Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz chap qoʻl bilan ovqat yeydimi?

Musulmon kishining ovqatlanish jarayonida ham alohida rioya qilish kerak boʻlgan muhim odoblari bor.

Ayniqsa, farzandingiz chap qoʻlga oʻrgangan boʻlsa, qanday muomala qilishga ikkilanib qolasiz.

Shayx hazratlarining tavsiyalari sizdagi ikkilanishlarga yechim boʻladi, albatta.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​❗️Turmush o'rtog'ingiz bilan orangizda tez-tez janjal bo'lib turadimi? Hayotingiz "sug'ur kuni"day bir xilmi? Eringiz sizga bee'tibor bo'lib qolganmi?

Tabriklaymiz, siz o'zingizni unutib qo'ygansiz, fikr-u xayolingiz esa er-er va yana er bo'lib qolgan. To'g'risiyam-da, biror bir kitob o'qib, dunyoqarashingizni kengaytirmasangiz, ilm payida bo'lib nimadir o'rganmasangiz, qiziqqan narsangiz bilan shug'ullanmagan odamdan yana nima kutish mumkin?!

Turmush o'rtog'ingiz sizga e'tiborsiz ekan, ayting-chi, eringiz kelganda u bilan nimani suhbatlashasiz? "Iqror"dagi qaynonasidan zulm ko'rgan kelin haqidami? Yo bugun kirni oppoqroq qilib yuvganingiz-u gazni yog' tushsa yalaguday qilib tozalab qo'yganingiz haqidadir. Albatta, nimadir o'rganmasangiz, nimadir haqida gapira olmaysiz.

📌 O'zi janjal bekorchilikdan va zerikishdan kelib chiqadi. Kun bo'yi zerikib yoringizni intiqib kutasiz-u, u bo'lsa, siz bilan gaplashmay telefon o'ynab o'tiradi yoki uxlab qoladi. Keyin siz uni bee'tiborlikda ayblaysiz, bir dunyo aybni bo'yniga osib, janjalning go'rini kavlaysiz.

Tushuning, hayot faqat erdan iborat emas. Atrofingizga qarang, hayotda boshqa sahifalar ham bor. Ilm o'rganing, qiziqishingizni topib, o'sha bilan mashg'ul bo'ling. Juda bekor qolib ketsangiz, farzandlaringizga chet tillarini o'rgating. Bilmasangiz, o'zingiz o'rganing.

❗️Shunday qilingki, eringizdan nolishga vaqtingiz ham, uning telefonini titishga xohishingiz ham bo'lmay qolsin. Sizning dono suhbatingizni olish uchun esa ishidan shoshib kelsin.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Abdulloh ibn Jaʼfar ibn Abu Tolib oʻz qizlariga shunday nasihat qilganlar:
«Zinhor rashkchi boʻlmagin, u taloqning kalitidir. Zinhor koʻp itob qilguvchi boʻlmagin, u koʻngilsizlikni keltirib chiqaradi. Surma qoʻyib yurgin, ziynatlarning eng afzali shudir».

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning "Ijtimoiy odoblar" kitobidan #iqtibos

#Rashk

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Erkaklar, kechqurun yotoqxonangizga ichimlik suvi olib kirib qo'ying. Kechasi ahlingiz yoki siz bilan yotadigan kichik farzandingiz suvsab qolsa, baribir sizni chiqarishadi. Shuning uchun "obro' borida" hisobingizni olib qo'ying.

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliha ayol qanday boʻladi?

Qarasang koʻzing quvnaydi, buyursang itoat qiladi va sen yoʻqligingda molingni, oʻzining iffatini muhofaza qiladi.

Hasanxon Yahyo Abdulmajid ustoz soliha ayolning sifatlari haqida yanada batafsil toʻxtalganlar.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Siz bilan butun umr bir tom ostida hayot kechirishni istagan odam

• kasal bo'lganingizda "kasal tovuq" demasdan, sizga uxlamay g'amxo'rlik qilib, dorilaringizni vaqtida ichishingizni nazorat qilib turadigan bo'lsin. (Bilaman, siz ham dori ichishni yomon ko'rasiz);

• siz tort yegim kelyapti deganingiz, esida qolib, oyligi tushganda albatta tort olib keladigan inson bo'lsin;

• ovqatlanishingizga e'tiborli, ovqatlandingmi deb 3 mahal so'raydigan, siz nima yaxshi ko'rishingizni yoddan biladigan inson bo'lsin;

• sizni xursand qilish uchun har ne qiladigan, yig'ingizni ko'tara olmaydigan va siz uchun doim kitob ko'tarib keladigan inson bo'lsin!

#Ayollar #Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Xotiningizga o’ziga ishonishiga qo’yib bering, siz chizgan chiziqdan yuradigan, buyruqlaringizni bajaradigan xizmatchi qilib qo’ymang. Balki, o’z qarashlariga ega bo’lish va qaror qabul qila oladigan bo’lishiga undang. Barcha go’zal ishlar borasida u bilan suhbatlashing va undan maslahat so’rang. Uning qarori to’g’ri bo’lsa, uning fikrini oling va buni unga bildirib qo’ying!"

Doktor Hasson Shamsiyning "Baxt ulashing" kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol kishi ba'zan turmush o'rtog'iga bemavrid gapiradi-da, keyin kutgan javob-e'tiborini olmagani sababli xafa bo'ladi. Albatta, imkon boricha er ham ayoliga e'tibor qilishi kerak, lekin ayol ham paytini topib gapirishga harakat qilsin. Xususan, er ish bilan band bo'lganda, charchaganda, asabiylashib turganda sabr qilgan afzal.

Ko'chada ishlaydigan erkaklar imkon qadar uyda faqat oilaga vaqt ajratishga harakat qilsin.

#Ayollar #Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurishdan oldin qachon surishtirish kerak?

Baʼzan yigitlar xayrli ishni tezroq boʻlgani yaxshi deya surishtirmasdan darrov sovchi yuborib qoʻyishadi.

Oʻzi oldin sovchi yuborish kerakmi yoki surishtirish kerakmi?

Oila qurish istagidagi doʻstlaringizga yuborib qoʻysangiz, foydali boʻladi.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftingizga erta-yu kech dil izhor qilishga harakat qiling. Bu muhabbat niholining parvarishi uchundir. Yillar o'tsa ham turmushning ilk kunlaridagi kabi dil izhorlarda, iltifot-u mehr-e'tiborda bardavom bo'lgan oilalarda muhabbat ham bardavom bo'ladi.

Yillar o'tishi bilan muhabbat o'ladi deydilar, yo'q muhabbatni yillar emas, biz o'ldiramiz!..

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
«Seni yaxshi ko‘raman» 💓

💕 Farzandingiz necha yoshda bo‘lishidan qat’iy nazar: 2 yoshdami yoki 16 yoshdan oshganmi, u bu izhorni eshitishga hamisha muhtoj.

✔️ Hatto sizning nazdingizda bemehr, qo‘pol, al­laqachon katta bo‘lib qolgan bola bo‘lsa ham – farqi yo‘q. Ayniqsa, o‘smirlik davri eshik qoqib kelganda «Seni yaxshi ko‘raman» degan gapni kanda qilmas­lik kerak.

🌵 Bir tomondan uni katta, mustaqil bola deb hi­soblashlarini istasa, boshqa tomondan bag‘riga bo­sib, maqtashlarini xohlaydi.

➡️ «Seni yaxshi ko‘raman» jumlasining sirli xu­susiyati bor: u ham kattani, ham bolani xotirjam qiladi, o‘ziga ishonch va qat’iyat beradi.

📚 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Juftingiz bilan orangizda ola mushuk o'tganda uning yaxshi tomonlari haqida o'ylang. Shunda dildagi g'uborlar tarqaladi.

#Muammo #tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizlarning yaxshilaringiz – ahliga yaxshilik qilganlaringizdir

Aslida, oilangiz uchun har bir qilgan sarfingiz ehsondir, har bir harakatingiz ibodat.

Hurmatli erkaklar! Ahli ayolingizning nafaqasini toʻliq va vaqtida qilishga himmat qiling.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Eriga uydagilarini yomonlamaydigan ayol — eng oqila ayoldir

Eringiz jahli chiqib, aqli ketganda ukasining kamchiliklarini aytishi, onasi bilan gap talashib qolishi, ularga qo'rslik qilishi mumkin. Lekin sizga mumkin emas. Shu narsani birinchi o'rinda va umrbod eslab qoling: Siz uning qarindoshlarini, uydagilari haqida hech qachon yomon gapirmang.

Jigar jigardan yaratilgan. Ular bir kun kelib yarashib ketadi, lekin sizning aytgan gaplaringiz, ularni yomonlaganingiz (rost bo'lsa ham) uning yuragida qolib ketadi. Unga aka qanday bo'lishi, o'g'il onasiga nimalar qilishini o'rgatmang.

Ular oldidagi vazifangizni bajaring va eringizga ularning kamchiliklari-yu sizga qilgan nohaqliklarini aytmang. Yaqinlarning orasiga sovuqchilik soladigan inson bo'b qolishdan qo'rqing.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qizlaringizga mehr bering 😀

😀Qizlaringizga bolaligidan mehr berib tarbiya qiling. Qiz bola ko‘proq erkakning muhabbatiga muhtoj bo‘ladi. Bu keyinchalik yigitlar bilan gap­lashib qo‘ymasligini ham ta’minlaydi.

🎄Ba’zi mehrdan bebahra bo‘lib ulg‘aygan qizlar balog‘atga yetgan zahoti ko‘chadan mehr-muhabbat izlaganiga guvoh bo‘ldik. Bunda oqibati nima bo‘lgani o‘zingiz­ga ayon.

😘«Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

🎄Xarid uchun

#tarbiya

✍️
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻxshamogʻi kerak er zoti tuzga,
Ayolga yarashmas shakkardan oʻzga!

Biri meʼyor tomon shaylar hayotni,
Ikkinchisi shirin aylar hayotni!

Erkakning soʻzlari boʻlmasin tuzsiz,
Koʻngilni ololsin Ayol ham soʻzsiz!

Xullas, shu tuz ila shakkardan tilak —
Tugʻilgay vazmin va shirin bir goʻdak!

©Xayrulla Hamidov

#Шеър

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzidan yoshi kattaga uylansa boʻladimi?

Oila qurishda ikkinchi tomonning koʻpincha xulqi, axloqining goʻzalligiga qaraladi.

Baʼzan axloqi go'zal qiz uchraydi-yu, ammo kuyov bo'lmishdan yoshi biroz katta bo'ladi.

Shunday vaziyatda qanday yoʻl tutishni aytib oʻtdik.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nasihat

Oskar Uayldning do’stlikka dori quyidagi gapi haqida ko’p o’yladim: “Do’stingizning qayg’usiga achinishingiz mumkin, bu – oson, lekin uning muvaffaqiyatiga sherik bo’lish uchun kuchli iroda kerak”.

Shuni aytmoqchi: og’riqni his qilish oson, hamdard bo’lish qiyin.

Haqiqatan, do’stlikni, mehr va samimiyatni yo’q qiladigan narsa hasaddir. Hasadning yagona ozuqa manbayi – ko’rolmaslik, yuqorida tilga olingan tuyg’u, ya’ni hamdard bo’la olmaslik emasmi?

Demak, kuchli irodaga ega bo’lish yo’llaridan biri do’stga muvaffaqtiyatni ravo ko’rishdir.

#Nasihat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qiyoslash tizimi 🎯

➡️Haqiqiy o‘ziga ishongan kishilar boshqalar ning yutug‘iga qarab emas, balki o‘z istaklari va imkoniyatlarini ishga solib muvaffaqiyat qozo nadi.

➡️Boshqa bolalarga solishtirish bilan siz, birinchidan, uning imkoniyatlarini shubha ostiga qo‘yasiz, ikkinchidan esa boshqalar sizga ko‘proq yoqishini ta’kidlagan bo‘lasiz. Shunday ekan, bir farzandingizni boshqasiga qiyoslamang.

➡️Shuningdek, boshqa bolalarga ham qiyoslamang. «Men sendek yoshimda unday edim, bunday edim», – demang. «Akangni qara», «Ukangni qara, sendan kichkina bo‘lsa ham...» – demang. Bu bilan ular orasidagi ahillikni ko‘tarib, hasad paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishingiz mumkin.

➡️Shu bilan birga, bolangizning o‘ziga bo‘lgan ishonchini so‘ndira siz, o‘zingizdan bezdirasiz. Juda qiyoslagingiz kelsa, uning avvalgi holati bilan hozirgi holatini qiyoslang.

➡️Qiyoslash faqat kamsitish uchun emas, maqtov uchun bo‘lsa ham to‘g‘ri emas. Sababi bu bilan bolani o‘ziga bino qo‘yishiga, manmanlik qilishiga sabab bo‘lib qolishingiz mumkin.

➡️Unutmang, har bir inson o‘zgacha bir olam. Hatto barmoq izlarimiz ham takrorlanmas ekan, siz butun boshli insonni takrorlanishini talab qilishingiz noo‘rin.

«Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

➡️ Xarid qilish

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ruhshunosga borsam zoʻr maslahat berdi: “Uyga borganingizda muammolaringizni darvozangiz tagida qoldiring”, — dedi.

Uyga kelgach xotinni tashqariga chiqarib, eshikni yopib qoʻydim. Maza, rostdan zoʻr uslub ekan!

© J. Palyuka
#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 09:38:50
Back to Top
HTML Embed Code: