yilning 9-sentyabr kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida talabalar va o'quvchilarda korrupsiyaga qarshi immunitetlarini mustahkamlash, uning davlat, jamiyat va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarga salbiy ta'sirini tushuntirish va bu holatlarni oldini olish, tegishli maxsus kurslar va kompleks tizimi yordamida o'quv dasturi va videoroliklar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

🔸 Yig'ilishda O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Huquqiy fanlar" kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Valijon Umaraliyev ishtirok etdi va o'z takliflarini berdi.

👉 @ijtimoiyfanuz
2024/09/28 11:20:02
Back to Top
HTML Embed Code: