Telegram Web Link
⚡️Odamlar ko'pincha o'zlarining taxminlaridan xulosa chiqaradilar. To'g'ridan-to'g'ri so'rashni o'rganing va shundan keyingina xulosa chiqaring.

#Muammo

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin bilan onlayn urishish!

Uyda bo‘lmagan vaqtingiz ayolingiz xabar yozib asabni buzsa, bor negativlaringizni chiqarib javob yozing, lekin yubormang!

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
225-savol: Yashab ketishimizga ko‘zim yetmayapti

Assalomu alaykum. Yaqinda turmush qurdik, lekin oramizda juda ko’p muammolar kelib chiqdi. To’yimizdan kegin deyarli qo’shilmadik ham, bunga sabab jufti halolimni ko’nglida boshqasi bo’lgan ekan. Ota-onasi majburlashi bilan to’y bo’lgan, oramizda aytilgan gaplardan har ikki tarafni ham ko’ngli qolgan. Deyarli gaplashmaymiz, hol-ahvol so’ramaymiz shunchaki ota-ona ko’zi uchun yashab yuribmiz. Bu dinimizda ham gunoh, lekin nima qilishni bilmaymiz. To‘yimizga 1 oy ham bo’lmadi, nima maslahat berasiz? Bu kelayotgan oydan alohida yashashni boshlaymiz ya’ni ota-ona uyida emas alohida uyga chiqamiz, lekin yashab ketishimizga ko’zim yetmayapti.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu ko'proq sizning mahoratingizga bog'liq. O'sha sevgilisidan ham yaxshi bo'lib, sevdira olsangiz, uni unutadi, shirin hayot kechirasizlar, inshaalloh. Hammasini o'z holiga tashlab qo'ysangiz, ajrashib ketishlaringiz ham mumkin.

Endi turmush ko'rgan nomingiz bor. Ajrashsangiz, "Mayli, deyarli birga bo'lmagan ekan-ku!" deb sizni qiz bola kabi qabul qilmaydilar. O'ylab ish qilish kerak. Turmush o'rtog'ingiz ota-onasining ko'ngli uchun uylanishi kerak emas edi. Endi bundan buyog'iga siz ko'proq harakat qiling.

#Muammo
Ayol o'zining zaifligini tan olganda eri uni tushunadi. Agar u erkak kabi kuchli tomonini ko'rsatsa, er u bilan ziddiyatga boradi.

#tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilmsiz otadan ilmli farzand chiqishi mumkin. Ammo ilmsiz onadan-chi?

Jamiyatning isloh qilinishi va ilmli boʻlishini xohlaysizmi? Ayolingiz, qizingiz, opangiz va singlingizning ilm olishiga sharoit yaratib bering, hurmatli erkaklar.

#erkaklar #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalarning mantiqiy fikrlashini o‘stirishga yordam beradigan topishmoqlar 🧠

Ushbu topishmoqlarni saqlab qo‘yishni va farzandingizga berib, nechta to‘g‘ri javob bera olishini tekshirishni maslahat beraman. 😉

1. O‘ngga burilganda qaysi g‘ildirak aylanmaydi?
2. U jonli mavjudot emas, lekin 5 ta barmog‘i bor.
3. Choyni qaysi qo‘l bilan aralashtirgan ma’qul?
4. Meni ovqatlantirsang, yashayveraman, ammo sug‘orsang, o‘laman. Men kimman?
5. Kim o‘tirgan holda yuradi?
6. Nima tug‘iladiyu uchadi, yashaydiyu yotadi, o‘ladiyu suzib ketadi?
7. Quritayotganda nima namlanadi?
8. Undan qancha ko‘p olsang, shuncha ko‘p bo‘ladi... Bu nima?
9. Men har doim osmon bilan yer o‘rtasida, har doim bir-biridan uzoqda bo‘laman. Agar menga yashirincha yaqinlashmoqchi bo‘lishsa, men chiqib ketaman.
10. Men faqat yorug‘lik bor joyda yashayman, lekin u to‘g‘ridan to‘g‘ri menga nur sochishi bilan men o‘laman.
11. Qaysi filning xartumi yo‘q?

Javoblar: zaxira, qo‘lqop, yaxshisi qoshiq bilan, olov, shaxmatchi, qor parchalari, sochiq, chuqurcha, gorizont, soya, shaxmat filining.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hubbuna
Demak, qiziqqanlar uchun "Asal hayot" kursimiz haqida batafsil ma'lumot.
"Asal hayot" kursi haqida ma'lumot berganimizdan so'ng shu kabi so'rovlar ko'paydi. Qayta qabul ochsak, siz ham o'qiysizmi? — 🔥
Agar erkak sevsa, unda himoyachi bo‘lish instinkti paydo bo‘ladi. Ana shunda uning g‘amxo‘rligi, e’tibori va boshqa barcha "bonuslari" o‘z-o‘zidan keladi. Aks holda bularga erisha olmaysiz. Hammasi tushunarli – ortiqcha murakkablikka hojat yo‘q.

#Muhabbat #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Asalhayot.pdf
11.4 MB
"Asal hayot" onlayn kursiga qabul!

Azizlar, biz kichik guruhda chegirma asosida 3 kunlik qabul ochdik.

Kurs kimlar uchun?

— oila qurish arafasida bo‘lgan;
oilali;
— farzand tarbiyalayotgan;
— oilaviy muammolariga yechim izlagan;
— oilasida muhabbat bo‘lishini istaydigan;
— juftidan iltifot, maqtov, mehr-e’tibor kutgan;
— jufti bilan bir-birini tushunishni istaydigan;
— jufti bilan birga o‘yinlar o‘ynamoqchi bo‘lgan, undan sovg‘alar olishni istaydigan;
— jufti uchun qirol (qirolichalar)dek bo‘lishni istaydigan;
— jufti xiyonat qilishini istamaydigan;
oilasi buzilishini istamaydigan

erkak va ayollar uchun!

Batafsil ma'lumot yuqoridagi faylda.

Murojaat uchun: @Hubbuna_admin
Ochiqchasiga
gaplashing


1. Juftingizdan biror masalada norozi boʻlsangiz, buni, albatta, kechiktirmay hal qiling.
2. Tuygʻularni soʻz bilan ifodalash orqali maqsadingizga tezroq erishasiz (qovoq solib, achchiq-tirsiq qilishingiz erkaklarga yoqmaydi).
3. Hamisha samimiy ohangda gapirsangiz, roʻ­parangizdagi kishi sizni oson tushunadi.
4. Muhimi, aynan nimadan va nima uchun norozi ekaningiz aniq boʻlsa, juftingizga buni tushuntirishga qiynalmaysiz.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Munosabatlarda norozilikni ko'rsatishning eng halokatli usuli

Albatta, sukut! Unga sizsiz qanchalik yomon bo'lishini ko'rsatishni istab shunday qilasiz, lekin bu bilan siz uni sizsiz o'zini yaxshi his qilishi mumkinligini tushunishga undayapsiz!

Qancha tez-tez araz bilan qiynashga harakat qilsangiz, juftingiz bunga befarq bo'lishi shuncha osonlashadi.

#tarjima #Muammo

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/29 18:24:29
Back to Top
HTML Embed Code: