Telegram Web Link
Forwarded from Narpay.uz | Rasmiy kanal
YANGI TAHRIRDAGI KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 15 yanvar kuni Narpay tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti buyurtmasiga asosan lotin alifbosida qayta nashr etilgan 6 jilddan iborat “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati” va boshqa kitoblarning yangi tahrirdagi nashrlarining taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda yangidan nashr qilingan kitoblarning ahamiyati, ish hujjatlarini yuritishda ushbu kitoblarning foydali jihatlari haqida maʼlumot berildi.
_______

ЯНГИ ТАҲРИРДАГИ КИТОБ ТАҚДИМОТИ ЎТКАЗИЛДИ

Жорий йилнинг 15 январь куни Нарпай тумани ҳокимлигида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг Маънавият ва давлат тилини ривожлантириш департаменти буюртмасига асосан лотин алифбосида қайта нашр этилган 6 жилддан иборат “Ўзбек тилининг изоҳли луғати” “Ўзбек тилининг катта имло луғати” ва бошқа китобларнинг янги таҳрирдаги нашрларининг тақдимоти ўтказилди.

Тақдимотда янгидан нашр қилинган китобларнинг аҳамияти, иш ҳужжатларини юритишда ушбу китобларнинг фойдали жиҳатлари ҳақида маълумот берилди.
Forwarded from Pastdarg‘om.uz
Pastdargʻom tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan tartibsiz joylashtirilgan, ruxsat etilmagan joylarga o‘rnatilgan va “Davlat tili haqida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarga mos kelmagan tashqi reklama vositalari tartibga keltirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan, reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi.

Buyuk Murodullayev,
Pastdargʻom tumani hokimining maslahatchisi.


Kanalga ulaning: @pastdargomuz
Forwarded from TIL - MILLAT KO'ZGUSI
💐 Bugun tug‘ilgan kun 💐

💐 19-yanvar Samarqand viloyati Jomboy tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Asqar Qurbonov tavallud topgan kun.
💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Asqar Toyirovichga viloyat hokimligi, qolaversa, shahar va tumanlar hokimlarining maslahatchilari nomidan muborakbod etamiz.
💐 2022-yil "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" shiori ostida o'tkazilgan Respublika ko'rik-tanlovining "Eng namunali hudud" nominatsiyasida Jomboy tumani faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritgan edi. Bunda Asqar Toyirovichning xizmatlari katta.
💐 Tumanda davlat tilining rivoji uchun olib borayotgan islohotlarini yuksak qadrlaymiz. Asqar Toyirovichga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Sh.Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Forwarded from SamTVR | MTRK
👉 Qonun ijrosi ta’minlanmoqda

🔷 Joriy yilning 19-yanvar kuni shahar hokimligi ishchi guruhi tomonidan Panjakent ko‘chasida tashqi reklama vositalarini o‘rganish ishlari olib borildi.
🔶 O‘rganish natijalariga ko‘ra 60 ga yaqin “Davlat tili haqida”gi Qonunning 20-moddasi va "Reklama to'g'risida"gi Qonunning 6-moddasi talablariga mos kelmagan hamda yo‘lning qatnov qismiga, pyodalar yo‘lagiga, gazonlar ustiga noqonuniy o‘rnatib olgan tashqi reklama vositalari bartaraf etildi.
🔰 Tadbirkorlar qonun talablariga rioya etishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Norbek Alqarov,
Samarqand shahar hokimining maslahatchisi



Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Noqonuniy o‘rnatilgan reklama qurilmalari bartaraf etildi

Toyloq tuman hokimligi tomonidan tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqarilgan tashqi reklama vositalarining qonunga mosli o‘tganildi.
O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda  O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi talablariga javob bermaydigan reklama vositalari noqonuniy deb topilib olib tashlandi.

Eslatma o‘nida:
Hurmarli tadbirkorlar
!
O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunida tashqi reklama va axborotni joylashtirish tartibini buzganlik bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
2024/09/30 12:26:27
Back to Top
HTML Embed Code: