Telegram Web Link
Kechki sayrga marhabo!

Juftingiz bilan kechki sayrga chiqib turing. Mashinada emas, piyoda sayr qilish ko'proq zavq beradi. Shuningdek, bunda samimiy suhbat qilish imkoni ham bo'ladi.

Albatta, sayr chog'ida telefon yoki boshqa narsalarga chalg'imaslikka harakat qiling. Qo'lingiz bilan uning qo'li yoki belidan tutishingiz mumkin.

Agar bunday holatda jim yursangiz ham muhit sizga o'zgacha kayfiyat bag'ishlaydi.

Bunday sayrlar o'zaro munosabatlaringini yaxshilash bilan birga, salomatligingiz uchun ham foydalidir. Yana kichik bolalaringiz bilan chiqsangiz, ular ko'proq toza havodan bahramand bo'ladi. Piyoda yurgani sababli biroz charchasa, yaxshi uxlaydi.

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bu kitobni olishimdan va o'qishimdan maqsad men zavjimning haqlarini töliq ado qilyapmanmi va yana qanaqa haqlari bor mening ustimda — shularni go'zal va mukammal tarzda ado qilish uchun edi.

Töğrisi, bu kitobga yetishishim qiyinroq böldi. Sababi Uzbekistonda emasman.

Kitob judayam manfaatli, oilamizda hech qanaqa janjal-tortishuv bölmas edi özi, alhamdulillah. Shu kitob sababi bilan zavjimni ham kitob öqishga örgatdim, zavjim ayollarga tegishli mavzularni öqib özgardilar. Alloh rozi bölsin Alloh ilmilarni ziyoda qilsin.

Ummu Tolha

Kitobni xarid qilish

#kitob #taqriz #asalhayot
Ayolining yaqinlariga yaxshi munosabatda bo'lgan erkakning ayoli oldida qadri yanada oshadi.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftingizning telefonini tekshirish istagingiz bo'lmasa, qayergadir chiqqanidan undan shubhalanmasangiz va unda ham shunday holat bo'lsa, demak, orada ishonch bor ekan.

Albatta, o'zaro ishonchsiz muhabbat, mustahkam oila bo'lmaydi.

Ishonch qilish uchun esa samimiy bo'lish, ochiq gaplasha olish va qabul qilish muhimdir.

Agar siz samimiy bo'la olmasangiz, ochiq gaplashishni istamasangiz, u o'zidagi kamchiliklar, muammolar, istaklari haqida gapirganda qabul qila olmasangiz, jahlingiz chiqib ketsa, unda o'zaro ishonch haqida gapirishga hali bor.

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalamu alaykum. Yoshim 20 da, unashtirilganimga yaqinda 2 oy bo'ladi. Bo'lajak turmush o'rtog'im bilan kamdan-kam gaplashib turamiz, boshida bir-birimizga yoqqan edik, hozir esa yoqmay qoldi, o'rtada sovuqlik borday. Tavakkul qilib turmush quraveraymi, keyin o'tib ketadimi yoki unashtiruvni bekor qilaymi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Munosib inson bilan oila qurayotgan bo'lsangiz, quravering, hozirgi yoqtirish-yoqtirmaslik uncha muhim emas, oila qurgandan keyin dillar yaqinlashadi, inshaalloh.

Fursatni g'animat bilib, oilaviy munosabatlar ilmini o'rganinglar.

#Oila_qurish
Hayotning har lahzasida ijobiy narsalarni izlashni o'rganmaguningizcha hayotingiz rang-barang bo'lmaydi. Bu deyarli hamma e'tiborsiz qoldiradigan haqiqatdir, shuning uchun ko'pchilik muammolar va shikoyatlar botqog'iga botgan.

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitob juda sodda, hammaga tushunarli yozilgan. Ayniqsa, yillar o'tgan sayin odam ro'zg'or bilan ovora bo'lib turmushning asosiy qismiga e'tiborsiz bo'lib qolarkan.

Har bir ayol sevimli, suyukli yor bo'lishni istaydi, lekin vaqti kelsa, nimadan boshlashni bilmay qolarkan. Shunda biz uchun xuddiki yo'riqnomadek ushbu kitob yordamga keladi.

Men ushbu kitobni xarid qilganimdan juda xursandman, yaqinda singlimning to'yi bo'lgan edi. Unga ushbu kitobdan sovg'a qildim. Har bir ayolda bo'lishi kerak bo'lgan kitob ekan bu.

Ishlarizga omad. Alloh rozi bo'lsin. Ushbu mavzuda yanada ko'proq kitoblarni nashr qilishingizni iltimos qilar edim.

Dilnoza

Kitobni xarid qilish

#kitob #taqriz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nazorat qilmasangiz, nazorat qiladiganlar topiladi!

Farzandingizga yoshligidan telefon berib ovutyapsizmi?

Yoki farzandingiz telefondan bosh koʻtarmay, sizga injiqlik qilayotgandir.

Yuqoridagi video lavhada aytilgan amaliy tavsiyalar aynan siz uchun.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftingiz bilan ko'proq birga vaqt o'tkazishingiz yaxshi, lekin uni hamma vaqtini siz bilan o'tishiga majburlamang.

Uning ham, sizning ham o'z qiziqishlaringiz, mashg'ulotlaringiz bo'lishi tayin.

Eng asosiysi, birga o'tkazadigan vaqtingizni sifatli tarzda o'tkazishga harakat qiling.

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
HUSNI XULQ ❤️

Hurmatli ayollar, turmush o‘rtog‘ingizning e’tibori doim sizda bo‘lishi uchun chiroyli bo‘lishingiz muhim. Lekin ko‘ngil go‘zalligini ham unutmang. Go‘zal axloqli, xushmuomala bo‘ling. Juftingizning qiziqishlari haqida o‘ylang. U qiziqadigan mavzuda so‘zlashingiz unga bo‘lgan e’tiboringizni bildiradi. E’tibor esa muhabbatni jalb qiladi.

📕 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalamu alaykum.
Yoshim 20 da. O'qiyman.
Uyimizga sovchilar anchadan beri kelmay qo'ygandi. Orada 1 xotin kelgandi, ungacha hech kim kelmasa-chi endi, deb qo'rquvda edilar va tezda xo'p dedilar. Men duch kelgan odamga teymayman-ku?
Alloh niyyatimdek insonni berishiga ishonaman. Lekin uydagilar tushunishmayapti.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Agar o'sha xotinning bolasi ma'qul kelmagan bo'lsa, unga turmushga chiqmaslikka haqlisiz. Bu haqida uydagilaringizga qayta-qayta ayting, tushuntirishga harakat qiling, kerak bo'lsa, yaqinlaringizdan yordam oling.

#Oila_qurish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Meni yaxshi koʻrasizmi savoliga qanday javob berish kerak?

Oilalar har doim muhabbat ustiga qurilmasligi mumkin.

Ammo ikkala tomon bir-biriga begona boʻlib yashashi kerak degani emas.

Yuzingizga tabassum har doim juftingizga yoqtirishingizni bildirib turing.

#Muhabbat

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum, yoshim 21 da. Yoshlikdan qo'shni qizni yoqtiraman. Keyinchalik bildimki, u ham menga befarq emas ekan. Orada gaplashib qoldik. Men bu haqda uydagilarga aytdim. Uydagilarim norozi. Qizning ammalari yomon ekan, lekin ota-onasi yaxshi odamlar. Shu holatda qanday yo'l tutishim kerak?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ota-onaningiz bilan qiz haqida takror gaplashishingiz yoki oraga odam qo'yib gaplashtirishingiz mumkin. Asosiysi, qizning o'zi munosib nomzod bo'lsa, ularga buni tushuntirish kerak. Ammalariga o'xshagan bo'lmasliklari uchun o'zim mahkam turib harakat qilamiz deyiladi.

#Oila_qurish
Goʻzal oʻrnak boʻlishga harakat qilaman

Kecha soch parvarishim uchun goʻzallik saloniga bordim.

Uyga qaytishim bilan 6 yoshli qizim menga:
– Oyi, nega bunday qildingiz? Siz roʻmol oʻraysiz-ku. Sochingizni hech kim koʻrmaydi, — dedi.

Men unga:
– Ayni shu sababdan ham bu juda muhim. Birinchidan, sochlarimni oʻzim koʻraman. Oʻzimga qarayman, parvarish qilaman. Bu juda muhim narsa. Boshqalar koʻrishi va menga baho berishining keragi yoʻq. Bu ishni dadang uchun ham qilaman. Oilam uchun qaygʻuraman. Yaxshi koʻrganim uchun bezanishga eʼtibor qarataman. Mana shular uchun bu ishni qilishim arzimaydimi seningcha, — dedim.

Qizim:
– Eh! Men uchun qilmaysizmi, — dedi.

Men:
– Albatta, qizim, sen uchun ham qilaman. Butun gʻayratim bilan sen uchun goʻzal oʻrnak boʻlishga harakat qilaman, — dedim

Xadicha Kubro Tongar sahifasidan olindi

#tarbiya #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O'zaro munosabatlarni saqlab qolish uchun harakat qilishingiz kerak

Odamlar bir-birini yoqtirgani uchun uzoq vaqt birga qolmaydi: na do'stlar, na sevishganlar. Siz muntazam ravishda muloqot qilishingiz kerak. Bir-biringizning ishlariga chin dildan qiziqing, birga vaqt o'tkazing, arzimas narsalar uchun ham qo'ng'iroq qiling, ahmoqona SMS yozing, yaxshi bo'lganda xursand bo'ling va yomon bo'lganda bir-biringizni qo'llab-quvvatlang, bir-biringizning yonida jim o'tiring yoki parklarda shovqin soling. Nima bo'lishidan qat'iy nazar, har kim o'z yaqinlarini qanday qilib o'ziga yaqin tutishini o'zi hal qiladi.

Siz vaqti-vaqti bilan juda ko'p yaxshi va muhim narsalarni qilishingiz mumkin, lekin hech bo'lmaganda oz bo'lsa ham muntazam harakat qiling. O'zaro munosabatlarni buzish uchun hech narsa qilmaslik kifoya.

#Erkaklar #ayollar
#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol uchun erkakning unga qanday munosabatda bo'lishi juda muhimdir. Axir u birinchi navbatda o'ziga bo'lgan munosabatni, keyin esa erkakning o'zini sevadi.

#Ayollar #Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oilaviy munosabatlar yomonlashuviga olib keladigan omillardan biri yomon o'rnak bo'ladigan yaqinlardir.

— falonchi doim ish bilan band, oilasiga deyarli vaqt ajrata olmaydi, lekin yaxshi yashashyapti-ku!

— falonchi ro'zg'orga buncha pul sarflar ekan, biz ham kamaytirishimiz kerak!

— falonchi dugonam doim gap-gashtakda yuradi, eri indamaydi...

Aslida, oilaviy munosabatlarni yaxshilash uchun o'zimizdan ko'ra yaxshiroq munosabat o'rnatgan kishilarga qarashimiz kerak. Yuqoridagi gaplar shunchaki o'zimizni oqlash uchun, vijdonimizni qiynamaslik uchun aytilgan bahonalar, xolos. Buni o'zimiz ham yaxshi bilamiz. Faqat bilmaslikka olamiz...

#Erkaklar #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Forwarded from Savol-javoblar | Oila
#Savol: Assalomu Alaykum. Ustoz turmush o'rtog'im yaqin 1-2 oy ichida harom ichimlik ichishni boshladi. Bu holat haqida ularga yaxshi gapirib tushuntirib ham ko'rdim. Lekin foydasi bo'lmadi. 3-4 kun ulardan xafa bo'lib gaplashmay yursam bu yomon odatni tashlaydilar deb o'ylayabman. Bu qilmoqchi bo'lgan ishim qanchalik to'g'ri?
Javob uchun oldindan rahmat

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu foyda berishi qiyin, menimcha. Ochiq gaplashish, tushuntirish yaxshiroq. So'zi o'tadigan kattalar yordamidan foydalaning. Bu narsaning diniy, tibbiy jihatiga ko'proq urg'u berish kerak.

#Muammo
Hubbuna
#Savol: Assalomu Alaykum. Ustoz turmush o'rtog'im yaqin 1-2 oy ichida harom ichimlik ichishni boshladi. Bu holat haqida ularga yaxshi gapirib tushuntirib ham ko'rdim. Lekin foydasi bo'lmadi. 3-4 kun ulardan xafa bo'lib gaplashmay yursam bu yomon odatni tashlaydilar…
Azizlar, sizlardan kelayotgan savollarga javobni @Yechimhubbuna kanalida berib boryapmiz. Bu kanalga ba'zisini chiqaryapmiz, xolos.

Chunki juda ko'p savol beriladi, hammasini bu yerda chiqarsak, kanal yo'nalishi o'zgarib ketadi.
Eng kuchli tuyg'u bu umidsizlikdir. Xafagarchilik emas, hasad va hatto nafrat ham emas... Ulardan keyin hech bo'lmaganda qalbda nimadir qoladi, umidsizlikdan keyin — bo'shlik.

#Shunchaki #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/29 07:34:14
Back to Top
HTML Embed Code: