Telegram Web Link
Yevropacha kelin koʻylak kiyishdan qaytarolmayapman

#Savol: Assalomu alaykum! Avvalo, erkak kishi boʻla turib, bu yerga kirib, savol berishdan oʻzim hijolatdaman, maʼzur tuting. Yaqinda uylanaman, kelin koʻylak borasida kelisha olmayapmiz. Bu masala toʻgʻrisida dinimizga toʻgʻri kelmasligini uydagilarimga ham, kelinga ham tushuntirish oson boʻlmayapti. Bu gʻayridinlar urfi shu darajada biz musulmonlarga singib ketganki, usiz toʻyni tasavvur qila olmayapti. Vaholanki, bizda oʻziga yarasha ilm bor. Bu narsani yoʻqotsa, muammo hal boʻladi nazarimda, ammo shunga boshim qotgan. Iltimos, yoʻl koʻrsatinglar. Alloh rozi boʻlsin sizlardan.

Odinaxon Muhammad Sodiq:

Yillar davomida odat boʻlib, singib ketgan narsani muolaja qilish oson boʻlmaydi. Buni yaxshi tushuntirib, toʻliq yevropacha boʻlmagan, biroz milliylik aralashgan boshqa bir goʻzal fasonda koʻylak kiyishni taklif qilib koʻring.
Vallohu aʼlam.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarga hadeb va'z qilaversangiz, ularni bezdirib qo'yasiz.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Erkaklar, uyda bo'lmaganingizda ayolingizdan hol so'rab turing: xabar yozing yoki qo'ng'iroq qiling. Uyga ogohlantirib keling. Ishda juda kechgacha qolib ketmang, oila uchun ham vaqt ajratish kerak.

Kechgacha qolib ishlaydigan erkaklar oilasiga kunduzi vaqt ajratishga harakat qilsin. Masalan, ishga kechroq ketish, tushlikka uyga kelish bilan.

Ko'p vaqtingiz ko'chada o'tsa, oilangizni ham birga olib chiqishga harakat qiling. Ayniqsa, ko'p safarda yuradigan erkaklar bunga amal qilsin.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitоb ― rashkchi kundоsh ❤️

Kitоb o‘qishni intizоmga aylantirib оlish hammaga nasib etmasligi mumkin, ammо shunday qila оlganlar yutadi. Ba’zida kitоb ko‘p o‘qiganlar o‘z yoshidan katta ko‘rinadi. Lekin оlimlarning aniqlashicha, insоn miyasi faqat kitоb o‘qiganda va zinadan tepaga ko‘tarilganda yosharar ekan. Demak, kitоb o‘qib, yetuklikka erta erishgan miya bu hоlatini uzоq vaqt saqlab tura оladi, agar mutоlaa intizоmini buzmasa. 17 yoshida yetuk miya 80 yoshida ham qarimay tursa, maza-ku.

Lekin kitоb o‘zi uchun muhit va alоhida jidd-u jahdni talab qilishi ham bоr gap. Yugur-yugur, muammоlar, chalg‘ishlar – mutоlaaning dushmani. Bir kitоbni bоshlab, оxiriga yetkaza оlmagan hоlatlarimiz shuning uchun.

Kitоb ― e’tibоrtalab rashkchi kundоsh, оngning bоshqaga chalg‘ishini ko‘tara оlmaydi, javharini yashirib оladi, tarоvatini оchmaydi. Natijada оxiriga yetоlmagan kitоblarimizning o‘zi ham alоhida kutubxоnaga aylanib qоladi. O‘qilmagan kitоblar kutubxоnasi...

Yana 30 yoshgacha kitоb o‘qishni оdat qilib ulgurmagan insоnga endi kech degan gap ham bоr. Xullas, mutоlaaga kechikmang.

Shahnоza Sоatоva

😀 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oilada yuz bergan har bir muammo, kelishmovchilik uchun ajrashish haqida o'ylash ahmoqlikdir!

Inson tanasining biror a'zosi qorason bo'lmaguncha kesib tashlanmaydi. Ajrashish uchun ham ana shunday muhim sabab kerak. O'tkinchi narsalar uchun ajrashish tumov bo'lgan burunni kesib tashlash bilan barobar!

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baqirmaydigan ona boʻlish osonmi?

#tarbiya

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​• yaxshi ona bolasini kasal qimay katta qiladi;
• yaxshi ona bolasini o'zi tug'adi;
• yaxshi ona bolasini nyankaga tashlab ketmaydi;
• yaxshi ona bolasini rejim bilan uxlatadi;
• yaxshi ona bolasini o'z suti bilan boqadi;
• yaxshi ona bolasiga pampers taqmaydi.

Yana bir dunyo shunaqa gaplarni eshitib, bolamga yaxshi onalik qila olmayapman deydigan onajonlar, bolajoningiz uchun siz dunyodagi eng yaxshi onasiz, uni dunyoga keltirganingiz va detdomlarda sarson qilmaganingiz ham eng katta yaxshiligingiz aslida.

Farzand kasal bo'lishi ham, kasha bilan ovqatlanishga to'g'ri kelishi ham odatda beixtiyor, noilojlikdan bo'ladi. Siz atay qilmaysiz yoki sutingiz bo'lib, bermasangiz, boshqa masala.

Ba'zi enaga xizmatidan ham foydalanishga ehtiyoj tug'iladi. Albatta, bunda bolaga o'z onasidek munosabatda bo'ladigan kishini topishga harakat qiling.

Xullas, kuyinmang, siqilmang. Hammasi taqdirdan, siz aybdor emassiz. Kalta o'ylaydigan kishilarning so'ziga e'tibor qilmang.

#Ayollar #tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Umr yo’ldoshingizga matonatli va ma’rifatli bo’lishga undaydigan imkoniyatlarni yaratishga harakat qiling. Agar u ma’lum yo’nalishda malakaga ega bo’lishini xohlasangiz unga ko’mak bering. Bu ish dinga ham zid emas, uning uydagi va er-xotinlik turmushidagi vazifalariga xalal bermaydi. Xotiningiz qo’lga kiritgan yutuqlarga siz ham munosib bo’lasiz".

Doktor Hasson Shamsiyning "Baxt ulashing" kitobidan
#iqtibos

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Goʻdakni emizmasa, haqqiga xiyonat boʻlmaydimi?

#Savol: Assalomu alaykum! Opa-singil turmushga chiqishdi. Opa 9 yildan buyon farzand koʻrmadi, singil ikki nafar farzand koʻrdi. U uchinchisi farzandini opasiga berishni niyat qildi. Uni tuqqach, emizmasdan opasiga berib yubordi. Bolani emizmaganligi uchun uning haqqiga xiyonat boʻlib qolmaydimi?

«Zikr ahlidan soʻrang» hayʼati:

– Va alaykum assalom! Agar tuqqan onasi, bolaga zarar boʻladigan boʻlsa, uni emizishi kerak edi. Uni uzrsiz emizmasdan qoʻyib boʻlmaydi. Chunki bu vaqtda onaning suti bola uchun eng munosib ozuqa va bolaning haqqi hisoblanadi. Agar ona kasal boʻlsa yoki suti boʻlmasa, emizmaslikni zarari yoʻq. Shariatda bolani emizish ikki yilgacha ekanligi bayon qilingan.

Agar kimdir undan oldin toʻxtatmoqchi boʻlsa, bunda ikkita shart bor:
✔️birinchisi, bolaga zarar yetmasligi kerak;
✔️ikkinchisi, er-xotinning ikkisi ham bunga rozi boʻlishi kerak.

Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan uzun hadislarida, Rasululloh sollalohu alayhi vasallam, jumladan, shunday deganlar: «Soʻngra meni yana olib ketildi. Siynalarini ilonlar tishlayotgan ayollarga toʻgʻri kelib qoldim. “Bularga nima boʻlgan?” dedim. Menga: “Ular bolalarini sutlaridan man qilishadi”, deyildi» (Ibn Huzoma va Ibn Hibbon rivoyatlari) Vallohu aʼlam!

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qarindoshingiz, qo'shningizning yosh bolasi bormi yoki homiladormi?

Iltimos, ularga yordam bering. Balki tandir yegisi kelayotgandir, ilining. Bolasini ushlab turing, ovqatini qilib olsin. Ozgina o'ynatib turing, biroz uxlab olsin.

Borganda tagliginimi, smesinimi ko'tarib boring. Yangi chaqaloqning kiyimchalarini yuvib qo'yasizmi, xullas, qo'lizdan kelganini qiling.

Buyam sizning unga zakotingiz, faqat u pulga emas, ozgina e'tibor va yordamga muhtoj, xolos.

#Eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sen baribir odam boʻlmaysan

Baʼzan ota-onalar farzandlarini urmasdan turib ham ruhiyatiga yomon taʼsir o'tkazishadi.

Farzandingizga nisbatan har bir aytilgan nojoʻya soʻzingiz uni ruhan sindiradi va sizdan uzoqlashtiradi.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Adasi, meni sevasizmi?
– Ertalabdan janjal boshlashni nima keragi bor?! 😁🤦‍♂️

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
QISQA TAVSIYALAR 🖇

1⃣ Ko‘p ayollar dil izhorini o‘zi so‘rab oladi. Erkaklar tabiatan dil izhor qilishga odatlanmagan, lekin bu kerak, albatta.

2⃣ Ayolingizni maqtang. Kichik ishlarini ham e’tirof eting, minnatdorchilik bildiring.

3⃣ Juftingiz bilan sayrga chiqing. Bunda telefonni olib qo‘yib, dildan suhbatlashing.

5⃣ Ovqatlanayotganda unga bir luqma bo‘lsa ham taom yedirib qo‘ying. Bundan unga e’tiboringiz, muhabbatingiz bilinadi.

5⃣ Ayolingiz bilan kunni qanday o‘tkazgani haqida suhbat qiling. Unga e’tiboringiz, qiziqishingizni bildiring.

🥰 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OTA-ONANING ROZILIGISIZ TURMUSH QURISH

#Savol: Assalomu alaykum! Sovchi joʻnatilgan, ota-onalar rozi boʻlishgan boʻlsa, qiz va yigit boshqa shaharda oʻqib ishlashadi. Shu joyda nikohdan oʻtib birga yashashmoqchi. Buni uyidagilarga toʻydan keyin aytishmoqchi yoki umuman buni bildirishmoqchi emas. Buning hukmi qanday boʻladi?

«Zikr ahlidan soʻrang» hayʼati:

– Va alaykum assalom! Ota-onalarning roziligisiz qilmanglar. Bu juda koʻp notinchliklarga sabab boʻladi. Vallohu aʼlam!

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oiladagi ko'pgina kelishmovchiliklar, ko'ngilsizliklar, muammolar tushunmovchilik sabab yuzaga keladi. Videoda er-xotin bir-birini yaxshi tushunishi uchun uchta tavsiya berdik. Zotan, bu baxtiyor oila qurish, farovon hayot kechirishning asosidir.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar bolangiz o'ziga ishonchi baland bo'lishini xohlasangiz:

• O’z muammolarini osongina aytib bera oladigan darajada sirdosh bo’ling;

• “Bolam, sen bu ishni qila olasan” deb uni qo’llaydigan insoni bo’ling;

• Yelkangizga bosh qo’yib yig’lay oladigan odami bo’ling;

• U yig’lasa, erkalansa, qaysar bo’lsa, sabr qiling;

• Tizzasidagi yarani mehr bilan o’pa oladigan rahmdil bo’ling;

• Bu senga zarar beradi deb chegara qo’yadigan ota-ona bo’ling;

• "Kelinglar, bolalar mening ustimga chiqinglar, ot bo’laman” deb ularni qiziqtiradigan ota bo’ling;

• "Ehhe, buncha uyga vazifang ko’p, juda charchagan bo’lsang kerak" deb uni tushuna oladigan mehriboni bo’ling.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
AYOL MUHABBATINI QOZONISH 🌷

Erkaklar, ayolingizning muhabbatini qozonishni istasangiz, bularni qilishga harakat qiling:

▫️ Ayolingizga uy ishlarida ko‘maklashing.

▫️Uning uchun ba’zan nonushta tayyorlab syurpriz qiling.

▫️ Uni doim tushunishga harakat qiling.

▫️ Undan shirin so‘zlaringizni, mehringizni darig‘ tutmang.

▫️ Eng muhimi: e’tiborli bo‘ling.

✖️ Bu bilan siz erkaklar qatoridan chiqib qolmaysiz. U sizning ayolingiz, bolalaringizning onasi, jamiki yaxshi narsalarga avvalo ahlingiz munosibdir!

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savodli bo‘lish shunday bir qarg‘ishki, hatto sevgiling yozgan izhorlar ham seni xursand qilolmaydi.

Mavlon Marasulov

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻz pozitsiyangizni aniq gaplashib oling

Hammasi avval uchrashuvdayoq ochiq gaplashib olsangiz, ikki tomonga ham ozor yetmaydi.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/11/20 09:15:54
Back to Top
HTML Embed Code: