Telegram Web Link
Uylanish uchun eng yaxshi nomzod 70-80 yoshdagi ayoldir. Chunki u zo'rg'a gapiradi va zo'rg'a eshitadi.

#Tabassum #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Taqdirimda nima borligini bilmayman, lekin men qanday yashashni juda yaxshi bilaman: meni qadrlaydigan, sevadigan va hurmat qiladigan insonning qo'lidan mahkam ushlab yashashni xohlayman...

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Assalomu aleykum. 7 yosh o'g'il bola ota-onasi bilan yotmasligi uchun nima qilish kerak?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Buning uchun avvalo bolalar xonasini chiroyli qilib jihozlab, farzandingizning ko'zini quvnatadigan qilinglar. Bola kunduzi xonasida o'ynab, dars qilib xonasiga moslashadi. Kechqurun xonasida yotqizib, uxlab qolgunicha unga kitob o'qib bering, so'ngra chiqaverasiz. Kechasi ham xabar olib turasiz. Dastlabki kunlarda qo'rqishi, kechasi yoningizga kelib yotishi mumkin. Uni sekin-sekin yolg'iz yotishga o'rgatasiz.

#tarbiya
Ayol Allohdan qo‘rqqan bir erkakni kutib yillarini yo‘qotishi bir johil bilan turmush qurib yillarini yo‘qotishdan ko‘ra avlodir...

Umida Aziz

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol kishi turmush o'rtog'iga ovozini ko'tarmasligi kerak, uning qarashidanoq qo'rqishi kerak!

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yosh bolalar uchun ota-ona ideal ko'rinishi kerak: xato va kamchiliklarini ko'rsatmasin. Chunki bola ota-onam to'g'ri ish qilyapti deb o'ylaydi.

Bola biroz ulg'aygach unga haqiqiy ideal zot kimligi o'rgatiladi. Shunda bola...

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Masal: "Ob-havo qanday bo'ladi?"

Bir sayyoh cho'pondan so'radi:
— Bugun ob-havo qanday bo'ladi?
Bunga cho'pon javob berdi:
— Menga yoqqandek.
— Sizga yoqadigan ob-havo bo'lishini qayerdan bilasiz?
— O'zimga yoqqan narsaga har doim erishib bo'lmasligini tushunib, men bo'ladigan narsani sevishni o'rgandim. Shuning uchun ob-havo aynan menga yoqadigan bo'lishiga aminman...

O'lkamizga oltin kuz kirib keldi va sizga ob-havo hamisha yoqimli bo'lishini tilab qolamiz!

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
— Hurmatli mijoz, siz oila qurish haqidagi kursga qiziqish bildirgan edingiz, bu mavzu siz uchun hali ham dolzarbmi?
— Yo'q, men uylanib bo'ldim!
— Ha, hechqisi yo'q, unda oilaviy muammolar haqida kursimiz bor.

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkak kishi oilasiga vaqt ajratishi kerak. Bu ixtiyoriy narsa emas, majburiy. Lekin hamma ham bunday qilmaydi. Xo'sh, muammo faqat vaqt yetishmasligidami?

#Erkaklar #ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​"Asal oy emas, asal hayot" kitobi haqida

"Asal oyi emas, asal hayot" nomli kitobni yaqinda o'qib tugatdim. Tushunilishi oson va ahamiyatli mavzu yoritilgan. Turmush hayotimizni faqat avvali emas, balki har oni barchamiz orzu qilganimizdek asal bo'lishi uchun ko'plab tavsiyalar berilgan.

Tavsiyalar avvalo oilaning boshi bo'lmish erkaklardan boshlangan, keyin ayollarga o'tilgan, oxirida umumiy qilib keltirilgan. Bundan erkaklarning o'z turmushlariga qanchalik mas'uliyat bilan yondashishlari kerakligi ko'rinadi.

Kitobda yana majburiyatlarimizni eslatuvchi ko'rsatmalar ham kelgan. Er-xotin o'rtasida bo'lib turadigan muammolarga yechimlar ham yozilgan. E'tiborsiz qoldirgan holatlarimiz va amallarimizni e'tiborli sanasak turmushimiz o'z-o'zidan asal bo'lishi mumkinligi haqida yozilgan. O'rtadagi janjallarimizning aksari aslida juda ham kichik masalalardan boshlanishi yoritib berilgan. Oilamiz baxtiyor bo'lishining o'lchovi nimada ekanligi va o'zaro totuvlik, bir-birini imkon qadar tushuna olishlik qanchalik ahamiyatli ekanligi tushuntirib berilgan. Kitobni jins ajratmay barcha kelin-kuyovlarga samimiy tavsiya qilaman.

Abdulaziz Abdurashidov

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq taqrizlar

#Kitob #taqriz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolangiz bolaligini qilsin, undan bolaligini tortib olmang

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkak kiyimlarini stul ustida qoldirgani ayolni asabiylashtirmasa, ayol idishlarni yuviqsiz qoldirgani erkakni asabiylashtirmasa, bu qanday ham yaxshi! Ha, tartib-intizom, ozodalik kerak, lekin buning uchun juftingizga jahl qilmang.

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
115-savol: Yechim topa olmadim

Assalomu alaykum ustoz. Yechim topa olmay sizga murojaat qilyapman. Universitetimizda mendan 2 kurs baland o'qiydigan bola bor, uyimizga 2 yildan buyon sovchi jo'natyapti meni idealimdagi inson(lekin hech qachon ular bilan munosabatlar o'rnatmaganman hamma narsani ochiq oydin va halol bo'lishligini istaganman). Lekin uydagilar qarshi, mening fikrlarim bilan umuman qiziqishmay, yo‘q qizimizni sizga bermaymiz deb sovchilarni qaytarishyapti. (sabab-ular boshqa tumandanligi).  Ularga ayta olmayapman. Nima maslahat berasiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Yigitning o'zi qayta-qayta harakat qilishi kerak. Maqsadga yetmaguncha to'xtamasin. Masofa jiddiy muammo emas.

#Oila_qurish
Inson o'ziga ravo ko'rganini sevganiga ham ilinadi. Shuning uchun men o'qigan kitoblarimdagi eng zo'r ma'lumotlarni senga gapirib beraman!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O‘smirlarning eng sezgir nuqtalari 🎄

😀 Bolaning ko‘zi bilan qarash:
Agar o‘smirga bolaning ko‘zi bilan qaralsa, u bu xatti-harakatdan ham sezgir, ham xafa bo‘lishi mum­kin. Ko‘pgina pedagoglar, ota-onalarning o‘smir­larga shunday munosabatda bo‘lishini inkor etib bo‘lmaydi.

😘 Qiyoslash:
O‘smirlar boshqalar bilan, jumladan, o‘z aka-ukalari yoki tengdoshlari bilan solishtirishni yomon ko‘radilar.

😘 Kamsitish:
O‘smir va uning aka-ukalari o‘rtasidagi kam­si­tilish eng nozik masalalardan biridir.

😀 Ishonchsizlik:
O‘smir boshqa odamning unga to‘liq ishonishini xohlaydi. Ota-ona va tarbiyachining ko‘plab sa­vol­lari yoki istehzosi, uning o‘ziga ishonchsizligi yoki ta’sirchan ekanligini ko‘rsatadi.

🎄 Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SOKINLIK VA SAKINAT 💡

Oiladagi oltin qoidalardan biri bu sokin so‘zlashdir. Juftingizga ham, farzandlaringizga ham ovoz ko‘tarmang. Ayniqsa, erkak kishi ayoli unga baqirib gapirishidan og‘rinadi. Janjal yuzaga kelib qolganda ham ovozni nazorat qilishga harakat qiling.

Mabodo juftingiz bunga rioya qila olmasa, siz rioya qiling. Ikki tomon ham baqirib ketishidan janjal yanada kattalashadi xolos. Vaqtida sukut saqlashni bilmagan qanchadan qancha juftliklar oilasini saqlab qola olmagan. Siz ular kabi bo‘lmang.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Hubbuna so‘zi “muhabbatimiz” degan ma’noni anglatadi. Ushbu kanal er-xotin orasidagi muhabbatni ziyoda qilish maqsadida ochilgani uchun shunday nomlangan. Keyinchalik oila qurish, farzand tarbiyasi mavzulari ham qo‘shildi.

Oila mavzusida qisqa videolar, savollarga javob va har kuni foydali ma'lumotlar berib boramiz. Bundan boshqa kanallarimiz, loyihalarimiz, ijodiy ishlarim ham bor.

Bularning barchasi osonlikcha bo'lmaydi, albatta. Men ushbu faoliyatlar uchun butunlay ajrab chiqqanman. Menga bu ishimda oilam yaqindan yordam beradi. Shu bilan birga, yordamchilar, shogirdlar ham bor.

Menga ishlarimda ko'ngilli ravishda yordam berishni istaydigan yoshlar kerak. Menga yordam bera olasizmi? — 🔥

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bizga beminnat ko'mak berishga tayyor bo'lgan barcha obunachilarimizga benihoya tashakkur! 🔥

Bu sadoqatingizni unutmayman! Sizlarga hamisha shunday manfaatli ma'lumotlar ulashishda davom etaman, inshaalloh!

Postni uzun qilib yubormaslik maqsadida bizga qanday yordam kerakligi haqida guruhda yozdim. Marhamat, izoh yozsangiz, sizga javob yozamiz, siz bilan bog'lanamiz, inshaalloh.
Erkak ayolning himoyasiz ekanligini unutmasligi kerak. U har doim erkakning yelkasiga, g'amxo'rlik va ishonchga muhtoj, garchi kuchli ko'rinsa ham.

#Erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/11/05 23:32:38
Back to Top
HTML Embed Code: