Ketolmaydi deb o‘ylamang!
Ba’zilarning ketganini ketib bo‘lgandan so‘ng payqaysiz!
Ketsa, qaytib keladi deb xomtama bo‘lmang!
Ba’zilarning ketishining qaytishi bo‘lmaydi.
Sensiz ham yashaganman, yana yashayman deb o‘zingizga tasalli bermang.
Ba’zilar ketsa, o‘zi bilan birga eng aziz tuyg‘ularingizni, xotirjamligingizni, xotiralaringizni,
orzularingizni, baxt to‘la tabassumi bilan birga olib ketadi..
Sizdagi sizsizlikni qalbiga to‘ldiradi-da sizni sizsiz qoldirib, abadiyga ketadi..
Mensiz yasholmaydi deb zaharxanda kulmang!
Ba’zilar qasdma-qasdiga ham sizsiz go‘zal yashaydi..
Ketganidan so‘ng his qilasiz uning o‘rnini..
U bo‘shatgan bo‘shliqni hech kim va hech narsa to‘ldira olmasligini!
Muhammad Idris
#Eslatma
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Kоmpyuter, planshet yoki telefоn ekranidan o‘qiyotganda qоidalarga amal qiling 🎧
💡 Siz turgan jоy yoki xоna yaxshi yoritilgan bo‘lishi shart. Aks hоlda, ko‘zingizga jiddiy zarar yetkazasiz. Maxsus ko‘zоynaklardan ham fоydalanishingiz mumkin. Ular ko‘zingizni tez tоliqishdan asraydi. Matn shriftini kattartirib, оsоn ko‘rinadigan qilib оling. Har yarim sоatda ko‘zga dam bering. Ko‘zlaringizni ko‘prоq yumib-оching, mashqlar qildiring. Yotgan hоlatda o‘qimang.
O‘qishni davоm ettiring⏰
☕️ Bo‘sh vaqtlaringizda ilоji bоricha ko‘prоq mutоlaa qilish harakatida bo‘ling. Ko‘p o‘qish nafaqat lug‘at bоyligingizni, balki dunyoqarashingizni ham bоyitadi. Оdamlar sizga bоshqacha ko‘z bilan qaray bоshlaydi.
📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos
📌 Xarid qilish
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O‘qishni davоm ettiring
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Seni sevib qoldim, Madina!
Shivirlayman bergin qulog‘ing,
O‘pay desam, qayda dudog‘ing?
Na bo‘lgaydir ochsang quchog‘ing,
Seni sevib qoldim, Madina!
Butkul ketib qayg‘u shahridan,
Hasratlarning o‘tib bahridan.
Joy olsaydim sening bag‘ringdan,
Seni sevib qoldim, Madina!
Yillardirki ko‘zlarim yo‘lda,
Duo dilda, joynamoz qo‘lda.
Ne qilibdi yashasang cho‘lda,
Seni sevib qoldim, Madina!
Ruxsoringga olisdan boqib,
Yashayapman ko‘z-yoshim oqib.
Bir kun borgum eshiging qoqib,
Seni sevib qoldim, Madina!
Dema: Sendan o‘zga begim bor,
Senga ishqiy so‘zlar degim bor.
Xurmolaring uzib yegim bor.
Seni sevib qoldim, Madina!
Sohibjamol payg‘ambar shahri,
Ne bo‘lgaydir senday yurt mahri.
Kelaversin la’inning qahri,
Seni sevib qoldim, Madina!
Buncha shirin Ishqning mazasi.
Toshib borar sog‘inch havzasi.
Habibimning senda ravzasi,
Seni sevib qoldim, Madina!
She’r bityapman Toshkentdan turib,
Yuragimdan qolgansan urib.
Go‘zal yuzing bir ko‘rmay turib,
Seni sevib qoldim, Madina!
Qalbi iymon nuriga to‘lay,
Aybsiz holda yoningga yo‘lay.
Tuprog‘ingga bosh qo‘yib o‘lay,
Seni sevib qoldim, Madina!
Abdurrohman Meshayan
#Шеър
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayotimiz xuddi yurak urishini ko'rsatib turgan jadval – kardiogrammaga oʻxshaydi. Kardiologga ishimiz tushmagan boʻlsa ham kinolarda bemorning yurak urishi koʻrsatilgan sahnalarni koʻrganmiz. Agar insonning yuragi urayotgan boʻlsa, ekranda tepaga-pastga, yana tepaga-pastga chiqib-tushayotgan chiziqni koʻramiz. Hayotimiz ham xuddi shunga oʻxshaydi. Biz harakat qilib tepaga chiqamiz, hayot sinovlari esa pastga tushiradi. Biz yana oʻzimizni oʻnglab, qiyinchiliklarni yengib, bilim olib, xatolarimizdan oʻrnak olib tepaga chiqamiz, sinovlar, tashvishlar bizni yana pastga tortadi. Bizga berilgan har bir sinov bizni oʻstirishga xizmat qiladi.
Agar ekranda toʻgʻri chiziq paydo boʻlsa, demak, bemor oʻlibdi. Hayotimiz ham doim birdek tashvishlarsiz, sinovlarsiz, qiyinchiliklarsiz, rohat-farogʻatda oʻtsa, demak, biz haqiqiy hayotda yashamayotgan ekanmiz. Bu hayot bizni oldinga harakat qilishga, oʻsishga boshlamaydi va biz bir yerda qotib qolamiz.
Shunday ekan, biz urayotgan yurak, ya'ni joʻshqin, sinovlarga boy hayot bilan rivojlanamiz va bu hayot bizni yashashga undaydi.
#Shunchaki
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar ekranda toʻgʻri chiziq paydo boʻlsa, demak, bemor oʻlibdi. Hayotimiz ham doim birdek tashvishlarsiz, sinovlarsiz, qiyinchiliklarsiz, rohat-farogʻatda oʻtsa, demak, biz haqiqiy hayotda yashamayotgan ekanmiz. Bu hayot bizni oldinga harakat qilishga, oʻsishga boshlamaydi va biz bir yerda qotib qolamiz.
Shunday ekan, biz urayotgan yurak, ya'ni joʻshqin, sinovlarga boy hayot bilan rivojlanamiz va bu hayot bizni yashashga undaydi.
#Shunchaki
✍ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Shariat hukmicha, er avvalo oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy taraflariga javobgar bo‘lgan, uni chetdan bo‘ladigan har qanday xurujlardan himoya
qiladigan shaxsdir. Mana shular evaziga va erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og‘ir-bosiqlik, oila
tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar sababli u oilaning boshlig‘i sanaladi. Yaxshi xotin esa diyonatli, erning uyini obod qiladigan va unga bir umr sadoqatli bo‘lgan ayoldir".
Shayx Alouddin Mansur rahimahullohning "Qur'oni Azim tafsiri" kitobidan #Iqtibos
#tafsir #ayollar #erkaklar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
qiladigan shaxsdir. Mana shular evaziga va erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og‘ir-bosiqlik, oila
tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar sababli u oilaning boshlig‘i sanaladi. Yaxshi xotin esa diyonatli, erning uyini obod qiladigan va unga bir umr sadoqatli bo‘lgan ayoldir".
Shayx Alouddin Mansur rahimahullohning "Qur'oni Azim tafsiri" kitobidan #Iqtibos
#tafsir #ayollar #erkaklar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Alloh har bir shaxsga burch va vazifalari bilan birga haqlarini ham taqsim etib bergan. Misol uchun, ayolning birlamchi vazifasi rafiqalik va onalik. Qolganlari keyingi darajada.
Lekin biz ko'proq diqqat-e'tiborimizni haqqimizni ortidan quvishga emas, o'z burchlarimizni o'tashga qaratishimiz kerak, chunki biz shunga mas'ulmiz va Qiyomatda hisob qilinamiz.
Kimdadir haqqingiz qolib ketsa, albatta, Alloh taolo uni sizga olib beradi. Lekin kimningdir haqqi sizda qolib ketsa-chi? Savoblaringiz bilan ularning haqqini o'tashga tayyor turishingiz kerak bo'ladi, agar savoblaringiz yetmasa, ularning gunohlari sizga yuklanadi. Alloh saqlasin....
Ana shuning uchun ham Islom ayol va erkakka o'z vazifalarini va haqlarini belgilab berdi. Har kim o'z vazifasidan so'raladi va hisob qilinadi dedi, zero, oilada ham, jamiyatda ham har kim o'z vazifasini to'g'ri o'lchovlar asosida bajarish harakatida bo'lsa, birovning haqqi birovda qolib ketmaydi. Jamiyat o'z-o'zidan isloh bo'ladi.
Dinimiz naqadar sodda va go'zal, alhamdulillah!
Iroda Ahmed

Turmush o‘rtog‘imni tushunolmayapman
#Savol: Assalomu alaykum, men 24 yoshdaman, savolim shuki, turmush o‘rtog‘im bilan ko‘p hollarda chiqisha olmayman. Men bilan gaplashishini, xatolarimga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, maslahat berishini xohlayman. Ammo meni bu istagimni tushunmaydimi, bilmadim, gaplashmaydiyam, aytmaydiyam. Kechasi taksistlik qilib, kech keladi, mayli, shundayam boshqa xonada shunday kiyimlari bilan uxlab qoladi. Ertalab gaplashaman, desam, ertalabdan dardizi aytmang, deydi. Meni gaplarimni tushunmaydi, eshitgisi ham kelmaydi, teskari fe’lli odamlarmiz. Mana shunday munosabatlardan charchab ketdim. Iltimos, maslahat bering, nima qilay?
Psixolog javob beradi:
-Va alaykum assalom. Turmush qurishdan avval yigit va qiz ayol va erkak psixologiyasi xususiyatlarini yaxshilab o‘rganib, so‘ng turmush qurishlari kerak aslida. Ammo bunday ish qilinmaydi. Siz va turmush o‘rtog‘ingiz bir-birlaringizning psixikangizni, psixologiyangizni bilmaganingiz uchun shunday vaziyatga duch kelayapsiz. Erkak kishi ayol kishining dardlarini eshitadigan dugona bo‘la olmaydi va unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsata oladigan ustoz ham bo‘la olmaydi. Kamdan kam holatda er va ayol gaplashib o‘tirib, bundan lazzat topa oladi. Erkak kishiga ayol kishi dardini aytsa, u maslahat so‘rayapti deb tushunadi va maslahat beradi. Sizga ham turmush o‘rtog‘ingiz maslahat bersa, bu sizga yoqmaydi. Negaki siz gapirishingizdan maqsadingiz ichingizda to‘lib ketgan gap-so‘zlarni ifodalab olish. Ammo bunga erkak kishi bardosh qila olmaydi. Shu sabab dardlaringizni dugonalaringizga aytishingiz kerak. Erkak kishi ishidan charchab kelganida ayol kishi uni bezovta qilmasligi kerak. U tirikchilikni shu ahli ayoli uchun oilasi uchun qilayaptiku! To‘g‘ri, kiyimlarini yechib, yuvinib, ayoliga biroz vaqt ajratib, so‘ng uxlashi kerak. Ammo turmush o‘rtog‘ingizning tarbiyasi butunlay boshqacha. Endilikda bu tarbiyani siz to‘g‘rilashingiz mumkin. Kiyimlari bilan uxlab qolsa, o‘zingiz uni sekingina yechintirib, tungi kiyimini kiydirib qo‘ying. Shunday mehribonchilik ko‘rgan erkak kishi sekin-asta o‘zini isloh qilib o‘zgara boradi. Turmush o‘rtog‘ingiz bilan til topishishda qiynalsangiz, psixolog qabuliga borishni tavsiya qilaman. Vallohu a’lam.

Har ishning oʻz tashvishi va gashti bor
Hozirgi holatingizda sizga kelgan qiyinchiliklar, albatta, siz uchun xayrlidir.
Oilaning ham boshida shirin tashvishlari bor, faqat uni uzoqni koʻra oladigan, bir-birini tushunuvchi va eshituvchi qalblar biladi, xolos.
Oʻzingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.
#Erkaklar #Ayollar

Farzandlaringizdan ko'ra ilmliroq bo'lishingiz kerak!
Hozir zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda, texnika kundan-kunga taraqqiy etmoqda. Buning natijasida yoshlarni, bolalarni yo'ldan urish, tarbiyasini buzish uchun yangicha usullar ham chiqib ketdi.
Endi ota-onalar men bu narsalarni tushunmayman deb o'tirishlari uzr bo'lmaydi. O'qing, o'rganing, izlaning. Farzandlaringiz adashib qolmasligi uchun siz ulardan oldinda bo'lishingiz kerak! Ulardan ko'ra ilmliroq bo'lishingiz kerak!
#tarbiya

Motivatsion kitoblar o'qib, you tubedan mashhurlarning ruhlantiradigan gaplarini eshitib ovora bo'lib yurmang.
O'zingizning oyoq kiyimingizga qarang, endi dadangiznikiga qarang. Oyingizdan oxirgi marta qachon restoranga borib, yaxshi ko'rgan ovqatini buyurtma qilganini so'rang. Javobini eshittingizmi?
Endiyam motivatsiya yetishmayaptimi sizga?
#Erkaklar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O'zingizning oyoq kiyimingizga qarang, endi dadangiznikiga qarang. Oyingizdan oxirgi marta qachon restoranga borib, yaxshi ko'rgan ovqatini buyurtma qilganini so'rang. Javobini eshittingizmi?
Endiyam motivatsiya yetishmayaptimi sizga?
#Erkaklar
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Siz qaysi tillarni yaxshi bilasiz?
Anonymous Poll
27%
Rus tili
15%
Turk tili
41%
Ingliz tili
15%
Arab tili
55%
Faqat o'zbek tilini
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Eng yomoni nima bilasanmi?
— Yo'q...
Eng yomoni bolang hech qachon bola bo'lolmasligi. U endi aya degancha etagingni tortmaydi, hovlida yursang, soyangday pildirab orqangdan yurmaydi. Tunlari aya deb seni izlab qolmaydi, islaringni hidlab yotmaydi. Endi u mehringa tashna bolajon emas, ishlaringa, telefon titishingga ham xalaqt qilmaydi. Xohlaganingni xohlaganingda qilasan, depressiyaga ham tushmaysan...
Yig'lama va unutma. Bolangning qimmat bog'chasi uchun, unga olib beradigan turetskiy kiyimlaring uchun topayotgan puling — bu mehr emas. Bolangning bolaligini ko'rayotgan, unga sendan ko'p narsani o'rgatayotgan bog'cha opasidan uni qizg'an. Farzandingga o'yinchoqdan ham eng yaxshisi sen bilan birga telefonsiz o'tkazgan vaqti! 😢
#Ayollar

Da Vinchining "Mona Liza"sining go'zalligi sirli ekanligiga qarab soatlab tikilib o'tirishadi Yevropadagi ayollar.
Biz ham qolishmaymiz ulardan. Masalan, o'zbek ayollari yig'ishtirgan uyiga va "Azelit" bilan oppoq qilib qo'ygan qozoniga shunaqa tikilishi mumkin.
Yana turmush o'rtog'ining uzun kipriklariga havas aralash hasad bilan uzoq qarab qolishi mumkin. (Menikidan uzun-a, tush qo'ysa qanday bo'larkin deb 🤭🤭)
#Tabassum
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Biz ham qolishmaymiz ulardan. Masalan, o'zbek ayollari yig'ishtirgan uyiga va "Azelit" bilan oppoq qilib qo'ygan qozoniga shunaqa tikilishi mumkin.
Yana turmush o'rtog'ining uzun kipriklariga havas aralash hasad bilan uzoq qarab qolishi mumkin. (Menikidan uzun-a, tush qo'ysa qanday bo'larkin deb 🤭🤭)
#Tabassum
✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Forwarded from Dilshod Bahrom | Iqtiboschi
«Asal oyi emas, asal hayot» kitobini oʻqib tugatdim, Alhamdulillah!
Oila mavzusida kitob oʻqimaganimga ancha boʻlgan edi. Odam ancha sogʻingan ekan. Diydor ham sogʻinchga yarasha boʻldi. Sevimli mavzudagi munosib kitoblardan birini oʻqidim. Boshida kitob nomining oʻzi meni qiziqtirgandi «Asal oyi emas, asal hayot».
Chindan ham asal oyini koʻpchilik rejalashtiradi va shu bir oyni oʻzgacha oʻtkazishadi, lekin bu oʻzgachalik faqatgina bir oy yoki maʼlum bir muddat boʻlib qolishi yaxshi emas. Asal oyi koʻpchilikda bor, lekin asal hayot kechirayotganlar kam. Asal oyiga u yerga borishibdi, asal oyini bunday oʻtkazishibdi, degan gaplar baʼzida quloqqa chalinib qoladi. Boshlangʻich bir oyni goʻzal oʻtkazish bir jihatdan juda ham oson, buni koʻpchilik eplaydi, lekin butun hayotni goʻzal oʻtkazish sadoqatli va vafodor juftliklarning ishidir.
Ishxonamda bir juftlik bor. Er-xotin birga ishlashadi. Er ishxonamiz haydovchisi, xotin esa farrosh. Shu juftlikka havasim keladi. Baʼzida oshxonaga u bu narsa olishga chiqqanimda birga choy ichib oʻtirishganiga guvohi boʻlib qolaman (Ishlarni qilib, boʻsh vaqtda albatta). Munosabatlari shunday samimiyki, odam men ham shunday boʻlaman, deb niyat qiladi. Juftlikning yoshi 50-60 lar atrofida! Oʻtirishlari yangi uchrashuvga chiqqan yoshlardek. Mana sizga bir oyini emas, hayotini asal qilganlar.
Kitobga qaytsak. Kitobda juda ham sodda va yengil, hayotiy va amaliy tavsiyalar berilgan. Kitob uch qismdan iborat:
📍 Erkaklar uchun tavsiyalar
📍 Ayollar uchun tavsiyalar
📍 Umumiy tavsiyalar
Kitobni oʻqish jarayonida bir ikkita tavsiyalarga oʻzim ham amal qilib koʻrdim, manfaatli boʻldi. Tavsiyalar shunday berilganki oʻqigan joyingizni oʻzida bemalol amal qilib koʻrishingiz mumkin. Kitobdan oilam uchun qilishim kerak boʻlgan koʻp narsalarni ham oʻrgandim.
Kitobni yangi oila qurgan va quradiganlarga, oila hayotini goʻzallashtirmoqchi boʻlganlarga tavsiya qilaman. Oilaviy munosabatlarni bir daraja yuqoriga olib chiqishga vosita boʻladigan kitob boʻlibdi.
Kitobdan goʻzal iqtiboslar olindi. Iqtiboslar oila mavzusidagi ajoyib sahifa @Hubbuna da berib boriladi, inshaalloh. Oʻzi kitobning hajmi ham, ichidagi tavsiyalar ham uzun emas. Uch kunda tugadi. Vaqti-vaqti bilan oʻqib turishli kitob boʻlibdi. Muallif Gʻiyosiddin Yusufdan Alloh rozi boʻlsin!
«Oʻqivoradigan joyi lekin» dermidi?😉
@Dilshod_Bahrom | Ey yigit, oʻqi!

«Oʻqivoradigan joyi lekin» dermidi?
@Dilshod_Bahrom | Ey yigit, oʻqi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qachon uylanasan?" degan gapdan to'yib ketsa ham uylanmay yurganlar uchun motivatsiya! )
#oila_qurish