Telegram Web Link
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi

▶️ Batafsil
———
Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигида Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганлигининг 33 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан тантанали байрам тадбири бўлиб ўтди

▶️ Батафсил

Телеграм канал
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 33-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po'lat Bobojonovning bayram tabrigi

▶️ Batafsil
———
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганлигининг 33 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожоновнинг байрам табриги

▶️ Батафсил
———
Праздничное поздравление министра внутренних дел Республики Узбекистан генерал-лейтенанта Пулата Бобожонова по случаю 33-й годовщины образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Дня защитников Родины

▶️ Подробно

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
#Bilasizmi

⚡️Ovchilik guvohnomasini olish tartibi o’zgardi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-105-son Farmoniga muvofiq ovchilik guvohnomasini olishga talabgorlar tomonidan maxsus o‘quv kursini o‘qish uchun quyidagi amallar bajarishlari kerak:

1. Mobil qurilmalar orqali AppStore yoki Play Market platformasidan HunterUzb ilovasini yuklab olinib, o‘rnatiladi.
2. O‘rnatilgan HunterUzb ilovasiga kirib telefon raqami kiritiladi, parol o‘rnatiladi, tasdiqlash kodi kiritilib ro‘yxatdan o‘tiladi.  (Bunda parol bir dona bosh lotin harfi, son va maxsus belgilardan iborat bo‘lishi kerak)
3. Ilovaning profil bo‘limida shaxsiy ma’lumotlar kiritiladi.
4. Ilovaning profil bo’limidan “O‘qishni boshlash” bandi tanlanadi, ushbu bandda bioxilma-xilllikni asrash, hayvonlarning turlari va anatomiyasi, ov qilish qoidalari, ovchilik etikasi va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmani to‘liq o‘zlashtirgandan so‘ng, o‘quv kursi uchun BHMning 1 baravari miqdorida to‘lov amalga oshiriladi va test sinovlari topshiriladi.
5. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgandan so’ng Sertikat olinadi.
6. Mazkur sertifikat asosida yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)ning “ovchilik guvohnomasi olish” xizmatidan foydalaniladi, ovchilik guvohnomasi uchun BHMning 2 baravari miqdorida to’lov amalga oshirilib, ovchilik guvohnomasi olinadi.

📌Eslatma: Ovchilik guvohnomasining amal qilish qilish muddati 2 yil.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

⚡️Mastlik holatida sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik!

Qonunchilikka ko‘ra, mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bunday holat shaxsni aqli noraso deb topish uchun asos bo‘lmaydi.

Asos: Jinoyat kodeksi 19-modda

@iiv_huquqiy_targibot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mudofaa vazirligi ogohlikka chaqiradi!

Muddatli harbiy xizmatga yuborish, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish, mudofaa ishlari boshqarmasi va bo‘limlarida amalga oshiriladigan har qanday hujjat ishlari mutlaqo bepul.

📌Ushbu masalalar yuzasidan ishingizni moddiy mablag‘ evaziga hal qilib berishni taklif etishdimi? Unday kimsalarga ishonmang! Jinoyatchilarga sherik bo‘lib, kelajagingizni barbod qilmang!

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

⚖️ Jazoni yengillashtiruvchi holatlar!

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 55-modda.

❗️
Quyidagi holatlar jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
v) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
d) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
i) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etish.

📌Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.

@iiv_huquqiy_targibot
#Bilasizmi

⚖️ Jazoni og’irlashtiruvchi holatlar!

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 56-modda.

❗️
Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar deb topiladi:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;
v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;
g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;
d) o‘ta shafqatsizlik bilan;
e) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda;
j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsdan foydalangan holda;
z) jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiqqanligi;
i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
k) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda;
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;
o) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etish.

📌Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni og‘irlashtiruvchi holat deb topishi mumkin emas.

@iiv_huquqiy_targibot
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari oʻrinbosari Nilufar Begmatova ishtirokida brifing

Ichki ishlar organlari tomonidan 2024-yilda murojaatlar sohasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot.
———
Ички ишлар вазирлиги ахборот хизмати раҳбари ўринбосари Нилуфар Бегматова иштирокида брифинг

Ички ишлар органлари томонидан 2024 йилда мурожаатлар соҳасида амалга оширилган ишлар бўйича маълумот.

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
#Bilasizmi

❗️O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 milliondan oshdi
.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 543 167 kishini tashkil etgan.

⚡️Bu ko‘rsatkich 2025-yilning 20-yanvar holatiga 37 576 214 kishini tashkil etgan.

AYOLLAR SONI – 18,6 mln kishi
ERKAKLAR SONI – 18,9 mln kishi

@iiv_huquqiy_targibot
2025/02/06 17:52:16
Back to Top
HTML Embed Code: