Telegram Web Link
🌳 Daraxtga nafas bering!

Ishtixon tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tumanda olib borilgan nazorat reyd tadbirlari jarayonida, ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z hududidagi manzarali daraxtlarga reklama va e’lonlari bannerlarini ilganlik holati va ostki qismi beton qoplamasi bilan to‘sib qo‘yilganligi aniqlanib, joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ushbu tadbirkorlik subyektlari vakillari tomonidan kelgusida shunga o‘xshash kamchiliklarga yo‘l qo‘yish holatlari kuzatilsa qonunda belgilangan tartib normalarga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirishlar berib o‘tilmoqda.

Joylarda «Daraxtga nafas bering» ommaviy tadbirlari davom etmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
Qonun ijrosi ta’minlanmoqda

Joriy yilning 24-29-mart kunlari shahar hokimligi ishchi guruhi tomonidan Bustonsaroy, Rudakiy, Q.Rumiy, M.Ulug‘bek ko‘chalarida tashqi reklama vositalarini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra 90 ga yaqin “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasi va "Reklama to'g'risida"gi Qonunning 6-moddasi talablariga mos kelmagan hamda yo‘lning qatnov qismiga, pyodalar yo‘lagiga, gazonlar ustiga noqonuniy o‘rnatib olgan tashqi reklama vositalari bartaraf etildi.

Tadbirkorlar qonun talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Norbek Alqarov,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi.

👉🏽 Каналга уланиш: https://www.tg-me.com/samshahar
🌐 www.facebook.com/samshaharhokim
🌔 samshahar.uz
Forwarded from PAYARIQ TUMANI HOKIMLIGI
🟢 Tuman hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tuman dehqon va buyum bozorlaridagi savdo rastalari, do'konlardagi qonun talablariga nomuvofiq bo'lgan reklama va peshlavhalar o'rganib chiqildi.

🔴  O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga javob bermaydigan reklama vositalari olib tashlandi.

⚠️ Eslatma o‘rnida:
Hurmatli tadbirkorlar!
O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

Kanalga ulanish
👇👇👇
👉 www.tg-me.com/PAYARIQ_TUMANI_HOKIMLIGI
🌍 sampayarik.uz
Ishtixon shahri Alisher Navoiy hamda Ishtixon tumani M-37 xalqaro yo‘lida “Davlat tili haqida” va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga amal qilmasdan, belgilanmagan joylarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari Ishchi guruh tomonidan joyida bartaraf etilmoqda.

⚠️ Eslatma o‘rnida:
Hurmatli tadbirkorlar!
O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
2024/09/29 20:32:42
Back to Top
HTML Embed Code: