Telegram Web Link
👉 Jarayon

    🔰 Oqdaryo tumani hokimligi Ishchi guruh tomonidan tartibsiz joylashtirilgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan va “Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga mos kelmagan tashqi reklama vositalari tartibga keltirilmoqda.
    ☝️ Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qaroriga asosa tashqi reklama va ijtimoiy axborotlarni joylashtirish (tarqatish) tartibi belgilab qo‘yilgan.

Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉https://www.tg-me.com/oqdaryo_axborot_xizmati
Forwarded from Narpay.uz | Rasmiy kanal
YANGI TAHRIRDAGI KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 15 yanvar kuni Narpay tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti buyurtmasiga asosan lotin alifbosida qayta nashr etilgan 6 jilddan iborat “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati” va boshqa kitoblarning yangi tahrirdagi nashrlarining taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda yangidan nashr qilingan kitoblarning ahamiyati, ish hujjatlarini yuritishda ushbu kitoblarning foydali jihatlari haqida maʼlumot berildi.
_______

ЯНГИ ТАҲРИРДАГИ КИТОБ ТАҚДИМОТИ ЎТКАЗИЛДИ

Жорий йилнинг 15 январь куни Нарпай тумани ҳокимлигида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Маънавият ва давлат тилини ривожлантириш департаменти буюртмасига асосан лотин алифбосида қайта нашр этилган 6 жилддан иборат “Ўзбек тилининг изоҳли луғати” “Ўзбек тилининг катта имло луғати” ва бошқа китобларнинг янги таҳрирдаги нашрларининг тақдимоти ўтказилди.

Тақдимотда янгидан нашр қилинган китобларнинг аҳамияти, иш ҳужжатларини юритишда ушбу китобларнинг фойдали жиҳатлари ҳақида маълумот берилди.
Forwarded from Pastdarg‘om.uz
Pastdargʻom tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tartibsiz joylashtirilgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan va “Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga mos kelmagan tashqi reklama vositalari tartibga keltirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan, reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi.

Buyuk Murodullayev,
Pastdargʻom tumani hokimining maslahatchisi.


Kanalga ulaning: @pastdargomuz
Forwarded from TIL - MILLAT KO'ZGUSI
💐 Bugun tug‘ilgan kun 💐

💐 19-yanvar Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Asqar Qurbonov tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Asqar Toyirovichga viloyat hokimligi, qolaversa, shahar va tumanlar hokimlarining maslahatchilari nomidan muborakbod etamiz.
💐 2022-yil "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" shiori ostida o'tkazilgan Respublika ko'rik-tanlovining "Eng namunali hudud" nominatsiyasida Jomboy tumani faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritgan edi. Bunda Asqar Toyirovichning xizmatlari katta.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji uchun olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Asqar Toyirovichga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sh.Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
2024/10/01 04:52:33
Back to Top
HTML Embed Code: