Telegram Web Link
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Jarayon

Samarqand shahri avtomobil yo‘llaridagi yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlarida yo‘l qo‘yilgan imlo xatoliklar viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan bartaraf etilmoqda.

https://www.tg-me.com/SamTvr
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Jarayon

🔰 Ayni paytda Oqdaryo tumanida Ishchi guruh tomonidan tartibsiz joylashtirilgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan va “Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga mos kelmagan tashqi reklama vositalari bartaraf etilmoqda.

Begzod Isaxanov,
Oqdaryo tumani hokimining maslahatchisi
Forwarded from Ортик
📌 Institutda “Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida seminar tashkil etildi

Institutda joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil, 26-dekabrdagi 3/15-52-239-son topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilar uchun seminar tashkil etildi.

Batafsil: ➡️ https://samaguni.uz/

🌍 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔍
samaguni.uz | Telegram | 💬 Facebook | 📸 Instagram |
Forwarded from Nurobod tumani hokimligi
🔵 TAYINLOV

Nurobod tumani hokimining tegishli qaroriga asosan Tilavov Ulug‘bekjon To‘ychi o‘g‘li tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Ulug‘bekjon Tilavov tayinlovga qadar Nurobod tuman hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U.Tilavovning kelgusidagi ishlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

@nur_press
Forwarded from TIL - MILLAT KO'ZGUSI
💐 Bugun tug‘ilgan kun Sherali Temirov 💐

💐 1-yanvar Samarqand viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Sherali Temirov tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Sherali Abdixalilovichni shahar va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Viloyatda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Sherali Abdixalilovichga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Samarqand viloyati tuman (shahar) hokimlarining maslahatchilari

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
2024/09/30 08:24:56
Back to Top
HTML Embed Code: