Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuyov tanlashda adashganda nima qilish kerak?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Xotiningizni yerga urmang. Zero, unga qaratilgan har qanday haqorat uning qalbi va aqlida o'rnashib qoladi. Xotiningiz tili bilan kechirsa-da, qalbi bilan hech qachon kechirmaydigan eng xatarli tahqirlash bu uni urish, so'kish, otasi yoki onasini la'natlash va sha'niga nisbatan yomon gaplarni aytishdir".

Doktor Hasson Shamsiyning "Baxt ulashing" kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alekum. Yoshim 23 da. Oilaliman. Turmush o'rtog'im bilan yaxshi ko'rishib turmush qurdik. To'yimizga 10 oy bo'ldi. Yaqinda farzandli  bo'ldik. Xiyonatlarini bilib qolyapman. Javobimni bering, zinoni badali shu dunyoda farzandlari orqali berilarkan  bolam gunohlaringga javob bermaydi dedim. U yo'q, ko'chaniki ko'chada men silarni yaxshi ko'raman ketmiysan dydi. Lekin kechirolmayapman. Maslahat bering iltimos.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bunday holatda ajrashish yoki yashash o'z ixtiyoringiz. Chunki u tavba qilmagan, "ko'chaniki ko'chaga" degan gap noto'g'ri! Boshidan turmush o'rtoq tanlashda xato qilgansiz.

#Muammo
U mening sevishimni biladi, ammo men u bilgandan ko'proq sevaman!

#Muhabbat #romantika

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Noshukr insonni hech qachon rozi qila olmaysiz.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​
"... Miyasiga singdirib olgan “erkak bilan kurash” fikridan butunlay qutulib, eri bilan baxtli boʻlishni uddalay olmayapti. Ayol ayol bo‘lishdan qochyapti.
— Ayol boʻlishdan qochish mumkinmi?
— Buni senga kichik bir latifa bilan izohlayman. Bir mahkum qamoqxonada kasal boʻlib qolibdi. Erkakni kasalxonaga olib borishibdi.
Bir oyogʻini kesishibdi, bitta oyoq bilan qaytibdi. Yana bir bor kasal boʻlib qolibdi, bu safar qoʻlini kesishibdi, bir qoʻl bilan qaytibdi. Erkak yana bir bor kasal boʻlib qolgan ekan, qamoqxona mudirining jahli chiqibdi: “Menga qara, diqqatim senda, qamoqxonadan boʻlaklarga boʻlinib qochayotganingni sezmaydi deb oʻylama!”
Ayollar ham boʻlak-boʻlak holda ayollikdan qochishyapti. Hech kim payqamaydi deb oʻylamasinlar”.

Sema Marashlining “Toʻydan keyin ham muhabbat boʻlsin” kitobidan #Iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Bir oila ajrashishyapti ayol hiyonati sababli . 3 farzandlari bor. Katta farzandlari  13-14 yoshda  bolalar hozir lagerda . Ota onasi ajrashyapti bolalar otada qoladi. Katta farzand har narsani tushunadi. Unga otasi nima deb tushuntirsa boʻladi ajrashish sababini.  Hiyonat desak bolaga ogʻir botadi.
Iltimos javob bersangiz. Juda qaltis vaziyatdamiz.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bolalarga sababini ochiq aytish shart emas. "Bolam, biz ikkimiz ham sizlarni yaxshi ko'ramiz. Lekin bundan buyon alohida yashishimizga to'g'ri kelyapti. Sizlar otangiz bilan yashaysiz, oyingiz bilan ham ko'rishib turasiz. Katta bo'lganingizda hammasini bilasizlar, vaziyat shunday bo'lib qoldi, uzr. Sizlarni yaxshi ko'ramiz" kabi gaplarni aytish mumkin. Bundan so'ng bolalarga ota yoki onasini yomon ko'rsatadigan gap-so'z, harakat qilmaslik kerak. Katta bo'lishganda bor gapni bilishsa, o'zlari xulosa qiladi.

Qaniydi xiyonat qilishdan oldin ayol shu haqida o'ylasa edi!

#Muammo #xiyonat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oilaning buzilishiga asosiy sababdan biri majburiyatlarni bilmaganimizmi?

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oqibatlar bilan emas, sabablar bilan kurashish kerak. Boladagi injiqlik, agressiya, jizzakilik, yigʻloqlik bu - oqibat. Sizning bolaga notoʻgʻri munosabatingiz, tarbiyangiz natijasi. Avvalo, ona sokin boʻlishi kerak. Oʻlimni koʻp eslash va har kuni Qurʼon tilovat qilish bunga yordam beradi.

Oqibatlar koʻpayib, boshi berk koʻchaga kirib qolmasdan avval, toʻxtang! Oʻzingizga nazar soling. Bolangiz uchun bisotingizdagi eng chiroyli jumlalarni qoʻllang, unga ishonch bering, mehringizni, xurmatingizni koʻrsating. Ona oʻz farzandining his-tuygʻularini tushunishi kerak.

Kasallikning belgilari bilan emas, ildizi bilan kurashilsa, natijaga tezroq erishiladi.

Gulzoda Hurmuhammedova

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Asal hayot istaganlar kutgan yangilik 🥳

📚 Oilaviy masalalarda koʻplab asarlar yozilmoqda, tarjima qilinmoqda. Ularning har biri oʻz oʻrni, oʻz uslubiga ega.

Lekin, bir muhim jihat borki, nozik masalalarni qamragan, oilaviy munosabatlarga qaratilgan kitoblar oʻsha millat vakili tilidan yozilganda, oʻquvchiga yaqinroq boʻladi.

☀️ Yashab turgan hayot tarzi, odatlari, qadriyatlaridan kelib chiqib eng maʼqul tavsiyalar beriladi. Ana shunday namunalardan biri Gʻiyosiddin Yusufning "Asal oyi emas, asal hayot" risolasi bilan bugundan kitob javoningizni boyitishingiz mumkin.

• Muqovasi — yumshoq;
• Sahifasi — 130 bet;
• Narxi – 22.000 soʻm.

🚗 Oʻzbekiston boʻylab yetkazib berish xizmati mavjud!

• Bogʻlanish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004 | +998998454400

📌 Manzilimiz: Alisher Navoiy, 42. Mo‘ljal: Chorsu, sobiq GUM ro‘parasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
— Dada.
— Ha, nima deysan?
— Erkak kishiga xotin kerakmi?
— Yo‘q, bolam! Bosh og‘riq...
— Endi shu savolni mendan so‘rang... 😆

Muhammadakbar

#tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turmush oʻrtogʻingizni shunday tanlang, chunki...

Yuqoridagi lavha orqali toʻliq javobni bilib oling.

Oila qurmoqchi boʻlgan yaqinlaringizga ulashib qoʻying.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Kursdoshimga unashtirilganman, to'y kuni yaqin. Sovchi qo'ygan edi, tanigan bilganim uchun rozilik bergan edim. Lekin kuyovni men bilan umuman ishi yo'q, e'tiborsiz. Umuman xabar olmaydi. Nikohgacha bo'lgan munosabatlar joiz emasligini bilaman va buni yigitni o'zi ham aytgan menga. Shuning uchun u to'g'ri ish qilyapti deb o'ylab yurardim. Biroq, boshqa qizlar bilan kulishib, ularga sovg'a-salomlar beradi. Bunga o'zim ham, atrofimdagilar ham guvoh bo'lishgan bir necha marotaba. O'zi bilan shu haqida ochiqchasiga gaplashmoqchi bo'lsam, sen sabr qil, senda ko nglim bo'lmaganida sovchi q'ymas edim, dedi. Bu vaziyatda nima qilishim kerak? Nega menga kelganda hamma narsa gunoh-u, boshqalarga kelganda esa gunoh emas, shu narsa jahlimni chiqaryapti. To'yni qaytarsammikan?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Boshqa qizlar bilan ham munosabatda bo'lishi to'g'ri emas. To'yni tezlashtiringlar, sabr qiling. Hozir unga bu haqida biror narsa deyishingiz qiyin, avval mahrami bo'lib oling, keyin rashk qilsangiz yarashadi.

#Oila_qurish
2024/11/17 08:18:39
Back to Top
HTML Embed Code: