Telegram Web Link
Munosabatlarning asl sababi

❤️ Munosabatlar qanchalik murakkab bo‘lmasin va xarakterlar turlicha bo‘lishidan qat’iy nazar, bir haqiqatni bilaman: odam kerak bo‘lmasa, undan ketish uchun yuz xil bahona topishadi.

❤️ Lekin u kerak bo‘lsa, qolish uchun yuz xil sabab izlashadi.

Har ikkala holatda ham sabablar topiladi...

#Munosabatlar #tarjima

✍️ @Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Doim so'rashim kerakmi?

Assalomu alaykum. Turmush qurganimizga hali bir oy ham bo‘lmadi. Turmush o‘rtog‘im meni ishlarimda befarosatlikda ayblab, qattiq urishib, so‘kib beryaptilar. Masalan, oddiy kolbasani kesganimda: “Kichkina qilib kesibsan, farosatingni ishlatib, qanday kesay deb so‘rasang bo‘lmaydimi?” deya yomon so‘zlar aytdilar. Bunday paytda nima qilishim kerak?

Men har bir qilayotgan ishimni so‘rashim kerakmi? Agar har bir ishni qilishda so‘rasam, “O‘zingni aqling yetmaydimi?” deb urishib beradilar deb qo‘rqyapman.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Turmush o'rtog'ingiz biroz oshiqcha talabchanlik qilyaptilar ekan, mayda narsalarni gap qilib o'tirmaslik, nimanidir o'rgatmoqchi bo'lsa, yumshoq gapirish kerak.

Farosat har bir ishni so'rab qilish emas, so'ramasdan anglay olishdir. Har bir ishni so'rab qilmang, o'zingiz o'rtacha yo'l tutib, to'g'ri qaror qilishga harakat qiling. Katta, jiddiy narsalarni so'rab, ko'rib o'rganing.

#Muammo
Bir haftada bir!

Azizlar, bugun haftalik ixtiyoriy xayriya amalimiz kuni. Keling, bu haftaning hisobidan ehsonimizni o'tkazib qo'yaylik. Men uni haqdorga yetkazaman, inshaalloh.

Xayriya haqida batafsil.

Karta raqam: 9860160605493933
O'z nomimda.

G'iyosiddin Yusuf
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Juft tanlayotganingizda eʼtiborli boʻling

Siz oila qurayotganingizda faqat oʻzingizga juft emas, boʻlajak farzandingiz uchun tarbiyachi, ota (ona) tanlayotgan boʻlasiz.

Tanlashda adashmaslik uchun esa yuqoridagi lavha orqali javob olishingiz mumkin.

#oila_qurish

Yanada koʻproq videolar
2024/12/25 18:39:52
Back to Top
HTML Embed Code: