Telegram Web Link
##Zulfiyaxonim_109_yilligi

Hamon eʼtiqodim – haqiqat, haqdir,
Soʻzlayman yuzimni tutib Kaʼbaga.
Yemira olmaydi oʻtkinchi taqdir,
Osuda oʻtadi ruhim abadga.

Eʼzozlar, ardogʻlar uchun tashakkur,
Asli Siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul – Oʻzbekning Zulfiyasiman.

Bahor keldi seni so’roqlab…

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Samarqand viloyati Jomboy tumani 40-IDUM 8-"A"sinf o'quvchilari Ismoilova Mashhura va Azimjonova Zarnigor

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
👉 “Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati”ni tayyorlash ishlari qanday ketmoqda?

🔵 Joriy yilning 29-fevral kuni filolog, tarixchi, geograflardan iborat mutaxassislar ishtirokida zoom platformasi orqali “Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati”ni tayyorlash ishlari bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🟢 Unda bugungi kunga qadar mualliflar jamoasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Ishchi guruh rahbari professor Suyun Karimov axborot berib, ishning ko‘lami belgilab olingani, lug‘atni tuzish prinsiplari, metodik tavsiyalar ishlab chiqilgani, viloyatdagi 2900 ga yaqin geografik obyektlar ro‘yxati tuzilgani, Samarqand toponimlari tadqiq etilgan dissertatsiyalar, monografiyalar, o‘quv adabiyotlar jamlangani, ushbu adabiyotlar Ishchi guruhga taqsimlangani, 300 sahifadan ortiqroq materiallar ilmiy tahlil uchun tayyorlab qo‘yilgani haqida atroflicha axborot berdi.

Sh.Temirov,
Viloyat hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Forwarded from SamTVR | MTRK
🔰 Buxoroda davlat tili masalalari bo‘yicha seminar tashkil etildi

🔵 Joriy yilning 2-mart kuni Buxoro viloyatida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun amaliy seminar tashkil etildi. Unda Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi Sherali Temirov ishtirok etib, viloyatda shu sohada amalga oshirilgan ishlar haqida fikrlar bildirib, galdagi vazifalar bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi.
🟢 Seminar davomida hududlarda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar hamda geografik obyektlar masalalari ijrosi bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

https://www.tg-me.com/SamTvr
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Ruxsat etilmagan joyga reklama joylashtirmang!

🔰 Ayni paytda Samarqand shahri Qozizoda Rumiy ko‘chasida Ishchi guruh tomonidan qonun talablariga zid bo‘lgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari joyida tartibga keltirilmoqda.
🔵 Hurmatli tadbirkorlar, o‘z mahsulotingizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga qat’iy amal qilishlaringizni so‘raymiz. Zero, qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Norbek Alqarov,
Samarqand shahri hokimining maslahatchisi

https://www.tg-me.com/SamTvr
2024/09/29 18:29:12
Back to Top
HTML Embed Code: