Telegram Web Link
#Dars

🔹 Joriy yilning 1-noyabr kuni "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi" fanidan Psixologiya mutaxassisligi 1-kurs magistrlari Gulnoza Daminova, Ozoda Pardanova, Xurshida Juraboyeva, Zarina Abirqulova tomonidan "Seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish metodikasi" mavzusida noan'anaviy seminar darsi tashkil etildi.

🔸 Darsda Puzle, to'p o'yini, Zanjir metodikalaridan foydalanilgan holda mavzu tushintirb berildi, savol-javoblar qilindi hamda Zakovat o'yini o'tkazildi. Darsda g'olib bo'gan jamoa blaknotlar bilan taqdirlandi va faol ishtirokchilarga shirinliklar berildi.

✔️ Dars jamoalarga bo'lingan holda olib borildi va quyidagi natijalarga ega bo'lishdi:
🥇Intellekt - 29 ball
🥈Pozitiv - 22 ball
🥈Progres - 22 ball


👨‍🎓 Fan o'qituvchilari: "Huquqiy fanlar" kafedrasi professori Akbar Utamuradov va falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent Jaloliddin Yusubov

▶️O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti
______________
👉
@Ijtimoiyfanuz👈
🔥11-noyabr O'zbekiston Milliy universitetida Zakovat intellektual musobaqasining rektor kubogi bo'lib o'tadi!

Oldin xabar berganimizdek Noyabr oyining ikkinchi o'n kunligida Zakovat intellektual musobaqasining rektor kubogi bo'lib o'tadi, bunga qadar barcha fakultetlardan jamoalar shakllangan bo'lishi lozim.

‼️Har bir fakultetdan to'rttadan(4) jamoa ishtirok etadi.

▪️
Manzil: Zakovat arena
▪️Vaqti 11.11.2024 soat 15:00


✔️Murojaat uchun: Jamoalarni shakllantirib Fakultet yoshlar yetakchilariga uchrashing.

📲O'zMU Yoshlar ittifoqi:
@U_Tukhtayev
🏛️ Joriy yilning 2- noyabr kuni Ijtimoiy fanlar fakulteti sotsiologiya yo’nalishi kafedra mudiri Zaitov.E hamda kafedra o’qituvchilari Ernazarov.B, Ibragimov.M, Norqulov.B hamda sotsiologiya yo’nalish tyutori Abduraxmanov.R Sirdaryo viloyati Hovos tumanida joylashgan 1- umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida maktab Ma’muryatiga, o’quvchilarga sotsiologiya fan doirasida erishilgan yutiqlar, sotsiologiya fanining o’qitish metodikasi, o’quv qo’llanmalari hamda sotsiologiya talabalariga yaratilgan shart-sharoitlar haqida davra suhabti bo’lib o’tdi.

Suhbat davomida talabalar sotsiologiya o’zi qanday fan va bu fanni o’rganish davomida qanday yutiq va kasb egasi bo’lishlarini bilib oldilar, maktab Ma’muryatini, o’quvchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.

   
#Tashrif

⚡️Joriy yilning 1-noyabr kuni O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya yo’nalishi 2-bosqich talabalari, tyutor Sh.Maxmudov boshchiligida «Kamoliddin Behzod» nomidagi sharq miniatyura sanʼat muzeyiga tashrif buyurishdi.

🔹Muzeyni oʻrganish chogʻida, muzey marketing boʻlimi boshligʻi N.Abdumalikova va mutaxassis xodima D.Xojiboyevalar eksponatlar bilan tanishtirishdi.

🔸Muzeyda xattotlik sanʼatiga oid Kufiy, Sus, Rayhoniy va boshqa xattotlik namunalarga ishlangan bezaklar va miniatyuralar diqqatga sazovordir. Alisher Navoiy, Firdavsiy, Xisrav Dehlaviy va boshqa buyuk ijodkorlar asarlariga ishlangan bezaklar va rasmlar beqiyos asarlardandir.

🔹Tashrif yakunida ilm va sanʼatga qiziquvchi iqtidorli talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha maʼlumotlarga oʻzgacha tasurotlarga ega boʻldilar.

▶️O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti
____________
👉
@Ijtimoiyfanuz👈
2024/11/05 08:30:26
Back to Top
HTML Embed Code: