Telegram Web Link
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Tadbirkor ham qonunga amal qilishi kerak

🔉 Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahrida tashqi reklamalarni tartibga keltirish bo‘yicha muntazam reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🔵 Navbatdagi o‘rganish ishlari shaharning Afrosiyob, Sadriddin Ayniy, Mirzo Ulug‘bek, Registon, Shabod ko‘chalarida olib borildi.
🟢 “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilmasdan, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari Ishchi guruh tomonidan joyida bartaraf etilmoqda.
🔰 Hurmatli tadbirkorlar, tashqi reklama vositalarini joylashtirishda qonun talablariga amal qilishlaringizni so‘raymiz.

Norbek ALQAROV,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi

https://www.tg-me.com/SamTvr
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Jarayon

🔰 Ayni paytda Urgut tumanida Ishchi guruh tomonidan tartibsiz joylashtirilgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan va “Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga mos kelmagan tashqi reklama vositalari bartaraf etilmoqda.

Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

https://www.tg-me.com/SamTvr
Forwarded from SamTVR | MTRK
🔉Davlat tiliga hurmatni o‘zimizdan boshlashimiz kerak

🟣 Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyatida tashqi reklama vositalarini tartibga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔵 Joriy yilning 2-noyabr kuni Pastdarg‘om va Urgut tumanlarida shaharsozlik me’yorlariga, ruxsat etilmagan joylarga hamda “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida” gi Qonunlarga amal qilinmagan tashqi reklama vositalari Ishchi guruhlar tomonidan joyida bartaraf etilmoqda.
🟢 Shu o‘rinda, tadbirkorlar subyektlariga o‘z mahsulotlarini targ‘ib etishda qonun talablariga amal qilishlarini so‘raymiz.
🟡 Zero, davlat tiliga hurmatni o‘zimizdan boshlashimiz kerak.


Sherali TEMIROV,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Forwarded from Uzbekistanofficial | Расмий канал Тезкор Xабарлар ва Янгиликлар
Matnlarni kiril-lotin va lotin-kiril qilib bexato o‘girib beradigan telegramdagi supper bot

Barcha qidirib yurgan do'stlarimizga jo'natamiz !

Botga kirish👇

👉 www.tg-me.com/UZ_LOTIN_KIRIL_BOT
👉 www.tg-me.com/UZ_LOTIN_KIRIL_BOT
👉 www.tg-me.com/UZ_LOTIN_KIRIL_BOT
💐 Bugun tug‘ilgan kun Bunyod Yarashev 💐

💐 9-noyabr Samarqand tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bunyod Yarashev tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Bunyod Baxtiyor o'g'lini shahar va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Bunyod Baxtiyor o'g'liga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
2024/09/30 14:15:56
Back to Top
HTML Embed Code: