Telegram Web Link
Reklamlar Qonun talabiga mosmi?

Reklama va marketing dunyoda eng rivojlanib borayotgan va serdaromad yo‘nalishlardan biri sanaladi. Bugun qayerga qaramang katta-kichik reklama, e’lonlarga ko‘zingiz tushadi. Ammo reklamalarning barcha turi ham O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi hamda “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga mos kelavermaydi. Shu boisdan Toyloq tumanidagi ko‘chalarda noqonuniy tashqi reklamalar; peshlavha, e’lon va boshqa axborot matnlarini o‘rganish ishlar olib borilmoqda.
📹Ana shunday tadbirlardan bir Bog‘izog‘on mahallasida o‘tkazildi. Tadbir davomida “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilmasdan, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan 20 dan oshiq tashqi reklama vositalari olib tashlandi.
✍️Shu o‘rinda tadbirkorlardan tashqi reklama vositalarini joylashtirishda qonun talablariga amal qilishlarini so‘raymiz!

Fazliddin Mirbabayev,
Toyloq tumani hokimining maslahatchisi.
Forwarded from Pastdarg‘om.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Noqonuniy reklamalar bartaraf etilmoqda.

🔰 O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi "Reklama to'g'risida"gi Qonunining 6-moddasiga asosan, "O'zbekiston Respublikasi hududida reklama O'zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi" deb belgilab qo'yilgan.

🔹 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi VMQ-104-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish tartibi to'g'risida"gi Nizomning 42-bandiga asosan, "Korxonalar, tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari axborot vositalarining o'lchami 2 kv metrdan oshmasligi lozim" ligi ham aniq tarzda ko'rsatib o'tilgan.

❗️Hurmatli tadbirkorlar, o'z faoliyatingizni qonun hujjatlariga rioya qilgan holda yuritishingiz talab etiladi!


Obuna bo'ling:
@PASTDARGOMUZ

💬
Facebook 📸 Instagram 📹 Youtube 🔍 Web-sayt
Tadbirkor ham qonunga amal qilishi kerak

Avval xabar berganimizdek, Kattaqo’rg’on shahrida tashqi reklamalarni tartibga keltirish bo‘yicha muntazam reyd tadbirlari olib borilmoqda.

⚡️Bugun ham ishchi guruh tomonidan olib borilgan navbatdagi o‘rganish jarayonida Kattaqorgon shahar Bahoriston hamda Qoriravot mahallalari hududidagi Alisher Navoiy kochasida “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilmasdan, belgilanmagan joylarga qonun talablariga zid ravishda o‘rnatilgan 20 ga yaqin tashqi reklama vositalari joyida bartaraf etildi.

⚠️Shu o‘rinda hurmatli tadbirkorlardan tashqi reklama vositalarini joylashtirishda qonun talablariga amal qilishlarini so‘raymiz! Zero, qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Sherov Jahongir,
Kattaqorg`on shahar hokimining maslahatchisi

https://www.tg-me.com/kattaqurgon_shahar_hokimligi
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Belgilanmagan joyga reklama joylashtirmang!

🔉 Ayni paytda Samarqand shahri Panjikent ko‘chasida Ishchi guruh tomonidan qonun talablariga zid bo‘lgan, yaroqlilik muddati o'tgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari bartaraf etilmoqda.
🟣 Hurmatli tadbirkorlar, o‘z mahsulotingizni targ‘ib etishda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga qat’iy amal qilishlaringizni so‘raymiz. Zero, qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Norbek Alqarov,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi

https://www.tg-me.com/SamTvr
2024/09/29 12:32:48
Back to Top
HTML Embed Code: