Telegram Web Link
Nizoli vaziyatlar bolalar ruhiyati va xulq-atvoriga qanday ta’sir qiladi? 🤔

Har qanday oilada nizolar uchrashi tabiiy. Bir tomondan, ular oilaviy munosabatlarni rivojlantirishi mumkin. Biroq, agar nizolar konstruktiv hal etilmasa, xafalik, azob va aybdorlik hissi yuzaga keladi. Bu borada ota-onalarning nizolarni hal qilish uslubi ularning oqibatini belgilaydi.

Agar ota-onalar xotirjamlik bilan kelishib, bir-birlariga yon bergan holda tinch muzokara olib borsalar, bu bolaga nizolarni konstruktiv yo‘l bilan hal qilishni o‘rgatadi.

Aksincha, agar ota-onalar yon bermasdan yoki ulardan biri doimo o‘ziga zarar yetkazgan holda yon bersa, bola ham kelajakda nizolarni shunday yo‘l bilan hal qilishga moyil bo‘ladi.

Bolaga eng yaxshi yo‘l kelishib olishni, kerakli joylarda yon berishni va zarur hollarda qat’iy turishni o‘rganishdir.

#tarbiya #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hubbuna
Oilangizda holat qanday?
"Hammasi yaxshi" deganlar Hubbuna kanalining ashaddiy kuzatuvchilari-da! Ularda hammasi yaxshi bo'lishi tabiiy! )

Boshqa barcha aytilgan muammolarga ham yechim berganmiz. Xususan, barchasi haqida "Asal hayot" kursida yuqoridagilarning barchasi haqida to'xtalganmiz. Ammo oila qurish mavusida ko'proq "Orzudagi oila" kursida gapirganmiz.

Bu kurslarga hozir qabul yopilgan, lekin istasangiz, batafsil tanishtirib o'taman. — 🔥
Erkaklar amali bilan bir-biridan farq qiladi. Chunki chiroyli gapirishni ko'pchilik eplaydi.

#Erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QАLB CHАRCHАYDI

Hazrati Аli karramallohu vajhahu Xaybar darvozasini birovning yordamisiz bir qoʼlda sugʼurib olib qalqon qilgan edilar. Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning ozod qilgan qullari Аbu Rofiʼ bu darvozani sakkiz kishi boʼlib yerdan uza olishmaganini aytgan.
Аmmo Аli roziyollohu anhu Fotima roziyollohu anhoning tobutini koʼtarganda "Menga yordam beringlar!" deganlar.

Ish sevgan kishingga bogʼliq boʼlganida qalbing charchaydi, qadamlaring ogʼir boʼlib qoladi!

Abdulqodir Polvonov

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
⚡️Odamlar ko'pincha o'zlarining taxminlaridan xulosa chiqaradilar. To'g'ridan-to'g'ri so'rashni o'rganing va shundan keyingina xulosa chiqaring.

#Muammo

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin bilan onlayn urishish!

Uyda bo‘lmagan vaqtingiz ayolingiz xabar yozib asabni buzsa, bor negativlaringizni chiqarib javob yozing, lekin yubormang!

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
225-savol: Yashab ketishimizga ko‘zim yetmayapti

Assalomu alaykum. Yaqinda turmush qurdik, lekin oramizda juda ko’p muammolar kelib chiqdi. To’yimizdan kegin deyarli qo’shilmadik ham, bunga sabab jufti halolimni ko’nglida boshqasi bo’lgan ekan. Ota-onasi majburlashi bilan to’y bo’lgan, oramizda aytilgan gaplardan har ikki tarafni ham ko’ngli qolgan. Deyarli gaplashmaymiz, hol-ahvol so’ramaymiz shunchaki ota-ona ko’zi uchun yashab yuribmiz. Bu dinimizda ham gunoh, lekin nima qilishni bilmaymiz. To‘yimizga 1 oy ham bo’lmadi, nima maslahat berasiz? Bu kelayotgan oydan alohida yashashni boshlaymiz ya’ni ota-ona uyida emas alohida uyga chiqamiz, lekin yashab ketishimizga ko’zim yetmayapti.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu ko'proq sizning mahoratingizga bog'liq. O'sha sevgilisidan ham yaxshi bo'lib, sevdira olsangiz, uni unutadi, shirin hayot kechirasizlar, inshaalloh. Hammasini o'z holiga tashlab qo'ysangiz, ajrashib ketishlaringiz ham mumkin.

Endi turmush ko'rgan nomingiz bor. Ajrashsangiz, "Mayli, deyarli birga bo'lmagan ekan-ku!" deb sizni qiz bola kabi qabul qilmaydilar. O'ylab ish qilish kerak. Turmush o'rtog'ingiz ota-onasining ko'ngli uchun uylanishi kerak emas edi. Endi bundan buyog'iga siz ko'proq harakat qiling.

#Muammo
Ayol o'zining zaifligini tan olganda eri uni tushunadi. Agar u erkak kabi kuchli tomonini ko'rsatsa, er u bilan ziddiyatga boradi.

#tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ilmsiz otadan ilmli farzand chiqishi mumkin. Ammo ilmsiz onadan-chi?

Jamiyatning isloh qilinishi va ilmli boʻlishini xohlaysizmi? Ayolingiz, qizingiz, opangiz va singlingizning ilm olishiga sharoit yaratib bering, hurmatli erkaklar.

#erkaklar #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalarning mantiqiy fikrlashini o‘stirishga yordam beradigan topishmoqlar 🧠

Ushbu topishmoqlarni saqlab qo‘yishni va farzandingizga berib, nechta to‘g‘ri javob bera olishini tekshirishni maslahat beraman. 😉

1. O‘ngga burilganda qaysi g‘ildirak aylanmaydi?
2. U jonli mavjudot emas, lekin 5 ta barmog‘i bor.
3. Choyni qaysi qo‘l bilan aralashtirgan ma’qul?
4. Meni ovqatlantirsang, yashayveraman, ammo sug‘orsang, o‘laman. Men kimman?
5. Kim o‘tirgan holda yuradi?
6. Nima tug‘iladiyu uchadi, yashaydiyu yotadi, o‘ladiyu suzib ketadi?
7. Quritayotganda nima namlanadi?
8. Undan qancha ko‘p olsang, shuncha ko‘p bo‘ladi... Bu nima?
9. Men har doim osmon bilan yer o‘rtasida, har doim bir-biridan uzoqda bo‘laman. Agar menga yashirincha yaqinlashmoqchi bo‘lishsa, men chiqib ketaman.
10. Men faqat yorug‘lik bor joyda yashayman, lekin u to‘g‘ridan to‘g‘ri menga nur sochishi bilan men o‘laman.
11. Qaysi filning xartumi yo‘q?

Javoblar: zaxira, qo‘lqop, yaxshisi qoshiq bilan, olov, shaxmatchi, qor parchalari, sochiq, chuqurcha, gorizont, soya, shaxmat filining.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/28 15:25:26
Back to Top
HTML Embed Code: