Telegram Web Link
#Savol: Assalomu alaykum. Turmush o’rtog’im meni sevib turmush qurganlar. To’yimizga 6 oy bo’ldi, homiladorman. Lekin kun sayin erimning menga bo’lgan munosabati, etiboru boshqacha…. Judayam siqilib ketganimda ham ko’ngillari og’rimaydi etibor bermaydilar.. doim ichlarida saqlaydilar. Yuzaga chiqarmasalar men ham bu narsani his qila olmayman. Savolim shuki er xotiniga sevishini aytmasa etibor qilmasa mehr ko’rsatmasa yig’laganida yonida suyanchiq bo’lmasa shunda ham er xotinni sevadi deganimi? Shunda ayol qanday yo’l tutsin?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Shunda ham sevadi deyish mumkin yoki yo'qligini u insonning tushunchasini bilganda aytish mumkin. Ya'ni u bu narsaga o'rganmagan bo'lsa, erkak kishi o'zini shunday tutishi kerak deb o'ylasa, demak, shunda ham sevadi. Lekin bu to'g'ri tushuncha emas, uni bu qobiqdan chiqarish kerak. Buning uchun siz ko'proq mehr-e'tibor, dil izhorlari bilan o'rnak bo'ling.

Ikkinchidan, hozirgi holatingizda munosabatlar o'zgarib qolishi bir tomondan tushunish mumkin bo'lgan holat. Bu o'tkinchi narsa. Hali farzandingizni qo'lga olganizda sekin hammasi yana iziga tushadi. Siz oila qurgan vaqtlaringizdagi munosabatingizni saqlab qolishga harakat qiling.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Jismni yo'qotishdan cho'chimaslik qalbida yo'qolishga olib borib qo'ymasin!

Ya'ni ba'zi oilalarda 2-3 ta farzandli bo'lgandan keyin endi qayerga ham borar edi deya ayolga o'ylamay muomala qilinishi kuzatiladi. Bu er bo'lsa ham, qaynona bo'lsa ham ayolni yo'qotishdan cho'chimay qo'yganidan unga zulm qilishga o'tishadi. To'g'ri, bu vaziyatda ayol ajrashib keta olmasligi mumkin, ammo zulm qilgandan ko'ngli qolib ketadi.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bir ayol ilm o'rganish uchun safarga chiqmoqchi, lekin turmush o'rtog'i unga hamrohlik qila olmaydi. Shuning uchun bunga ruxsat bermayapti. Ayolning ota-onasi o'qishing kerak deyapti, o'zi ham o'qishni xohlaydi. Shu vaziyatda ayol eriga itoat qilishi kerakmi yoki ota-onasigami?

#Muhokama

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Turmush o‘rtog‘imga bir gap aytib bo‘lmaydi bir pastda opalariga solishtiradi meni, shu tomondan ko'p urishamiz.

G'iyosiddin Yusuf:

— Unday qilmasin, urishmasdan bu sizga og'ir botishini ayting. Umuman, hech bir insonni taqqoslash yaxshi emas.
Juftingiz bilan orangizni yaxshilash, u bilan suhbatlashishga mavzu topish uchun uning qiziqishlari bilan qiziqing. U nima haqida gapirganda ko'zlari quvnab ketadi? Kimlar bilan xushchaqchaq holda gaplashadi — ularning qanday sifatlari bor?

Erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham vazifa bu. Baxtli bo'lay, farovon, halovatli oila kechiray desangiz, bularni bajaring.

#Mashq

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"O'xshamas senga olamda hech bir go'zal yuzi,
O'xshamas sening oddiy so'zingga hech kimning so'zi!"

#Muhabbat #izhor #bayt

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💫 Oila borasidagi bilimlarimni insonlarga ulashganimda ularning hayoti yaxshi tomonga o'zgarayotganidan xabardor bo'lish menga ajoyib hissiyot beradi.

❤️‍🩹 Darz ketgan munosabatlarni tiklab, o'rnini yana muhabbat bilan to'ldirishga sababchi bo'layotganimga shukr qilaman.

🔸 Ilm orqali oilaviy muammolariga yechim topib, oralaridagi muhabbatni ziyoda qilish uchun harakat qilayotgan juftliklarga yordam berish bu mening asosiy maqsadlarimdan biri.

*Yuqoridagi rasmlarda shunday insonlardan ba'zilarining fikrlarini keltirib o'tdim.
Siz "ayolim uchun ishladim" deysiz, ammo ayolingiz siz uchun, sizning farzandlaringiz, ota-onangiz, uka-singillaringiz uchun uy ishlarini qilishini, kelishingizga taomingizni hozirlab, kiyimlaringizni yuvishini, nonushtangizni tayyorlab, yana kelguningizgacha yo‘lingizga intizor bo‘lib kutishini, duoyi joningizni qilib, yana sizning minnatlaringizni eshitsa-da, "miq" etmay jilmayishini ham bilasizmi!?

Salim Ayyubiy

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (53 minutes)
​​Sog'lom yaqinlik qanday bo'ladi?

Juftimga u menga sadoqatni kafolatlagani uchun emas, oramizdagi hurmat va muhabbat yuzasidan ishonaman. Unga erkinlik berga holda ishonishni tanlayman.

Juftim mendan yomonroq va ahmoqroq emasligiga ishonchim komil, shuning uchun u mening ko'rsatmalarim va nazoratimga muhtoj emas.

Biz ham birgalikda, ham alohida vaqt o'tkaza olamiz. Umumiy va bir-biriga o'xshamagan qiziqishlarimiz bor.

Juftim bilan muhim qarorlarni uning ruxsatini olishim kerakligi uchun emas, balki uning fikrlari men uchun muhimligi sababli muhokama qilaman.

Uning qaysidir harakatlari meni xafa qilsa, unga bu haqida aytaman.

Juftimdan barcha kutilmalarimga mos bo'lishini kutmayman va talab qilmayman.

Hamma taraflama o'xshashimiz, bir xil fikrlab, bir xil harakat qilishimizni baxtimizning asosi qilib olmayman.

Juftimning hislarini hurmat qilaman, ularni qadrsizlantirmayman va undan ham shuni kutaman.

Ikkimiz kelishib olgan barcha qoidalarga, chegaralarga amal qilaman va undan ham shuni kutaman.

Munosabatlarimiz qachondir tugashi mumkinligini tan olaman va qabul qilaman, bu meni qayg'uga solsa ham hayot bu bilan tugab qolmasligini bilaman.

Ikkimiz ham vaqt o'tib o'zgarib borishimizni tan olaman.

O'z hislarim va harakatlarim uchun faqatgina o'zim javobgarman.

Muhabbatimiz men uchun nihoyatda qadrli, ammo u hayotimning bir qismi, xolos.

Raxshona Muzaffar

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol muhabbat manbayidir, uning muhabbati u yoqtirgan oʻrinlarda joʻsh uradi

Ayrim erkaklar ayol boylikni sevadi, kelishgan koʻrinishni yoqtiradi deb oʻylaydi va shunga koʻra ayolning muhabbatini qozonish uchun  puldor koʻrinishga, oʻktam qomatli boʻlishga urinadi.

Ammo aslida  ayol uchun eng maʼqul erkak suyansa boʻladigan erkakdir.

Ayol oʻzi suyana oladigan erkakning boshqa barcha kamchililaridan koʻz yuma oladi, agar suyana olmasa, u erkakning barcha fazilatlari u uchun  begona boʻlib koʻrinadi.

Aksar koʻngil sovishlar suyana olmaslikdan kelib chiqadi.

Shunday ekan, avvalo, ayolingizga suyanchiq boʻling, ana shunda siz unda haqiqiy muhabbatning jilosini koʻrasiz.

Mahbubiy

#Ayollar #erkaklar #Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Psixolog onadan tavsiyalar

Bolalar meni nimaga o'rgatdi?

❤️ Ushoqlar va legolarni bosmasdan yurib o'tishga😅 bo'lmasa, umrim tozalash va yig'ish bilan o'tarkan;

❤️ Yuvilmagan idishlarni rakovinada qoldirish mumkinligiga. Ba'zan bundan ham muhimroq ishlar bo'larkan. (Hozir bu muammo yo'q, idishlarni mashina yuvadi😀);

❤️ Rejalarni soniyada o'zgartirishga/keyinchalik, umuman reja tuzmaslikka;

❤️ Qo'l izlari chaplab tashlangan oyna va jihozlarni oldidan befarq o'tib ketishga😅;

❤️ Keyin esa tozalab artgan oynalarimni orqamdan nam salfetka bilan boshqatdan chaplab chiqsa ham e'tibor bermaslikka;

❤️ Ba'zi narsalarni umuman kutilmagan joylardan topib olsam hayron qolmaslikka: oyoq kiyimlarni yotoqning tagidan, qoshiqlarni manejdan, o'yinchoqlar idish-tovoqlarni ichidan chiqib kelishiga;

❤️ Va umuman hamma joydan o'yinchoqlar chiqib kelishiga: yuvinish xonasida ham o'yinchoq, sochiqlar taxlangan tortmada ham o'yinchoq, oyoq kiyimni ichida ham o'yinchoq, muzlatkichda ham o'yinchoq;

❤️ Rasm chizib tashlangan devorlar tufayli asabiylashmaslikka;

❤️ Xohlagan ishni oxirigacha tugatmay qo'yish mumkin ekan, mutloq har qanday ishni😄;

❤️ Orqa fonda multfilm, baqir-chaqir bilan kitob o'qishga, dars qilishga;

❤️ Shirinlik, konfet, shokoladlarni tezroq yeb olishga😅;

❤️ O'zim va bolalarni kiyimidagi dog'larga xotirjam qarashga;

❤️ Ishlatilgan, lekin vaqtida balandroqqa olib qo'yilmagan pomada, krem, kosmetikalar bilan osongina xayrlashishga;

❤️ Oddiy narsalarga ham xursand bo'lishga, sabrli bo'lishga, bir necha yil ketma-ket uyquga to'ymasdan ham yashash mumkinligiga, usting kir, qo'llaring shira bo'lsa ham quchoqlashish mumkinligiga;

❤️ Kiyimlarni dazmol urmasdan ham kiyish mumkinligiga);

❤️ Uyulib yotgan kiyimlarni pastga uloqtirib, mazza qilib uxlashga; 😄

❤️ Endi hayotim avvalgidek bo'lmasligi va bu aslida eng katta baxt ekanligiga. 🥰

Raxshona Muzaffar

#Tabassum
Erkaklar, ayolingiz biror muhim ishga bel bog'laganda uni rag'batlantirib, qo'llab-quvvatlab, iloji bo'lsa, yordam berib turing. Bu o'z ustida ishlash bo'lishi mumkin yoki jamiyat uchun foydali bir ishdir, balki qaysidir ilmni o'rganayotgandir.

Siz uni maqtab, doim u bilan ekaningizni, unga ishonishingizni ayting. Bu uning uchun juda katta dalda, turtki bo'ladi. Albatta, imkon qadar amaliy jihatdan ham yordam bering.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Birinchi raqamli muxlisi bo‘ling 🤍

💡 Farzandingizga his-tuyg‘ularini ochiq aytishni o‘rgating:
u o‘z his-tuyg‘ulari bilan kurashishni va uni to‘g‘ri ko‘rsatishni o‘rgansin.

💡 Uning birinchi raqamli muxlisi bo‘ling:
ba’zida xijolat bo‘lsa ham, uni doim kuzatib turadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan odami borligini his qilsin.

💡 Birgalikda kitob o‘qing:
bolalar kitobni se­vishni ota-onalarining tizzalarida o‘tir­gan­lari­da o‘rganadilar. Farzandingizni kitob o‘qishini xoh­lasangiz, o‘zingiz ham u bilan birga kitob qah­ramoniga aylaning.

💡 Undan oldingi ko‘p odamlar buyuk ishlarga erish­ganligini ayting:
unga buyuk yozuvchilar, olimlar, sahobalar hayoti, ular qanday yashab, qanday mu­vaffaqiyatlarga erishganliklari haqida gapirib bering.

💡 Unga o‘rnak bo‘ling:
kichkina bolangizga har ku­ni qanday halol va aqlli inson ekanligingizni ko‘rsating. Unga o‘rnak bo‘la oladigan darajada ko­mil inson bo‘ling.

💡 Farzandingizga odobli bo‘lishni o‘rgating:
unga «iltimos» va «rahmat» deyishni, odamlarga yordam berishni, xushmuomala bo‘lishni o‘rgating.

📔 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Halovat tushunish demakdir. Dunyo tashvishlari yelkasida bo'lgan erkak kimning tushunishini kutadi? G'amlarini onasidan yashirgan erkak kimdan taskin istaydi? Qizining oldida qaddi g'oz turishi kerak bo'lgan erkak kimning tizzasiga bosh qo'yib yotgisi keladi? O'g'illariga mard, jasur, shijoatli kishi sifatida o'rnak bo'ladigan erkak ham ba'zida bir turtki, dalda, tasalliga muhtoj bo'ladi, uni kimdan kutadi?

Bu barcha savollarning javobi bittadir — ayol! Jufti halol! Ha, o'zi zaif bo'lsa-da, erini qo'llab-quvvatlaydigan, dalda bo'ladigan, halovat bo'ladigan kishi bu xonadonlarimizdagi ayolimizdir!

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurishda aqlga ergashish kerakmi yoki yurakka?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Onda-sonda boʻlsa ham, bir-biringizga sovgʻa berib turing. Maqsad qimmatbaho hadyalar berish emas, balki oʻzaro hurmatni ifodalash, oilada paydo boʻladigan zerikish, ichikish kabi tuygʻularni ketkazishdir. Ayol kishi erining psixologiyasini bilishi ham juda muhim unsur. Chunki erkak kishi hurmat va eʼtiborga muhtoj. Qolaversa, birov uni shijoatlantirib turishini istaydi. Darvoqe, ayol kishi esa himoya, eʼtibor va eridan maqtov eshitishga muhtoj boʻlib yashaydi.  

Yusuf Xattor Muhammad

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/28 20:19:57
Back to Top
HTML Embed Code: