Telegram Web Link
Orangizdagi masofa uzoqlashib borayotganini his qilsangiz, ko'prik qurishingiz kerak. Ya'ni munosabatlaringizga yangilik kiriting.

Zerikarli, hissiz hayotdan chetlaning. Birga o'tkazgan baxtli kunlaringizni eslang. Uni nima ko'proq xursand qilishini eslashga harakat qiling.

Anchadan beri unutilgan an'analarni qayta tiklashga harakat qiling. Iliq munosabatlar muddati o'tib qoladigan mahsulotlar kabi emas, siz hamisha ularni yaxshi holatda saqlay olasiz. Faqat buning  uchun harakat qilishingiz kerak!

#Erkaklar #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nomunosib kishilarni qalbdan chiqarib tashlash kiyimni najosatdan poklashdan muhimroqdir.

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Odamlar har doim ko'proq narsani xohlashadi:

🌼 Sizning qiyin ishingiz — har bir ishsizning orzusi;                      

🌼 Sizning yaramas bolangiz — har bir farzandsiz odamning orzusi;                      

🌼 Sizning kichkina uyingiz — har bir uysiz odamning orzusi;                      

🌼 Sizning kichik jamg'armangiz — har bir qarzdorning orzusi...

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
SABRLI BO‘LING ❤️

Muhtarama ayollar, eringiz ishdan qaytyapman deb qo‘ng‘iroq qildimi, unga hadeb qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilavermang. “Kelyapsizmi, qachon kelasiz?” degan gaplar erkak kishiga umuman yoqmaydi. Sabrli bo‘ling, eringizni uyga eson-omon qaytib olishi uchun duo qilib turing. Yoki o‘zingiz bir marta qo‘ng‘iroq qilsangiz yetadi (agar ogohlantirmasa).

Hurmatli erkaklar, siz ham uyga qachon qaytishingizni aniqroq ayting. Malikangiz xavotirlanadi.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uchrashuvga chiqqaningizda suhbat to'xtab qolsa...

Ikki begona kishining ilk suhbatida bu tabiiy hol, albatta. Siz har bir daqiqani so'zlar bilan to'ldirishga harakat qilmang. Axir o'ylab olish uchun ham vaqt kerak.

Yoki qarshingizdagi kishi gapirmaganidan noqulay holga tushmang. Undan ko'ra, siz ham so'rashingiz mumkin bo'lgan gaplar bo'lsa, o'zingiz suhbatni davom ettiring.

Aslida, bir necha daqiqa davom etadigan bu uchrashuvda so'rash mumkin bo'lgan ko'p savollar borki, ularni so'rasangiz, soat ham yetmasligi mumkin!

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baʼzi gaplar bir marta aytiladi va bir umrga yetadi

#erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
▫️Tongni qanday qarshi olmoq kerak?

— Budilnikni kechiktirish istagiga qarshi kuch toping;
— Uyg'onganingizdan keyingi birinchi soatni imkon qadar faol holda o'tkazing.
— Dush qabul qiling yoki hech bo'lmaganda yuzingizni sovuq suv bilan yuving;
— Pardalarni oching, xonaga quyosh nuri tushsin. Havoga ko'ra xonani shamollatib olsangiz, yanada yaxshi;
— Kuningizni rejalashtiring.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum kelin bòlib tushganimga 2 yil bòldi 7 oyli qiz farzandim bor. Lekin kelin bòlib tushgan oilamga kònika olmayabman. Erim bilan boshidan chiqisholmaganman, yangi kelinligimdan urib xòrlagan haligacha qòlini kòtaradi bu uyda boshqa yashagim kemayabdi nima qilishni maslahat berasiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Orani isloh qilishga harakat qilish kerak, yangi oilaga ko'nikishga harakat qilish kerak. Dastlabki yillarda shunday tushunmovchiliklar bo'lishi mumkin. Sabr qilib, baxtiyor oilaga erishish uchun harakat qiling, ajrashish haqida o'ylamang, u eng so'nggi chora. Siz aytgan vaziyatda ajrashib ketilmaydi.

#Muammo
2024/12/27 08:35:30
Back to Top
HTML Embed Code: