Telegram Web Link
Forwarded from Nurobod tumani hokimligi
Nurobod tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridagi noqonuniy o‘natilgan, sifati talabga javob bermaydigan reklama vositalari, peshlavhalar olib tashlandi.

Tadbirkorlarga "Reklama to‘g‘risidagi qonun" talablarini buzayotganliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berilib, bunday holatlarning takrorlanmasligi va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

©️ @nur_press
Tashqi reklama vositalari qonun talablariga mos keladimi?

Bugun reklama biznesning asosiy bo‘g‘iniga aylandi. Ammo reklamalarning barcha turi ham O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga mos kelavermaydi.
Shu boisdan bugun Toyloq tuman hokimligi tomonidan tuman hududida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining qonunga mosli o‘tganildi.
Tumandagi  Bog‘izog‘on, Sriosiyo, Talliota mahallalaridagi maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlari, savdo do‘konlari oldidagi tashqi reklama, bannerlarning aksariyati qonun talablariga javob bermasligi aniqlandi. Ayniqsa, reklamalardagi imloviy xatolar, undagi suratlarning xalqimiz mintalitetiga to‘g‘ri kelmasligi kishini tashvishga soladi. Chunki, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy ongiga salbiy ta’sir qiladi, ularning tilga bo‘lgan munosabatini shakllantiradi.
Аniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Qonun talablariga zid bo‘lgan reklama peshlavhalari olib tashlandi.
##Zulfiyaxonim_109_yilligi

Hamon eʼtiqodim – haqiqat, haqdir,
Soʻzlayman yuzimni tutib Kaʼbaga.
Yemira olmaydi oʻtkinchi taqdir,
Osuda oʻtadi ruhim abadga.

Eʼzozlar, ardogʻlar uchun tashakkur,
Asli Siz oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul – Oʻzbekning Zulfiyasiman.

Bahor keldi seni so’roqlab…

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Samarqand viloyati Jomboy tumani 40-IDUM 8-"A"sinf o'quvchilari Ismoilova Mashhura va Azimjonova Zarnigor

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
👉 “Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati”ni tayyorlash ishlari qanday ketmoqda?

🔵 Joriy yilning 29-fevral kuni filolog, tarixchi, geograflardan iborat mutaxassislar ishtirokida zoom platformasi orqali “Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati”ni tayyorlash ishlari bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🟢 Unda bugungi kunga qadar mualliflar jamoasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Ishchi guruh rahbari professor Suyun Karimov axborot berib, ishning ko‘lami belgilab olingani, lug‘atni tuzish prinsiplari, metodik tavsiyalar ishlab chiqilgani, viloyatdagi 2900 ga yaqin geografik obyektlar ro‘yxati tuzilgani, Samarqand toponimlari tadqiq etilgan dissertatsiyalar, monografiyalar, o‘quv adabiyotlar jamlangani, ushbu adabiyotlar Ishchi guruhga taqsimlangani, 300 sahifadan ortiqroq materiallar ilmiy tahlil uchun tayyorlab qo‘yilgani haqida atroflicha axborot berdi.

Sh.Temirov,
Viloyat hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
2024/09/30 22:27:24
Back to Top
HTML Embed Code: