Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Er kishi xato qilsa, buni tan olmasa, ayol qalbida darz paydo bo'lishi mumkin. Er xato qilsa, buni o'z vaqtida tan olishi va o'z juftidan uzr so'ray bilishi ham mardlikdir. Bu o'zaro muhabbatni ziyoda qiladi.

Akrom Malik

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
— Bu dunyoda ikkita yaxshi ayol bo'lsa, biri sen, ikkinchisi...
😳
— Seni dunyoga keltirgan ayol!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
SOKINLIK VA SAKINAT 💡

Oiladagi oltin qoidalardan biri bu sokin so‘zlashdir. Juftingizga ham, farzandlaringizga ham ovoz ko‘tarmang. Ayniqsa, erkak kishi ayoli unga baqirib gapirishidan og‘rinadi. Janjal yuzaga kelib qolganda ham ovozni nazorat qilishga harakat qiling.

Mabodo juftingiz bunga rioya qila olmasa, siz rioya qiling. Ikki tomon ham baqirib ketishidan janjal yanada kattalashadi xolos. Vaqtida sukut saqlashni bilmagan qanchadan qancha juftliklar oilasini saqlab qola olmagan. Siz ular kabi bo‘lmang.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telefonim senga o'xshaydi: yonimda bo'lsa, xotirjam bo'laman!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🧕 — Men sizni esgan shamoldan ham qizg'anaman!
🧔‍♂️ — Men esa tingan shamoldan ham qizg'anaman!

#Rashk

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol kishi jufti ishdan yoki ko‘chadan kelishida kutilmagan bir joyda dil izhor yozib qo‘yishi ham romantikadir. Masalan, muzlatgichning ichida «Azizim, siz menga keraksiz!» deb yozilgan qog‘ozni qo‘ying va juftingiz muzlatkichni ochishini kuting, agar ochmaydigan bo‘lsa, nimanidir olib berishini iltimos qiling. Yoxud tangalardan yoki toshlardan dil so‘zlar, turli shakllar yasab, syupriz qiling. Konvertda shirin so‘zlar yozib, bolishning ostiga qo‘yish ham kutilmagan sovg‘a bo‘ladi. Umuman olganda, romantika qilish uchun ko‘p xarajat talab qilinmaydi, o‘ylab ko‘rsak, oddiy narsalar bilan ham ko‘ngil ko‘tarish mumkin.

"Quloqqa aytiladigan gaplar" kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Menga nima deyishing emas, qalbingda nima borligi muhim!

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz sizdan o'zishi mumkin — yaxshi bo'lsangiz ham, yomon bo'lsangiz ham!

Shuning uchun oila qurishdan oldin o'zingizni isloh qila boshlang. So'ng farzandingiz qanday inson bo'lishini xohlasangiz, shunday inson bilan oila quring.

#oila_qurish #tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Balki hech kim meni senchalik sevmagandir, ammo men hech kimni senchalik sevmaganman!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
SEVIMLI YOR BO‘LISH UCHUN ☑️

Do‘stim, zavjangizga sevimli yor bo‘lishingiz uchun sizga ba’zi narsalarni tavsiya qilaman:

😃 Tashqi ko‘rinishingizga bee’tibor bo‘lmang. Ko‘rkam ko‘rinish faqat ko‘cha, majlis yoki to‘ylar uchun emas, juftingiz yonida, uyda ekaningizda ham ko‘rinishingizga e’tiborli bo‘ling. Doim soch-soqolingiz tartibli bo‘lishiga ahamiyat qiling. Ayollar uchun bu muhim. Eskirib ketgan kiyimlardan voz kechishga og‘rinmang. Uyda bo‘laveradi deya begonalar yonida kiyishga xijolat bo‘ladigan kiyimlaringizda yuravermang;

😃 Bekorchilik, dangasalikdan chetlaning. O‘z oldingizga buyuk maqsadlar qo‘ying. Bu ayol kishiga yoqadi. U bilan kelajak rejalaringizning ba’zisini baham ko‘rib turing;

😃 Jiddiy bo‘lishning o‘z o‘rni, me’yorini biling. Ayollar qovog‘ini ochmaydigan, doim tund yuzli erkakdan bezib qoladi, shuningdek, biryo‘la hazil-mazaxdan bosh ko‘tarmaydigan erkakni ham hurmat qilishmaydi;

😃 Tilingiz va dilingiz bir bo‘lsin. Rostgo‘y, vafodor, omonatdor bo‘ling. Bir so‘zli, qat’iyatli bo‘lishingiz ham muhim. Hayot sinovlariga duch kelganda dovdirab, o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaslikka harakat qiling. Bu vaziyatdagi holatingizga ayol, albatta, e’tiborli bo‘ladi;

😃 Sergap bo‘lmang. O‘rni kelganda ko‘z qarashlaringiz, yuz ifodangiz munosabatingizni bildirishga yetarli bo‘lsin. Gapirganda so‘z ohangingizdan haqiqiy erkak salobati ufurib tursin;

😃 Hissiyotlaringizni jilovlay oling. Xususan, jahlingizni. Huda-behudaga jahli chiqib, qizishib, “o‘zini ko‘rsatadigan” erkakdan ham ayollar bezor. Ayniqsa, ayol hissiyotga berilganda erkak kishi aql bilan ish qilishi kerak. Xotin jahl qilganda er ham unga shunday javob qaytarsa, oila farovonligi, totuvligi qolmaydi. Hatto bunday oilaning buzilib ketish ehtimoli ham katta. Hazrati Umar bu borada: “Biringiz olov bo‘lsa, biringiz suv bo‘lsin”, – degan ekanlar. Ayol bo‘lsin, erkak bo‘lsin – shu ko‘rsatmaga amal qilishga harakat qilishi lozim;

😃 Oilangizning himoyasi uchun qo‘rqoqlik qilmang. Ayollar dovyurak, shijoatli, mard, jasur erkaklarni hurmat qiladi. Darhaqiqat, bu sifatlar erkak kishining erkakligini namoyon qilib turuvchi sifatlardir;

😃 Tartib-intizomli bo‘ling. Tartib-intizom barcha muvaffaqiyatlarning kalitidir. Ayol kishi turmush o‘rtog‘ining hayotda o‘z o‘rniga ega, ma’lum bir muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lishini istaydi;

😃 Unga bo‘lgan muhabbatingizni so‘z va amallaringiz bilan bildirib turing. Ayollar dil izhorlari eshitishni yaxshi ko‘radi, ba’zi-ba’zida romantikani ham kutadilar.

😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Guldasta berayotganda nima deyish mumkin?

— Hatto eng go'zal gullar bilan ham seni qiyoslab bo'lmaydi!

#Romantika

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandning xarakteriga qarab muomala qilish kerakmi?

Endi oila qurgan yosh oilalar oila ilmini oʻrganishadi-yu, ammo farzandli boʻlganlarida «oʻzi katta boʻladi» deya ish koʻrishadi.

Albatta, farzandga qanday muomala qilishning ham oʻz ilmi bor, kerak boʻlsa bu boʻyicha kitoblar ham yozilgan.

Batafsil yuqoridagi lavha orqali tarbiyalashda aynan nimaga eʼtiborli boʻlish haqida bilib olishingiz mumkin.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolingizni "Meni sevasizmi?" deb so'rashgacha olib bormay dil izhor qilib turing!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Muhabbatsiz nikoh sababli nikohsiz muhabbat yuzaga keladi", — deyiladi!

Biz shu narsaning oldini olish uchun ayollar va erkaklar uchun oilaviy muhabbatni ziyoda qiluvchi 10 tavsiyadan iborat alohida-alohida PDF qo'llanma tayyorladik.

Unda har bir ko'rsatmadan keyin bir yoki bir necha topshiriqlar beriladi. Ularga amal qilish bilan juftingizning muhabbati ziyoda bo'lishiga erishasiz, inshaalloh.

Muallif: G'iyosiddin Yusuf
Hajmi: 29 betdan.
Narxi: har biri 37 ming so'mdan.

Murojaat uchun: @Hubbuna_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ayol kishi begona erkaklarga qarashi haqida

#Savol: Assalomu alaykum! Mening ayolim begona erkaklarga ko‘p qaraydi men buni ko‘p marotaba bunday qilmasligini takrorlagan sarim foydasi bo‘lmayapti. Yaxshi ham gapirib ko‘rdim, yomon ham gapirib ko‘rdim — foydasi bo‘lmayapti. Ilimsizligi sabab nima qilipdi degani degan, man yomon ma'noda qaramayapman-ku deb vaziyatdan chiqib ketadi yoki tan olmaydi. Orqavarotdan ham eshitsam, ishxonasidagilar ham ko‘zi o‘ynoqi ayol ekan deyishar ekan. Misol uchun, moshinada o‘tirsak ham yonimizga bir moshinada erkak kelib to‘xtasa, shunga ham qarab turaveradi, iltimos, yechim topib bering. Bizda hech qanday muammo yo‘q: na puldan va na oilaviy ahvoldan ya’ni (jinsiy aloqadan) har jabhada bir erkak qilishi kerak bo‘lgan narsani ortig‘i bilan Alloh izni ila qilib qo‘yganman Alhamdulillah.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

– Va alaykum assalom! Ayolingizning dugonalarini ichida axloqi buzuqlari bo‘lsa o‘shalardan uni uzoqlashtiring. Soliha va taqvoli ayollar davrasiga qo‘shib qo‘ying. Atrofida faqat taqvoli ayol-qizlar bo‘lsin. Shunda o‘z-o‘zidan ulardan rang olib, xulqi o‘nglana boshlaydi. Vallohu a’lam!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitoblarni yaxshi asrash haqida 🌷

🤩Savоl:
Kitоb o‘qiganda ularni yaxshi asrash uchun nimalarni maslahat berasiz?
😢Javоb:
Bu bоrada quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

🥸 Barmоqlarni ho‘llab kitоb o‘qishga оdatlanmang. Birinchidan, madaniyatsizlik, bu kitоbxоnga yarashmaydi. Ikkinchidan, kitоbingiz sizdan avval shu tarzda o‘qilgan yoki endi shunday o‘qilishi mumkin… 

🎵 Kitоbni bukmasdan o‘qing – hali bu kitоbni оila a’zоlaringiz ham o‘qishi lоzim.

❤️‍🔥 Оq varоqli kitоb ko‘ngilni ko‘taradi, ammо ko‘zingizni tez charchatadi, imkоn qadar sariq qоg‘оzda chiqarilgan kitоblarni o‘qishga harakat qiling.

💔 Katta, оg‘ir kitоblar tik hоlda saqlansa, kitоb varоqlari muqоvadan ajrab ketadi, bu hоlat katta kitоblar uzоq muddat tik hоlda saqlangandan keyin yuz beradi. Buning оldini оlishning yo‘llaridan biri kitоblar оstiga qalin fоlga sоlib qo‘yish.

💚 Sоtib оlayotgan kitоbingizni qattiq muqоvada bo‘lishiga e’tibоr bering, qattiq muqоvadagi kitоblar uzоq yashaydi.*

😊 Kitоbingizni hech qachоn quyoshda qоldirmang! Quyoshda qоlgan kitоbni suvi qоchadi va yirtiluvchan bo‘lib qоladi. Ustiga ustak yostiqday bo‘lib shishib ketadi. Ishоnmasangiz, vaqtingizni o‘g‘irlagan birоr kitоbda buni sinab ko‘rishingiz mumkin.

*Albatta, sahifalari kam bo‘lgan kitoblar yumshoq muqovada nashr qilinadi. Texnik nuqtayi nazardan 128 bet va undan oshiq hajmdagi kitoblarni qattiq muqovada nashr qilish mumkin. Lekin qattiq muqova ish jarayonining cho‘zilishiga, kitob narxining oshishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun zarur bo‘lmasa, ko‘p kitoblar yumshoq muqovada nashr qilinadi. Yuqoridagi tavsiyaga muvofiq ko‘p o‘qiladigan kitoblarni imkon qadar qattiq muqovada nashr qilgan afzal.

🌷 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

✔️ Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurish vaqti bo'lgani uchun oila qurgan emas, uni abadiy o'ziniki qilish uchun oila qurgan naqadar baxtli!

#oila_qurish #muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/29 20:16:36
Back to Top
HTML Embed Code: