Telegram Web Link
OTA-ONANING ROZILIGISIZ TURMUSH QURISH

#Savol: Assalomu alaykum! Sovchi joʻnatilgan, ota-onalar rozi boʻlishgan boʻlsa, qiz va yigit boshqa shaharda oʻqib ishlashadi. Shu joyda nikohdan oʻtib birga yashashmoqchi. Buni uyidagilarga toʻydan keyin aytishmoqchi yoki umuman buni bildirishmoqchi emas. Buning hukmi qanday boʻladi?

«Zikr ahlidan soʻrang» hayʼati:

– Va alaykum assalom! Ota-onalarning roziligisiz qilmanglar. Bu juda koʻp notinchliklarga sabab boʻladi. Vallohu aʼlam!

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oiladagi ko'pgina kelishmovchiliklar, ko'ngilsizliklar, muammolar tushunmovchilik sabab yuzaga keladi. Videoda er-xotin bir-birini yaxshi tushunishi uchun uchta tavsiya berdik. Zotan, bu baxtiyor oila qurish, farovon hayot kechirishning asosidir.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar bolangiz o'ziga ishonchi baland bo'lishini xohlasangiz:

• O’z muammolarini osongina aytib bera oladigan darajada sirdosh bo’ling;

• “Bolam, sen bu ishni qila olasan” deb uni qo’llaydigan insoni bo’ling;

• Yelkangizga bosh qo’yib yig’lay oladigan odami bo’ling;

• U yig’lasa, erkalansa, qaysar bo’lsa, sabr qiling;

• Tizzasidagi yarani mehr bilan o’pa oladigan rahmdil bo’ling;

• Bu senga zarar beradi deb chegara qo’yadigan ota-ona bo’ling;

• "Kelinglar, bolalar mening ustimga chiqinglar, ot bo’laman” deb ularni qiziqtiradigan ota bo’ling;

• "Ehhe, buncha uyga vazifang ko’p, juda charchagan bo’lsang kerak" deb uni tushuna oladigan mehriboni bo’ling.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
AYOL MUHABBATINI QOZONISH 🌷

Erkaklar, ayolingizning muhabbatini qozonishni istasangiz, bularni qilishga harakat qiling:

▫️ Ayolingizga uy ishlarida ko‘maklashing.

▫️Uning uchun ba’zan nonushta tayyorlab syurpriz qiling.

▫️ Uni doim tushunishga harakat qiling.

▫️ Undan shirin so‘zlaringizni, mehringizni darig‘ tutmang.

▫️ Eng muhimi: e’tiborli bo‘ling.

✖️ Bu bilan siz erkaklar qatoridan chiqib qolmaysiz. U sizning ayolingiz, bolalaringizning onasi, jamiki yaxshi narsalarga avvalo ahlingiz munosibdir!

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savodli bo‘lish shunday bir qarg‘ishki, hatto sevgiling yozgan izhorlar ham seni xursand qilolmaydi.

Mavlon Marasulov

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻz pozitsiyangizni aniq gaplashib oling

Hammasi avval uchrashuvdayoq ochiq gaplashib olsangiz, ikki tomonga ham ozor yetmaydi.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Pichoqni oldin o'zinga ur, og'rimasa o'zgaga

🟤(Oqila ayol bo'lishning yana bir siri)

1. Boshlig'ingiz, qaysidir aktyor, kursdoshingiz juda yaxshi ekanligini eringizga gapirmang (to'g'ri ma'noda bo'lsa ham). Siz ham eringizdan ishxonasida chiroyli xodima paydo bo'lganini eshitishni xohlamasangiz.

2. Hadeb tanqid qilavermang. Oyog'ingiz hidlanadi, faqat uxlaysiz, uyga qaramaysiz. Undan ham shunaqa "maqtovlar" kelishi mumkin: Sendan yog' hidi kelyapti, juda shaltoq bo'lib ketyapsan.

3. Urishib qolganingizda sizga turmushga chiqqanimga afsuslanaman demang, u ham afsus qilib qolmasin tag'in.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Dunyoqarashni kengaytiradi 🧠

Kishi qancha ko‘p kitоb o‘qisa, shuncha dunyoqarashi keng bo‘ladi. Ba’zi kishilar оzgina narsani biladi-da, shundan bоshqa haqiqat yo‘qdek mutaassiblik qiladi. Vahоlanki, ilm o‘rganib, ko‘prоq narsani bilib bоraversa, dunyoqarashi, ilm dоirasi kengayib, bоshqa haqiqatlarni ham anglab yetadi.

❗️ Xuddi ustоz Abdulla Оripоv she’rida aytganidek, tilla baliqcha dunyoni shu tоr hоvuzcha deb biladi. Agar u bоshqa jоylarga ham chiqqanida, daryo, dengizlarni ko‘rganida bunday o‘ylamagan bo‘lardi. Biz ham qancha ko‘p kitоb o‘qisak, “tоr hоvuzchamiz” kengayib bоraveradi.

Bir kun kitоb o‘qish dunyoqarashni kengaytiradi deb kitоb o‘qishga targ‘ib qilsam, birоv: “Dunyoqarashni kengaytirish nima uchun kerak?” – deb qоldi. Hоlat taqоzоsiga ko‘ra qisqa javоb berishni ma’qul tоpdim va: “Shu kabi savоllarni bermaslik uchun”, – deya hazil qilib qo‘ydim.

❗️ Jiddiy javоb beradigan bo‘lsak, kishi dunyoqarashi kengaygan sari teran fikrlaydigan, keng mulоhazali, muammоlarga tez va to‘g‘ri yechim tоpadigan, tushkunlikka tushib qоlmaydigan, tasavvuri bоy kishi bo‘lib bоraveradi. Bundan bоshqa fоydalari ham bоr, albatta...

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Makiyaji tahorat boʻlgan ayolning hayoti ham, hayosi ham goʻzal boʻladi.

Najib Fozil

Makiyaj kosmetik vositalar yordamida yuzga pardoz berish yoxud oʻsha pardozning oʻzi.

Najib Fozil koʻp soʻzlari internet maydonida iqtibos va aforizmlarga aylanib ketgan mashhur turk adibi va shoiridir. Adib bu soʻz bilan tahorat va namoz inson yuziga nur va tarovat bagʻishlashiga ishora qilmoqda. U nur "sovuq goʻzallik" boʻlmish kosmetik pardozdan farqli oʻlaroq inson yuziga begʻubor chiroy, maʼsum goʻzallik baxsh etadi.

Aslida, tahorat va namoz erkagu ayolga nur beradi, ammo adib bu oʻrinda ayollar haqida soʻz yuritmoqda. Chunki zamonamizning koʻp ayollari goʻzallikni kosmetik ishlov va makiyajda deb biladilar. Baʼzilari bu borada shu qadar gʻuluv ketadiki, yana ham goʻzalroq koʻrinish uchun plastik jarrohlik amaliyotlariga ham bosh uradi.

Vaholanki, ayolning eng koʻp goʻzallashtiradigan narsa uning hayosi, iffati, Alloh taolodan qoʻrqishi va odobidir.

Adib tahorat va namoz ayol kishining nafaqat chehrasini, balki hayosi va hayotini ham goʻzallashtirishiga urgʻu bermoqda. Zero, ibodatli ayol hayoli boʻladi. Hayoli ayol esa doim yuksak qadrlanadi va eʼzozlanadi. Shu bois, hayoti ham goʻzal boʻladi. Hech qanday shubhali ishlar va qorongʻu holatlarga tushmagani, balki bunday narsalardan oʻzini oliy tutgani uchun ham Alloh taolo unga munosib juft, baxtli hayot va xotirjamlik ato etadi. Oʻz atrofini oʻrab turgan gunoh-maʼsiyatlardan sabr bilan tiyilishi, iffatini saqlashi, hayo va ibosi tufayli Alloh taolo uni dunyo va oxiratda eng goʻzal suratda mukofotlaydi.

Alisher Sultonxo‘jayev
TII katta oʻqutuvchisi

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yomon ayol eri yoqtirmagan, man qilgan ishlarni ham qilaveradi.

Yaxshi ayol eri yoqtirmagan ishini aytsa, qilmaydi.

Soliha ayol esa eri yoqtirmagan ishlarni u aytmasidan, o'zidan bilib qilmaydi – katta-yu kichik har ishda.

Siz qaysi toifaga kiraman deb o'ylaysiz?

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
OILAGA E’TIBOR ❤️

Muhtaram erkaklar, oilangiz bilan ovqatlanyotgan paytingizda telefoningizni bir chekkaga olib qo‘ying. Bo‘lmasa, oilangiz shunchaki sizni boquvchi sifatida qarshi oladigan bo‘lib qoladi. Telefoningizni yig‘ishtiring-da bolalar bilan kulishib, hazillashib, ularning og‘ziga luqma ilinib ovqatlaning.

Ayniqsa, bolalarning oldida ayolingizga e’tiborli bo‘lib, “Onajonisi, og‘zingizni oching-chi” deb luqma solib va “Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, bolalar, oyingiz juda pazanda ayol-da!” deb qo‘ying. Bu bolalaringizning xotirasida bir umr qoladi. Ishoning, bunday damlar boshqa qaytib kelmaydi. Hozirdan oilangizga e’tiborli bo‘ling, ularni qadrlang!

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
— Yangi kelin non yopishni bilarkanmi?
— Ha, dahshat! Zo'r non yopyapti, qo'shnimizning iti qorin solib, semirdi. 🙂

©Sanʼatbek Azimov

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nimaga endi men kechirim soʻrashim kerak ekan?

#Muammo

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oilada nimadir muammoli vaziyatga duch kelganingizda, eringiz bilan urshib qolganingizda maslahatgo'ylar ko'p topiladi.

Lekin siz hammasiga quloq osib, oilangizni buzib qo'ymang. Hozir hamma motivator, hamma aqlvator, hamma hamma narsani biladi. Lekin tagini surishtirsangiz, yo oilasi notinch, yo ajrashgan bo'lib chiqadi.

Shuning uchun maslahat olishdan oldin shunga arziydigan, tajribasi katta, oilasi tinch bo'lgan insondan so'rang. Agar sizga maslahat berayotgan odam buyog'ini ham qotirib qo'ymagan bo'lsa, sekin u bilan suhbatni tugatib qo'ya qoling.

#Ayollar #Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
“MENI KECHIR…” 💗

Erkaklar ayolidan uzr so‘rashi qiyinroq. Ular ko‘pincha hech narsa bo‘lmagandek gaplashib ketadi. Bu bilan “Kel, o‘tgan ishni unutaylik” demoqchi bo‘ladilar. Ayol ham shunday vaziyatda yarashib ketsa, dilxiralik bo‘lmaydi.

📖 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy sevgi — ko‘p yillik ayriliqqa dosh bergan sevgi emas, balki uzoq vaqt yaqinlikka dosh bera olgan sevgidir.

Romen Rollan

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
AYOLIMNI ONASIDAN SOʻKSAM TALOQ TUSHADIMI?

#Savol: Assalomu alaykum! Men ayolimga urushib qolganimizda onasidan soʻkardim. Bir tanishim onasidan soʻksang, ayolingni taloq qilgan boʻlasan dedi. Shu toʻgʻrimi?

«Zikr ahlidan soʻrang» hayʼati:

– Va alaykum assalom! Soʻkishni oʻzi bilan taloq tushmaydi. Birovlarni ota-onasini soʻkishdan saqlanish kerak. 

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kabiralarning kattalaridan biri – kishining ota-onasini laʼnatlashidir», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, qanday qilib kishi oʻz ota-onasini laʼnatlaydi?» deyildi. «Kishi birovning otasini soʻkadi, shunda u ham buning otasini soʻkadi, onasini soʻkadi», dedilar».
Imom Muslim rivoyati. 
Vallohu aʼlam!

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba'zan bo'ydoqlar oila qurish uchun har jihatdan tayyor bo'lsa-da, ota-onasi uni uylab qo'yish haqida so'z ochmaydi. Shunday vaqtda yoshlar menga savol beradi:

– Oila qurishga tayyorman, ammo uydagilarga ayta olmayapman.

Videoda javob berdim. Bo'ydoqlarga ulashib qo'yarsiz.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Har kech jufti bilan rozilashadigan juftliklarga Allohning barakoti, rahmati bo'lsin!

"Mendan norozi bo'lgan holda uyquga ketmang!" deya juftining roziligini olgan ayollardan Alloh rozi bo'lsin!

"Ko'zlaring kulmasa, ko'zimga uyqu kelmaydi!" degan erlarni Alloh mag'firat qilsin!

#duo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
UNUTMANG!

Maqriziy aytadi:
“Xotinimdan erta ayrildim. U yosh edi. Unga ko‘p istig‘for aytar edim. Bir kuni uni tushimda ko‘rib so‘radim:
– Ey Ummu Muhammad! Men senga yuborayotgan narsalar senga yetib borayaptimi?
Xotinim dedi:
– Ha, menga yuborayotgan hadyangiz har kuni menga yetib kelayapti!
So‘ngra yig‘lab dedi:
– Men esa sizni mukofotlay olmayman!
Men dedim:
– Yig‘lama, zarari yo‘q. Yaqinda uchrashamiz!”.

Ahboblaringiz vafot qilsa, ularni unutmang. Faqatgina jismlari ustidan tuproq soching. Ammo ruhlarini qo‘yib yubormang. Ularni duolarda eslang, sadaqalar qiling ular nomidan, ularga hadyalar yuborib turing.
Qabrlar vahshatlidir. Ularning ahli g‘urbatdadir. Ularga hamdard bo‘lib turing!

Abdulqodir Polvonov

#Ayollar #Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/11/06 01:45:34
Back to Top
HTML Embed Code: