Telegram Web Link
Azizlar, ayollar va erkaklar uchun oila qurishdan oldin tayyorgarliklar, oilaviy muammolar va ularning yechimlari, er-xotin orasidagi xos munosabatlar va shu kabilarda 2,5 soatlik audiodars tayyorladik. Baxtli, farovon oila uchun albatta kerak bo'ladi. Marhamat, ushbu havolani bosib batafsil tanishing!
Ba'zi bo'ydoqlar oila qurishdan oldin tezroq yorga yetish ilinjida hammada ham kamchilik bor, beayb Parvardigor deb bo'lajak kelinning kamchiliklariga ko'z yumadi. Oila qurib, maqsad hosil bo'lgandan keyin uning kamchiliklarini birma-bir ko'ra boshlaydi. Hatto oxiri "Qo'lingdan bir ish kelmaydi!" deyishgacha borishi mumkin. Bu holatga tushmaslik uchun hissiyot bilan emas, aql bilan ish qilishga harakat qiling — oila qurishdan oldin ham, keyin ham.

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitobxonlik madaniyati 🌷

Yozuvchidan, u tanish, hattо yaqin qarindоsh bo‘lsa ham, kitоbingni sоvg‘a qil deb so‘ramaslik kerak. Aksincha, necha pul tursa ham, do‘kоndan xarid qilib, imzо, dastxat uchun muallifga оlib bоrish lоzim. Shundagina siz uning mehnatini qadrlagan, ko‘nglini ko‘targan hamda kitоbning asl bahоsini (u faqat pul bilan o‘lchanmaydi) bergan bo‘lasiz.

Chet ellarda kitоblarning “imzо kunlari” uyushtiriladi. Unda xaridоrlar do‘kоndan kitоbni sоtib оlib, o‘sha yerda hоzir muallifdan dastxat qo‘ydirib оlish imkоniga ega bo‘ladilar va o‘sha kunlari kitоb savdоsi (u necha pul turishidan qat’iy nazar) avjiga chiqadi. Bizda esa hali kitоb chiqmay, yuzta esh-qarindоsh “sоvg‘a qil” deb navbatga turadi. Yozuvchi yozsin, yugurib-yelib nashr etsin va sоvg‘a qilsinmi? Kechirasiz-u, o‘zini hurmat qilgan yozuvchi bunaqa qilmaydi. Gap faqat pulda emas, gap o‘quvchining shu kitоbni sоtib оlish uchun nimalardandir vоz kechgani, qurbоn bergani evaziga unga ehtirоm ko‘rsatganida.

Shahnоza Sоatоva

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachon oila qurish kerak?

Kecha instagramdagi ushbu video izohida ba'zilar "bularni qilish uchun yosh 37 ga kirib qoladi", "gaplariz xato, rizq o'zi keladi" ma'nosida e'tirozlar bildirdi.

Aynan shunaqa o'ylaydiganlar oila qurishga tayyor emas! Oddiy misol, mana shu videoni tasvirga olgan yigitlar hammasi 20 yosh atrofida, lekin moddiy-ma'naviy tomondan yaxshi holatdagi yigitlar. Demak, harakat qilsa, bo'ladi!

Batafsil videoda.

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklar ayolining dam olishi uchun sharoit qilib berishi kerak. Masalan, bolalarni ko'chada biroz aylantirib keling, ayolingiz shu vaqtda ozgina bo'lsa ham mizg'ib olsin.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Kuyovini o'g'ildek ko'radigan qaynonalardan Alloh rozi bo'lsin! Bunday qaynonalarni kuyovlar ham onadek ko'radi!

E'tibor qilsangiz, qaynona haqidagi latifalarning deyarli barchasida qaynona yomonlanadi. Go'yo bu hayotda yaxshi qaynona yo'qdek! Unday emas! Har qanday munosabatda bo'lgani kabi qaynona-kuyov va qaynona-kelin munosabatlarida ham oraning yaxshi bo'lishi ikki tomonga baravar bog'liq.

Birinchi navbatda ikki tomon ham qarshi tomonga dushmanga qaragandek qaramasin, yaxshi niyat qilsin. Ikkinchidan, hurmat qilsin!

— Qaynonam qizini (o'g'lini) falon yil tarbiyalab, parvarishlab, asrab-avaylab, keyin menga topshirgan aziz ayol!

Buning uchun qaynonangizga rahmat ayting! Bormi rahmat aytganlar?!

— Kuyovim men uchun ko'zimning oq-u qorasi bo'lgan qizimni bundan keyin bir umr asrab-avaylab, parvarishlovchi, ta'minotini qiluvchi, o'ziga qanday munosabatda bo'lsa, qizimga shunday munosabatda bo'luvchi kishi!

Rahmat aytish kerak buning uchun kuyovga! Bormi rahmat aytganlar?!

Yoki

— Kelinim men yigirma yil parvarishlagan o'g'limning bir umr xizmatida bo'luvchi, parvarishlovchi, unga mehr-e'tibor beruvchi, g'amxo'rlik qiluvchi, halovat bo'luvchi, naslining davom etishiga sabab bo'luvchi ayol!

Rahmat aytish kerak buning uchun kelinga! Bormi rahmat aytganlar?!

Qaynona-kelin va qaynona-kuyov o'rtasidagi munosabatlar shunday bo'ladigan bo'lsa, orada sovuqchilik bo'larmidi?! Qaynota borasida ham shunday deyishimiz mumkin...

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senga qaragan mingtasiga qarshi tura olaman, ammo sen qaragan bittasiga emas!

#Rashk

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
SO‘ZDAN SO‘ZNING FARQI BOR ❤️

Er xotiniga “Ertaroq uxla!” deb do‘q qilgani qayoqda-yu, “Hayotim, ertaroq yotib, ertaroq turishga nima deysiz?” deyishi qayoqda?!

Unutmang, ayolingiz sizni qirollardek ko‘rishini istasangiz, uni qirolichadek ko‘rishingiz kerak!

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oilaning sifati er-xotin bir-biri bilan qanchalik dildan suhbat qurishiga bog'liq deydi mutaxassislar. Chunki turmush qurishdan maqsad yolg'izlikni ketkazishdir.

Ummu Fotih

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Xatolarim ko'paymadi, muhabbating kamaydi.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar oilada erkak ham, ayol ham ishlasa, erkak ishdan kelib dam oladi, ayol ish qiladi! Shunday oilalarda erkak kishi ayoliga yordam bersin, hech bo'lmasa, bolalar parvarishida.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Men safarga ketyapman, xotin,
Ruxsatimsiz chiqma ko'chaga.
"Xo'p bo'ladi", – dedi ayol jim,
Xotirjamlik cho'kdi o'rtaga.

Ikki kuncha o'tib oradan,
Taqilladi darvoza sekin
"Kim u?" – ayol so'radi undan
"Men otangning do'stiman, qizim".

Otang betob yotibdi uyda,
Shuni senga aytgani keldim.
Ayol dedi titroq kuyda:
"Shifo bersin, yaxshiyam bildim.

Borolmayman lekin, ming afsus,
Erim ketgan olis safarga.
Chiqma degan ko'chaga essiz
Kelsa borib kelamiz birga..."

Ikki soat o'tmasdan yana
Taqilladi darvoza qattiq.
"Kim u?" – ayol dedi baralla
"Ukangizman!" – gapirdi achiq

"Otam biroz og'ir ahvolda,
Sizni so'rab kutyapti halak.
Padaringiz axir har holda
Tosh emasdir sizdagi yurak".

"Ukajonim, xato o'ylama,
Pochchang kelsin safardan qaytib,
Hech qayerga chiqma degan-da
Shifo bersin borib qo'y aytib".

Uka ketdi qaytib ortiga,
Opa biroz siqildi yondi.
Alam qildi ketolmay birga
Sadoqati tufayli qoldi...

Ikki kundan keyin darvoza
Taqilladi yaqin ochishga.
Ayol ko'ngli o'rtanib rosa
Ulgurmadi "Kim u?" deyishga

"Opa, otam qildilar qazo,
Bosmadingiz bir bora qadam!"
Ayol yig'lab derdi: "Ey Xudo,
Jannatlarga kirsinlar dadam!"

Hech narsani o'ylamay ayol
Darvozadan chiqmoqchi bo'ldi.
Shu payt ketdi eriga xayol
Choram yo'q deb yerga yiqildi.

Uka jahl qildi-yu qaytdi,
Tushunmasdan opani bir zum.
Shunday bo'lgan zamona u payt
Telefonlar bo'lmagan udum...

Uch kun o'tib safardagi er
Qaytib keldi sog'-u salomat.
Voqeani tinglab eri der:
"Bormabsan-da attang o'sha payt".

"Gapingizni yerda qoldirsam,
Gunohidan qo'rqaman buni.
Indamasdan bilganim qilsam,
Qiylanaman oxirat kuni..."

Yig'lagancha uxladi ayol
Tushga kirdi o'lgan otasi.
Unga kulib qo'ydi-da xiyol,
"Qizim, yaxshi", – dedi – hammasi.

Bir amaling yoqib Xudoga
Alloh menga mukofot berdi
Itoatgo'y bo'lganding erga
Jannatimiz hammamiz endi...

Qara, jannat ro'yxatlarida
Onang, ukang, ering va o'zing.
Qarindoshlar jamdir barida,
Oldimda ham yorug'dir yuzing.

Qay holatda bo'lsa ham bari,
Jannatlarga bo'lar musharraf.
Sevintirding, jon qizim, mani
Sening otang ekanim sharaf".

Muallifini bilmaymiz

#Шеър

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachon uylanish kerak?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​O'zaro salomni keng yoying

Er-xotin o‘rtasida muhabbat hosil qiluvchi omillardan biri o‘zaro salomni keng yoyishdir. Ya’ni juftingiz bilan har gal ko‘rishganda, telefonda gaplashganda salom beravering. Bunda ayol kishi birinchi salom berishi kerak deb erkak o‘zini tiyib turishi kerak emas. Birinchi bo‘lib salom bergan kishi ko‘proq ajrga ega bo‘ladi, shu bilan birga, suhbatdoshining muhabbatini ham ko‘proq qozonadi. Zotan, salom berish tinchlik-omonlik tilashdir. Sizga tez-tez tinchlik-omonlik tilab turgan kishiga muhabbat qilmaysizmi?!

Birinchi bo‘lib salom berish kibrni ham o‘ldiradi. Bu esa oilada muhabbat ziyoda bo‘lishi uchun zaruriy omillardandir.

Salom bergan kishiga alik olinadi. Salom berishning eng kami "Assalomu alaykum" bo‘lib, alik olishning eng kami "Va alaykum assalom"dir. Bularning har biri uchun o‘ntadan savob va’da qilingan. Har ikkisida ham ziyoda qilgan sari savob ziyoda bo‘lib boraveradi. Va, albatta, muhabbat ham ziyoda bo‘lib boraveradi!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Stressda vaqtim shirinlik yeyman.
– Lekin siz doim shirinlik yeysiz-ku?
– Ha, hayot shunday og'ir...

#Shunchaki #tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Hammasi yaxshi bo'ladi" deyishdan ko'ra, "Nima bo'lsa ham men sen bilanman!" deyish ko'proq tasalli beradi.

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 15:45:28
Back to Top
HTML Embed Code: