Telegram Web Link
#Savol: Assalomu alaykum. Oilaparvar turmush o'rtoq tanlashda u insonning qaysi jihatlariga e'tibor berish kerak: xulqigami yoki oilaviy sharoitigami?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Xulqiga.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qarzingizni beryapsizmi?

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Unashtirilgandan so'ng, nikohdan oldin to'ygacha qizga kitoblar berib musobaqalar qilish qanchalik to'g'ri? Misol uchun, 3-4 haftada bir marta.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Orada opa-singlingiz kabi yaqin ayollarni vositachi qilib qilsangiz bo'ladi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum, savolim shundaki, bir qiz bir (taqvodor, ilmli) yigitga bevosita ko'ngil qo'ydi. Ko'p bora istixora qildi, istixoradan keyin yigit u qizga xohishi yo'qligini aytdi. Qiz bo'lsa u insondan boshqasida taskin topa olmayman deb o'yladi, endi u Allohdan o'sha insonni so'rayvergani yaxshimi yoki yolgʻiz o'tib ketgani?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. U yigitni unutsin. Taskin bo'ladiganini so'rasin. U qiz uchun o'sha yigitdan afzali bitilganki, bu bilan taqdiri qo'shilmabdi. Toq o'tmasin, taqdiriga yozilgani uchraydi hali, o'sha bilan baxtli bo'lsin!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Men bir yigit bilan unashtirildm, u bola bilan gaplashsam bo'ladimi? Telefonda qanaqaligini bilish uchun. Oldindan rahmat.

G'iyosiddin Yusuf:

— Bo'lmaydi. Qanaqaligini bilish uchun surishtirish kerak, keyin unashtiruvga rozilik berish kerak (edi). Shunda ham qanday ekanini yashagandan keyin yaxshi bilasiz.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Er va ayol munosabati yaxshi bo'lsa, ayol bor diqqatini farzandlarining ta'lim-tarbiyasiga qarata oladi. Sokin va baxtli bo'la oladi. Ba'zan buning yo'llari juda qiyin. Ba'zan juda oson. Men ba'zi narsalarni o'zgartirganimdan so'ng hayotimda jiddiy o'zgarishlarni ko'rganman.

— Turmush o'rtog'im nechada kelsalar ham sog'-salomat kelganlari uchun quvonish, shukur qilish (biror narsa bo'lishi ham mumkin edi-ku);

— Sovg'a kutmay, o'zim berish. Avvallari juda ko'p narsa kutardim. Hozir o'zim oddiyroq narsa bo'lsa ham sovg'a beraveraman. Bu menga yoqadi. Ulardan kutmayman;

— Rahmat aytish. Avvallari ta'minotni vazifasi sifatida qarasam kerak, e'tibor bermas edim. Hozir oddiy piyoz olib kelsalar ham rahmat aytaman;

— Tilni tiyish. Aslida bu eng muhimi ekan. Ayollardagi kuchli hissiyot, emotsiya zarur omil bo'lsa-da, uni jilovlash, aqlni ko'proq ishlatish oilada muhim;

— Suhbatlashish. Qiziqishlar, taassurotlar. O'z hissiyotlarimni o'zim tanimas ekanman-u, meni tushunishlarini xohlar ekanman. O'zimni anglay boshlagach, meni nimalar xafa qiladi, xursand qiladi ochiq gaplashish. Ba'zan kelishmovchilikdan so'ng, biroz vaqt o'tib (o'sha payt emas) birgalikda tahlil qilish;

— Tanqidni qabul qilish. Menga nisbatan salbiy fikr aytsalar, garchi yoqmasa ham tinglash, tahlil qilish, tan olish;

— Hech kim bilan oilamni solishtirmaslik. Men dunyodagi eng zo'r, kuchli insonning ayoliman. Tamom;

— Ularga nima yoqadi. Garchi menga yoqmasa ham hurmat qilish. Shaxsiy chegarani buzmaslik;

— O'zgartirishga harakat qilmaslik hech kimni. O'zimdan boshqa;

— Uzr so'rash. Er-xotin o'rtasida uzr so'ragan odam "past" bo'lib qolmasligini tushunish.

Va men anglagan narsa, oilada eng muhimi hurmat. Hurmat qilinmagan oila mo'rtdir. Garchi muhabbat bo'lsa-da. To'liq oilaviy munosabatlarni ko'rmagan, oila haqidagi tushunchani badiiy kitoblardan, filmlardan olib ulg'aygan bir men uchun bu jarayonga yetib kelish albatta, uzoq va qiyin kechdi.

Biz shunday filmlar, seriallar olamida o'sdikki, bularning barchasi oilaning dushmani edi. Noto'g'ri ideallar jamiyatimizning eng kichik va eng muhim bo'g'ini-oilalarni ag'dar-to'ntar qildi. Biz o'qigan, romantik badiiy kitoblar esa dunyoqarashimizni o'stirish bilan birga o'ldirdi.

Garchi psixolog bo'lmasam-da, bu mavzuda uyalsam-da, ba'zi mulohazalarimni yozdim.

Gulchiroy Ibrohimova

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💡 Qanday qilib farzandingizga uy vazifalarini mustaqil bajarishni oʻrgatasiz?

Hech ham esimdan chiqmaydi. Maktab davrlarimda qachon dars tayyorlagani oʻtirsam, dadam har xil meva-chevalarni bir idishga chiroyli qilib kesib, dars stolim ustiga qoʻyardilar. Keyin yelkamga qoʻllarini qoʻ­yib: “Qizim, dars tayyorlashga oʻtirganingni koʻrsam, xursand boʻlib ketaman. Shuncha harakatlaring bir kun, albatta, samarasini beradi. Toliqib qolma, biroz miyangga dam berib, mana bu mevalardan yegin ”, der edilar. Dadamning mehribonchiliklaridan kayfiyatim koʻtarilardi. Ayniqsa dadam olib kirgan mevalarni yeganimda kuchimga kuch qoʻshilganday boʻlardi va yana dars qilishga kirishib ketardim.

📚 Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmuʼtining
"Farzand tarbiyasida 700 saboq" kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sevsangiz, butun seving!

Yaxshi tomoni bilan birgalikda yomon tomonini ham. Faqat yomonligini eslab, yaxshiligini unutib qo‘ymang! Zero, hadisda: «Mo‘min kishi mo‘mina ayolini yomon ko‘rmasin! Uning bir xulqi yoqmasa, boshqa xulqi yoqadi», —deyilgan.

Abdulhodiy Yusuf

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum, ustoz!
Birinchi guruh nogironi boʻlgan, yaʼni yurolmaydigan odam ham uylanishi mumkinmi?
Agar bu mumkin boʻlsa, men tushunmayotgan joyim, unday odam moddiy va maʼnaviy jihatdan nikohga qodir boʻlsa ham, jismoniy jihatdan qodir emas hisoblanmaydimi?
Iltimos, shunga oydinlik kiritib bersangiz.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Yurish u yoqda tursin, yotgan joyidan tura olmaydiganlar ham oilali, bolali bo'lib yuribdi. Bunda yigit doimiy qarovchiga muhtoj bo'ladi. Bu vazifani kelin bo'lmish zimmasiga olsa, kuyovning shu holiga rozi bo'lsa, oila qursa bo'ladi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Alqissa, bir kishi donishmandning huzuriga kelib, xotinining koʻnglini ovlash yoʻllarini soʻrabdi.

— Yaxshilab maqtagin! — deb maslahat beribdi shunda donishmand. — Ayollar qulogʻi bilan sevadi!

Ana soʻng haligi odam xotinini maqtaydigan boʻlibdi!

Erta-yu kech nuqul xotinini maqtayveribdi. Kunlardan bir kuni esa...

— Menday ayol kelib-kelib sen bilan yashab yurgan ekan-da, — deb uni xotini tashlab ketgan ekan!

Xullas, ayollar borasida baʼzan donishmandlar ham adashib turadi...

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Diqqatni jamlang 💬

💡 Divanda chalqancha yotib kitоb o‘qish tanangizni bo‘shashtiradi, ko‘p o‘tmay uxlab qоlasiz. Yetarli darajadagi axbоrоtni gavdani to‘g‘ri tutib o‘qigandagina оlishingiz mumkin.

🧋 Masalan, stоlga risоladagiday jоylashib, оyoqlarni yerga qo‘yib mutоlaaga kirishsangiz, e’tibоringiz sezilarli darajada оshadi. Ba’zilar turib o‘qishni yoqtiradi, ba’zilar esa u yoqdan bu yoqqa yurgancha o‘qishni afzal biladi.

💕 Mutоlaa nafaqat ko‘ngilga, balki tanaga ham zavq berishi kerak. O‘zingizga ma’qul usulni tanlang.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum. Bir yigit sovchi qo'ygan edi, ko'rishib ko'rishimiz kerak bo'ldi, undan oldin men istixora o'qib, keyin chiqdim. Menda hammasi yaxshi edi, ijobiy javob deb qabul qildim. Oradan 1 oy o'tdi 2 marta uchrashdik, lekin u bola onamga istixora o'qigandim 2 marta tushimda birga bo'lmaganimizni ko'rdim debdi, lekin manga ayta olmayabdi ekan. Nima qilishim kerak endi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bo'ldi, u yigit bilan gaplashmang, aloqani uzing. Onangizga aytgani yetarli bo'ladi.

"Menda yaxshi edi-ku" desangiz, balki u siz uchun xayrli bo'lsa-da, siz u uchun xayrli emasdirsiz, shuning uchun shunday bo'lgandir. Endi undan ham yaxshisi uchrashiga tilakdoshman.

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
KO‘NGILDA QOLING...

Dunyoga keldingiz bir bor, qadrdon,
Shunchaki yaxshilik qilishdan tolmang.
Birovga yetkazmang ozor hech qachon,
Ko‘ngilda qoling-u, ko‘ngildan qolmang.

Kimningdir dilini og‘ritib qo‘yib,
Afsusda yonmang so‘ng bag‘ringiz o‘yib.
Axir kim mehrga qolibdi to‘yib,
Ko‘ngilda qoling-u, ko‘ngildan qolmang.

Ketmoq uchun keldik, qolmoqqa emas,
Bermoqqa ulguring olmoqqa emas.
Hech kim bu dunyoga qaytadan kelmas,
Ko‘ngilda qoling-u, ko‘ngildan qolmang.

Birovning xatosin sanab, axtarib,
Ustiga mag‘zava qo‘ymang ag‘darib.
Ko‘ngil guldek nozik, yetimdek g‘arib,
Ko‘ngilda qoling-u, ko‘ngildan qolmang.

Axir kim adashmas kim qilmas xato,
Umringizni g‘iybat qilmasin ado.
Sadaqa deyishar tabassum hatto,
Ko‘ngilda qoling-u, ko‘ngildan qolmang.

Kimni ko‘taribdi ko‘klarga nolish,
Eng og‘ir jazodir ko‘ngildan qolish.
Go‘zal taqdir erur qalbdan joy olish,
Ko‘ngilda qoling-u, ko‘ngildan qolmang.

Dilobar O‘rolova

#Шеър

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalamu alaykum. Bir qiz bilan ahd-u paymon qilgandik, qizning ota-onasi menga berishni xohlamadi. Keyin u qiz bilan yomon ish qildik. Endi qiz xohlamay qoldi. Men qanday yo'l tutay? 2 marta unashtirilib, fotihasi shu ish sababli buzildi. Lekin menga hali ham rozi boʻlmayapti. Nima qilsam togʻri boʻladi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur ustoz.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Yomon ishni qilishdan oldin o'ylaganingizda edi! Bermasa, uylanmay qo'yish kerak edi shunda! Endi ota-onasiga qilgan ishlarizni aytib, uzr so'rab, pushaymonligingizni bildirib, oila qurishingizga izn berishlarini so'rang. Qizga ham vaziyatni tushuntiring. Ochig'ini aytganda, siz bilan yotib, boshqa bilan yashab ketishi qiyin — qaysi oriyatli yigit buni qabul qilardi?! Endi hammasiga siz aybdor hisoblanasiz va malomatlarga chidab, uylanishga bor imkoniz bilan harakat qiling. Shunda ham berishmasa, tegmasa, orani ochiq qilasiz, boshqa chora yo'q!

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Psixolog Rozaliya Gabdulxakova yozadi:

Saboq

Oʻgʻlim tugʻilishi hayotimni oʻzgartirib yuborgan edi. Butun qalbim faxr bilan toʻla, mening farzandim hammadan oʻzgacha ekaniga ishonchim komil edi. Chaqaloqligidan ishtonini hoʻllamasligi, 1 yoshligida gapirishni, 2 yoshligidan oʻqishni boshlashini kutgandim. Internetda qobiliyatli bolalarni koʻrib havasim kelardi. Hamma mening farzandimni maqtashini, havas qilishini xohlardim.

Oʻgʻlim 1 yoshga toʻlib oʻtsa ham ishtonini hoʻllar, shuncha harakat qilsam ham harflarni eslab qololmas, ustiga ustak hatto yaxshi gapirolmasdi ham. Har bir hoʻl ishton yuragimni ezar, dunyo koʻzimga qorongʻi koʻrinardi.

Har kuni soatlab harflarni oʻrgatardim, tuvakda hojatini chiqargunicha oʻtirishga majbur qilardim.

Kunlardan bir kun tushimda oʻgʻlim koʻchaga yugurib chiqib ketdi, koʻchada mashina uni bosib ketdi va u olamdan oʻtdi. Qalbim ogʻrigʻiga chiday olmasdim, koʻz yoshlarim tinmasdi. Alloh yozgan taqdirni qabul qilaman deb oʻzimni qoʻlga olishga harakat qilardim. Qalbimdagi ogʻriq kuchidan tanam ham ogʻrib uygʻonib ketdi. Oʻgʻilcham oldimda uxlab yotardi.

Tushim meni tarbiyaladi, noshukrlik qilayotganimni tushunishimga yordam berdi. Ishtonini hoʻllasa ham, yaxshi gapira olmasa ham bolajonim oldimda ekani baxtim ekanini tushundim. Odamlar unga qoyil qolmasa ham, 4 yoshida oʻqishni qoyillatmasa ham uni sogʻlomligi va borligi hayotim mazmuni ekanini tushundim. Mayli u daho boʻlmasin, indigo boʻlmasin, baxtli va sokin hayotini iymoni bilan yashab oʻtsa bas.

Bu tushni koʻrganimga koʻp yillar boʻlgan boʻlsa ham sabogʻi doim yodimda. Doim bolalarim bilan qandaydir qiyinchilikka duch kelsam, ular hayotimda yoʻq boʻlib qolsa nima boʻladi degan xayol keladi. Muammoga boshqa tarafdan qarab, Allohga hamd aytib har kunlik hayotimizni davom etaman...

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hubbuna
Video message
Oila ilmi - eng muhimi.

💌 Juftingiz bilan har kuni shirin suhbatlar qilishni, sizni doim qo'llab-quvvatlashini his qilishni, doim bir-biringizga tomon talpinib yashashni birgina siz emas, ayolingiz yoki eringiz ham xohlaydi.

🌹 Oila borasida menga konsultatsiya so'rab kelgan insonlarga yoki oila bo'yicha darslarimda ham doim ta'kidlab kelaman - romantika, gullar bilan kutib olish, juftingizni sevgisini his qilib yashash faqat kinolarda emas.
Assalomu alaykum va rahmatulloh!

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! Alloh taolo tutgan ro‘zalarimiz, qilgan ibodatlarimizni qabul aylasin! Barchamizga ikki dunyo saodatini bersin!

Oilalarimiz tinch-totuv, farovon bo‘lsin!

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Meni tushunish juda qiyin bo‘lganda tushun. Chunki o‘sha paytda sening tushunishingga juda muhtoj bo‘laman.

Jamoliddin Muhammadjon

@hubbuna
Janjal yuzaga kelganda agar xato erkakdan o‘tgan bo‘lsa, demak, erkak aybdor. Agar ayol xato qilgan bo‘lsa, erkak uni tushunishi kerak edi. Demak, erkak aybdor.

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/28 22:20:07
Back to Top
HTML Embed Code: