Telegram Web Link
Forwarded from Ozodbek Madaminovich Karimov
O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi 2-kurs magistri Karimov Ozodbek @zortv.uz telekanalida,"Iste'dodli yoshlarni aniqlash va ularga ko'maklashish " mavzusida @ozimizda_zortv tok shou da mehmonda bo'ldi. @laylorustamova_official @barchin_gafurova @nigorakarimbaevaofficial
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TV

🖥️ Bugun, 26-avgust kuni falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent, “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati a’zosi Yusubov Jaloliddin Kadamovich Toshkent telekanalida “Salom Toshkent” dasturi mehmoni bo’ldi

👉 @ijtimoiyfanuz
🇺🇿🇰🇿"Yolg'on ma'lumotlarni faktik tekshirish va ularning tarqalishi oldini olish" mavzusidagi treningda O'zMU talabasi ishtirok etdi

"Qozog‘iston yoshlar axborot xizmati" jamoat fondi tomonidan tashkkil etilgan Inson huquqlari maktabida 16-18-avgust kunlari "Yolg'on ma'lumotlarni faktik tekshirish va ularning tarqalishi oldini olish" mavzusida O‘zbekistondan taklif etilgan jurnalistika hamda huquq sohasi trenerlari uchun 3 kunlik maxsus trening darslari tashkil etildi.

Ushbu treningda O’zbekiston Respublikasining mashxur jurnalistlari, FactChecknet web saytining moderatorlari, Nodavlat Notijorat Tashkilotlari rahbarlari, xalqaro inson huquqlari mutaxassislari, ta’lim va shu kabi sohalardagi tadqiqotlarga qiziqqan faollar malakalarini oshirish hamda, o’zaro bilim va tajriba almashish uchun yig‘ildilar.

O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Yurisprudensiya: biznes huquqi yo'nalishi 3-bosqich talabasi Turanov Diyorbek huquq sohasi mutaxassisi sifatida treningda ishtirok etib, treningni muvaffaqiyatli tamomladi.

Trening “O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi auditoriyani tahlil qilish: yoshlar o'rtasida ijtimoiy tarmoqlar, kanallar, tipajlar, tillar va soxta xabarlarni aniqlash”, “Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari huquqlari, hamda yolg’on xabar(lar)ni tarqatganlik uchun qonun oldida javobgarligi” va “Soxta xabarlar targ'iboti nima? Auditoriya bilan soxta xabarlar mavzusida qanday gaplashish kerak. Treninglarda foydalanish uchun ishlarni tanlash” va boshqa shu kabi mavzularini o’z ichiga oldi.

Ushbu trening bir nechta Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM), xususan BRM 16: Tinchlik, Adolat va Kuchli Institutlar va BRM 4: Sifatli ta'lim bilan to'g'ridan-to'g'ri mos keladi. Jurnalistlar va huquqshunoslarning faktlarni tekshirish va noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishining oldini olish salohiyatini oshirishni maqsad qilgan ushbu trening tinch va inklyuziv jamiyatlar targ‘ibotiga hissa qo‘shadi. Trening aholining ongli qarorlar qabul qilish va inson huquqlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishini ta’minlash orqali shaffof va hisobdor institutlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ushbu treningda O'zMU talabasining ishtiroki universitetning bilimli va mas'uliyatli mutaxassislarni yetishtirishga intilishidan dalolatdir. Ushbu tadbir nafaqat ishtirokchilarning malakasini oshirdi, balki yanada adolatli jamiyatni yaratishga qaratilgan kengroq global maqsadlarga ham hissa qo'shdi.

Batafsil: https://sdgnuu.uz/?p=15381

@xalqaro_reyting_nuuz
#Tadbir

🇺🇿  "BIR BO‘LSAK — YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK — VATANMIZ!"


🔹 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" g'oyasi asosida joylarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

🔸 Joriy yilning 30-avgust kuni Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo'shinlari 9691-harbiy qismda ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc), "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Jaloliddin Yusubov ma'ruza bilan ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda Sergeli tumani Ma'naviyat va ma'rifat bo'limi rahbariyati va shoirlar ishtirok etdi. Tadbir so'ngida harbiy qismga kitoblar sovg'a qilindi.

👉 @ijtimoiyfanuz
♦️😸Joriy yilning 9-sentyabr kuni O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan 2024/2025 o'quv yilida 1-kursga qabul qilingan Psixologiya yo’nalishi talabalar uchun "BIZ BIR BOʻLSAK YAGONA XALQMIZ - BIRLASHSAK VATANMIZ" shiori ostida Mustaqillik darslari tashkil etildi.

🔷 Shu bilan birga kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan talabalarga universitet ichki intizom tartib qidalari tushuntirib oʻtildi, hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi

📲 @ijtimoiyfanuz
2024/09/28 17:19:08
Back to Top
HTML Embed Code: