Telegram Web Link
Kelajak rejalar haqida

Sog'lom, aqlli har bir insonda albatta kelajak rejalar bo'ladi. Albatta, ertaga nima bo'lishini hech birimiz bilmaymiz, ammo baribir orzu qilaveramiz. Shunday ekan, juftingizning ham o'z orzu-havaslari, rejalari bor.

Agar u bu rejalarini siz bilan baham ko'rayotgan bo'lsa, xursand bo'ling. Chunki u sizga ishonadi, kelajagini siz bilan tasavvur qilmoqda. Umumiy rejalaringiz, maqsadlaringiz bo'lishi esa yanada quvonarli holatdir.

Gaplashishga gap yo'q deysiz, mana sizga gap!

#Erkaklar #ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qiziq, erkaklar g'amgin ayollarni qayerdan topar ekan-a, qizlarning hammasi quvnoq-ku!

#Sarkazm

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandim menga mehribon emas deysizmi?

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sevgan inson bu eng qiyin damlarda yoningizda bo'ladigan va butun dunyo sizdan yuz o'girsa ham sizdan voz kechmaydigan insondir!

#tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar qizlarini qanday to‘g‘ri tarbiyalashi kerak? 🤔

✔️Qizingizni mehr-muhabbatga ko‘ming. Agar u ilk kunlardan boshlab cheksiz sevgini his qilmasa, undan mehribon va nazokatli ayol yetishib chiqmaydi;

✔️Chegaralarni muloyimlik bilan belgilang. "Buni qilsa bo‘ladi, buni esa mumkin emas". Aynan ona chegaralarni belgilashi lozim;

✔️Qizingizga moslashuvchanlikni o‘rgating. Bu juda qimmatli ayollik fazilati bo‘lib, u ko‘p jihatdan ayolning taqdirini belgilaydi;

✔️Oddiy haqiqat: qizingizni e’zozlang, seving, ardoqlang. Ota qizining bu hayotdagi qadr-qimmatini belgilovchi mezon hisoblanadi;

✔️Qattiq talabchan bo‘lmang. Agar qiz otasidan tegishli tarbiya olmagan bo‘lsa, uning fikrlashi ikki yo‘nalishda rivojlanadi:
1. Men bunga loyiq emasman, baxt men uchun emas.
2. Men hamma oldida qarzdorman.
Har ikkala yo‘l ham ayolni baxtsiz qiladi.

✔️Otaning vazifasi qiziga cheksiz muhabbat ko‘rsatish, uni qo‘llab-quvvatlash va hurmat qilishdir.

#tarbiya #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftingiz sizni sevsa, o'zingizdan qoniqib, shu holatim yetarli ekan deb rivojlanishdan to'xtab qolmang. Siz o'zingiz uchun yaxshi tomonga o'zgaring!

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandim itoatli va solih boʻlsin desangiz

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Eng yaxshi maslahat

Siz maslahat so'ramaydigan kishilarning tanqidini jiddiy qabul qilmang.

#tavsiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol gulga o'xshaydi: u e'tibordan gullaydi, befarqlikdan so'lib qoladi!

#Erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Dil izhor qilish-qilmaslikka ko'ra juftliklar bir necha turga bo'linadi:

1. Bir-biriga deyarli dil izhor qilmay yashaydigan juftliklar. Bular yo kuchli xijolat bo'ladi, yoki oralarida muhabbat yo'q. Buni o'zaro munosabatlaridan bilish mumkin.

2. Bir tomon dil izhor qiladi. Bunda ko'proq dil izhor qilgan kishi muhabbatli bo'ladi, jufti esa shunchaki yashayotgan bo'ladi va dil izhorlarga "Rahmat" yoki shunga o'xshash gap bilan yuzaki javob qiladi.

3. Birinchi bo'lib dil izhor qilmaydi. Bunday juftliklarda bir tomon "Seni sevaman" desa, jufti "Men ham" deb javob qiladi, dil izhor qilmasa, indamay yashayveradi. Bunda ham oradagi muhabbat g'amxo'rlikka muhtojdir.

4. Ikkala tomon ham tez-tez bir-biriga dil izhor qilib turadi. Bunday oilalarda haq-huquq, g'ururdan ko'ra oilaviy halovat, muhabbat ustun turadi!

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar uchun muhim tavsiya

Baʼzan farzandlar yoshlik qilib, yoshlari ulgʻaygani sari ota-onasini tushunmaslikda ayblab qolishadi.

Ota-onalar bilan farzandi oʻrtasida shu oʻrinda ozgina tushunmovchiliklar boʻlishi mumkin.

Bunday holatlarda ota-ona qanday yoʻl tutgani afzalroq, batafsil bilish uchun yuqoridagi videoni tomosha qiling.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/29 22:27:54
Back to Top
HTML Embed Code: