Telegram Web Link
Forwarded from Асламовна🌀
2024 yil 14 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarish vazirligi tomonidan Davlat ekologik nazorati va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi  organlariga ixtiyoriy asosida yordam beruvchi O'zbekiston Ekologik partiya a'zosi sifatida
Ijtimoiy-Gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi 2-kurs magistri KARIMOV OZODBEK MADAMINJON O'G'LIga "Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi nomzodni ko'rib, chiqish, maqomini berish yoki bekor qilish komissiyasi" ning
2024 yil 3-maydagi 2-son qarori asosida Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi guvohnomasi berildi.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Senat Qo‘mitasida Qonun muhokamasi: endilikda hokim mahalliy Kengash raisi bo‘la olmasligi belgilanmoqda
———
В Комитете Сената обсуждался Закон: устанавливается, что теперь хоким не может стать председателем местного Кенгаша

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi.

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 321-sonli buyrug‘ida belgilandi.

Akademik litseylarda esa yangi o‘quv yili 4-sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ozodbek Madaminovich Karimov
O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi 2-kurs magistri Karimov Ozodbek @zortv.uz telekanalida,"Iste'dodli yoshlarni aniqlash va ularga ko'maklashish " mavzusida @ozimizda_zortv tok shou da mehmonda bo'ldi. @laylorustamova_official @barchin_gafurova @nigorakarimbaevaofficial
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TV

🖥️ Bugun, 26-avgust kuni falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zosi Yusubov Jaloliddin Kadamovich Toshkent telekanalida “Salom Toshkent” dasturi mehmoni bo’ldi

👉 @ijtimoiyfanuz
🇺🇿🇰🇿"Yolg'on ma'lumotlarni faktik tekshirish va ularning tarqalishi oldini olish" mavzusidagi treningda O'zMU talabasi ishtirok etdi

"Qozog‘iston yoshlar axborot xizmati" jamoat fondi tomonidan tashkkil etilgan Inson huquqlari maktabida 16-18-avgust kunlari "Yolg'on ma'lumotlarni faktik tekshirish va ularning tarqalishi oldini olish" mavzusida O‘zbekistondan taklif etilgan jurnalistika hamda huquq sohasi trenerlari uchun 3 kunlik maxsus trening darslari tashkil etildi.

Ushbu treningda O’zbekiston Respublikasining mashxur jurnalistlari, FactChecknet web saytining moderatorlari, Nodavlat Notijorat Tashkilotlari rahbarlari, xalqaro inson huquqlari mutaxassislari, ta’lim va shu kabi sohalardagi tadqiqotlarga qiziqqan faollar malakalarini oshirish hamda, o’zaro bilim va tajriba almashish uchun yig‘ildilar.

O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Yurisprudensiya: biznes huquqi yo'nalishi 3-bosqich talabasi Turanov Diyorbek huquq sohasi mutaxassisi sifatida treningda ishtirok etib, treningni muvaffaqiyatli tamomladi.

Trening “O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi auditoriyani tahlil qilish: yoshlar o'rtasida ijtimoiy tarmoqlar, kanallar, tipajlar, tillar va soxta xabarlarni aniqlash”, “Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari huquqlari, hamda yolg’on xabar(lar)ni tarqatganlik uchun qonun oldida javobgarligi” va “Soxta xabarlar targ'iboti nima? Auditoriya bilan soxta xabarlar mavzusida qanday gaplashish kerak. Treninglarda foydalanish uchun ishlarni tanlash” va boshqa shu kabi mavzularini o’z ichiga oldi.

Ushbu trening bir nechta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM), xususan BRM 16: Tinchlik, Adolat va Kuchli Institutlar va BRM 4: Sifatli ta'lim bilan to'g'ridan-to'g'ri mos keladi. Jurnalistlar va huquqshunoslarning faktlarni tekshirish va noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olish salohiyatini oshirishni maqsad qilgan ushbu trening tinch va inklyuziv jamiyatlar targ‘ibotiga hissa qo‘shadi. Trening aholining ongli qarorlar qabul qilish va inson huquqlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishini ta’minlash orqali shaffof va hisobdor institutlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ushbu treningda O'zMU talabasining ishtiroki universitetning bilimli va mas'uliyatli mutaxassislarni yetishtirishga intilishidan dalolatdir. Ushbu tadbir nafaqat ishtirokchilarning malakasini oshirdi, balki yanada adolatli jamiyatni yaratishga qaratilgan kengroq global maqsadlarga ham hissa qo'shdi.

Batafsil: https://sdgnuu.uz/?p=15381

@xalqaro_reyting_nuuz
2024/11/16 13:34:40
Back to Top
HTML Embed Code: