Telegram Web Link
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 "Davlat tili haqida"gi Qonun

20-modda: Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.

Sherali Temirov,
Viloyat hokimining maslahatchisi

https://www.tg-me.com/SamTvr
Forwarded from SamTVR | MTRK
🔰 "Davlat tili haqida"gi Qonun

👉 10-modda: Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi.
👉 24-modda: O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o‘zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.

Sherali Temirov,
Viloyat hokimining maslahatchisi

https://www.tg-me.com/SamTvr
Forwarded from SamTVR | MTRK
🔰 Hududlarda qonunlar ijrosi qanday bajarilmoqda

🔵 Joriy yilning 15-mart kuni Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi Sherali Temirov Jomboy va Bulung‘ur tumanlarida bo‘lib, ushbu hududlarda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi hamda mahallalardagi ko‘chalarga nom belgilarini oʻrnatish va xonadonlarni raqamlashtirish ishlarini oʻrgandi.
🟢 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga hamda tadbirkorlik subyektlariga kerakli topshiriqlar berdi.

https://www.tg-me.com/SamTvr
💐 Bugun qo'shaloq tug‘ilgan kun Bekzod Isaxanov, Buyukjon Murodullayev 💐

💐 17-mart Oqdaryo va Pastdarg'om tumanlari hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari Bekzod Isaxanov va Buyukjon Murodullayevlar tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Bekzod Isaxanov va Buyukjon Murodullayevni viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji va mavqeyini oshirish borasida olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Bekzod Isaxanov va Buyukjon Murodullayevga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

Oʻzbekiston Karlar jamiyatining 95 yilligi hamda Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan eshitishda va gapirishda nuqsoni boʻlgan nogiron shaxslar oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha viloyat birinchiligi oʻtkazildi
.

Musobaqada 1-oʻrinni Urgut tumani, 2-oʻrinni Nurobod tumani va 3-oʻrinni Samarqand shahar sportchilari egalladilar.

Tadbir ishtirokchilarini viloyat hokimining maslahatchisi Sherali Temirov va tuman hokimi Fazliddin Ruziyev tabriklab, qimmatbaho sovg‘alar, medallar, sport formalari va g‘olib jamoaga hokim kubogi bilan taqdirladilar.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Xalq nazorati amalda
👉 Sattepomi - Sartepami?

Sartepa – Samarqand shahrining g‘arbidagi mavze.
🔰 Sartepa joy nomining tojikcha sar so‘ziga aloqasi yo‘q. Aslida Hisortepa bo‘lib, u hisor-isor-sar tariqasidagi yo‘lni bosib o‘tgan. Chunki bu yerda tovush qisqarishi yuz bergan bo‘lib, so‘z boshidagi «h» tovushi talaffuzdan tushib qoladi.
🔵 Keyinchalik «i» unlisini aytish ham noqulay tuyulgan, chunki tilda isor shaklidagi so‘z yo‘q. Natijada hisor so‘zining oxirgi bo‘g‘inidagi sor qismini sar tarzida aytilishiga odatlanganmiz. Qal’a, qo‘rg‘on, istehkom shaklidagi hisor so‘zi aslida arabcha bo‘lib, mazkur tildan fors-tojik tiliga o‘tgan.
🟢 sar, sor qismlari hisor so‘zining o‘zgargan shaklidir. Aslida Hisortepa bo‘lib, uning o‘zgargan shakli Sartepadir.
🔉 Sartepa – yer sathidan baland, do‘ng joydagi qo‘rg‘on degani.

Sh.TEMIROV
Viloyat hokimining maslahatchisi

https://www.tg-me.com/SamTvr
2024/09/29 20:31:34
Back to Top
HTML Embed Code: