Telegram Web Link
#Savol: Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Yaxshimisiz? Yoshim 23 da, hali o'zimga va oilamga mos munosib turmush o'rtoq (yigit) uchratmadim. O'zimni juda yolg'iz his qilyapman. Meni tushunadigan odamga muhtojdekman. Uyimdagilar bilan fikrlashimiz ham boshqacha. Chalg'ishga harakat qilyabman, bo'lmayabdi. Nima qilsam bo'ladi qalbim taskin topishi uchun?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Dunyoqarashi o'zingizga yaqin bo'lgan biri bilan tezroq oila qurishingiz kerak. Talablaringizni biroz qisqartiring: diyonatli, dunyoqarashi siznikiga yaqin bo'lgan, ko'rinishi va iqtisodiy holati o'rtacha bo'lgan yigitdan sovchi kelsa, turmushga chiqavering. Shuningdek, munosib nomzod bo'lsa, o'zingiz biror vakilingizni aralashtirsangiz bo'ladi.

Oila qurguncha yaxshi qizlar bilan do'st-dugona bo'lishga, ko'proq hamsuhbat bo'lishga harakat qiling — onlayn bo'lsa ham. Yaqinlaringiz bilan chiqa olsangiz, safarga chiqing. Ko'proq kitob o'qing. Xususan, kitoblar va kurslar orqali oilaga tayyorlaning. Qalb taskinini uxroviy narsalardan izlang.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sog'inchni zindonband etinglar, meni qiynab yubordi!

#sog'inch

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy doʻst haqiqiyligini isbotlashi shart emas

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollarni tushunish qiyin deydilar, vaholanki ular ochiq kitobga o'xshaydi: xitoy tilida, kvant fizikasi haqida yozilgan kitob!

Lekin ochiq! 😁

#Tabassum #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Birga ovqatlanish muhim!

Ma'lumki, ta'limotlarimizda yolg'iz emas, ko'pchilik bo'lib ovqatlanish tavsiya qilingan. Psixologlarning aytishicha, birga ovqatlanish insonlar orasidagi o'zaro aloqalarni yaxshilash uchun eng yaxshi fursat hisoblanadi. Shuning uchun juftingiz bilan birga ovqatlanishga harakat qiling.

#Ayollar #erkaklar #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalom alaykum. Mening oilamni buzishdi. Hozir ota uyimdaman, akam meniyam, qizimniyam kaltaklash darajasigacha boryapti. Ketsin deb onamga aytyapti, akam hali uylanmagan ham, men qayerga ketishni qayerda yashashni bilmayapman. Nima qilsam bo'ladi? Bitta qizim bor.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom.

1. Oilangizni qayta tiklash imkoni bo'lsa, tiklang.

2. Buning imkoni bo'lmasa, akangizga biroz sabr qilib turishini yotig'i bilan tushuntiring. Odamiylik, diyonat tushunchalarini eslating. Turmushi bo'lmagan qizga yaxshi qaragan otaga ulug' mukofotlar va'da qilingan, aka otaning o'rinbosaridir. Ota-onangiz va boshqa kattalar nasihat qilsin. Zarur bo'lsa, qattiqroq gapirib, tiyib olishsin.

3. Tezroq turmushga chiqing. Albatta, bu gal oila buzilib ketmaydigan qilib juft tanlang, shoshilganda yana xatoga yo'l qo'ymang.

4. Agar akangiz insoniyligini yo'qotgan bo'lib, sizlarga sabr qilmay, yomon muomalasini qilaveradigan bo'lsa, turmushga chiqquningizga ham chidamasa, unda ish topib, ijaraga uy olib chiqib turish eng oxirgi chorangiz bo'ladi. Aks holda turmushga chiqquningizcha undan zulm ko'rib yashaysiz.

Ogohlantirish: oilalilar, ajrashishdan oldin keyingi hayotingizni ham o'ylang. Akalar, otalar turmushi buzilgan qizlarga himmatli bo'ling va ularni uzatishga harakat qiling. Buning uchun o'zingiz og'iz solsangiz ham bo'ladi — hazrati Umar kabi.

#muammo

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitob xarid qilishda nimalarga e'tibor qilish kerak?

1⃣ Mavzusi qiziqishlaringizga mos keladimi? Shu mavzudagi kitobni o'qishga ehtiyojingiz bormi? Shularga qarang.

2⃣ Muallifi bu mavzuda kitob yozishga qay darajada haqli ekaniga qarang. Shu mavzuda mutaxassis kishi bo'lsa, yaxshi. Lekin mutaxassis kishilarning mavzuga oid kitobi biroz qimmatroq bo'lishi mumkin. Muallif haqidagi ma'lumotni kitobning o'zidan yoki internetdan izlab ko'ring.

3⃣ Kitob bilan umumiy tanishib chiqing. Mundarija, so'zboshini o'qib, ora-oradan o'qish bilan kitobning mazmuni va maqsadi bilan tanishing. Ma'qul bo'lsa, xarid qiling.

4⃣ Kitob haqidagi taqrizlarni o'qing. Bunday ma'lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda, onlayn kitob xarid qilish mumkin bo'lgan saytlarda juda ko'p. Shuningdek, yaqinlaringiz, tanish-bilishlaringizning kitob haqidagi fikrini so'rashingiz ham mumkin. Ayniqsa, kitobxo'r, ashaddiy kitobxonlar har bir kitob haqida ma'lumotga ega bo'ladi.

5⃣ Kitobning sifatiga qarang. Ba'zi kitoblarni xarid qilib, uygacha o'qib ketasiz, afsuski, yo'ldayoq kitob yirtila boshlaydi. Shuning uchun kitobning muqovasi, qog'ozi, tikilgan yoki kleylangan ekani, shriftlarining o'lchamiyu sahifalanishi kabi mayda tafsilotlariga ham ahamiyat qilib xarid qilsangiz, o'qishingiz oson bo'ladi.

6⃣ Tarjima kitoblarning tarjimasiga e'tibor qiling. Afsuski, oxirgi vaqtlarda ba'zi tojirlar kitobni google.translate'ga tarjima qildirib, muallif va kitobning nomidan boshqa hech qanday ma'lumot qo'ymagan holda nashr qilib yuboryapti. Kitob o'qishga yaroqsiz holda. Nomiga qiziqib xarid qilasiz, o'qisangiz tushunmaysiz. Shunday kitoblardan biri "Oqila ayol qoidalari" nomli kitobdir. Bir pulga qimmat kitob!

7⃣ Agar ashaddiy kitobxon bo'lsangiz, kitobning tahriri va imlosiga ham e'tibor qiling. Ba'zi kitoblarda imloviy xatolar juda ko'p, ba'zilari yaxshi tahrirlanmagan — gaplari tushunarsiz holda ham nashr qilinadi. Bu, albatta, kitobxonga zavq bermaydi.

Shu o'rinda qo'shimcha ma'lumot:

Bu yerda men haqimda ma'lumot;

Bu yerda kitoblarim haqida ma'lumot;

Bu yerda kitoblarimga taqrizlar;

Bu yerda kitoblarimdan iqtiboslar;

O'zim muharrir va musahhihman — kitoblarimda bu bo'yicha muammo bo'lmaydi, inshaalloh.

G'iyosiddin Yusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zi yigitlar qimmatbaho mashinada qizning oldiga borish bilan uni rozi qilaman deb o'ylaydi. Siz hozirgi qizlarni kim deb o'ylayapsiz?! Borish bilan emas, mashinani berish bilan rozi qilarsiz, balki!..

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Men bir qiz bilan telegramda ishqiy munosabatda boʻldim. U qizda bir kasallik bor edi, his tuygʻularga berilib bunga koʻz yumdim. Keyin qizga bu ishimiz notoʻgʻri toʻydan oldingi munosabatlar harom deb tushuntirdim va vaqti soati yetganda oʻzim sovchi qoʻyaman dedim. Endi u qizga uylanish niyatim yoʻq, lekin u qiz aniq bilamanki, hamon meni kutyapti, balki kelayotgan sovchilarni ham men sabab qaytaryotgandir. Men esa ochiqchasiga uylanmayman deb aytolmayapman. Nima qilsam boʻladi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Kimdir orqali uylanmasligingizni yetkazib qo'ysangiz bo'ladi. Endi bunday munosabatlarda bo'lmang.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftlikda bo‘lish doimiy oyna bilan yashashga o‘xshaydi, sizning asl tabiatingiz juftingiz bilan muomalangizda aks etadi.

Er-xotinlik munosabati boshqa hech qaysi munosabatga o‘xshamaydi. Ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi, aka-ukalar va opa-singillar, do‘stlar yoki hamkasblar bilan bo‘lgan munosabatga solishtirib bo‘lmaydi. Na ota-onangiz va na do‘stingiz sizni juftingizchalik yaxshi bilmaydi. Juftingizga ko‘ringan jihatlar boshqa hech kimga ko‘rinmaydi.

Tabiatimizning eng nozik va eng qorong‘u tomonlari juftlikda namoyon bo‘ladi. Juftlikda yashamagan odam hali kashf etilmagan hudud yoki hali o‘zlashtirilmagan qo‘riq yer deb o‘ylayman.

Inson ruhan ulg‘aygan sari juftini qanday bo‘lsa shundayicha qabul qilishni va uni o‘zgartirishga chiranmaslikni o‘rganadi. Haligi hazil gap bor-ku, "telefonimdan qoniqmay hadeb almashtiraveribman keyin bilsam gap o‘zimda ekan" deydi.

Dunyoda hech bir inson mukammal emas. Eng solih erda ham qandaydir yoqimsiz taraflar bo‘lishi mumkin, eng soliha ayolda ham yetarlicha ayblar topiladi. Chunki hammamiz insonmiz. Inson borki xatokor, hech kim nuqsonlardan xoli va ma’sum emas.

Oila sevgining o‘zi bilangina barpo bo‘lmaydi, balki kechirimlilik va bag‘rikenglik bilan saqlanib turadi. Har qanday baxtli ko‘ringan oilada har qanday lahzada ajrashib ketishga sabab topiladi, faqat sabr va murosa bilan turmush davom etadi. Sabr, xatolardan ko‘z yumish va o‘zaro tushunish bo‘lmagan oila uzoqqa borolmaydi.

Hammamiz o‘zaro kechirimli va bag‘rikeng bo‘lishga muhtojmiz. Jahl va g‘azab onlarida tilni tiyish bizni ko‘p muammolardan saqlaydi. Alloh ahvolimizni isloh qilsin, barchamizga tavfiq va hidoyat bersin.

Iroda Ahmed

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftingizga rahmat aytish, maqtash, yaxshiliklarini e'tirof etishga e'tiborli bo'ling. Har kun bularni qiling. Shirin so'zlar bilan hayotingizni shirin qiling.

#Ayollar #erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Millat qutqariladi, qachonki ularning qadri oshsa...

Ushbu videoni millatning isloh boʻlishiga sababchi boʻladiganlarga yuborib qoʻying.

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
📌 Munosabatlarni nima buzadi?

👀 Pashshadan fil yasash

Hech kim mukammal emas. Ko'p janjallar gap-so'z u yoqda tursin, hatto e'tiboringizga ham arzimaydigan mayda-chuydalar tufayli sodir bo'ladi.

• U axlatni tashlashni unutdimi — sayr qiling va birga tashlang.
• U piyolani sindirdimi — bu hamma bilan sodir bo'lishi mumkin, birgalikda yangisini oling.
• U ovqatning tuzi kam solibdimi — ovqatingizga tuz solib ichsangiz kifoya...

#Muammo #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum.
Unshatirilganimizga 6 oy bo'lyabdi, ma'lum bir sabablarga ko'ra to'y keyinroq bo'ladigan bo'ldi. U yigitni hamma yaxshi deb maqtaydi. Sovchi orqali ko'rishganimizdan keyin darrov fotihalab qo'yishdi. Men o'qishim sababli boshqa viloyatda yashayman. Ota-onamga shu inson manzur bo'lgani uchun rozi bo'ldim. Bo'lajak turmush o'rtog'im men bilan umuman qiziqmaydi, xabar ham olmaydi. Agar u kishi dindan xabardor bo'lganida, namoz o'qiganlarida men buni to'g'ri qabul qilardim. Hech bo'lmasa kimdur orqali men bilan qiziqshi, xabar olishi kerak-ku? To'g'risi, yuragim ezilib ketyapdi kimga turmushga chiqyapman, menda ko'ngli bormi-yo'qmi  tushunmayapman.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Xabar olmaganidan ham ko'ra dindor bo'lmagan kishiga turmushga chiqayotganingiz musibat, siz yaxshisi shu haqida o'ylang.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Dildan gaplashmasangiz, go‘zal joylarga piyoda bormasangiz, birga kino ko‘rmasangiz, shunchaki janjallashib, uyda telefon kavlab o‘tirsangiz, oila qurgandan nima foyda?!

#Oila_qurish #tarjima

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishdan kelgan jufti halolingizni siz qanday kutib olasiz?

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollar logikasi

Agar ayol kishiga "Ba'zi gaplarni hech kimga aytib bo'lmaydi" desangiz, "Nima gap?" deb so'raydi.

#Tabassum

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Singlimni yaqinda oʻzining kursdoshiga unashtirdik. Ular shu yil bitirishdi. Bir-birlarida koʻngli borligi sabab yigitning hali qoʻlida ishi boʻlmasa ham ota-onam qarshilik qilmadi. Ota-onasi sovchilikka kelishganda yaqinda katta oʻgʻllarini uylantirishgani toʻyni biroz choʻzishlari mumkinligini aytishgandi (yaʼni sharoit yuzasidan). Ammo dadam bunga rozi boʻlmadilar. Endi kelinga qilinadigan narsalarda kam-koʻst koʻp uchrayapti. Bu holatda yigit ham u yer-bu yerda ishlab toʻyi, mebeli, kelinning kiyim-kechagi uchun harakat qilishi kerak emasmi? Davlat ishiga joylashgunga qadar olma pish ogʻzimga tush deb yotish qanchalik toʻgʻri?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu vaziyatda ixchamroq qilib, xarajatni kamroq qilib to'yni o'tkazib olinglar. Qolgan kam-ko'stlar to'ydan keyin qilinaveradi.

#Oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Men sizga dunyoda to'kis hayotni va'da qilolmayman, lekin abadiy hayotda — jannatda birga bo'lishimiz uchun bor imkonim bilan harakat qilaman.

#Muhabbat #oila_qurish

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Iffatingiz va hayoyingizni sunʼiy eʼtiborga almashmang!

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/28 20:20:32
Back to Top
HTML Embed Code: