Telegram Web Link
Kenglik qiling

Muhtaram oila boshlig‘i, do‘st-u ulfatlar ila ko‘cha-ko‘yda tansiq taomlar yeganda uyga – oilangizga, ota-onangizga ham olib kelishni unutmang.

Ta’minotini qilib qo‘yganman deb xudbinlik qilmang. O‘zingiz yegan narsadan ularga ham yediring, kiyganingizdan kiydiring. Ya’ni yangi ust-bosh olganda ularga ham olib bering.

Shuni ham aytib o‘tish kerakki, erkaklar ishxona yok do‘stlar bilan dam olishlarga tez-tez chiqib turadi. Oilasini ham ba’zida aylanishga olib chiqish kerakligini o‘ylashmaydi. Ayoli va farzandlari faqat uyda o‘tirishi kerak deb bilishadi. Albatta, bunday qilmaslik kerak. Ularni ham onda-sonda dam olishga olib chiqing. Xususan, bu borada kamina ko‘p tavsiya qiladiganim shuki, haftada bir marta shahar ichida, oyda bir marta shahar tashqarisiga sayrga chiqishga harakat qiling.

📎 G'iyosiddin Yusufning "Asal oyi emas, asal hayot" kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
153-savol: Javobingizni uydagilarga o‘qitaman

Assalomu alaykum ustoz. Men bir qiz bilan tanishman, u qizga uylanish fikri yo'q emas, lekin u qizning oilasi, ya'ni nasl-nasabi ota-onamga to'gri kelmaydi, kelib chiqishi va boshqa taraflama.

Undan tashqari avlodida ajrashganlar ko'p, ota-onasi ikkovi ham ikkinchi turmushda, ota tomondan ham, onasi tomondan ham, amma-xola, amaki-tog'alarida va hatto ularni farzandida ham ajrashganlar bir nechta. Bu meni ham ikkilantiryapti.

Savolim shuki, uylanishda qizning oilasi, nasl-nasabi qanchalik muhim?

Ikkinchisi, kelinning nasl-nasabidagi yaxshi yomon xususiyatlar kelajakdagi farzandlarning istiqboliga, salohiyatiga qanchalik ta'sir ko'rsatadi?

Uchinchisi, undan tashqari u qizning sog'ligida ham tuzalishi qiyinroq kechadigan kasallik bor, bu tarafidan ham biroz havotirdaman, iltimos maslahat bering. Javobingizni kengroq dalilar bilan tushuntirsangiz iltimos uyimdagilarga o'qitishim mumkin.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Boshqa nomzod qarang.

#Oila_qurish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurishdan oldin nimalarga e'tibor qilish kerak?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitob oʻqish odoblari ✍️

🤓 Qadrli bolajonlar, kitob — insonning eng yaqin doʻsti. Kitob oʻqiganingiz sari bilimingiz oshib, aqlli, odobli bola boʻlib boraverasiz. Kitob oʻqish odoblariga amal qilsangiz, kitobga yanada mehringiz oshadi.

😏 Kitob oʻqish uchun qulay joylashib oling, kitobni koʻzingizga juda yaqin tutmang. Koʻzingiz bilan kitob orasidagi masofa 30-35 sm boʻlsin.

🏖 Faqat yaxshi yorugʻlikda oʻqing. Juda yorqin yoki xira yorugʻlik koʻzga zarar qiladi. Yorugʻlikning chap tomondan tushgani maʼqul.

👨‍🎓 Kitobni ehtiyot qilib varoqlang. Sahifalarini yirtib, qayirib yubormang.

👆 Kitobni diqqat bilan, eʼtibor qilib oʻqing. Dangasalik qilmang. Tezroq tugatishni oʻylamang. Koʻproq oʻqishga harakat qiling.

🚗 Har kuni kitob oʻqishga odatlaning. Lekin uxlashdan oldin yoki harakatlanayotgan transport vositasida ekaningizda kitob oʻqimang — koʻzingizga zarar qilishi mumkin.

👌 Kitobni oʻqib boʻlgach, kitob javoniga yoki kitoblar qoʻyiladigan maxsus joylarga qoʻying.

❤️ Kitoblarni yaxshi saqlang. Tez-tez oʻqib turing, chang bosib ketmasin. Qoʻlingiz yogʻ yoki kir boʻlganda kitobni ushlamang. Toza qoʻl bilan ushlab, toza joyga qoʻying.

🏠 Kitobdan oʻqigan maʼlumotlaringizni oilangizdagilarga, doʻstlaringizga gapirib bering.

🤝 Birovning kitobini ruxsatsiz olmang, oʻqish uchun olib turganingizda zarar yetkazmasdan qaytaring. Boshqa birov sizdan kitob soʻraganda unga kitobni yaxshi saqlab, oʻz vaqtida qaytarishi kerakligini eslatib, foydalanishga berib turing.

🛍 Imkoningiz boʻlganda doʻst-u yaqinlaringizga kitob sovgʻa qiling. Chunki kitob eng yaxshi sovgʻalardan biridir.

🫰 «Kundalik odoblar» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Xotiningizga chiroyli muomala qiling, shunda u sizga chiroyli muomala qiladi. Uni o’zingizdan ham afzal ko’rishingizni, uni baxtli qilishga ahamiyat berishingiz, uning sog’ligi uchun qayg’urishingiz, u kasal bo’lib qolsa, qo’lingizdan keladigan barcha ishni bajarishga tayyor ekaningizni bildirib qo’ying".

Doktor Hasson Shamsiyning "Baxt ulashing" kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sevishib turmush qurganlar tezda ajralib ketadimi?

Sevishib turmush qurish bilan uzoq vaqt gaplashib yurishning farqi bor.

Turmushi xayrli boʻlgan oilalarda munosabatlar avval halolidan boshlanganiga guvoh boʻlganmiz.

Sevgining erta-kechi yoʻq, agar u halol munosabatlardan keyin boʻlsa.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Forwarded from Savol-javoblar | Oila
Assalomu alekum va rahmatu Alloh va borakatuh savolim shundan iboratki uylanmoqci bolgan qizim toydan keyin birkunham ota onam bn emas adenli yashash tarafdori men lekin malum vaqt ota onam bn hizmatlarini qilib turaylik barbir katta farzandman adenli ciqamiz desam kelisholmayabdi lekin uni juda yaxwi koraman vosxam kecholmayman oqil bir qaror chiqazib bersagiz oldindan raxmat

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Voz keching undan!

#Oia_qurish
Eng yoqimli va eng yolg‘on she’r

— Meni sevganingda bo‘larding ozg‘in,
Senda muhabbatdan ko‘rinmas bir iz.
— Ko‘zlarim yoshini yashirib eldin,
Ichga yutaverib, bo‘libman semiz. 😂

Arabchadan Muqim Mahmud tarjimasi

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Halol mahsulot va xizmat egalarini tijoriy hamkorlikka chaqiramiz.

Xizmat shartlari @Hubbuna_uz da aytilgan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Bir o'rtog'im o'zidan ikki yosh katta qizga uylanmoqchi. Shunga fikringiz qanday?

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nizoli vaziyatlar bolalar ruhiyati va xulq-atvoriga qanday ta’sir qiladi? 🤔

Har qanday oilada nizolar uchrashi tabiiy. Bir tomondan, ular oilaviy munosabatlarni rivojlantirishi mumkin. Biroq, agar nizolar konstruktiv hal etilmasa, xafalik, azob va aybdorlik hissi yuzaga keladi. Bu borada ota-onalarning nizolarni hal qilish uslubi ularning oqibatini belgilaydi.

Agar ota-onalar xotirjamlik bilan kelishib, bir-birlariga yon bergan holda tinch muzokara olib borsalar, bu bolaga nizolarni konstruktiv yo‘l bilan hal qilishni o‘rgatadi.

Aksincha, agar ota-onalar yon bermasdan yoki ulardan biri doimo o‘ziga zarar yetkazgan holda yon bersa, bola ham kelajakda nizolarni shunday yo‘l bilan hal qilishga moyil bo‘ladi.

Bolaga eng yaxshi yo‘l kelishib olishni, kerakli joylarda yon berishni va zarur hollarda qat’iy turishni o‘rganishdir.

#tarbiya #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hubbuna
Oilangizda holat qanday?
"Hammasi yaxshi" deganlar Hubbuna kanalining ashaddiy kuzatuvchilari-da! Ularda hammasi yaxshi bo'lishi tabiiy! )

Boshqa barcha aytilgan muammolarga ham yechim berganmiz. Xususan, barchasi haqida "Asal hayot" kursida yuqoridagilarning barchasi haqida to'xtalganmiz. Ammo oila qurish mavusida ko'proq "Orzudagi oila" kursida gapirganmiz.

Bu kurslarga hozir qabul yopilgan, lekin istasangiz, batafsil tanishtirib o'taman. — 🔥
Erkaklar amali bilan bir-biridan farq qiladi. Chunki chiroyli gapirishni ko'pchilik eplaydi.

#Erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QАLB CHАRCHАYDI

Hazrati Аli karramallohu vajhahu Xaybar darvozasini birovning yordamisiz bir qoʼlda sugʼurib olib qalqon qilgan edilar. Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning ozod qilgan qullari Аbu Rofiʼ bu darvozani sakkiz kishi boʼlib yerdan uza olishmaganini aytgan.
Аmmo Аli roziyollohu anhu Fotima roziyollohu anhoning tobutini koʼtarganda "Menga yordam beringlar!" deganlar.

Ish sevgan kishingga bogʼliq boʼlganida qalbing charchaydi, qadamlaring ogʼir boʼlib qoladi!

Abdulqodir Polvonov

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/29 20:17:37
Back to Top
HTML Embed Code: