Telegram Web Link
Mutоlaa insоnni go‘zallashtiradi 📕

Yosh-u qari, erkag-u ayol – kim bo‘lishidan qat’iy nazar chirоyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishni, ko‘pchilikning e’tibоri markazida bo‘lishni istaydi.

Mutоlaa insоnning ichki dunyosini go‘zal qilib qоlmay, tashqi ko‘rinishini ham go‘zallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura оlish va o‘z bilimini namоyish etish suhbatdоshining mehrini qоzоnishga yordam beradi.

📚 Gʻiyosiddin Yusufning «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Shunday sevdiringki, hatto eng tig'iz vaqtda ham siz uchun vaqt topa olsin!

#Muhabbat #qisqa

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand injiqligi sabablari

🪟 Ko'pchilik ota-onalar farzandining o'zini tutishidagi o'zgarishlarga atrofdagi odamlarni ayblashadi. Ammo ulardan oldin o’zlarining ham munosabatlarini ko’rib chiqishlari kerak.

Ota-ona doimo farzandi bilan kattalardek suhbat qurmog'i, do'st bo'lmog'i zarur. Bola hech ikkilanishsiz ota-onaga ishonishi, har qanday muammo yoki qarorni ular bilan bemalol muhokama qila olishi zarur.

📌 Ana shunda “ichimdagini top” qabilidagi injiqlik, qaysarlikka hojat qolmaydi. Hatto ota-onaning o’zaro munosabatlari bolaning injiqligiga sabab bo’lishi mumkin.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Adasi" deb murojaat qiladigan ayol "jonim", "asalim" degan murojaatlarni kutmasin.

#qisqa

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
KO‘ZLAR HAM SEVSIN ♥️

Hurmatli ayollar, uyga kiyishga kiyim olayotganingizda ham chiroylisidan oling. “Uyga bo‘laveradi” deb olib ketavermang. Uyda eringizning ko‘ziga chiroyli ko‘rinib yurishdan hech ham malollanmang. Erkakning ko‘ziga chiroyli manzara yoqadi, baribir. Shuning uchun eringizning ko‘ziga yoqadigan darajada chiroyli bo‘lib yuring!

📘 Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, yoshim 22 da. Bir yigit meni yaxshi koʻrishini aytib, onasi, opasi bilan uchrashtirdi. Hozir u chetda oʻqishda. Uyimizga sovchilar koʻp kelyapti. Lekin uning uydagilari kelishini aytolmayapman. Undan boshqasini tasavvur qilolmayapman. Shu sababli qanday yoʻl tutsam boʻladi?

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Unda o'sha yigitning uyidagilar tezroq sovchi yuborsin-da. Unga sovchilar ko'p kelayotganini bildirish kerak.

#Oila_qurish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklar uchun farzand tarbiyasiga doir maslahat

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Er-xotin o‘rtasidagi ko‘p muammolar to‘shakdagi ko‘ngilsizliklar sabab kelib chiqadi. Agar yotoqda hammasi ko‘ngildagidek bo‘lsa, juftliklar bir-birining ko‘pgina ayblariga ko‘z yumadi. Buning uchun aloqa ilmini o‘rganish lozim. Bu haqida bu yerda yozib bo‘lmaydi. Yaxshisi shu haqidagi alohida kanalimizni kuzatib boring: 👉 Mubosharat

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Eriga ko'proq "Xo'p bo'ladi" degan ayol munosabatlarda undan kamroq rad javob oladi.

#Ayollar #qisqa

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Asal oyi emas asal hayot" kitobi haqida

"Asal oyi emas, asal hayot" kitobini Hilol eBook dasturida oʻqib chiqqan edim. Judayam tushunarli, sodda tilda yozilgani menga juda yoqdi.

Kitob nomiga mos, uning ichidagi ma'lumotlar ham shu mavzu boʻyicha, oldi-qochdi har xil mavuzlar aralashib ketmaganligi yanayam menga yoqdi.

Oilada erkakning ham, ayolning ham oʻrni, vazifalari, yanada baxtli yashash uchun maslahatlar — hammasi kerakli, juda tushunarli yozilgan.

Oila haqida ko'pgina kitoplarni oʻqiganman, lekin bu kitob men uchun judayam tushunarli va manfaatli boldi. Shuning uchun ham yaqinda qog'oz kitobini ham olib berdilar boʻlajak turmush oʻrtogʻim.

Elektron variantidan ko'ra kitobdan oʻqish baribir boshqacha ekan. Bunday tushunarli tildagi manfaatli oila haqidagi kitoblaringizni yana kutib qolaman.

Qayta-qayta oʻqib chiqqadigan kitoblarim qatorida bu kitob. Barcha oila qurish arafasidagi yigit qizlar va oilalilarga ham tavsiya qilgan boʻlardim.

Mohira Fahriddinova

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq taqrizlar

#Kitob #taqriz
Hozir baxt nimanidir topishda emas, balki bor narsangizni yo'qotmaslikda bo'lgan paytdir...

#baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz har bir harakatingiz tarbiya boʻladi

Oilaviy munosabatlarda er va xotin alohida har bir masalani gaplashib olishi kerak.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Er-xotin munosabatlarida o'zini jinniga solish telbalikdan emas, donishmandlikdan nishonadir.

#qisqa

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yoz o'tib bormoqda va biz sayohatlar hamda pikniklarni yana keyingi yilga qoldiramiz. Endi konkida uchish uchun tayyorgarlik ko'rish vaqti keldi, lekin unga ham yetib borishimiz dargumon.

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum. Ayolim hech pardoz qilmaydi men uchun. Unga pardoz qil men uchun desam, koʻnglini ogʻritgan boʻlmaymanmi? Yaʼni tabiiy goʻzalligini inkor qilayotganday boʻlmaymanmi? Qil, desam qilgim kelmaydi deydi.

G’iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. To'g'ridan to'g'ri "pardoz qil" desangiz, ko'ngliga og'ir botishi mumkin. Shuning uchun turli ishora vositalaridan foydalaning. Masalan, pardoz vositalari olish uchun pul berish, shu mavzudagi postlarni ulashish, shu haqida yozilgan kitoblar hadya qilish ("Asal oyi emas, asal hayot"da aytganmiz) mumkin yoki kurslarda o'qitish kerak.

Ayol buni "menga yoqmaydi" degan gap bilan rad qilishi noto'g'ri, buni qilishi kerakligi haqida o'zida tushuncha, farosat bo'lishi kerak. Men doim ayollarga eringizga u bir ayoldan nima olishni istasa, shuni bering deb kelaman. Albatta, erkak bir xil ayoldan zerikishi, ba'zan uni pardozli holda, ba'zan uzun, ba'zan kalta kiyingan va boshqa holatlarda ko'rishni istashi mumkin.

#Ayollar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Mo'minlarning onalari haqida savol-javoblar" kitobi faqat ayollar uchunmi?

#kitob

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Bekorchi" ayollar

Farzandlarining tarbiyasi, turmush o'rtog'ining parvarishini o'ylagan hech bir ayol havas uchun ko'chaga chiqib ishlamaydi. Yo moddiy ehtiyoj, yo ishning unga bo'lgan ehtiyoji sababli ishlaydi odatda. Ularni malomat qilmaymiz, munosib joyda, yaxshi holatda ishlashayotgan bo'lsa, bo'ldi.

Uyda o'tirgan ayollar tashqaridan qaraganda ishsizdek ko'rinadi – unday emas. Ular farzand tarbiyasi, ro'zg'or ishlari-yu turmush o'rtog'ining parvarishi bilan band bo'lishadi. Uzr-ku ya, ular ishchidan ko'ra yuqori maqomda deb bilaman: ular beka, uyning bekasi! Albatta, kimningdir qo'lida ishlagandan ko'ra bekalik yuqori maqomdir.

Ikki toifa ayollarni ham hurmat qilamiz. Takror aytamanki, ehtiyoj bo'lmasa, ayol ishlamaydi. Ishlaydigan ayollarni kamsitishdan tamoman yiroqman. Yana aytamanki, onaning bekorchisi bo'lmaydi! Barcha ayollar ishlaydilar!

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Jahl otiga mingan ayol bilan soʻz talashish boʻron koʻtarilgan paytda gazeta oʻqishga oʻxshaydi.

Anis Mansur

#qisqa

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/12/26 04:30:09
Back to Top
HTML Embed Code: