Telegram Web Link
ROMANTIKA 💚

O‘ylaymanki, eng yaxshi so‘zlar er-xotinning o‘rtasida bo‘lishi kerak. “Ha, yaxshimisan?”, “O‘tiribsilarmi?” deyish bilan ish bitmaydi. To‘g‘ri, bunday so‘zlar ham yaxshi, ammo bular shunchaki hol-ahvol so‘rash jumlalari xolos. Buni ko‘chadagi begonaga ham aytamiz. Er-xotinning o‘rtasida esa munosib ravishda romantika bo‘lsa, oradagi muhabbat ziyodalashadi.

📎 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum ustoz, yoshim 17 da. Lekin bir qizda ko'nglim bor va mendan 1 yosh katta, bu haqda o'zi biladi va gaplashmayman. Lekin masofa uzoq, umuman olganda men bu holatni nima qilishim kerak? Qachondir uylanish yoshiga yetaman va birida ko'nglim bo'lsa demoqchiman?

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Hozir sevgi-muhabbat haqida o'ylamang. Ilm o'rganing, kasb-hunar egallang. Hamisha foydali ish bilan band bo'ling. Oila qurishga tayyorlaning. Vaqti kelib uylanish yoshiga yetsangiz, keyin ko'ngilga qarab ko'rasiz — birortaga moyilligi bormi-yo'qmi...

#oila_qurish
Kuningiz balki yaxshi o'tar, balki yomon o'tar... Nima bo'lganda ham har kuni kechqurun uyingizda sizni bir inson kutishini unutmang!

#Erkaklar #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qiz bola tarbiyasida otaning o‘rni

Ota — qiz uchun birinchi erkak va erkak kishi qanday bo‘lishi kerakligining timsoli. Hatto salbiy holatlarda ham qizlar va ayollar otalariga o‘xshash umr yo‘ldosh izlaydilar.

Qizning onasi otaning qahramon, jasur inson qiyofasini qo‘llab-quvvatlashi, uni shakllantirish ustida ishlashi, otasi esa bu idealga intilishi lozim, chunki uning sevimli malikasining kelajagi shunga bog‘liq.

Ota-qiz munosabatlarining asosini shartsiz sevgi va to‘liq qabul qilish tashkil etadi. Agar ota qizini qanday bo‘lsa shundayligicha qattiq yaxshi ko'rsa, qiz ham o‘zini, atrofdagi dunyoni sevadi va erkaklarga nisbatan ijobiy fikrda bo'ladi, o‘ziga ishongan holda ulg‘ayadi.

Garchi ona otadan yaxshiroq bo‘lsa ham, otaning ijobiy obrazini shakllantirish, uning yaxshi fazilatlariga e’tibor qaratishi lozim. Oilada onaning hukmronligi o‘g‘il bolalarga ko‘proq salbiy ta’sir qilsa-da, qizlarga ham yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi.

#tarbiya #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Baxtingiz qanchalar maxfiy bo'lsa, shuncha uzoq umr ko'rishi mumkin. Chunki hasad yo'lida duch kelgan narsani yo'qotishga qodir bo'ladi!

#Baxt

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
195-savol: Bir ko‘rishda yaxshi ko‘rganman

Assalamu alaykum, ustoz!
To'g'risi bu gaplarni yozishga bir oz xijolat bo'ldim, 18 yoshdaman bir insoni bir ko‘rishda yaxshi ko'rganman va ular ham menda ko'ngillari borligini aytdilar, biz halol yo'lini ya'ni nikohdan o'tishni tanladik. Ota-onamga tushuntirdilar, sovchi yubordilar. Ilmlari bor ota-onamga bu yoqmadi, ahli oilam boshqa boy insonga berishni xohlashyapti.
Ko'nglim bo'lmasa qanday yashayman?
Allohdan so'rab duo qilyapmiz, qiblagohim hech qachon rozi bo'lmayman, u bolaga rafiqa bo'lsang bir umr qiyinchilikda yashaysan puli yo‘q, lekin oilasi yaxshi ekan dedilar.
Rizqni Alloh beradi-ku, qolaversa pul topishlari yaxshi.
Ustoz shu holatda menga qanday maslahat bera olasiz?

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu holatda siz emas, yigit ko'proq harakat qilib otangizni rozi qilishi mumkin. Ota-onangiz rozi bo'lsa, oila quringlar.

#Oila_qurish
Sevmagan inson bilan yashash mumkin agar o‘rtada hurmat bo‘lsa. Ammo hurmat qilmaydigan inson bilan yashash imkonsiz.

Alisher Sultonxo'jayev

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizning oilangizda ham faqat qarindoshlar turmush qurishgan. Ishonmaysizmi?

Yuqoridagi videoni oxirigacha koʻring, bilib olasiz.

Bir chiroyli tabassumingizga sababchi boʻlaylik. Aytgancha, sizga bu judayam yarashadi!

#tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalar tarbiyasida birdamlik

Ota-ona bolalarni tarbiyalashda bir xil yo‘nalishda bo‘lishi juda muhim. Agar ota-ona farqli qarorlar qabul qilsa yoki bir-biriga qarshi chiqsa, bu bolada chalkashlik va ishonchsizlik paydo qiladi. Tarbiya jarayonida hamjihatlikni saqlash bola uchun aniq va izchil yo‘l-yo‘riq beradi, uning ruhiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ota-ona bir-birini qo‘llab-quvvatlasa, bola o‘zini xavfsiz his qiladi hamda oilaviy mehr-oqibat kuchayadi. Tarbiyada birdamlik oila mustahkamligining muhim omilidir.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hech bir narsa ruhiy zarbalar kabi mashaqqatli emas. Stress, tasvish va qo'rquvlar bilan yashagandan ko'ra o'n ming marta jismonan charchagan yaxshiroq.

#tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol befarqlik darajasiga yetganda uni qaytarib olishga urinishning mutlaqo foydasi yo‘q. Chunki u bunga qadar juda ko‘p og‘riqni boshidan kechirgan. Bu og‘riq uning sevgisini yondirib kul qilgan. Va kul hech qachon yana yonmaydi.

#Erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sevganingiz sizni sevmay qo'yishidan xavotir olsangiz, birinchi bo'lib dil izhor qilmay qo'ygandanoq tashvish qiling!

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sog'lom oilaviy muhit yaratish

Oilada ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom muhitni saqlash har bir a’zo uchun katta ahamiyatga ega. Oila a’zolari bir-biriga mehribon bo‘lishi, sokin va samimiy muloqot qilishga harakat qilishi kerak. Jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish va uyquga e’tibor berish esa har bir oila a’zosi uchun zarur bo‘lgan omillardir. Stressni kamaytirish va bir-biringizni qo‘llab-quvvatlash orqali sog‘lom va baxtli oilaviy muhit shakllantirish mumkin. Sog'lom muhitda o‘sayotgan bolalar esa o‘zlarini xavfsiz va baxtiyor his qiladi.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar bolalar biz oʻrgatgan usulda oʻrgana olmasa, biz bolalar oʻrgana oladigan usulni oʻrganishimiz kerak.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
152-savol: Dindor yigit bilan hayotimni bog‘lashni istayman

Assalomu alaykum, ustoz savolim ko'p takrorlangan bo'lishi mumkin, lekin vaziyatim boshqacharoq. Yoshim 23 da, yarim yil oldin uydagilar roziligimsiz bir yigitga unashtirib qo'yishgan.

Yigitning xulqi yaxshi, ichmaydi, chekmaydi, lekin diniy bilimi, ibodati va ilm olishga rag'bati yo'q ekan.

Men dindor yigit bilan hayot yo'lim bog'lanishini istayman. Juda ko'p sovchi keldi, lekin nomzodlarning ichida hali 1 dona ham bunday yigit uchramadi.

Shu sabab ota-onam sen istagan odam topilmaydi baribir, yoshing o'tib ketyapti deb qancha aytsam ham unashtiruvni bekor qilishmayapti.

Bu yigitga turmushga chiqishga umuman ko'nglim tortmayapti. O'ziga aytib ota-ona norozi bo'lsa ham fotihani buzdiray desam uydagilardan qo'rqayapman. Boshim qotgan, nima qilishni bilmayapman. Iltimos maslahat bering. Oldindan rahmat. Ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin.

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Shunday qilsangiz bo'ladi.

#Oila_qurish
2024/09/28 13:26:49
Back to Top
HTML Embed Code: