Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurishdan oldin ushbu ilmni albatta oʻrganing

Koʻpchilikka foydali boʻlishi uchun videoni yaqinlaringizga ham ulashing.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​"Asal oyi emas, asal hayot" kitobi turmush yoshidagi va turmush qurgan, turmushiga 10 yil bo‘lgan bo‘lsa ham o‘qilishi kerak bo‘lgan kitob.

Kitobdagi nozik nuqtalargacha berilgan e'tibor kishini oilasini yana ham sakiynatli bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ayollar uchun tavsiyalar a'lo darajada. "Iforingiz xos eringiz uchun bo‘lsin, uni faqat sizdan his etsin" degan jumla menga juda ham katta ta'sir o‘tkazgan. Tozalik, go‘zallik juda ham muhimligini yana bir bor his etgandim.

Bu kitob bir marta emas, doimo olib takror o‘qiladigan kitob. Avval ham ko‘p bora aytib tavsiya berganman. Uylanmagan yigitlarga alohida tavsiyam, chunki kitobda ayolni qiziqishlariga rag‘bat bildirish, rahmat aytish, maqtab, etkalab qo‘yish haqida ham aytilgan. Bu to‘yning birinchi yoki ikkinchi oyida qo‘llaniladigan uslub emasligi, butun umr davomida qo‘llash kerakligi, bunday so‘zlarni o‘rganish uchun ko‘proq izlanib, kitob o‘qishga targ‘ib bor.

Allohim ilmingizni ziyoda qilsin va yana ham shunday xos erkak va xos ayollar uchun darsliklar, kitoblar chiqarishda davomiy qilsin, manfaatli va ikki dunyoyingizga foydali qilsin. Bu bitta kitobingizga taqriz xolos, ko‘p kitoblaringizni va kurslaringizni olganman. Alhamdulillah, bundan mamnunman.

Maryam Ya'qub

#kitob #taqriz

Yanada ko'proq taqrizlar
#Savol: Assalomu alaykum.
Men bir qizni yoqtirib qoldim, lekin o‘ziga aytolmayapman, sabab undan 10 yosh kattaman (1997-2007), temboli men Jizzaxdan u Surxondaryodan. Tavakkal qilib harakat qilganim ma'qulmi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Avvalo sovchi qo'ying, rozi bo'lishsa, uchrashib ko'rasizlar. Shunda "Sizni yoqtirib qoldim, shuning uchun uylanmoqchiman" desangiz bo'ladi.

#Oia_qurish
Farzandingizni biror narsaga ko'ndirishga qiynalsangiz, gapingizni qulog'iga aytib ko'rishingiz mumkin. Odatda bolalar qulog'iga biror nima aytilayotganda gapni eshitish uchun diqqatini jamlashga harakat qiladi. Bu ularni biroz tinchlantiradi. Shundan so'ng kelishib olishga qaratilgan qandaydir yechim aytsangiz, ko'ndirish oson bo'ladi.

Psixolog Dildora Oʻlmasova

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oila qurishga faqat yigitlar emas, qizlar ham tayyorlanishi kerak. Oila qurish uchun faqat yigitlar emas, qizlar ham juft tanlashi kerak. Oila qurishdan oldin faqat qizlar  emas, yigitlar ham nomusini asrashi kerak!

#Oia_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Munosabatlar niholga o'xshaydi!

Unga doimiy parvarish, e'tibor zarur. Agar niholga vaqtida suv berib, tirgak qo'yib, keraksiz shoxlarini kesib parvarish qilmas ekansiz, yo qurib qoladi, yoki undan manfaatlana olmaysiz.

Munosabatlar ham shunga o'xshaydi. Juftingiz bilan doimiy harakatda bo'lishingiz kerak. Buning uchun ilm o'rganish, munosabatlarga qayg'urish uchun vaqt ajratishdan qochmang.

#Ayollar #erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhtarama ayol, turmush o'rtog'ingiz suhbat uchun gap boshlamasa, o'zingiz boshlang. Agar u dil izhor qilmasa, siz qiling, hol so'ramasa, siz so'rang. Axir er-xotinchilik degani savdodagi oldi-berdi kabi emas-ku.

Birinchi bo'lib qadam tashlasangiz ham javob umidida emas, xolis, samimiy harakat qiling.

"Nimaga faqat birinchi ayol qadam tashlashi kerak?" deb e'tiroz qiladigan ayollarga gapimiz shuki, hech bo'lmasa, siz qadam tashlang, u harakat qilmasa, siz harakat qilmasangiz, oila oila bo'ladimi?! Biz o'rni kelganda erkaklarga ham tavsiya beryapmiz.

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Kun bo'yi uyda nima ham qilarding?!"

Ayolning qiladigan ishi sezilmaydi, qilmaganda seziladi.

#Ayollar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli erkaklar, sevgining sunnatiga amal qilyapsizmi?

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalamu alaykum
Savolim shundan iboratki, oilada oziq-ovqat kabi xarajatlarni olib kelish (moddiy ta‘minlash emas) kimning zimmasida? Agar erning zimmasida bo‘lsa va ular buni xohlamasalar, qanday yo‘l tutish mumkin?
Oldindan rahmat!

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ko'chadagi ishlar erning zimmasida. Bozorda (do'konda) erkaklar orasida yurishni istamayman deng. Ko'nmasa, birgalikda qilinglar.

#Muammo
Biz tortinchoq bo‘lmagan, ammo sharm-u hayoli, fikrini chiroyli ifoda qilishda uyalmaydigan, o‘zini hurmat qiladigan, nazokatli, ammo haqqini haqlashadigan bolalarni tarbiyalashimiz kerak. Yuzga tikka qarash bilan boshni tik tutish orasidagi farqni ajrata oladigan bolalar kerak bizga.

Umida Adizova

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand tarbiyasida hech bir ishingizni kichik sanamang.

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
To'rt taqiq

O'zaro munosabatlaringizni yaxshilash uchun to'rt narsaga taqiq qo'yinglar:

1. Juftingizni haqorat qilmang.

2. Shikoyatlarni ichga yutishni bas qiling. Ular bora-bora katta janjalga sabab bo'lishi mumkin. Nimadandir norozi bo'lsangiz, ochiq gaplashib oling.

3. Munosabatlaringizga o'zgalar aralashishiga taqiq qo'ying. Orangizda bo'lgan ko'ngilsizlik, kelishmovchiliklarni boshqalar oldida muhokama qilmang, o'zaro hal qilinglar.

4. Ajrashish haqida gap ochishni o'zingizga man qiling. Bu usiz ham yashay olishingizni, u bilan yashash ba'zi qiyinchiliklarga chidashingizdan afzal emasligining izhoridir.

#Ayollar #erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Oʻzim oʻzbek filologiyasi yoʻnalishida tahsil olaman
Bir qiz bilan doʻst sifatiga tanishganimga 2 yildan oshdi. U qiz bilan faqat ilmiy, kitobxonlik suhbatlarida koʻp faol qatnashamiz, u ham filologiyada oʻqiydi.
Oʻz sohasini yaxshi mutaxassisi, Xitoy tilidan dars beradi. Bir soʻz bilan aytganda gap soʻzlari joyida, sizni eshita oladi.

Savolim shuki uning ilm sohasidan tashqari, shaxsiy hayotda  qizlik,ayollik kabi yaxshi xislatlari borligini qanday bilsam boʻladi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Avval surishtirasiz: imkon qadar kengroq doiradan. Ma'qul bo'lsa, sovchi qo'yasiz. Ruxsat berishsa, yolg'iz qolmagan holda uchrashib, suhbatlashib ko'rasizlar. Ana o'shanda beradigan savollaringiz ham buni bilishga xizmat qilishi mumkin.

#Oila_qurish
Hubbuna
#Savol: Oʻzim oʻzbek filologiyasi yoʻnalishida tahsil olaman Bir qiz bilan doʻst sifatiga tanishganimga 2 yildan oshdi. U qiz bilan faqat ilmiy, kitobxonlik suhbatlarida koʻp faol qatnashamiz, u ham filologiyada oʻqiydi. Oʻz sohasini yaxshi mutaxassisi, Xitoy…
Azizlar, sizlardan kelayotgan savollarga javobni @Yechimhubbuna kanalida berib boryapmiz. Bu kanalga ba'zisini chiqaryapmiz, xolos.

Chunki juda ko'p savol beriladi, hammasini bu yerda chiqarsak, kanal yo'nalishi o'zgarib ketadi.
2024/09/29 22:25:04
Back to Top
HTML Embed Code: